Oziq-ovqat kimyosi


Download 1.53 Mb.
bet1/5
Sana03.12.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1800071
  1   2   3   4   5
Bog'liq
“Oziq-ovqat kimyosi” fanining oziq-vqat sanoatida tutgan o‘rni


Mavzu: “Oziq-ovqat kimyosi” fanining oziq-vqat sanoatida tutgan o‘rni

Reja:


  1. Oziq-ovqat kimyosi» fani haqida tushuncha.

  2. Oziq-ovqat kimyosi fanini yo‘nalishlari.

  3. Oziq-ovqat sanoati.

Oziq-ovqat kimyosi fani umumta’lim fanlardan bo‘lib, inson oziqlanishini nazariy asoslarini va ilmiy ahamiyati o‘rganuvchi fandir. Oziq-ovqat kimyosi – kimyoviy fanlarni bir qismi bo‘lib, uni insonlarni oziqlanishida ahamiyati katta. Uning vazifalariga xomashyo, yarim va tayyor mahsulotlarni kimyoviy tarkibini, xomashyoni va oziq-ovqat mahsulotlarini saqlashda va qayta ishlashda yuz beradigan kimyoviy jarayonlarni, yangi oziqovqat mahsulotlari ishlab chiqarish va ovqatlanish tizimlarini o‘rganadi. Fanni o‘rganish ob’yektiga yangi xomashyo manbalari, yangi oziqovqat mahsulotlarini turlari va zamonaviy oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyasi jarayonlari kiradi. Insoniyat oldida turgan eng asosiy muammolardan quyidagilarni aytish mumkin.


yer yuzi aholisini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash;
energiya bilan ta’minlash;  xomashyo bilan ta’minlash;
atrof muhit muhofazasi, ekologik va radiatsion xavfsizlikni ta’minlash.
Bular ichida eng muhimi va murakkabi yer yuzi aholisini oziqovqat mahsulotlari bilan ta’minlash hisoblanadi. Inson organizmiga tushadigan ozuqaviy moddalar hujayrada yuz beradigan murakkab biokimyoviy jarayonlar natijasida, inson organizmi uchun kerakli plastik moddalar va energiya bilan ta’minlaydi. Bundan tashqari oziq-ovqat mahsulotlari insonni davolash va profilaktik funksiyalarni bajarishi kerak.
Hozirgi kunda insonlarni oziqlanishida bir qancha kamchiliklarni ko‘rish mumkin:
hayvon yog‘ini ko‘p iste’mol qilish;
to‘yinmagan yog‘ kislotalarini tanqisligi
hayvon oqsilini kam iste’mol qilish;
vitaminlarni tanqisligi;
mineral moddalarni tanqisligi (kalsiy, temir);
mikroelemenlarni tanqisligi (selen, rux, yod, ftor);
ozuqaviy to‘qimalarni tanqisligi. Asosiy oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan me’yoriy ko‘rsatkich 1- jadvalga keltirilgan.

Funksional oziq-ovqat mahsulotlari bu insonni sog‘ligiga foyda beruvchi ingridient qo‘shilgan mahsulotlarga aytiladi. Bu mahsulotlar kasallikga qarshiligini kuchaytiradi, inson organizmini fiziologik jarayonlarini yaxshilaydi. Masalan, qondagi xolesterin miqdorini kamaytiruvchi mahsulotlar, rak kasalligini ba’zi ko‘rinishlarini kamaytiruvchi mahsulotlarni aytish mumkin.


Yangi va takomillashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasini yaratishda, aholini oziqlanish tizimini o‘rganishni, 6 qayta ishlash va oziq-ovqat sanoati korxonalarini holatini, demografik o‘zgarishlarni o‘rganishni talab etadi.
Bu ishlarni rivojlantirishda va tadbiq etishda oziq-ovqat kimyosi, oziq-ovqat biotexnologiyasi, texnologik jihozlar, tahlil usullari sifatini boshqarish sohasida erishilgan yutuqlar muhim ahamiyatga ega.
Yuqorida qayd qilingan masalalarni hal qilish xom-ashyo va tayyor mahsulot tarkibini o‘rganish usullari bilishni talab etadi.
Bu fan oziq-ovqat mahsulotlarini tarkibini tahlilida yangi tizimlarni va aniqlash uslublarini yaratishni ham o‘z ichiga oladi. Mahsulot tarkibidagi komponentlarni tuzilishi, funksiyasi va komponentlarni o‘zaro ta’sirini o‘rganishni, zararli va yod moddalarni o‘rganishni qaratiladi.

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling