P. J. Nazarov


Download 101.5 Kb.
bet1/6
Sana04.08.2022
Hajmi101.5 Kb.
#790856
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Antroposentrik paradigmaning zamonaviy tilshunoslikda tutgan o’rni
Кичик г, ариза 1-kurs, мураббий намунавий иш режаси Имомова 2020 2021, 9, Buyruq, Infarmatika va AT 44,45,46 mavzu, qonning fizik- kimyoviy xossalari, qonning fizik- kimyoviy xossalari, qonning fizik- kimyoviy xossalari, qonning fizik- kimyoviy xossalari, BUYRUQ ПРИКАЗ АГНКС, Баённомалар 14,12,2013, tarbiyasi ogir bolalar va ular bilan olib boriladigan korrektsion ishlar, 1-amaliy (26), FONETIKA GRAFIKA (MAJBURIY) JAVOBLARI(1)

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND DAVLAT CHET TILLAR INSTITUTI
ROMAN-GERMAN TILLAR FAKULTETI
NEMIS FILOLOGIYASI KAFEDRASI
Yuldoshev Abror Shernazar o’g’li
Antroposentrik paradigmaning zamonaviy tilshunoslikda tutgan o’rni
KURS ISHI
Mutaxassislik: A5120012 –Lingvistika (nemis tili)



“HIMOYAGA TAVSIYA ETILDI”
Nemis filologiyasi kafedrasi mudiri

N.G.Sodikova______________


“____” _____________ 2021

“ILMIY RAHBAR”
P .J. Nazarov
________________

“____” ___________2021



SAMARQAND – 2021
Mundarija
Kirish…………………………………………………………………………….3
I. BOB: Paradigma tushunchasining kelib chiqish negizlari
1.1. Paradigma, uning mohiyati va unga bo’lgan qarashlar………………………5
1.2. Paradigma va uning turlari …………………………………………………..7
II. BOB: Antroposentrik paradigmaning zamonaviy tilshunoslikda tutgan o’rni
2.1. Antroposentrik paradigma va tilshunoslik……………………………………9
2.2. Antroposentrik paradigmaning zamonaviy tilshunoslikda tutgan o’rni……..14
III. Xulosa……………………………...…………………………………………16 Foydalangan adabiyotlar ro’yxati…………………………………………....…19

Reja:

  1. Kirish:

  2. Asosiy qism:

1 Bob: Paradigma tushunchasining kelib chiqish negizlari

    1. Paradigma, uning mohiyati va unga bo’lgan qarashlar

    2. Paradigma va uning turlari

  1. Bob: Antroposentrik paradigmaning zamonaviy tilshunoslikda tutgan o’rni

2.1 Antroposentrik paradigma va tilshunoslik
2.2 Antroposentrik paradigmaning zamonaviy tilshunoslikda tutgan o’rni .

  1. Xulosa:



Kirish:
Ma’lumki, XX asr boshlarida sotsiologiya va psixologiyadan uzoqlashgan lingvistika “Til o‘zida va o‘zi uchun” shiorini o‘zining yagona obyekti sifatida e’lon qildi. F. de Sossyur ilgari surgan umumiy semiologiya loyihasi semiotikada qisman ifodasini topgan bo‘lsa-da, lingvistika o‘z mustaqilligini yo‘qotmadi, semiotikadek umumiy fanning qismiga aylanib ketmadi. Y.D.Aprsyanning qayd etishicha, struktur paradigma tufayli sodir bo‘lgan qayta qurish an’anaviy lingvistik muammolarni yanada chuqurlashtirdi, boyitdi va kengaytirdi; lingvistikani “ilmiy haqiqatni izlash, axtarish metodologiyasi” bilan qurollantirdi.
XX asr oxiriga kelib tilni belgilar tizimi tarzida tadqiq etish masalasi tadqiqotchilarni ortiqcha qiziqtirmay qo‘ydi. Lingvistika yana psixologiya va sotsiologiya bilan yaqindan munosabatga kirishishga intila boshladi.
Kognitivistika Sossyurning til-nutq, sinxroniya-diaxroniya, sintaksis-semantika, leksika-grammatika kabi til dixotomiyalaridan voz kecha boshladi. Tilni insonning kognitiv qobiliyatlaridan biri sifatida baholadi, tilshunoslikni esa kognitologiyaning bo‘lagi deb e’lon qildi. Natijada, tilshunoslik tag‘in o‘z mustaqilligini yo‘qotay dedi. SHunga qaramay til haqidagi fanning yakkalikdan chiqishiga, unga tegishli ijtimoiy ahamiyatning yanada o‘sishiga shak-shubha yo‘q edi. XX asr lingvistikasi bosib o‘tgan yo‘lni kuzatar ekanmiz, undagi bir qator xususiyatlarni e’tirof etish lozim bo‘ladi:
.Tilshunoslik har doim boshqa, xoh gumanitar, xoh tabiiy fanlar bilan bajonidil aloqaga kirisha oldi. Biologiya, sotsiologiya, psixologiya bilan lingvistikaning yaqindan aloqasi bois biolingvistika (bu yo‘nalish o‘zbek tilshunosligida hozircha shakllangan emas), sotsiolingvistika, psixolingvistika tarkib topdi. 60-yillardan e’tiboran injener lingvistikasi, keyinroq matematik lingvistika, buning zaminida esa, kompyuter lingvistikasi vujudga keldi. Bunday aloqalar natijasi o‘laroq tilshunoslikka oid tadqiqotlarda turli-tuman tushunchalarni ifodalovchi terminlar o‘z ifodasini topdi. SHunga qaramasdan, tilshunoslikda uning predmetiga mos xususiyatlargina saqlanib qolaverdi, mos tushmaydiganlari o‘z-o‘zidan yo‘q bo‘lib ketdi yoxud sof lingvistik mazmun bilan qanoatlandi.
2. Kiritilayotgan tushuncha uchun aniq ta’rifning yo‘qligi uning samarali qo‘llanishiga to‘sqinlik qilolmadi, “lisoniy bilish” , “lisoniy qiyofa”, “borliqning lisoniy tasviri”, “diskurs “, “ konsept” singari terminlar mohiyati qator izlanishlar negizida aniqlashtirib borildi. Paradigma tushunchasi ilm fanda T Kuhn tomonidan kiritildi va dunyo qarash yoki anglash bulib namoyon bo’ldi. Bunda inson ,uning fikrlashi , dunyo qarashi o’yu yodi Antroposentrik paradigmada asosiy planga chiqdi.
3.Tilshunoslikda L.Elmslevning glossematika nazariyasidan boshqa biron bir lingvistik loyiha va lingvistik ta’limot o‘zining mantiqiy poyoniga erishmadi, amalda mujassam bo‘lmadi. SHunday qilib lingvistika uchun mustaqillik maqomining tabiiyligi, va aksincha, boshqa fanlarning ta’siri sezilarli bo‘lsa-da, ammo muvaqqat xarakterdaligi ayon bo‘ldi.


    1. Download 101.5 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling