O'zbekistonning o'ziga xos yo'l bilan yangi milliy huquqiy davlat hokimiyatiga o'ta boshlashi Rеjа


Download 23.88 Kb.
bet1/4
Sana22.12.2022
Hajmi23.88 Kb.
#1043775
  1   2   3   4
Bog'liq
O\'zbekiston


O'zbekistonning o'ziga xos yo'l bilan yangi milliy huquqiy davlat hokimiyatiga o'ta boshlashi
Rеjа: 
1. Davlat hokimiyati va boshqaruvini modernizatsiyalash jarayonlari.
2. Hokimiyatni demokratlashtirishning yanada chuqurlashtirilishi.
3. Ustuvor vazifalar va yo‘nalishlar.

1.Davlat hokimiyati va boshqaruvini modernizatsiyalash jarayonlari.
Bundan salkam chorak asr oldin o‘z taraqqiyot yo‘lini belgilab olgan O‘zbekiston mana bugungi kunda tarixiy taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo‘ydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 2010 yilning 12 noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” nomli ma’ruzasida “Tariximizga kirib kelayotgan bu buyuk marra munosabati bilan o‘tgan davr mobaynida hayotimiz sifati, mamlakatimiz qiyofasi qanday o‘zgarib borayotgani, qanday yutuq va natijalarga erishganimiz, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan ochiq demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish yo‘lida qanday sur’atlar bilan rivojlanib borayotganimizni baholash ehtiyoji tug‘ilmoqda”[1] – deya ta’kidlab o‘tdi. 
Tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan ushbu davrda qiyinchiliklarga to‘la murakkab, hamda shon-sharafga to‘la bosib o‘tilgan yo‘limizga nazar tashlar ekanmiz, mamlakat ozodligi naqadar mashaqqatli va tinimsiz kurashlar, xalqimizning qanday og‘ir va fidokorona mehnati, mamlakat etakchisining uzoqni ko‘ra bilish va taraqqiyotni ta’minlab beradigan strategik qarorlar qabul qilish qobiliyati evaziga qo‘lga kiritilgani, mustaqil taraqqiyotimiz davomida amalga oshirgan ishlarimiz, erishgan natijalarimiz beixtiyor ko‘z o‘ngimizdan o‘tadi.
Bu haqda gapirganda, birinchi galda, taraqqiyot yo‘lining dastlabki yillarida O‘zbekistonda barcha sobiq ittifoq respublikalaridagi singari ayanchli vaziyat hukm surganini esga olishga to‘g‘ri keladi.
Ma’lumki, sobiq sovet tizimi qat’iy markazlashtirilgan, kaltabin siyosatdonlar qarichi asosida rejalashtirish va xuddi shu yo‘l bilan taqsimlash siyosati asosida boshqarilar edi. Bu esa respublikamiz iqtisodiyotini asosan xomashyo tayyorlashga yo‘naltirilishiga, iqtisodiyotga, ekologiya va aholi genofondiga halokatli ta’sir o‘tkazadigan paxta yakkahokimligining misli ko‘rilmagan darajaga etishiga olib kelgandi.
Strategik ahamiyatga ega bo‘lgan tabiiy, mineral-xomashyo va mehnat resurslariga, insoniy salohiyatga ega bo‘lishiga qaramay, respublikamiz sobiq Ittifoqda aholi turmush darajasi, ijtimoiy va gumanitar sohalar rivoji bo‘yicha oxirgi o‘rinlarda qolaverar edi. Ayniqsa, oxirgi yillarda aholini oddiy ehtiyoj mollari va oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash ham o‘ta og‘ir masalalardan biriga aylanib qolgan edi. Eng dahshatlisi- ocharchilikning vujudga kelish ehtimoli tobora aniq va ravshan tus ola boshladi. Bundan tashqari, ittifoqning kaltabin siyosati hosilasi sifatida korrupsiya, jinoyatchilik, ma’naviy tanazzul, millatlararo ziddiyatlar, ijtimoiy emirilish kabi holatlar halokatli tarzda keng yoyilib bormoqda edi.
Bunday murakkabliklarga, iqtisodiy inqirozga va ocharchilikka, chek qo‘yish, shakllangan xo‘jalik, ishlab chiqarish va moliyaviy aloqalarning butunlay izdan chiqishiga barham berish, ishsizlikning yanada ortib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik mamlakat rahbariyatining oldida turgan favqulodda masalalardan biri edi. Mazkur muammolarni bartaraf etish, mamlakatni yorqin taraqqiyot sari olib chiqish vazifalari Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan a’lo darajada bajarilganligining, nafaqat mamlakat, balki Markaziy Osiyoning taqdiri ham halokatdan qutqarib qolinganligining bugungi kunda jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etilayotganligi barchamizga yuksak g‘urur baxsh etish bilan bir qatorda, ulkan mas’uliyat ham yuklaydi.
Davlatimiz rahbari yuqorida nomi keltirib o‘tilgan ma’ruzasida “...bosib o‘tgan yo‘limiz va to‘plagan tajribamizni xolisona baholash, qo‘lga kiritgan yuksak marralarimizni tahlil etish mamlakatimizni tadrijiy va bosqichma-bosqich rivojlantirish bo‘yicha biz tanlagan modelning naqadar to‘g‘ri ekanini va shu yo‘ldan bundan buyon ham og‘ishmay qat’iyat bilan borishimiz zarurligi” alohida ta’kidladi.
Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan, dunyoda o‘zbek modeli sifatida tan olingan O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘li, uning afzalliklari haqida jahondagi nufuzli siyosatchi va iqtisodchilar, ekspert va tahlilchilar tomonidan ko‘plab haqqoniy fikrlar, yuksak baholar bildirilgan. Asosiy negizini iqtisodiyotning mafkuradan xoliligi, siyosatdan ustunligini nazarda tutadigan pragmatik iqtisodiy siyosat; davlatning bosh islohotchilik vazifasini o‘z zimmasiga olishi; qonun ustuvorligini ta’minlash; kuchli ijtimoiy siyosat olib borish; islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish kabi mashhur besh tamoyil tashkil etadigan ushbu taraqqiyot modeli “2008-2010 yillarda, ya’ni dunyoning aksariyat mamlakatlarida iqtisodiy o‘sish sur’atlari sezilarli ravishda tushib ketgan, ishlab chiqarish pasaygan bir vaqtda O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’atlari 2008 yilda 9 foizni, 2009 yilda 8,1 foizni tashkil etgani, 2010 yilda bu ko‘rsatkich 8,5 foizga etishi kutilayotgani, kelgusi 2011 yilda esa 8,3 foiz darajasida bo‘lishi belgilab berilayotgani ko‘pgina xalqaro tizimlar, ekspert va mutaxassislarda katta qiziqish uyg‘otmoqda”[2]. Bu holat esa mamlakatimizning taraqqiyot modelining ustunligini yana bir bor isbotladi.
Alohida ta’kidlashga loyiq masalalardan yana biri bu - O‘zbekistonning chetdan tiqishtirilgan, “shok terapiyasi” deb atalgan usullardan, “bozor iqtisodiyoti o‘zini o‘zi boshqaradi” qabilidagi soxta qarashlardan avvalboshdanoq voz kechib, boshqaruvning ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan bozor munosabatlariga o‘tishda inqilobiy emas, balki tadrijiy rivojlanish yo‘lini tanlaganligidir. Ayniqsa, “YAngi uy qurmay turib, eskisini buzmang”, “Islohotlar – islohot uchun emas, avvalo inson uchun” degan, bugun ko‘pchilikka yod bo‘lib ketgan hayotiy shiorlar negizida yangi davlat, yangi jamiyat poydevorini barpo etish yo‘lida qanday yutuqlarga erishayotganimizni bugun har sohada ko‘rishimiz va xulosa chiqarishimiz mumkin.
Faqat mustaqil taraqqiyot, ijtimoiy-siyosiy tizimdagi chuqur o‘zgarish va islohotlar tufayli mamlakatimiz iqtisodiyotining ana shunday jadal va barqaror rivojlanishini ta’minlash imkoniyati paydo bo‘lganini bugun har qaysi yurtdoshimiz o‘z hayoti misolida ko‘rmoqda.
O‘zbekiston demokratik huquqiy davlatni barpo etish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo‘lidan dadil qadam tashlab bormoqda. SHu maqsadlar yo‘lida o‘zligimizni anglash, yurt ravnaqi, inson manfaati, erkinligi va farovonligini ta’minlash talabi aniq va ravshan belgilab olingan. Ushbu vazifalarni bajarish avvalo islohotlar jarayonini izchil va bosqichma-bosqich amalga oshirilishiga bog‘liq. Prezident Islom Karimovning “YUksak ma’naviyat — engilmas kuch” asarida ta’kidlangani kabi: “Jamiyat hayotida shunday davrlar bo‘ladiki, ... barcha sohalarda keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirish zarurati eng muhim ehtiyoj, kerak bo‘lsa, hayot-mamot masalasi sifatida kun tartibiga chiqadi”.


Download 23.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling