Parhez bilan davolash


Download 0.68 Mb.
bet1/12
Sana07.05.2020
Hajmi0.68 Mb.
#103805
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Parhez bilan davolash


Parhez bilan davolash

Vikipediya, ochiq ensiklopediya



Jump to navigationJump to search

Parhez bilan davolash, diyetoterapiya — baʼzi kasalliklar (gastrit, enterit, kolit, yara kasalligi, jigar, buyrak xastaliklari va boshqalar)ni davolash va oldini olish maqsadida par-hezdan foydalanish. P. bilan d. dori-darmonlar va boshqa davo vositalari bilan birga qoʻllanadi. P. bilan d. qadimdan maʼlum, ammo uning ilmiy asoslari faqat 19-asrning 2yarmida ishlab chiqiddi, bunda rus olimlari I. P. Pavlov va I. M. Sechenov yaratgan fiziologik qoidalarning ahamiyati katta boʻldi. P.bilan d.ning asosiy prinsiplari: ovqatlanish ratsioni, rejimi va masalliqni pishirish usulini belgilashda individual yondashish; kasallikning harakteri, bemorning axvoli va organizmning oʻziga xos xususiyatlari, ovqatning miqsor va sifat jihatdan mutanosib boʻlishi, bemorga kasalligi tufayli biror oziq modda yoki ovqat mahsulotini berib boʻlmaydigan yoki cheklab qoʻyiladigan xrllarda ratsionni oqsillar, yogʻlar, uglevodlar, mineral moddalar va vitaminlar birmuncha muvofiq keladigan qilib belgilashdan iborat. Shuning uchun P. bilan d. faqat vrach maslahatiga muvofiq hamda uning ku-zatuvi ostida olib boriladi. Kam ovqat yeyiladigan kunlar buyurish, oson singadigan ovqat hisobiga uning sifatini cheklash, ovqatlanish rejimini oʻzgartirish, masalliqlarga maxsus pazandalik ishlovi berish usullari P.bilan d.da keng qoʻllanadi. Bunda ovqat ratsioni shifobaxsh va toʻyimli boʻlishi, shuningdek, organizmning vitaminlar, mikroelementlar va biologik faol moddalarga boʻlgan ehtiyo-jini toʻla qondirishi lozim.

Toʻyimli ovqatlanish organizmning kasalliklarga qarshi kurashish, shikastlangan organ va sistemalar ishini yaxshilash, moddalar almashinuvini va organizmning umumiy holatini normallashtirish imkonini beradi. P.bilan d. statsionar, sanatoriykurort va ambulatoriya sharoitida qoʻllanadi.

Kam ovqat yeyiladigan kunlari biror xil oziq-ovqat mahsuloti, mas, olma, tvorog , sut kun boʻyi oz-ozdan berib boriladi. Bunday kunlarni vrach buyuradi va uning nazorati ostida davom ettiriladi. Semizlik, ateroskleroz, yurak-tomir kasalliklari, gipertoniya va boshqalarda tuz va suyuklikni kam isteʼmol qilish hisobiga ovqat miqdor jihatidan cheklanadi.

Yeyiladigan ovqat miqdorini keskin kamaytirish faqat statsionar sharoitida yoki maʼlum davolash muassalarida mutaxassis vrach nazoratida amalga oshirilishi kerak, chunki davolashning bu usuli har kimga ham tavsiya etilavermaydi. Oʻz bilgicha bu usulni qoʻllash man etiladi. Baʼzan butkul och qoʻyish salomatlikka jiddiy putur yetkazishi va ayrim organlar (jigar, miya va boshqalar)da tuzatib boʻlmaydigan oʻzgarishlarni kel-tirib chiqarishi mumkin. Har bir organizm ochlikka har xil chidaydi, bunday jiddiy sinovga har qanday organizm ham bardosh beravermaydi. Ozishni oʻylab oʻz bilgicha och yurish parhezga kirmaydi, aksincha moddalar almashinuvini buzib, kasallikka olib keladi.

Ovqat mahsulotlarini sifatiga koʻra cheklashda ularning mexanik va kimyoviy xususiyatlari hisobga olinadi. Mexanik cheklash deganda dagʻal, bad-hazm ovqat mahsulotlari yoki ularning ayrim qismlarini, mas, dagʻal kletchatkaga boy boʻlgan oʻsimlik mahsulotlari hamda goʻshtning qattiq qismlarini ovqatga ishlatmaslik tushuniladi. Koʻproq yirik tortilgan undan yopilgan non, turp, sholgʻom, rediska, karam, bodring , dukkaklilar, tirikroq qilib pishirilgan boʻtqalar cheklanadi. Mexanik cheklash pazandalik ishlovi berish usulida ham qoʻllana-di, yaʼni goʻsht qiymalanadi (kotletlar, bitochkilar, frikadelkalar); sabzavotlar ezilgan pyure, zapekanka shaklida beriladi. Yorma (perlovka, suli, guruch va boshqalar)dan tayyorlangan shoʻrvalar eziltirib pishiriladi.

Kimyoviy cheklashda hazm bezlari sekretsiyasini kuchaytiruvchi va meʼdaichakning motor (harakat) funk-siyasini qoʻzgʻatuvchi taomlar kam bula-di, ovqat ratsionida quyuq bulonlar (goʻshtli, baliqli, sabzavotli), qovurmalar (kotletlar, bifshtekslar, qovurilgan kartoshka), usti qizartirib pishirilgan taomlar, quyuq yogʻli oʻtkir sardaklar, ziravorlar, tuzlangan bodring , yangi yopilgan yumshoq non, quymoqlar chiqarib tashlanadi. Suvda va bugʻda pishirilgan ovqatlarda hazm bezlari sekretsiyasini kimyoviy yoʻl bilan qoʻzgʻatuvchi moddalar bir kadar cheklangan boʻladi. P.bilan d.da bemorning ahvoli, uning harakat qilish imkoniyati va kasallik harakteriga koʻra belgila-nadigan ovqatlanish rejimiga amal kilishga katta ahamiyat beriladi.

Bemorlar kuniga 4—5 mahal ovqatlanishi, ovqatlanish orasidagi vaqt 4 soatdan oshmasligi kerak. Ayrim hollarda davolash maqsadida boʻlibboʻlib ovqatlanish rejimi tavsiya etiladi, bunda ovqat oz-ozdan tez-tez qabul qilinadi. P.bilan d.da kasallik harakteriga moye keladigan alohida ovqatlar beriladi. Oʻsimlik mahsulotlari — yangi sabzavotlardan tayyorlangan salatlar, qovun-tarvuzlar ham parhez taomlar hisoblanadi, chunki ularda vitaminlar, fermentlar, fitonsidlar, mikroelementlar, organik kislotalar, juda foydali, semirtirib yubormaydigan qand moddalari (fruktozalar) koʻp boʻladi. P. bilan d.da yangi xom sabzavot va mevalarni koʻp berish bilan ularning ishqoriy taʼsiri taʼminla-nib, aterosklerozga olib keluvchi atsi-dotik (kislotalik) uzgarishlarga bar-ham beriladi. Hatto sogʻlom kishilar hayajonlanganida, kam harakat qilga-nida va boshqa noxush omillar taʼsirida organizmning sabzavot va mevalarga boʻlgan ehtiyoji ortadi. Shuning uchun sabzavot va mevalar bemor hamda sogʻlom kishilar hayoti uchun zarur mahsulotlardan hisoblanadi. Kishining tezgina sogʻayib ketishini taʼminlovchi moddalar koʻpgina ovqat mahsulotlarida mavjud. Ular, ayniqsa, sut mahsulotlari (kefir, prostokvasha, smetana, tvorog)da kup boʻladi. Parhez xusu-siyatiga ega goʻsht mahsulotlariga: yogʻsiz mol goʻshti, tovuq, quyon goʻshti va jigar kiradi. Deyarli barcha sabzavot va mevalar (turp, shovul, dukkaklilardan tashqari) parhez mahsulotlar hisobla-nadi. Zamonaviy parhez taomlarda odatdagi ovqat mahsulotlaridan keng miq-yosda foydalaniladi, lekin ular yangi va sifatli boʻlishi kerak.

1999 yilda Oʻzbekiston sogʻlikni saqlash vazirligi buyrugʻi bilan 2-ToshTI ichki kasalliklar propedevtikasi qoshida diyetologiya markazi tashkil etilib, unda uzbek milliy taomlarining parhez xususiyatlari urganilmoqda.

Buyrakning yallig‘lanishidan kelib chiqadigan nefrit (yoki glomerulonefrit) da asosan buyrak koptokchalarining tomirlari ham zararlanadi. Kasallik ko‘pincha angina yoki streptokokklar qo‘zg‘atuvchi yuqori nafas yo‘llari xastaligidan keyin yuzaga keladi. Ba’zida o‘pka yallig‘lanishi, difteriya, toshmali terlama yoki ich terlama, qattiq sovqotish ham nefritga sabab bo‘lishi mumkin.

Glomerulonefrit xastaligi haqida ushbu maqola orqali batafsil ma’lumot olishingiz mumkin: Glomerulonefrit – sabablar, davolash va oldini olish

Nefroptoz yoxud buyrak tushishi


Nefroptoz – buyrakning tushishi (ya’ni, o‘z o‘rnidan pastga siljishi) demakdir. Tug‘ma nefroptoz buyrakni ushlab turuvchi boylamlarning nimjonligi oqibatida kelib chiqsa, orttirilgan nefroptoz esa shikastlanish, ba’zan qisqa fursatda juda oriqlab ketish natijasida yoki homiladorlikdan so‘ng qorin devori mushaklarining kuchsizlanishi oqibatida kelib chiqadi. Dastlabki bosqichda buyrakning pastki qismi qo‘lga ilinsa (sog‘ odamda buyrak qo‘lga unnamaydi), ikkinchi bosqichda buyrak to‘liq suriladi, uchinchi bosqichda har tomonga suriladigan bo‘lib qoladi. Nefroptozning boshlang‘ich davrida bemor deyarli hech narsa sezmasligi mumkin. Faqat vaqti-vaqti bilan (ayniqsa ko‘p yurib yoki chopib kelgandan so‘ng) buyrak, qorin, kindik sohasida belga yo qovuqqa beriladigan og‘riq paydo bo‘ladi.

Foto: etopochki.ru

Keyinchalik buyrak tomirlari ko‘proq cho‘zilib, torayib boradi. Oqibatda buyrakning qon bilan ta’minlanishi yomonlashadi. Endi bemor nafaqat og‘riqning zo‘rayganidan, balki uning qayta-qayta (hatto buyrak sanchig‘i darajasida) bezovta qilishidan va peshob rangining o‘zgarganidan shikoyat qila boshlaydi. Peshob tahlil qilinganda esa oqsil va eritrotsitlarning ko‘paygani aniqlanadi. Xastalikning uchinchi bosqichi nefrogen gipertoniya (buyrak xastaligi oqibatida qon bosimining ko‘tarilishi) va qonli peshob kabi asoratlar bilan kechadi.

Nefroptozni davolash konservativ (operatsiyasiz) va operativ usulda olib boriladi. Konservativ usul deganda asosan bandaj taqish, qorin devorini mustahkamlash va qorin bo‘shlig‘i bosimini oshirish yo‘li buyrakni o‘z holiga keltirish ko‘zda tutiladi. Bandaj qorin pastidan tepaga qarab o‘ralishi, qorin devorini bir tekis siqib turishi, uni ertalab yotgan holda qo‘yilishi, kechqurun uyqudan oldin yechilishi kerak. Bandajdan uzoq muddat foydalanish qorin devori mushaklarining kuchsizlanishiga olib keladi. Davolash maqsadidagi jismoniy mashqlar, ertalabki badantarbiya, suzish juda foydali.



Ushbu maqolani ham o‘qing:  Insult va buyraklar faoliyati

Operatsiya usuli (nefropeksiya)da esa tushgan buyrak o‘z o‘rniga qo‘yiladi va yana tushmaydigan qilib mustahkamlanadi. Bu usul nefroptozning asoratlari yuzaga kelmasdan ilgari amalga oshirilsa, ko‘proq samara beradi.


Piyelonefrit kasalligi


Piyelonefrit (buyrak jomining yallig‘lanishi) kasalligidir. Et uvishishi, tirab-qaqshash, tana haroratining keskin ko‘tarilishi, qattiq terlash, belning bir tomonida yoki umurtqa pog‘onasining ikki yonida og‘riq turishi, ko‘ngil aynashi, qayt qilish, og‘iz qurishi, mushaklarning bezillab og‘rishi singari nohush holatlar piyelonefritga xos belgilar sanaladi. Bunda bemorning buyragidan siydik ajralishi qiyinlashadi. Peshob tekshirilganda unda leykotsitlar va mikroblar ko‘pligi aniqlanadi.

Shuni aytish kerakki, surunkali piyelonefrit yillar davomida hech qanday belgisiz kechishi ham mumkin, u faqat siydikni tekshirish yo‘li bilangina aniqlanadi. Belning bir oz og‘rib turishi, sal isitma chiqishi va bosh og‘rig‘i unchalik kuchli bo‘lmagani uchun bemor do‘xtirga ko‘rinmasdan yuraveradi. Lekin surunkali piyelonefrit vaqti-vaqti bilan kuchayib boradi, bunda albatta tegishli muolaja olish zarur. Aks holda buyrakning siydik ajratish fuyeksiyasi o‘zgaradi, buyrak to‘qimasi ishi ham asta-sekin izdan chiqadi. Natijada tana azotli chiqindilar bilan zaharlanadi.


uyrak shamollashi — alomatlari, tashxislash, davolash, asoratlari, oldini olish


Buyrak shamollashi — sovuq ta’siri ostida yuzaga keladigan buyrak to’qimalarining turli xil yallig’lanish jarayonlari tushuniladi. Past haroratlar tomirlarning kuchli torayishiga olib keladi, bu kislorod, ozuqa moddalari va boshqa kerakli tarkibiy qismlarning o’tishini qiyinlashtiradi. Natija — hujayralarning o’limi yoki funksiyasining buzilishi.

Qon ta’minoting yetishmasligi, dimlanishli o’zgarishlar natijasida viruslar va bakteriyalarning ko’payishi uchun qulay muhit yaratiladi. Sovqotish fonida ko’pincha buyraklar parenximasi, kapillyarlari va koptokchalarining yallig’lanishli kasalliklari yuzaga keladi.


Natijada, bakterial infektsiya belgilari paydo bo’ladi:

  • Varaja qilish;

  • Harorat oshishi;

  • Bosh og’rig’i;

  • Holsizlik;

  • Zaiflik.

Shunday alomatlar tanadagi har qanday yallig’lanish jarayonidan keyin yuzaga keladi.

Statistikaga ko’ra, maktab yoshidagi bolalarda sovqotishdan so’ng siydik-tanosil tizimining quyidagi yallig’lanishlari qayd qilinadi:



  1. Sistit — siydik pufagi membranasining yallig’lanishi.

  2. Glomerulonefrit — koptokchalarning yallig’lanishi.

  3. Pielonefrit — kosacha-jom tizimining bakterial infektsiyalanishi.

  4. Uretrit — siydik yo’llarining yallig’lanish jarayoni.

Bolalarda buyrak shamollashi ko’pincha alomatlar triadasi bilan tavsiflanadi:

  1. Pielonefrit.

  2. Sistit.

  3. Uretrit.

Immuniteti past bo’lgan bolaning kuchli sovqotishida boshqa a’zolarning bakterial infektsiyalanishi aniqlanishi mumkin: tonzillit, O’RVI.

Kasallikning eng noyob ko’rinishi glomerulonefritdir. Kasallikning rivojlanishi uchun nafaqat buyrak kapillyarlarining torayishi, balki koptokchalarining kapillyar membranasiga antitanalarning ta’siri ham kerak.



Mundarija: [Yashirish]

  • 1 Buyrak shamollashining asosiy alomatlari va belgilari

  • 2 Buyraklar shamollashining diagnostik alomatlari

    • 2.1 Buyrak shamollashini tashxislash

  • 3 Buyrak shamollashini umumiy davolash

    • 3.1 Buyraklar shamollashini konservativ davolash usullari

  • 4 Buyrak shamollashini oldini olish

  • 5 Buyrak shamollashi asoratlari

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling