Pandemiya sharoitida iqtisodiyotni rivojlantirish banklarning raqamli xizmat turlari va


Download 362.93 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/10
Sana09.09.2022
Hajmi362.93 Kb.
#803420
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2 kurs Ишлаб чикариш амалиёт дастури Банк
кибер 1, 1 seminar , GROUP 5, 1, nazariy mexanika fanidan 8-mustaqil ish topshiriqlari va ularni bajarish, O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi “, Lessons 12, Мустакил иш 7-сем.Mavzularning nomlari, Мustaqil ish (Sirtqi) Abdukadirov M.A. 020-20, 021-20, 022-20. 1-sem. 2020-2021-1, Мustaqil ish (Sirtqi) Abdukadirov M.A. 020-20, 021-20, 022-20. 1-sem. 2020-2021-1, TJA-184-185 Ya, TJA-184-185 Ya, 19 - маъруза, Ўқув таълим, Obyektga yo


 



KIRISH 
Pandemiya sharoitida iqtisodiyotni rivojlantirish banklarning raqamli xizmat turlari va 
ular sifatini oshishi, ular tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash negizida taqsimlash, 
ayirboshlash va iste'mol qilish jarayonlarining uzluksizligini ta'minlash imkonini oshiradi. 
Raqamli iqtisodiyot sharoitida bank sohasi qiziqarli, dolzarb va ustuvor sohalardan biri 
hisoblanadi, chunki iqtisodiy jihatdan dunyoning yetakchi davlatlari qatoriga chiqib 
olishni vazifasi belgilagan. Bank tizimidagi islohotlarning samarasi mazkur tizimda 
faoliyat olib boruvchi kadrlarning malakasiga, ish tajribasiga bog‘liq bo‘ladi. Bank ishi 
sohasida har tomonlama, yetuk mutaxassislarni tayyorlashda, bo‘lg‘usi mutaxassislarning 
pensiya ishi bo‘yicha aniq bilim va ko‘nikmalarga chuqurroq ega bo‘lishlarida, nazariya 
va amaliyotning uyg‘unligini ta’minlashda malakaviy amaliyot muhim o‘rin egallaydi.
Bank tizimiga zamonaviy servis yechimlari asosida axborot texnologiyalarini, 
moliyaviy texnologiyalarni keng joriy etish, axborot xavfsizligini lozim darajada 
ta’minlash, shuningdek, moliyaviy xizmatlar ko‘rsatishda inson omili ta’sirini kamaytirish 
bo‘yicha tezkor chora-tadbirlar ko‘rish talab etilmoqda. 
Banklarning investitsiyaviy jozibadorligini, bank xizmatlari ommabopligi va sifatini 
oshirish uchun bank sektorini tubdan transformatsiya qilish maqsadida O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 maydagi “2020-2025 yillarga mo‘ljallangan 
O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida” PF-5992-
son Farmoni qabul qilindi. 
Moliya-bank tizimining barqaror rivojlanishini ta’minlash asosan milliy ta’lim tizimini 
mustahkamlash, uni zamon talablari bilan uyg‘unlashtirish asosida jahon andozalari 
darajasiga chiqarishga katta ahamiyat berib kelinmoqda. 
Mazkur ishlab chiqarish amaliyoti dasturi “Bank ishi” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi 
talabalari uchun tayyorlangan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi 
Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta 
maxsus ta’lim vazirligining 1998-yil 30-oktyabrdagi 305-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 
“O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalarining malakaviy amaliyoti 
haqida”gi Nizom talablari asosida ishlab chiqilgan. Shuningdek, amaliyot dasturi 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi “Oliy ma’lumotli 
mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining 
ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151-sonli Qarorida 
belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga qaratilgan. 

Download 362.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling