O'zgaruvchan tok elektr zanjirlari


Download 270.38 Kb.
bet1/2
Sana23.04.2023
Hajmi270.38 Kb.
#1388863
  1   2
Bog'liq
3 mavzu


Oʻzgaruvchan tok — tok kuchi (kuch lanish) va yoʻnalishi vaqt oʻtishi bilan davriy ravishda oʻzgaradigan elektr toki; keng maʼnoda — vaqt boʻyicha oʻzgaradigan har qanday elektr toki. Oʻzgaruvchan tokni oʻzgartirish, mas, uzoq masofaga uzatish, toʻgʻrilash, chastotasini oʻzgartirish kabi amallarning bajarilishi nisbatan oddiyligi uning afzalligi hisoblanadi. Asosiy koʻrsatkichlari: chastotasi va tok kuchining taʼsir etuvchi qiymati. Sanoatda foydalaniladigan oʻzgaruvchan elektr tarmoqlarida tok kuchi va kuchlanish garmonik tarzda 50 Gs chastota bilan oʻzgaradi. Zanjir uchlaridagi oʻzgaruvchan kuchlanishni elektr styalardagi generatorlar vujudga keltiradi. Tok kuchining taʼsir etuvchi qiymati deganda maʼlum vaqt ichida oʻtkazgichdan Oʻzgaruvchan tok oʻtganda ajraladigan issiqlik miqdoriga teng issiqlik ajratadigan tok kuchi tushuniladi. Tok kuchi va kuchlanishning taʼsir etuvchi qiymatlari Oʻzgaruvchan tok zanjiriga ulangan ampermetr va voltmetr bilan oʻlchanadi.
O'zgaruvchan tok elektr zanjirlari
O’zgaruvchan tok elektr zanjirlari.
Tayanch so’z va iboralar: ishlab chiqarish, uzatish, sinusoidal, 50 Gs, chastota, analitik ifodasi, grafik ifodalanishi, vektor ifodalanishi, diagramma, oniy qiymat, davr, faza, burchak siljishi, kompleks son, mavhum qiymat, haqiqiy qiymat, matematik operatsiya, qaytmas jarayon, ilgari yurish, orqada qolish, aktiv, reaktiv, oniy quvvat, maydon energiyasi.
O’zgaruvchan tok haqida tushuncha va uni hosil qilish.
O’zgarmas tok zanjirlarida biz kuchlanishni vaqt davomida o’zgarmas deb
qaradik. Haqiqatan ham akkumulyatorlarni kuchlanishi vaqtning biz ko’rayotgan qisqa oralig’ida o’zgarmas bo’ladi (albatta, uzoq vaqt davomida qaralganda akkumulyator zaryadsizlanishi hisobiga kuchlanish asta sekin kamayib boradi).
O’zgaruchan tok vaqt bo’yicha ma’lum qoida bo’yicha o’zgaradi, ya’ni tokning miqdori vaqtning funksiyasi bo’ladi. Amalda o’zgaruvchan elektr toki deganda kuchlanishning vaqt davomida o’zgarishi tushuniladi. :
U = F (t) (4.1)
bu erda U – tokkuchlanishning istalgan vaqtdagi oniy qiymati, t – vaqt.
O’zgaruvchan tok tushunchasi juda keng manoli bo’lib yo’nalishi, son qiymati, yoki xam yo’nalishi xam son qiymati o’zgarib turuvchi toklarni o’z ichiga oladi. Tokning o’zgarish qonuniyatlari turlicha bo’lishi mumkin. Ayniqsa radiotexnikada turlicha qonuniyatlar asosida o’garuvchi toklar bilan ishlanadi. Masalan ovozning yozuvi bunga misol bo’ladi.
Amalda ishlatiluvchi o’zgaruvchan elektr tokini uchta turga bo’lish mumkin:
1 Faqt miqdori o’zgaruvchan, (pulsatsiyalanuvchi) tok.
2. Miqdori va yo’nalishi o’zgaruvchan tok.
3. Davriy o’zgaruvchan tok.
4.2- rasmda davriy (sinusoidal qonuniyat asosida) o’zgaruvchan tokning va
o’zgarmas tokning vaqt bo’yicha diagrammalari keltirilgan.

Download 270.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling