Paxta va lub tolalarining tuzilishi
Download 1.32 Mb.
|
paxta va lub
2Amaliy, 4Amaliy, 39-MAVZU. TASHKILIY HUJJATLAR VA ULARNING TURLARI, 3144 test english, Yuborish un, Biologiya 24 noyabr3, Болага китоб беринг 060520171149, Lektion 14-15 WPS Office, Lektion 14-15 WPS Office, Педагогика ва психология факультети , Сапарбеков Нурдаулет Исабекович, Сапарбеков Нурдаулет Исабекович, Сапарбеков Нурдаулет Исабекович, siroj engil atletika, siroj engil atletika
- Bu sahifa navigatsiya:
- E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!!!
Paxta va lub tolalarining tuzilishiPaxta tolasi — chigit qobigʻida yetiladigan ingichka, uzun, silliq va pishiqtabiiy tola. Asosan, paxta sellyulozasidan iborat. Paxta tozalash korxonalarida chigitdan ajratib olinadi. Ip va toʻqimachilik mahsulotlari tayyorlashda ishlatiladi. . Paxta tolasidan, asosan, toʻqimachilik sanoatida turli ip gazlama (satin, batist, zefir, toʻr, poplin va h.k.), trikotaj va boshqa ishlab chiqariladi, yigirilgan ip tayyorlanadi. Undan aviatsiya, elektrotexnika va avtomobil sanoatida parashyut, maxsus qistirmalar, izolyasiya materiallari, transportyor lentalari, avtoshinalar, yuritma tasmalari va boshqa ishlab chiqariladi. Bundan tashqari, momiq paxta, toʻqilmagan materiallar va boshqa olishda ham ishlatiladi.Chigit qobigʻida rivojlanib boradigan Paxta tolasi urugʻkurtak poʻstidagi boʻyiga juda oʻsib ketgan hujayradir (hujay-ratola). Gʻoʻzaning qaysi turiga mansubligiga, hujayralarning rivojlanish davri va funksiyalariga qarab, chigit qobigʻi tarkibiga kiradigan hujayralarning tuzilishi, kattakichikligi har xil boʻladi. Paxta tolasining ichki boʻshligʻi kanal shaklida boʻlib, hujay-ra shirasi va yupqa protoplazma qatlami bilan toʻlib turadi. Paxta tolasining kanali xdm, tolaning oʻzi singari, rivojlanishning boshlangʻich fazalarida shaklan silindrga oʻxshagan boʻladi.Tola yetilib borgan sayin, uning devorlari kalinlashadi va boʻyiga choʻziladi, kanali esa juda kisilib, yassilangan shaklga kirib qoladi. Tola kanalining kattakichikligi gʻoʻzaning tur va nav xususiyatlariga, shunin-gdek, agrotexnika shart-sharoitlariga bogʻliq, chunki gʻoʻza parvarishi sellyuloza toʻplanib borishiga taʼsir koʻrsatadi. Hozir ekiladigan gʻoʻza navlarida har bir chigitda hosil boʻladigan tola soni 10— 15 ming va undan ham koʻproq. Gʻoʻzaning madaniy shakllarida tola diametri uning oʻrta qismida 15—20 mk atrofida, yovvoyi shakllarida 8,3—10,4 mk keladi (NA. Vlasova, 1974), tola uzunligi madaniy navlarda 42 mm gacha, ay-rim turlarida, xatto, 60 mm ga boradi. Gʻoʻza navlari va muhit sharoitlariga qarab koʻsakdagi tola 50—60—80 kunda pishib yetiladi. Paxta tolasi tarkibi (%): sellyuloza — 90,35— 94,6; suv — 7; suvda eriydigan moddalar — 0,5; inkrustatsiya moddalari — 0,75; yogʻ va mum — 0,4; azot moddalari —0,5; kul — 0,12. Tola devori bir necha katlamli tuzilishga ega (rasmga q.). Qalinligi 1 mk dan kichik boʻlgan tashki katlam birinchi devor yoki kutikula (1—3) deyiladi. Kutikula kimyoviy tarkibi va tuzilishi boʻyicha asosiy sellyuloza devoridan jiddiy farq qilib, tarkibida (% hisobida) sellyuloza —54, oqsil —14, pektin moddalari —9, mum —8, kul —3, kutin —4 bor. Turli sanoat navlarining kimyoviy tarkibi ham turlicha. Lub tolalari — tolali oʻsimliklar (zigʻir, kanop, jut, rami, kendir, nasha oʻsimligi va boshqalar) poyasidan ajratib olinadigan toʻqimachilik tolalari. Bu oʻsimliklar (lub ekinlari) poyalarida kambiy va peritsikl orasida joylashgan toʻqimalar Lub tolalarini tashkil qiladi.Ular usimlik poyasidan biologik va fizik-kimyoviy usullar bilan ajratib olinadi. Buning uchun urugʻlari va barglaridan tozalanib va quritilib, bogʻ-bogʻ qilib tayyorlangan poyalar baklar, tabiiy yoki sunʼiy suv havzalari va hovuzlarda ivitiladi. Poyalarni ivitishda tolalarni bir-biriga va poʻstloqqa yopishtirib turgan pektin moddalari eriydi. Suv havzalari va hovuzlarida sovuq suvda ivitish har xil mikroorganizmlarning faoliyatiga asoslangan (bunda suvning harorati 20—25° dan oshmasligi kerak). Suvning ustidagi poyalarda mogʻor zamburugʻlari, suv ichiga botgan qismlarida anaerob bakteriyalar rivojlanadi. Baklarda poyalar issiq (36—38°) suvda ivitiladi. Bunda avval aerob, soʻngra anaerob bakteriyalarning ish faoliyatidan foydalaniladi. Ivitishning kimyoviy va bugʻlash usullari ham bor. Kimyoviy usulda turli moddalar (tuzlar, kislotalar, ishqorlar) eritmalari qoʻllaniladi. Bugʻlashda poyalar oldin suvda ivitilib, keyin bugʻla-nadi. Ivigan poyalar maxsus tola ajratish mashinalaridan utkaziladi. Ajratib olingan hoʻl tolalar titish-savash mashinalaridan oʻtkazilib tozalanadi, quritish mashinalarida quritiladi, soʻngra yumshatish mashinalaridan oʻtkazilib mayinlashtiriladi va pardozlash sexida pardozlanib, yaltiroq holatga keltiriladi, saralash (sortlarga ajratish) sexida tola rangi, uzunligi, pishikligi va tovlanuvchanligi boʻyicha xillanadi. Lub tolalarini koʻk lub (floema)dan ham olish mumkin (bunda tola ajratib olish texnologiyasi yuqoridagidan deyarli farq qilmaydi). Lubni titish-yuvish jarayonida chiqqan chiqindilardan kalta Lub tolalari olinadi. Lub tolalari qanday oʻsimlik poyasidan olinganligiga qarab, ingichka, kayishqoq (zigʻir va rama tolasi), dagʻal (kanop, jut, penka tolasi), qattiq (abaka, yaʼni penkaning bir turi) boʻlishi mumkin. Ulardan kanop, arqon, baliq tutish toʻri, brezent, har xil matolar tayyorlanadi, ular gilam toʻqishda ham ishlatiladi. Oʻzbekistonda, asosan, kanop oʻsimligi ekilganligi uchun kanop zavodlarida kanopdan tolalar olinadi E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!!!Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling