Parvona Spektakl ssenariy O`tkirbek


Download 401.89 Kb.
Pdf ko'rish
Sana14.05.2020
Hajmi401.89 Kb.
#105861
Bog'liq
Parvona Spektakl senariy


Parvona  Spektakl ssenariy 

O`tkirbek: (She`r yozib turgan payt) …Mushtam redaksiyasiga.  O`tkuriy  

Marhamat: (Qo`shiq hirgoya qilib keladi)   

O`tkirbek: (Dutor chalib qo`shiq aytadi)  

Bir boqishda aqlim oldi, dardga soldi, qaro shahlolaring, jon  

Aqlimni lol ayladi, o`rtandi jonim ko`rib zebolaring ,jon (2x) 

Menga ayol.. ,senga do`styor dilga ozor berar oshnolaring jon (2x) 

Shu tufayli maskanimdir, mani endi mudom sahrolaring jon (2x) 

Marhamat: Yashang , O`tkirbek men ishga ketayotgan edim , ish bo`lmasa shundoq eshikni bekitib oling . 

O`tkirbek: Eee shoshmang  

Marhamat: Emotsiya (hov) 

O`tkirbek: ochiq turaversin . Keldi ketdi ko`p eshik ochib yopaverib tinkam quriydi.  

Marhamat: Voy mayli ixtiyoriz ! 

O`tkirbek: Eee shoshmang   

Marhamat: Emotsiya (hov) 

O`tkirbek: Bu aytgancha hali Abror aka ishdan qaytganlari yo`q chamasi 

Marhamat: Voy yog`a hali qaytmadila 

O`tkirbek: Eee shoshmang   

Marhamat: Emotsiya (hov) 

O`tkirbek: Ichgariga kiring 

Marhamat: Voy ichkarida nima qilaman  

O`tkirbek: Gap borde 

Marhamat: Gapiz bo`lsa shu yerda aytaqoling  ,men kechga qolayotgandimde O`tkirjon   

O`tkirbek: Xat bersam pochta tashlab ketasizmi  ? 

Marhamat: Xatmi ?, mayli jonim bilan shunday yo`limda tashlab ketaman . 

O`tkirbek: (Dutor chalib qo`shiq aytadi)  

Tun-u kun oh aylaram, sen shodi hurram mani qalbimda g`am jon (Marhamat:Voybu shuncha kitob o`qisizmi ?) 

Nega ohim yetmagay ul bag`ri tosh yor menga aylar karam jon 

   Botiringman, sani derman necha ming bor yana cheksam alamjon 

Dog`-u kuyingda sani, man rahm aylab topay daryolaring jon (2x) (Marhamat:Yashang kuyov, yashang)  

Marhamat: Voy haligi xatiz qani ?  Bo`laqoling kech qolyapman …(xatni oladi) hop yaxshi mayli ! 

O`tkirbek: Voy Boo bilagiz buncha yumshoo ! 

Marhamat: Voy qo`yib yuboring ,voy uyalmisizmi ? qo`yib yuboring ! 


O`tkirbek: Shuncha vaqtdan beri uyalib tortinib o`zimga jabr qilyapman , jonim ichkariga kiring , (Marhamat: 

nega ?)  ichkariga kiring  



Marhamat: nega ? (Qichqiradi ) qo`yib yubor. Voy tovba…. hay esiz joydami o`zi ?  

O`tkirbek: Sizni ko`rganda esimni yo`qotib qo`yaman ! 

Marhamat: Bu gapizni Abror akangiz eshitsa, bilasizmi nima bo`ladi ?  

O`tkirbek: Bilaman , yo hovliga chiqib bo`gizlaydi , yo daraxtga osadi . Siz meni bo`gizlatib qo`ymasiz ? 

Marhamat: Voy tovbayee 

O`tkirbek: Hhh hushomat qilish gunohmi ? 

Marhamat: Kimga hushomat qilayotganizni bilasizmi o`zi ? 

O`tkirbek: Bilaman , sizga !  Siz hali yoshsiz, o`yin-kulgu, hush chah-chahlikni yaxshi ko`radigan oq bilak , 

do`mbillama ayolsiz !  Abror aka bo`lsa yoshini yashab qo`ygan odam ! 



Marhamat: E bo`ldi, ha deb vaysayvermang, voy o`lib qoya qolang , mana shu yerdagi gap huddi shu yerda 

qolsin, agar Nazokat bilib qolsa…    



O`tkirbek: Uyumiz buzilib  ketadi , uyumizni buzmassiz 

Marhamat: Hali shunaqa odammisiz ? Voy men sizdan hecham shunday gaplarni kutmagandim. Voy sho`rim 

qursim …   



O`tkirbek: Aytgancha shu xatni tashlab ketish esizdan chiqmasin hopmi  

Marhamat: Xat !  Voyy xating boshingdan ordona qolsin ! Ol ee xatingni  

O`tkirbek: Nima shuni o`g`irligi bormi , shuni…  yo`lni yuzidaku (Marhamat qochadi) … Hop mana mana  

Marhamat: Eee afting qursin kuyov bo`lmang (Ухажёр) 

O`tkirbek: Bugun bo`lmasa ertaga kelib o`sha oq bilakni menga o`zingiz uxshlatasiz. Yuragiga g`ul-g`ula solib 

qo`ydim . Endi o`ylagani o`ylagan , meni o`ylaydi . 

Ayollarni qalbini ochadigan kalit hushomat , ta`rif-u tavsif , hamdu sano  

Abror: Kuyov bormisiz , qayerdasiz (uzoqdan aytadi) 

O`tkirbek: Obbo ovozing o`chkuray! 

Abror: Iya shu yerda ekansiz-ku. Mana biz ham keldik , ishni tugatdik , smenni topshirdik. 

O`tkirbek: Juda soz ! 

Abror: Kuni bo`yi tramvay haydayverib miyyalarim qaynab ketdi 

O`tkirbek: Unday bo`lsa uyizga kirib dam oling ! 

Abror:  Oldin biroz… qittay-qittay qilmaymizmi aa ? Mana (aroqni qo`yadi)  

O`tkirbek: Yo yo yo ,keyin keyin keyin 

Abror: Iya betob ko`rinasiz , biror gap bo`ldimi ? 

O`tkirbek: Yog`e  

Abror: Iye Marhamat ko`chada nimadandir jahli chiqib, tutaqib, bo`zarib, qizarib ketayapti. Nima bo`ldi desam , 

aytmadi. Biror gap o`tdimi ? 



O`tkirbek: Men ham bilmadim , nimadandir hunob bo`lib , kimnidir qarg`ab eshikni tars etib, yopib  chiqib ketdi, 

hayronman ! 



Abror: Eeee  xotin kishi o`zi shunaqa , bir qaynog`I ichida bo`ladi, hali qarasang maqtagan, hali qarasang 

qarg`agan. Keling qo`ying shularni, keling otamlashaylik ! 



O`tkirbek: Yo yo yo , keyin keyin keyin  

Abror: Hafa ko`rinasiz inim , (O`tkirbek: yo hafa emasman)  agar Marhamat biror narsa deb hafa qilgan bo`lsa 

yashirmay aytavering , men bunaqa oltinlar anosiyini to`girlab qo`yaman ! 



O`tkirbek: Nega xafa qilsin , Marhamat opam meni juda hurmat qiladi, biroz ishlamoqchiman . 

Abror: Iii ha ijod , ilhom , she`r deng 

O`tkirbek: Yo hozir ilmiy ish bilan bandman , muddati o`tib ketdi ammo haligacha tugata olganim yo`q. Keldi-

ketdi ko`p halal(halaqt) berishgani berishgan  



Abror: Unday bo`lsa men ham sizga halal bermay , bir choyxonaga chiqib ulfatlar bilan otamalshib kelay bo`lmasa 

O`tkirbek: Mayli ixtiyoriz 

Abror: Bu O`tkirbek osh-posh qilsa chiqadilarmi ?  

O`tkirbek: Yo`q  

Abror: Iya bu choyxonaga chiqmaysiz, mahalla ko`yga aralashmaysiz . 

O`tkirbek: Vaqti kelar , chiqarmiz ham , aralasharmiz ham  

Abror: Ee odam hadeb uyda o`tiravergandan keyin inim diqqi nafas bo`lar ekan.  

O`tkirbek:  Aytimdku ishim bor deb ! 

Abror: Hop mana, hop ! Bu… 

O`tkirbek: Voy voy voy voyaaay voyaaay voyaaay 

Abror:  Hop hop hop hopaaay hopaaay hopaaay (Chiqib ketadi) 

O`tkirbek: Eee qorang o`chsin , tramvayni tagida qolgur !  Demak eriga aytmabti .Eee aytmasligini bilardim , nima 

ham deb aytardi tegishdi dermidi .O`zing sababchi bo`lgandirsanki tegishgan deb aybdor qilar edi. Agar mendan 

so`rasa nima deyishim o`zim juda yaxshi bilaman ! (Dutor chaladi) 

Yulduz: Nazokat, Nazokat (uzoqdan chaqirib keladi)   

O`tkirbek: Kim ? Iya iya iya Yulduzxonmi , Yulduzxonmi ? Keling, keling ,keeling .  

Yulduz: Assalomu alaykum  

O`tkirbek: Salom yaxshimisiz , keling, qani marhamat. Iya kitoblar yerga tushib ketibti-yu.. iya buni qarang-a , 

keling,keling  



Yulduz: Nazokat yo`qmidi ? 

O`tkirbek: Nazokatxon hozir kelib qoladilar. Qani keling, keling  

Yulduz: Mayli bo`lmasa keyinro kelaman  

O`tkirbek: Yo yo yo , unaqasi yo , unaqasi yo , Nazokatxon telefon qildilar hozir kelib qoladilar , qani kelingchi , 

kelingchi , qani qani 



Yulduz: Qandaydir noqulay. 

O`tkirbek: Hech noqulaylik joyi yo`q , qani bundo kelingchi…. Obbo Yulduzxone-y hop kelibsizda , qani , haaa 

kelmay qo`ydiz ? Yo hafalashib qoldilarmi ?   



Yulduz: Yog`e  

O`tkirbek: Qiziq , shu tobda deng sizni o`ylab turgandim-a  

Yulduz: Meni 

O`tkirbek: Ha sizni , mana bu vinodan ozgina iching  

Yulduz: Yo rahmat  

O`tkirbek: Juda ham ajoyib vino-de (yaxshi) oq m(p)umsikat ,  

Yulduz: Juda ham yaxshi  

O`tkirbek: Qirimniki 

Yulduz:  Juda ham yaxshi  

O`tkirbek: Bir qultum iching  

Yulduz: Yo yo yo yo (keling keling, bir qultum) yo yo yo yo (qani qani qani)  Rahmat men ichmiman  

O`tkirbek: Bir payola may uztdim ichmasang ham mayliga  

                    Bir dam o`ltur tugmalarni yechmasang ham mayliga  



Yulduz: May emas choy , Furqat 

O`tkirbek: Ha endi may degan so`zi  O`tkuriy da , qani oling ja ajoyib vinoda qani qani … iye iye ichmadizku  

Yulduz: Rahmat , ajoyib vino ekan ,  

O`tkirbek: Iye Qirimni mashhur vinosi bu , jahon выставкаlarida bir necha bor oltin medal olgan. Nima qilamiz 

endi , bu Nazokatxon kelguncha sizni zeriktirmay o`tirishga harakat qilamisizda aa… Obbo Yulduzxon-e hop 

kelibsizda . (Dutor chaladi) 

Na bo`ldi nigoro biza aslo qaramaysiz (2x) 

Guldek ochilib g`unchay-u humro qaramaysiz, jon qaramaysiz 

Yo o`zga kishilar siza so`z o`rgatadir-mu  (2x) 

Yo`qsa nega kim so`z demayin yor qaramaysiz , jon qaramaysiz …..Voybuuu qaramaysiz 

Shu anchadan beri sizga bir gap aytmoqchi bo`lib yuribman-u , hech aytolmayapman-da 



Yulduz:  Nima gap ekan 

O`tkirbek: … Jon qaramaysiz.  Juda nozik gap , balki so`zlarimga ishonmasiz, balki mendan kularsiz, balki ranjirsiz  

Yulduz: Axir meni ranjitadigan gap gapirmassiz ? 

O`tkirbek: … Oooy qaramaysiz. Hoh ishoning , hoh ishonmay barber aytishga majburman ortiq ichimda saqlab 

tura olmayman . Yondiradi, kuydiradi, kulqiladi …Kulqiladi, kulqiladi,yondiradi, yondiradi(dutor bilan) 



Yulduz: Nima gap ekan axir 

O`tkirbek: Bu hol o`sha uchrashuvdan boshlandi. 

Yulduz: Qaysi uchrashuv 

O`tkirbek: Shu hovlida bundan 2 oy ilgari uchrashgandik-ku , O`shandan beri yonaman  …oh yonaman, oh 

yonaman oh kuyaman (dutor bilan). “Yulduz emas oy ekansiz , go`zallikga boy ekansiz” deganim esingizdami ? 



Yulduz: Bu nima degan gap, bu qanaqangi  behayolik  

O`tkirbek: Sevish behayolik emas  

Yulduz: Nechi kishini sevasiz ? 

O`tkirbek: Faqat sizni   

Yulduz: Nazokatnichi ? 

O`tkirbek: Avval sevardim , sizni uchratmasdan avval . 

Yulduz: Meni shu gaplarga ishondi , laqqa tushdi deb o`yladizmi ? 

O`tkirbek: Ishonmasligingiz mumkin, shuning uchun ham dardimni ichimda saqlab keldim . Lekin barib qachondir 

aytishim kerak edi . Mana hozir fursati kelib qoldi. Judolikka ortiq chiday olmayman … Azizim, jonim, azizim 



Yulduz: Voy voy o`lmasam (qichqiradi) voy o`lmasam , Yo`limni to`smang qichqiraman .  

O`tkirbek: Mayli qichqiring , mayli istagancha haqorat qiling , mayli meni odamlar oldida sharmanda qiling , 

baribir sizni sevaman . Hech qachon sevgimdan vos kechayman.  



Yulduz: Yo`limni to`smang qo`yib yuboring  

O`tkirbek: Avval so`zlarinmi tinglang 

Yulduz: Tingladim yetar . 

O`tkirbek: Sizni ko`rdim-u Nazaokatga bo`lgan sevgidan ming chandon kuchli sevgini otashiga duchor bo`ldim. Bu 

otash meni yondirmoqchi, ado qilmoqchi. 



Yulduz: Ko`p aljirmang. 

O`tkirbek: Nazokatni qo`yib , sizga uylansam ishonasizmi ? 

Yulduz: Sen hal meni ham baxtimga chang solmoqchimisan ? 

Nazokat:  Abror aka, Kenoyi , O`tkir aka (uzoqdan kirib keladi ) 

O`tkirbek: Nazokat kelyapti, og`irroq bo`ling, o`zizni bosing , shu gap shu yerda qolsin . Hazillashdim . Men 

sevaman, sen sevasanm-u (dutor bilan) 

Nazokat:  Voy voy Yulduz , qachon kelding ?    

O`tkirbek: Iya ho ho ho hozir shu tobda keldilar, mana hali hansirashlari ham bosilgani yo`q  

Nazokat:  Nega bu yerda turibsan (Meni yo`qlab bog` kezasan-mu) Yulduz, Yulduz 

Yulduz: Meni ishim bor , ketishim kerak ,(Yulduz) yo yo qo`ysangchi 

O`tkirbek: Bu Nazokatxon yo`q ekanlar , ketaman deb rosa tiqilish qildilar. Nazokatxon hozir kelib qoladilar deb 

ashula aytib dutor chalib ashlab ushlab turuvdim  



Nazokat:  Ajab qilibsiz , qani yur ichkariga (ketishim kerak) yo, yo yo 

O`tkirbek: Keling , keling end hafa qilmang (Yuragimni sen sezasanmu , men sevaman, sen sevasanmu) 

Nazokat:  Men hozir choy qo`yaman   

O`tkirbek: Ho`sh nega aytmadiz,  

Yulduz: Agar shu tobda aytsam , yuragi yorilib o`lardi. 

O`tkirbek: Oliy janoblik, odam garchilik qildiz (Hademay…) Aytmang 

Nazokat:  Hademay choy ham qaynab qoladi , ohho vina ham bormi  

O`tkirbek: Ha , osha Qirimdan olib kelgan oq muska, bir ko`nglim tusab ochib  endi ichib turmoqchi edim , birdan 

Yulduzxon kelib qoldilar. Yolg`iz ichish uyat , mehmonga hurmatsizlik dedim-u  , u kishiga ham qo`ydim-u , ammo 

u kishi ichmadilar , irimiga lablarini tegizdilar holos. Men bo`lsa har safargidek ohirgacha ichdim.  

Nazokat:  Ho`sh qalay vino senga yoqdimi ? 

Yulduz: Juda ham  

Nazokat:  Voy biz Qirimda O`tkirbek akam ikkalamiz har kuni mana shu vinodan ichardk , (Tasdiqlash manoda 

ohang) 


O`tkirbek: Ha endi ozgina ozgina ichardikde  

Nazokat:  Quyung bo`lmasa tag`in ichaylik  

O`tkirbek: Jonim bilan , jonim bilan …. Qani 

Nazokat:  Yulduz (yo rahmat) Yulduz( yo rahmat) 

O`tkirbek: Yulduz 

Nazokat:  Oramidagi do`stik, muhabbat abadiy bo`lsin ! Yulduz (yulduz) hoy Yulduz (hoy Yulduz), hey nima gap 

o`zi tinchlimi  



O`tkirbek: Hey nima gap o`zi tinchlimi ? 

Nazokat:  Hozir nimadirni aytmang degandek bo`ldiz.  

O`tkirbek:  Haa aspiranturadan ketmoqchi bo`lganizni so`ragani kelgani ekan, hayron nimagadir aytmay ketdi? Ha 

aytganday popiris (popiros) olib keldizmi honim . 



Nazokat: Voy esim qursin, men hozir yugurib chiqib olib kelaman 

O`tkirbek: Yo yo yo ( hozir olib kelaman) bo`ldi , tamom , kerak emas. 

Nazokat: Olib kelib beraman hozir  

O`tkirbek: O`zim chiqib olib kelaman  

Nazokat: Tez qaytasizmi ? 

O`tkirbek: Ha hozir pochtada ham ishim bor . Chiqaman-u qaytaman. 

 

 



Download 401.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling