Parchin mixni parchinlash


Download 449.73 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi449.73 Kb.
#1024739
Bog'liq
mustaqil ish metrologiya



Parchin mixlari va ular uchun ruxsat etiluvchi o`lchamlar
Reja

  1. Parchin mixlar.




  1. Parchin mixni parchinlash.




  1. Parchin mixli birikmalar.

Parchin mixli birikmalar bir yoki bir nechta detal parchin mix vositasida ajralmaydigan qilib biriktirishda hosil qilinadi. Parchin mixli birikmalarda choklar bir yoki koʼp qatorli; uchma- uch yoki ustma- ust boʼlishi mumkin. Bundan tashqari parchin mixlar parallel yoki shaxmatsimon qilib oʼrnatilishi mumkin (1-rasm a,b,v).



1- rasm. Parchin mixli birikmalar. A) ustma-ust; b) uchma- uch bir ustqo‘ymali; v) uchma-uch ikki tomonlama ust qo‘ymali.

Parchin mix silindrsimon, bir uchiga kallak ko‘rinishida shakl berilgan ma’lum uzunlikdagi elementdir.Parchin mixlar asosan diametri 20 mm dan ortiq bo‘lmagan po‘lat, mis, alyuminiy simlaridan tayyorlanadi. Bunday simlarni uchi parchalanib, ma’lum shakldagi kallakka aylantirilsa, parchin mix hosil bo‘ladi (2- rasm).



2-rasm.Parchin mixlar

Parchin mixlarning barcha o‘lchamlari standartlashtirilgan. Kam yuklangan birikmalarda hamda elastik materiallarni biriktirishda o‘rtasi teshik parchin mixlar-pistonlar ishlatiladi. 3- rasmda standart po‘lat parchin mixlarning shakllari keltirilgan.



3-rasm. Standart parchin mixlar: a) yarim dumaloq kallakli; b) yassi kallakli; 
v) yashirin kallakli; g,d, ye – yarim g‘ovak tanali; yo,j,z- g‘ovak tanali (pistonlar)
Parchin mixli birikmani parchin mix sterjenini detallar teshigiga kiritilib parchinlab hosil qilinadi. Ulanadigan qismlarda teshiklar hosil qilish uchun parma yoki pressdan foydalaniladi (3- rasm).

1- rasm. Parchin mixni parchinlash.
1- siqish; 2- mashinada parchinlashdagi qisqich; 3- cho‘ktirilgan kallak; 4-
tayyor kallak; 5- tirgak.

Parchin mixning ikkinchi uchiga parchin birikma hosil qilish jarayonida parchinlab shakl beriladi. Parchin mixning parchinlanadigan


qismi uzunligi = (1,4….1,7 )d hisobida olinadi. Po‘lat parchinmixlarning 
diametrining kata kichikligiga qarab, sovuqlayin yoki qizdirib tayyorlanadi. Rangli
 metalldan yasalgan barcha parchin mixlar hamda diametri 12 mm gacha bo‘lgan po‘lat parchin mixlar sovuqlayin, diametri 12 mm katta bo‘lganlari esa qizdirilgandan keyin parchinlanadi. Bu holda ularni qizdirish harorati t=1000…1100 º C gacha bo‘lishi mumkin. Qizdirib parchinlashda hosil qilinadigan parchin mixli birikma choki sifatli mustahkam va jips bo‘ladi.
Parchin mixli birikmalarning afzalliklari: birikmaning yuqori ishonchliligi, parchin chok sifatini qulay tekshirish mumkinligi, zarbli va titrashli yuklanishlarda qarshiligining yuqoriligi, qiyin payvandlanadigan va mutlaqo payvandlanmaydigan materiallardan tayyorlangan detallarni biriktirish imkoniyati.
Parchin mixli birikmalarning kamchiliklari: tannarxning nisbatan yuqoriligi va parchin mixli birikmani hosil qilishning bir muncha qiyintligi, materialning ko‘proq sarf bo‘lishi, murakkab shakldagi detallarni biriktirish mumkin yemasligi.
Parchin mixli birikmalarni amaliy qo‘llash sohalari quyidagi holatlar bilan chegaralanadi.
1) turli ishlov berilgan detallarni biriktirishda o‘z shaklini yo‘qotish, payvandlash jarayonida detallarning
 termik bo‘shashish xafli bo‘lganda;
2) payvandlash mumkin bo‘lmagan materiallarni (detallarni) biriktirish;
3) katta zarbli va kuchlanishli yuklanishlar ta’siri ostida birikadilar.
Masalan, samolyotlarda 2,5 mm gacha parchin mixlar ishlatiladi.Yuk ko‘tarish- tashish mashinalarida, avtomobilsozlikda, temir yo‘l ko‘priklarida ko‘plab ishlatiladi.

5 – rasm. Parchin mix ishlatilgan ko‘prik.

Parchin mixlar kam uglerodli po‘latlar St2, St3, St2kp, St3kp, 10, 15, 10 kp, 15 kp; ligerlangan 12X18N9T po‘latli; mis M3; latun L63, alyuminiy qotishmalari AD1, D18, AMg5 va boshqalar materiallardan tayyorlanadi.



Parchin mixli choklarni mustahkamlikka hisoblash Parchin mixli birikmalar ishlash sharoitiga binoan quyidagicha turlarga tasniflanadi: Mustahkam (ko‘priklar, fermalar)- birikmaning yetarli darajada mustahkam bo‘lishi talab etilganda ishlatiladi.Mustahkam-jips chokli birikmalar- katta mexanikaviy kuchlar ostida
 ishlaydigan va parchin chok germetik bo‘lishi talab etilgan (bug‘
 qozonlari, avtoklavlar, katta bosim ostidagi idishlar) tuzulmalarda 
qo‘llaniladi.Jips chokli birikmalar – birikma faqat germetik bo‘lishi
 talab etilganda (turli idishlar) foydalaniladi.
Hozirgi vaqtda mustahkam jips hamda jips choklar o‘rniga payvand
 choklar ishlatilganligi tufayli asosan mustahkam choklarni hisoblashni
ko‘rib chiqamiz.
Parchin mixli birikmalarni hisoblashda tubandagi soddalashtirishlar qabul qilinadi:
1.Yuklanish barcha parchin mixlarga teng ta’sir etadi deb qaraladi.
2.Tekshirilganda kuchlanishlar jamlanmasi e’tiborga olinmaydi.
3.Parchin mix yonboshidagi va teshikcha devoridagi bosim Baravar
 taqsimlangan deb olinadi.
4.Kesuvchi kuchlanish parchin mixning ko‘ndalang kesimida bir tekis, ravon taqsimlangan deb hisoblanadi.
Parchin mixli birikmalarning mustahkamligi parchin mix sterjeni kesimining kesilishidagi kuchlanishiga, sterjen yuzasining ezuvchi kuchlanishga hamda o‘zaro biriktirilgan listlarning cho‘zuvchi kuchlanishga chidamliligi bilan belgilanadi.
Ustma-ust parchin mix yordamida biriktirilgan birikmani ko‘ramiz (5.-rasm). Bunda d0 – parchin mix diametri, biriktiriladigan listlarning qalinligiga bog‘liq bo‘lib, bir kesimli birikmalar uchun d0= (1,8 ch2,0) , ikki kesimli birikmalar uchun d0= (1,2ch1,8), - biriktiriladigan
detallarning qalinligi: samolyotsozlikda d0  2  t –parchin mixlar
o‘rtasidagi masofa; bu masofa bir kesimli birikmada 3,5d, F , t  masofaga 
ta’sir qiluvchi kuch,  - parchin mix sterjeni uchun kesilishdagi joiz kuchlanish ez  - parchin mix sterjeni bilan biriktirilayotgan detallar
o‘rtasidagi ezuvchi kuchlanish;  ' biriktirilayotgan listlar uchun joiz 
kesimdagi  kuchlanish; -parchin mixdan chokning chekkasigacha bo‘lgan
 masofa, barcha turdagi choklar uchun Ɩ= (1,5…..2,0)d0.

6- rasm. Parchin mix va detallarni mustahkamlikka hisoblash.

Parchin mixli birikmalar. Parchin mixli birikma ajralmaydigan birikmalar turkimiga kiradi. Parchin mixlarning turlari va ularni chizish 198-rasmda ko‘rsatilgan. Parchin mixli birikmalarning quyi­dagi turlari qo‘llaniladi: ustma–ust biriktirish , bunda biriktiriladigan elementlar bir-birining ustiga qo‘yiladi va uchma-uch taglik qo‘yib biriktiriladi (199-rasm). Bu holda biriktiriladigan metallar ustiga bitta yoki ikkita qo‘shimcha elementlar – tagliklar qo‘yiladi. Parchin mixlarni bir qatorli, ikki va undan ortiq qatorli qilib joylashtiriladi. Agar kesuvchi tekislik parchin mix o‘qi orqali o‘tsa u holda parchin mixlar qirqimda kesilmagan holda, shtrixlan­masdan ko‘rsatiladi. Agar parchin mixlarning faqat joylashishini ko‘rsatish zarur bo‘lsa, u holda parchin mixlar kallagi o‘rniga kalta qilib o‘q chiziqlari tasvirlanadi
Bitta parchin mix bilan ikkita listni biriktirilgan holatni (1a-rasm) ko‘ramiz. Hisob ishlarida listlar orasidagi ishqalanish kuchi e’tiborga olinmaydi.


  1. b) -rasm. Parchin mixli birikmada kesilish a) kesilish deformatsiyasida urinma kuchlanish; b) kesilish tekisligidagi kuchlanish. Parchin mixli birikmaning buzilishi kesish tekisligi deb ataluvchi A–A tekislik bo‘yicha ro‘y berishi mumkin (1 b-rasm). Kesish tekisligida τdF ga teng elementar ichki kuchlar hosil bo‘lib, ularning teng ta’sir etuvchisi kesuvchi kuch Q ga teng bo‘ladi. Urinma kuchlanish τ kesish tekisligida tekis taqsimlangan deb hisoblanib, uni F Р F τ = ёки τ = Q deb olishimiz mumkin. Bu yerda F – parchin mixning ko‘ndalang kesim yuzasi. Urinma kuchlanish τ parchin mix materiali uchun kesilishda ruxsat etilgan urinma kuchlanish [τ]k dan kichik bo‘lishi kerak. [τ]k – qiymatini 6.1-jadvaldan olish mumkin. Agar parchin mixlar bitta emas n ta bo‘lsa u holda bir parchin mixda hosil bo‘ladigan kuchlanish ruxsat etilgan urinma kuchlanishlardan «n» marta kichik bo‘lishi kerak, chunki siljituvchi zo‘riqishlar birikmalar oralig‘ida tekis taqsimlanadi deb qabul qilinadi. Agar parchin mixli birikmalar 2 va undan ortiq paket deb ataluvchi listdan iborat bo‘lsa u holda parchin mixda bitta emas «m» ta kesish tekisligi hosil bo‘lib, barcha kesish tekisliklarida kuchlanishlar o‘zaro teng deb faraz qilinadi. Kesish tekisliklarining soni «m», paketdagi bog‘lanuvchi listlar sonidan birni ayrilganiga teng bo‘ladi.

Parchin mixli va boltli birikmalar uchun kesilish va ezilishdagi ruxsat etilgan kuchlanishlarning qiymatlari
6.1-jadval

Parchin mixli birikmalarni loyihalashda 2 xil variant mavjud: birinchisida birikmaning berilgan parchin mix diametri asosida biriktirish uchun kerakli bo‘lgan parchin mixlar soni mustahkamlik 150 shartidan foydalanib topiladi; ikkinchisida ma’lum parchin mixlarning soni asosida uning diametri topiladi. Parchin mixning list bilan tutashgan sirtida kesilishdan tashqari ezilish ham hosil bo‘ladi. Ikkita bir – birini siquvchi jismlar tutashgan joyda hosil bo‘luvchi siqilish ezilish deb ataladi. Tutashgan yuzalarning o‘zaro kontaktiga qarab, kichik yuzali ezilishga yoki katta yuzali ezilishga ajratish mumkin. Birinchi holda tutashgan yuzada juda katta mahalliy (tutash) kuchlanishlar hosil bo‘lib, tutashgan joydan uzoqlashgani sari ular kattaroq yuzalarga taqsimlanadi. Shu sababli ezilishning bu turi yaqqol ajralib turuvchi mahalliy (lokal) xarakterga ega bo‘ladi. Ikkinchi holda tutashgan joydan uzoqlashgan sari kuchlanish tez kamaymaydi, chunki bosim tarqalayotgan yuza keskin ko‘paymaydi. Birikmada list bilan parchin mixning tutashish yuzalarida kuchlanishlar notekis taqsimlanadi, ammo hosil bo‘ladigan normal kuchlanishlarni parchin mix diametral tekisligi kmnl bo‘ylab yetarli darajadagi aniqlik bilan tekis taqsimlangan deb olish mumkin


Bitta parchin mixda ezilishdan hosil bo‘ladigan normal kuchlanishni σe= td P desak, mixlar soni «n» ta bo‘lsa, mos ravishda σe= ntd P ga teng deb olish mumkin. Agarda biriktiriladigan listlarning qalinligi har xil bo‘lsa, u holda ularning eng yupqasini qalinligi, ya’ni tmin olinadi.
Payvandli birikmalar hisobida ham parchin mixli birikmalar kabi hosil bo‘lgan kuchlanishlarning chok uzunligi bo‘yicha tekis, zo‘riqishlar esa choklar orasida proporsional taqsimlangan deb qabul qilinadi. Bu faraz payvandli birikmalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


1. Fayziev R.R. “0 ‘zaro almashinuvchanlik, standartlashtirish, texnikaviy o'lchovlar va sertifikatlashtirish”. Darslik.-T.: «Fan va texnologiya», 2017.
2. Inogamova Д.А., Shaozimova U.X. “0 ‘zaro almashinuvchanlik standartlashtirish va texnikaviy o‘lchovlar” fanidan ma’ruzamatni. Т.: ToshDTU 2014.
3. Grous A. Applied metrology for manufacturing engineering, (ишлаб чикариш мухандислиги учун амалий метрология). 2011 Great Britain and United States by ISTE Ltd. and John Wiley&Sons, Inc.
4. Knut O., Kvemeland «Metric standards for worldwide manufacturing». 8 th edition. North Carolina, USA, 2012.
5. Matmusaev U.M., Qulmetov M.Q. va b. «Metrologiya, standartlash va sertifikatlash asoslari». T. 2012. 6. Nuriyev K.K. « 0 ‘zaro almashinuvchanlik, metrologiya va standartlashtirish”.T.: 2005.
7. Shoazimova U.X., Tursunov T.X. «Metrologiya va standartlashtirish» fanidan laboratoriya ishlari va amaliy mashg‘ulotlarni bajarish uchun uslubiy ko‘rsatma. Т.: ToshDTU 2017.
8. 0 ‘z DSt 1.10:1998 ГСС Уз. Основные термины и определения.
9. 0 ‘z DSt 1.14:1998 ГСС Уз. Порядок внедрения нормативных документов.
10. ГОСТ 1.0-92. Правила проведения работ по межгосударственной стандартизации. Общие положения.
uchun ancha qo‘poldir.
Download 449.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling