Oʻzgarmas(doimiy) harajatlar deyiladi. Oʻzgarmas(doimiy)


Download 18.93 Kb.
Pdf ko'rish
Sana04.10.2022
Hajmi18.93 Kb.
#830183
Bog'liq
O\'zgarmas xarajat - Vikipediya
Business English - Tests, Business English - Tests, Лекциядан мустақил ишлар (1), ozbekiston respublikasida notariat faoliyatining huquqiy asoslari, alg4 Toxirov Sarvar, KTA mus 1 Tohirov Sarvar, Gimnastika 2-kurs, 9-sinf test, dasturij taminot arxitekturasi. dasturij taminot qurilishi va kodlashtirish, 57ac64600cab2, dasturij taminot arxitekturasi. dasturij taminot qurilishi va kodlashtirish, dasturij taminot arxitekturasi. dasturij taminot qurilishi va kodlashtirish, 57ac64600cab2, 57ac64600cab2, Dasturiy ta’minot arxitekturasi” fanidan bakalavriatning Dasturi


O'zgarmas xarajat
Ishlab chiqarish hajmining oʻzgarishiga
(qisqarishi yoki ortishi) bogʻliq boʻlmagan
tovarlarning hajmiga taʼsir etmaydigan
xarajatlar oʻzgarmas(doimiy) harajatlar
deyiladi. Oʻzgarmas(doimiy) (ingliz til.
Fixed cost FC) ishlab chiqarish hajmiga
bogʻliq boʻlmaydi, uning oʻsishiga ham
bevosita taʼsir etmaydi va ishlab
chiqarishning har qanday, hatto nolinchi
hajmida ham mavjud boʻladi. Bunga
korxonaning toʻlov majburiyatlari
(zayomlar boʻyicha foiz va boshqa),


soliqlar, amortizatsiya ajratmalari, ijara
haqi, qoʻriqlash xizmatiga toʻlov,
uskunalarga xizmat koʻrsatish sarflari,
boshqaruv xodimlari maoshi va shu
kabilar kiradi.¹
FC=TC-VC 
Bu yerda: FC-oʻzgarmas(doimiy) xarajat ,
TC- umumiy xarajat , VC- o'zgaruvchi
xarajat
Korxona foydalanadigan koʻplab
resurslar miqdori, yaʼni jonli mehnat, xom-
ashyo, yonilgʻi va energiya sarflari tovar
hajmining oʻzgarishiga tez va oson taʼsir


qiladi. Boshqa resurslar sarfi taʼsirida
tovar hajmi oʻzgarishi uchun uzoq vaqt
talab qilinadi. Masalan, ogʻir sanoat
tarmoqlarining ishlab chiqarish quvvatlari
ancha uzoq vaqt oraligʻida mahsulot
miqdori oʻzgarishiga taʼsir qilishi mumkin.
Demak, ishlab chiqarish xarajatlarini
hisobga olishga vaqt omili, yaʼni xarajat
qilingandan pirovard natija olinguncha
oʻtgan davr sezilarli taʼsir koʻrsatadi. Shu
sababli vaqt omilidan kelib chiqib, ishlab
chiqarish xarajatlarini qisqa va uzoq
muddatli davrda alohida taxlil qilinadi.
Korxona ishlab chiqarish hajmini
oʻzgartirshl uchun qisqa muddatli davrda
faqat oʻzining oʻzgaruvchi xarajatlari
miqdorini oʻzgartirishi mumkin. Bu qisqa


muddatli xarajatlardir. Ishlab chiqarish
quvvatlari esa (ishlab chiqarish
inshootlari maydoni, mashina va
uskunalar miqdori) doimiy boʻlib qoladi,
hamda bu davr faqat ulardan foydalanish
darajasini oʻzgartirish uchun yetarli
boʻlishi mumkin. Boshqacha aytilganda
qiska muddatli davr oraligʻida
korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari
oʻzgarishsiz qoladi, ishlab chiqarish
hajmi esa koʻp yoki kam miqdorda jonli
mehnat, xom ashyo va boshqa
resurslarni qoʻllash yoʻli bilan oʻzgarshii
mumkin. Mavjud ishlab chiqarish
quvvatlaridan esa koʻp yoki kam darajada
intensiv foydalanish mumkin. Uzoq
muddatli davr bu korxonaning ishlab


chiqarish quvvatlarini ham oʻz ichiga
olgan, butun band boʻlgan resurslari
miqdorini oʻzgartirish uchun yetarli
boʻlgan davrdir. Bu davr davomida
boshqa tarmoqda faoliyat qilib turgan
korxonalar mazkur tarmoqqa kirib kelishi
mumkin. Bu yerda shuni taʼkidlash
lozimki, ishlab chiqarish quvvatlarining
oʻzgarishi taqozo qiladigan qisqa va uzoq
muddatli davr davomiyligi ayrim tarmoq
va korxona xususiyatidan kelib chiqib
farqlanish mumkin. Masalan, yengil
sanoat tarmogʻida kiyim-kechak ishlab
chiqaradigan kichkina firma, bir nechta
qoʻshimcha tikuv mashinasi oʻrnatish
bilan oʻzining ishlab chiqarish
quvvatlarini qisqa vaqtda (bir necha


kunda) oshirish mumkin. Ogʻir sanoat
tarmoqlarida yangi quvvatlarni ishga
tushirish uchun bir necha yil talab
qilinadi. Oqibat natajada barcha xarajat
turlari oʻzgaradi va oʻzgaruvchi miqdorlar
boʻlib qoladi.
Manba
1. SH. SHODMONOV, T. JOʻRAYEV
IQTISODIYOT NAZARIYASI.
Toshkent — 2000 yil 


Soʻnggi tahrir 3 yillar avval Olimjon Aktamov tomonidan amalga oshirildi
Maqola Olimjon Aktamov
Maqola Olimjon Aktamov
tomonidan yaratildi.
tomonidan yaratildi.
Qo'shimcha va
Qo'shimcha va
o'zgartirishlar kiritish
o'zgartirishlar kiritish
uchun fikringizni yozib
uchun fikringizni yozib
qoldiring
qoldiring
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=O%27zgarmas_xarajat&oldid=
1984093
" dan olindi 


Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).

Download 18.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling