Paxtachi qishloq xo’jalik kasb-hunar kollejida o’tkazilgan ota-onalar yig’ilishi bayonnomasi 2016 yil 18 dekabr Qatnashdilar


Download 36 Kb.
Sana22.11.2021
Hajmi36 Kb.
#459288
Bog'liq
bayon ota ona mas'uliyati
chiziqli algebraik tenglamalar tizimini yechish. iteratsion usullar. oddiy iteratsiya usuli, Mavzu Chiziqli tenglamalar sistemasi. Reja, Mavzu Chiziqli tenglamalar sistemasi. Reja, 1-mavzu Chiziqli algеbra Reja Ikkinchi, uchinchi tartibli dеt, podcast, Matematika Xoliyorova 1, ariza, Документ Microsoft Word, Apparat va dasturiy taminot 2020-2021, Apparat va dasturiy taminot 2020-2021, pirazol, Aholini ijtimoiy muhofazalash tizimi organlari ishida jamoatchilik roli qanday, ABDULAXATOVA SABINA ABDUAVAZ QIZI QAYD VARAQA, Mavzu

Paxtachi qishloq xo’jalik kasb-hunar kollejida o’tkazilgan ota-onalar yig’ilishi

bayonnomasi
2016 yil 18 dekabr
Qatnashdilar:
1. MMIB direktor o’rinbosari: M.S.Salixova

2. “Taxtapul” mahallasi noziri: T.Qosimov

3. Bo’lim boshliqlari: 4 nafar

4. Guruh rahbarlari: 50 nafar.

5. Ota-onalar: 10 nafar.

6. O’quvchilar: 300 nafar.


KUN TARTIBI:
“Ota-ona oila tayanchi” mavzusida suhbat o’tkazish.

ESHITILDI:
Tadbirni MMIB direktor o’rinbosari M.S.Salixova ochib berdi. U o’z so’zida shunday dedi:      

Qanday qilib ota-onaning mehrini qozonish, baxtli qilish mumkin? Ey, odobli bola, otang va onang mehrini qozonmoqchi bo`lsang, ularni hurmat qil, zero, mehrning zamini hurmatdir. O`zaro hurmati bo`lmagan hayotning taqir kunlari bor. Mehrsiz odam toshbag`irdir, mehru-muhabbat yo‘q xonadonga baxt kelmaydi. Ota-onangning so‘zini ikki qilmay, zudlik bilan bajarishga yoshlikdan odatlan, ularning mehr qo‘rini so‘ndirma! Qo`ri o‘chgan mehrga qaytadan o‘t qalash oson ish emas. Ota-onang ranjiydigan birorta so‘z ham aytma, yolg‘on so‘zlama. Zero, yomon so`z - mehr haroratiga suv sepadi. Shirin so`z ilonni inidan chiqarganidek, muloyim so‘z vahshiylarni ulfatga aylantiradi. Tilingni shirin qil. Zero, yomon tiling shamoli mehr mevalarini to`kadi. Dillari og`riydigan so`zlarni aytma, ishni qilma. Birovni dilini bir marta og`ritib, ketidan yuz marta yaxshilik qilsang ham, o`sha bir ranjning yarasi bitmagay, chunki o`qni yaradan chiqarib olsa bo`ladi, ammo ozor dilda qoladi. Ota-onangni senga bo`lgan ishonchini oqla, umidini puchga chiqarma. Zero, mehrning tayanchi ishonchdir. Aka-uka, opa-singillar bilan sen-menga borma! Ular bilan doimo maslahat bilan ish tut. Iloji bo`lsa yordam ber. Zero, farzandlarning o`zaro muhabbati, ularning baxti-iqboli ota-onaning sog`ligiga, ruhiyatiga katta ta`sir ko`rsatadi. Farzand ota-onaning umriga umr qo`shib ham biladi, o`lmasdan oldin o`ldirib ham biladi. Mehr - oilaning quvvati va joni, mehr yurak qulfini ham ocha oladi. Mehr o`ga - inilarni bir-birlariga tutashtiruvchi qal`a! Og`ayni, qarindosh urug`larga bevafolik qilma! Ulardan ehsoningni ayama. Bevafolikni ko`rgan mehr darz ketadi. Ota-onang vafotidan keyin ularning vasiyatlarini bajo keltir. Unutmaginki, ota-ona mehri o`zidan so`ng ham nur qoldiradi. Va`da qilsang va`danggga vafo qil. To`rt narsa ikki jahonning sifati va abadiy murodlaridandir: Xudo va Payg`ambarlarga bo`ysunish; Ota-onani rozi qilish; Olimu donishmandlarga xizmat qilish; Xudoi taolo tomonidan yaratilganlarga shafqat.

Keyingi so’z nabvati „Taxtapul“ mahallasi noziri T.Qosimovga berildi. U o’z so’zida shunday dedi: «Devonu lug’otit turk»da sav adabiy janri to’g’risida keng ma’lumot berilgan. Sav voqyeiy tasvirga xos bir necha janrning umumlashma nomi, ya’ni hozirgi adabiyotshunoslikdagi epik tur atamasiga yaqin turadi. Devonda «Otalar so’zi» iborasi sav atamasi bilan ham ifodalangan. «Savda shundag’ kelir» – otalar so’zi shundoq keladi (III., 168 bet). «Otalar so’zi» ham bilik ma’nosiga yaqin turadi, ammo bu ikki atamaning farq qiluvchi xususiyatlari ham mavjud. Biligda dono fikrlar va hikmatli so’zlarning qisqalik, lo’ndalik, ayni paytda ko’chma ma’nolik xususiyatlari mujassamlashadi. Biligning ijodkori zamondosh bilga bo’lishi ham mumkin. «Otalar so’zi»ning janr xususiyati o’tmishdan meros bo’lib qolgan pand-nasihat, axloq, odob ifodalangan asarlarni qamrab oldi. Quyidagi to’rtlikda ana shunday kishilar nazarda tutilgan.            

Qadimgi donolarning o’gitlari otalar so’zidir. Bu janrga xos namunalar Yusuf xos Hojibning «Qutadg’u bilig» asarida ko’plab keltirilgan. Janr talabiga ko’ra, o’git va biligni qadimda kim aytganligi eslatiladi, so’ngra matni keltiriladi. Мasalan quyidagi parcha shunday  xususiyatga ega.



Ushbu ta’rifdan ayon bo’ladiki, sav bir necha tushunchalar ifodasi bo’lib, uning bosh ma’nosi xabar, voqyeylik, yangilikdir. Demak, biror voqyeylik aks etgan adabiy janr, kitob yoki og’zaki nutq sav deb yuritiladi. Devonda sav nomi bilan atalgan adabiy tushunchalar qadimgi  turkiy adabiyotda o’z ildizlariga ega. Biz yuqorida sav – otalar so’zining o’ziga xos xususiyati hamda namunalari haqida fikr yuritdik. Yana qo’shimcha tarzda shuni bayon etish mumkinki, «Qutadg’u bilig»dagi shaklga ko’ra, qadimgi ajdodlardan qolgan hikmatlar, pand-nasihatlar «neku der» – «nima der» kirish birikmasi bilan boshlanadi. Demak, «otalarimiz, ajdodlarimiz nima degan, eshit, ularning dono fikrlariga amal qil» tarzidagi bayondan so’ng sav beriladi. «Qutadg’u bilig»da keltirilgan savning bu shakli Alp Er To’nga, Alp Er, To’nga Alp Er, Jahongir kishi, Dono elbegi, Elchi boshi, Beklar begi, Botir kishi nomi bilan bog’langandir. Demak, dostondagi savlar yuqorida nomlari zikr etilgan shaxslar aytgan dono fikrlar hisoblanadi.
QAROR QABUL QILINDI:
Har bir guruhda “Ota-ona bo’lish mas’uliyati” mavzusida ma’naviyat soati o’tkazilsin.

Bayon olib boruvchi: Shamsiyeva H.
Download 36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling