Озиқ-овқат махсулотлари технологияларининг илмий асослари


Download 87.59 Kb.
bet1/6
Sana17.05.2022
Hajmi87.59 Kb.
#675294
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
OZIQ OVQAT MAXSULOTLARINI TEXNIK EKSPERTIZASI
var-101, TURDOSH 2021 @YQQUZB KANAL, 5-sinf test 30 talik, 2 5391187153466167065, 14, 1-topshiriq. Dinshunoslik, nyuton binomi. polinomial formula. kiritish va chiqarish usuli. rekurent munosabatlar. - 2021-11-24T205821.123, ms-excelda-matematik-amallar-va-funksiyalarni-qo0llash, Биология 6 Тест ихтисос узб, Биология 6 Тест ихтисос узб, Yevklid sohalari BMIII, 2-маъруза, Амалий метрологиядан услубий кўрсатма 2021


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI



ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI


________________________________________FAKULTETI
__________________________________________ FANIDAN
KURS ISHI
MAVZU:OZIQ OVQAT MAXSULOTLARINI TEXNIK EKSPERTIZASI
(SUT MAXSULOTLARI)

GURUH: S25-19


BAJARDI:_____________________


QABUL QILDI:_______________________


TOSHKENT­-2022


Reja:




  1. Kirish

  2. Oziq-ovqat texnologiyalarining fizik-kimyoviy asoslari.

  3. Ekstraksiya.

  4. Tozalash-rafinatsiyalash.

  5. Eritish va kristalizatsiyalash.

  6. Texnologiyalarning reologik asoslari.

  7. Sut maxsulotlarini asosiy tushunchalari.

  8. Texnologiyalarning teplofizik asoslari.

  9. Oziq-ovqat maxsulotlarining teplofizik tafsiflari.

  10. Sut maxsulotlarini texnik xafsizligi

  11. Xulosa

  12. Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish

Oziq-ovqat texnologiyalarining fizik-kimyoviy asoslari. Oziq-ovqat texnolo-giyasi xomashyolarni maxsulotlarga aylantirishning qayta ishlash usullarini o`rganadi. U fizika, kimyo, biologiya va boshqa ilmlar qonuniyatlariga asoslanadi, chunki xar qanday texnologik jarayon bu xomashyoga fizikaviy, kimyoviy va boshqa ta`sirlar majmuasidir.


Oziq-ovqat texnologik jarayonlari maxsulot turlari singari juda xilma-xildir. Texnologik jarayonlarni sinflash yoki guruxlarga ajratishda xomashyoga ishlov berish usulining o`xshashligi asos qilib olinadi. Shuning uchun ularni qayta ishlash usullarining umumiyligi asosida, shartli ravishda to`rtta guruxga bo`lish mumkin: I gurux – Bijg`itishga asoslangan ishlab chiqarishlar, II gurux –fizik-kimyoviy ishlab chiqarishlar, III gurux- mexanik-teplofizik ishlab chiqarishlar, IV gurux – kimyoviy ishlab chiqarishlar.
I. Bijg`itishga asoslangan ishlab chiqarishlarda asosiy jarayon bu bijg`ishdir. Bijg`itish non va nonvoychilik drojjilari ishlab chiqarishda, pivo, uzum vinosi, spirt ishlab chiqarish korxonalarida va boshqalarda qo`llaniladi.
Bu gurux korxonalarning o`ziga xosligi texnologiyalarida uglevodlarni bijg`ituvchi mikroorganizmlarni qo`llashidir. Mikroorganizmlarning xayot faoliyati ma`lum texnologik jarayonni borishini ta`minlaydi. Mikroorganizmlar o`z navbatida yashash uchun energiyani organik moddalarning oksidlanishidan oladilar. Mikroorganizmlar aerob (kislorodli) yoki anaerob (kislorodsiz) muhitda yashashlari mumkin. Turli texnologik jarayonlarda mikroorganizmlarning bu ikkala sharoitda yashash xususiyatlaridan foydalaniladi.
Aerob nafas olish sharoitida – mikrobiologik maxsulotlar (nonvoychilik drojjilari, fermentli preparatlar, ayrim vitaminlar va boshqalar) ishlab chiqariladi.
Anaerob nafas olish (bijg`ish) sharoitida - asosan tarkibida etil spirti bo`lishi kerak bo`lgan maxsulotlar (alkogolli ichimliklar, vino, spirt va boshqalar) ishlab chiqariladi.




  1. Download 87.59 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling