«O‘zbekistonning zamonaviy bank tizimi: 1991-2016 yillarda» nomli kitob-albom nashrdan chiqdi


Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
Sana25.04.2020
Hajmi0.58 Mb.
#101346
Bog'liq
Без названия


Бош саҳифа

«O‘zbekistonning zamonaviy bank tizimi: 1991-2016 yillarda»

nomli kitob-albom nashrdan chiqdi

20.09.2016

Mamlakatimizda  O‘zbekiston  Respublikasining  Birinchi  Prezidenti  Islom  Karimov  rahbarligida  bank-moliya

tizimida izchillik bilan amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar ushbu soha istiqbollarini ta'minlashda muhim

ahamiyat kasb etgani va rivojlanishning yangi bir bosqichiga o‘tishga zamin hozirlagani bilan tarixga kirdi. Istiqlol

yillarida banklar aynan yirik loyihalarning tashabbuskori bo‘lib, korxonalarning faoliyat rivoji yo‘lida ularni faol

moliyaviy qo‘llab-quvvatlamoqda hamda bunday moliyaviy va investitsiyaviy ko‘mak natijasida O‘zbekistonda

iqtisodiyotning kelgusi taraqqiyoti hamda jamiyat ijtimoiy hayotida muhim bo‘lgan ob'yektlar barpo etilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan mamlakatimizning tarixiy sanasi - O‘zbekiston Respublikasi

Mustaqilligining 25 yilligiga bag‘ishlab tayyorlangan «O‘zbekistonning zamonaviy bank tizimi: 1991-2016

yillarda» nomli kitob-albomning qayta ishlangan va to‘ldirilgan ikkinchi nashri aynan bank tizimining istiqlol

yillarida bosib o‘tgan shakllanish va rivojlanish bosqichlarini yanada teranroq anglash imkonini beradi. 

Yangi bo‘limlar bilan to‘ldirilgan mazkur kitobda bank faoliyatiga joriy etilgan innovatsion yondashuvlar, chakana

biznesning rivojlanishi va banklar faoliyatida korporativ boshqaruvning tatbiq qilinishi, bank xizmatlarida

elektron tijoratning taraqqiy etishiga oid ma'lumotlar kiritilgan. Shuningdek, nashrda bank tizimida Bazel III

standartlarining joriy etilishi ham o‘rin olgan. 

Kitobda 1991 yildan 2016 yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston va jahon iqtisodiyotida yuz bergan o‘zgarishlar

jarayonida bank-moliya tizimining tadrijiy rivojlanish bosqichlarini ifoda etuvchi yangi va to‘ldirilgan ma'lumotlar

o‘z aksini topgan. 

Olti bo‘limdan iborat mazkur nashrda mamlakatimizda istiqlol yillarida «Taraqqiyotning o‘zbek modeli» deya nom

bilan butun dunyoda tan olingan va keng e'tirofga sazovor bo‘lgan rivojlanish strategiyasiga muvofiq, milliy

demokratik davlat barpo etish, yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni shakllantirish borasida O‘zbekiston



Respublikasi va xalqi bugungi kungacha bosib o‘tgan mashaqqatli yo‘li hamda erishilgan yutuqlari xususida so‘z

yuritiladi. 

Shu bilan birga, bank tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, bank tizimi vazifalari va uni shakllantirish

prinsiplari bank ishi boshqaruvida ishtirok etuvchi eng muhim institutlardan biri sifatida O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy banki faoliyati misolida ko‘rib chiqilgan. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom

Karimov tashabbusi bilan ishlab chiqilgan Inqirozga qarshi choralar dasturining muvaffaqiyatli amalga oshirilishi

va uning mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida muhim omil bo‘lib xizmat qilayotgani yoritib berilgan. 

Shuningdek, kitobda O‘zbekistonda shakllangan keng qamrovli professional bank-moliya ta'limi tizimi haqidagi

ma'lumotlar ham o‘z ifodasini topgan. 

Ushbu nashrda asosiy e'tibor bank-moliya va kredit munosabatlarining tadrijiy rivojlanishiga, tijorat banklari bilan

kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi sub'yektlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga, banklar tomonidan

xizmat ko‘rsatishning zamonaviy usullari va vositalariga qaratilgan. Kitobda banklar faoliyatini tartibga soluvchi

qonunchilik bazasini shakllantirish va takomillashtirish masalalariga ham to‘xtalingan. 

Манба: www.cbu.uz

http://qishloqqurilishbank.uz/uz/news/1628/



© 2020 © Qishloq Qurilish Bank

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling