Parazit zuluklar va parazit mollyuskalar tuzulishi va rivojlanishi


Download 1.93 Mb.
Sana21.03.2020
Hajmi1.93 Mb.

Parazit zuluklar va parazit mollyuskalar tuzulishi va rivojlanishi

Annelides tipi, Hirudinea sinfi-400 ga yaqin tur Umurtqali hayvonlar sirtida vaqtincha parazitlik qilib yoki yirtqichlarcha hayot kechiradi. Quruqlikda - Avstraliya, Janubiy Osiyo, Yaponiya va boshqa janubiy mamlakatlarda 3-5 smli qonxo’r jag’li zuluklar bor. Ularning tanasi yelka qorin tomonga yassilanganligi bilan boshqa halqali chuvalchanglardan farq qiladi. Tanasida 2 so’rg’ichi bo’lib, Orqa so’rg’ichining yelka tomonida anal teshigi bor. Bundan tashqari zuluklar gavdasining sirtqi halqalari ichki halqalariga to’g’ri kelmaydi, (tibbiyot zulugida 5 ta tashqi segment to’g’ri keladi).

1-ish. Parazit zuluklarning tuzulishi va rivojlanishini o’rganish. Z. 2 ta k.s: 1. Qadimgi zuluklar (Archihirudinea) kenja sinfi. 2. Haqiqiy zuluklar (Euchirudinea) kenja sinfi. Qadimgi zuluk:qildor zuluklar (Acanthobdella) turkumi kiradi. 2 ta tur kirib, ular lasoss baliqlarida parazitlik qiladi. Tana uzunligi 3 smgacha boradigan bu zuluklarda oz qilli halqali chuvalchanglarga xos tashqi belgilari, jumladan bosh tomonidan 2-segmentdan 6-segmentgacha har bir segmentida 4 juftdan yirik qilchalari bo’ladi. Ularning gavdasi 30 ta segmentdan tashkil topgan. Tanasining oldingi uchida og’iz so’rg’ichi yo’q, faqat dum tomonida kichik so’rg’ichi bo’ladi. Qildor zuluklarning asosiy vakili Acanthobdella peledina asosan lasossimon baliqlarning suzgichlariga yopishib, ularning tana suyuqligi qonini so’rib ovqatlanadi. Ularning bosh qismida joylashgan qillari baliq tanasiga yopishishga xizmat qiladi. N.A.Livanov har tomonlama o’rgangan.

Haqiqiy zuluklar k. S:2 ta turkumga bo’linadi: 1. Xartumli zuluklar (Rhynchobdelida) turkumiga kiruvchilarida xartumchaga aylangan tomog’i bo’lishi bilan xarakterlanadi. Bu zuluklar turli hayvonlarga, ayniqsa, baliqlarga, qushlarga xartumi bilan yopishib, ulardan qon yoki tana suyuqligini so’rib, ektoparazitlik bilan hayot kechiradi. Baliq zulugi - Piscicola geometra deyarli har doim baliqlarda parazitlik qiladi. Bizning havzalarimizda ko’pincha chig’anoqli zuluk - klepsina (Glossosiphonia complanata) uchraydi. Odatda, ularning uzunligi 3 sm atrofida bo’lib, chuchuk suv mollyuskalarining har xil turlarini (shilliqlarni, g’altaksimonlarni va boshqa shilliqqurtlarni) tutib eydi. Chig’anoqli zuluklarda nasl uchun qayg’urish kuchli rivojlangan. Ular pillalarini gavdasining qorin tomoniga yopishtirib oladi va bu vaqtda ona zuluk kam harakat qiladi. U biron o’simlikka so’rg’ichlari bilan yopishib, gavdasini tebrantirib turadi. Pilladan yosh zulukchalar chiqqanda ham ona zuluk o’z holatini o’zgartirmaydi.

  • Jag’li zuluklar (Gnathobdella) turkumiga kiruvchilarning ko’pchiligida og’iz bo’shlig’ida jag’ apparati bo’lishi bilan xarakterlanadi. Bu turkumga kiruvchi zuluklarda 5 juft ko’z va qo’shilish organi bor. Ular asosan qon so’rib, ba’zida esa mayda umurtqasizlar bilan ovqatlanadi. Yirtqich turlarida jag’lari kichrayib ketgan.
  • Tibbiyot zulugi (Hirudo medicinalis) jag’li zuluklar turkumining eng muhim vakilidir. Uning og’iz bo’shlig’ida 3 ta jag’i bo’lib, har bir jag’ida 100 ga yaqin xitinli tishlari bo’ladi. 25-30 smgacha uzunlikdagi tibbiyot zuluklari MDHning janubida, ya’ni Markaziy Osiyo, Qozog’iston, Kavkaz, Moldaviya va Janubiy Ukrainaning turli suv havzalarida ko’plab uchraydi. Tibbiyot zulugi har xil umurtqali hayvonlarning qoni bilan ovqatlanadi. Lekin ularning asosiy ozuqa manbai bu baqalar va sutemizuvchilardan qoramollar hisoblanadi.
  • Soxta ot zulugi (Haemopis sanguisuga)ning jag’lari kuchsiz rivojlangan. Soxta ot zulugi odam va sutemizuvchilarning terisini tishlay olmaydi. Ular yirtqichlik bilan hayot kechirib, asosan chuvalchanglar, mollyuskalar, itbaliqlar bilan ovqatlanadi. Bu tur zuluklar o’z pillalarini qirg’oqqa, suv betidan yuqoriroqqa ko’mib qo’yadi. Markaziy Osiyoning tog’li hududlaridagi tiniq suvli ko’l va soylarda uchraydi.
  • Nil zulugi yoki ot zulugi (Limnatis nilotica) ham kiradi. Bu zararli zuluk Afrikada, Sharqiy Janubiy Evropada, Markaziy Osiyo va Kavkazda ko’p tarqalgan. Shu avlod zuluklardan Limnatis turkestanica degan turi Markaziy Osiyoda (Ashxobod, Samarqand va Toshkent atrofida) uchraydi. Bu zuluklar ot yoki mollar suv ichayotgan vaqtida ularning og’iz bo’shlig’i yoki xalqumiga o’tib, yopishib qon so’radi va hayvonlarga katta zarar yetkazadi.
  • Markaziy Osiyoda 30 %gacha chorva mollari ushbu zuluklar bilan zararlanadi.
  • Tibbiyot zulugini anatomiyasi.
  • 1 – serebral nerv tuguni,
  • 2 – halqum,
  • 3 – jig’ildon,
  • 4 – oshqozon,
  • 5 – oshqozonning orqa o’simtasi,
  • 6 – o’rta ichak, 7 – orqa ichak,
  • 8 – anal teshigi, 9 – keyingi so’rg’ichi,
  • 10 – qorin nerv zanjirining gangliyalari,
  • 11 – metanefridiylar,
  • 12 – siydik pufagi,
  • 13 – urug’ xaltalari,
  • 14 – urug’ yo’li,
  • 15–metanefridiylarning kiprikli voronkasi,
  • 16 – qin,
  • 17 – tuxum xaltasi tuxumdon bilan,
  • 18 – urug’don o’simtasi,
  • 19 – erkak ko’yikish organi (penis),
  • 20 – urug’don bezi, 21 – yon lakuna.
  • Parazit mollyuskalarni tuzulishi va rivojlanishini o’rganish. 130 mingdan tur, 7 ta sinfga bo'linadi. M. ayrim turlari parazitlik qilib hayot kechiradi. Ular asosan ikki pallali (Bivalvia) va qorinoyoqlilar (Gastropoda) sinflari ichida uchraydi. Qorinoyoqlilar: parazit chuvalchanglarning, birinchi navbatda so'rg’ichlilar sinfi vakillarining oraliq xo'jayinlari hisoblanadi. Shuningdek, tasmasimon chuvalchanglar va nematodalarning rivojlanish siklida ham qorinoyoqli mollyuskalar vakillari qatnashadi.
  • Ikki pallali mollyuskalardan chuchuk suv marvariddorlari (Margaritifera) va tishsizlarning (Anodonta) lichinkalari baliqlarda parazitlik qilib yashaydi. Erkaklarining spermatozoidlari esa suvga chiqariladi va kirish sifonlari orqali urg’ochisining tanasiga kiradi. Tuxum jabra yaproqchalari orasida urug’lanib, bir necha kundan keyin ulardan gloxidiy deb ataluvchi lichinka chiqadi. Lichinkaning ikki pallali chig’anoqlarini qirralari tishchali bo'ladi. Bunday lichinkalar erta bahorda ona organizmidan suvga chiqadi va biroz harakatlanib, keyin chig’anoqlarini tishchalari va yopishqoq bissus ipchalari yordamida turli baliqlarning jabrasiga va suzgich qanotlariga ilashib, parazit holda hayot kechira boshlaydi.
  • A-tishsiz (Anodonta)ning tashqi ko’rinishi:
  • 1-oldingi qirrasi,2-qorin qirrasi,3-orqa qirrasi, 4-yelka qirrasi, 5-chig’anoq cho’qqisi, 6-chig’anoqni quruvchi tashqi paylar;

Etiboringiz uchun tashakkur!



Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling