Pdf-faylidagi rasmiy manba O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining


Download 41.45 Kb.
Sana23.05.2020
Hajmi41.45 Kb.
#109292
Bog'liq
223 13.08.2013




PDF-faylidagi rasmiy manba

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

qarori

O‘zbekiston Respublikasida landshaft dizaynini rivojlantirish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasida landshaft dizaynini yanada rivojlantirish, aholi punktlari va qishloqlararo hududlarning arxitekturaviy-badiiy qiyofasini yaxshilash, landshaft dizayni mutaxassislarini tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:



1. O‘zbekiston Respublikasida landshaft dizaynini rivojlantirish dasturi (keyingi o‘rinlarda Dastur deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 21-iyundagi 386-f-son farmoyishi bilan tuzilgan O‘zbekiston Respublikasida landshaft dizaynini rivojlantirish dasturini tayyorlash bo‘yicha Ishchi guruhga quyidagilar yuklansin:

tegishli vazirliklar va idoralarning, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlarining Dasturni belgilangan muddatlarda sifatli bajarish bo‘yicha faoliyati yuzasidan tizimli monitoringni amalga oshirish;

har chorak yakunlari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga Dasturni bajarish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida axborot kiritish.

3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.

4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2013-yil 13-avgust,

223-son

Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 13-avgustdagi 223-son qaroriga


1-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasida landshaft dizaynini rivojlantirish

DASTURI

T/r

Tadbirlar

Amalga oshirish shakli

Muddatlari

Mablag‘lar
hajmlari


Moliyalashtirish manbalari

Bajarish uchun
mas’ullar


I. Tashkiliy tadbirlar

1.1

Toshkent shahar hokimligi Obodonlashtirish bosh boshqarmasining, Nukus shahri va viloyat markazlari bo‘lgan shaharlar obodonlashtirish boshqarmalarining landshaft dizayni guruhlarini malakali kadrlar bilan ta’minlash.

Tegishli
obodonlashtirish
boshqarmalarining
buyruqlari

2013-yil
III chorak

-

-

Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Vazirlar
Kengashi, viloyatlar va
Toshkent shahar
hokimliklari

1.2

Loyihalash tashkilotlarini oliy ta’lim muassasalari va kasb-hunar kollejlarini “landshaft dizayni” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan landshaft dizayni mutaxassislari bilan ta’minlash.

Loyihalash tashkilotlari
va boshqa tegishli
tashkilotlarning
buyruqlari

2013-yil
IV chorak

-

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti
va tashkilotlar mablag‘lari

“Davarxitektqurilish”
qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar
Kengashi, viloyatlar va
Toshkent shahar hokimliklari, Oliy va o‘rta maxsus
ta’lim vazirligi

1.3

2014-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda Toshkent shahar hokimligi Obodonlashtirish bosh boshqarmasining, Nukus shahri va viloyat markazlari bo‘lgan shaharlar obodonlashtirish boshqarmalarining landshaft dizayni guruhlari ta’minotiga, shuningdek landshaft dizaynini rivojlantirish uchun zarur texnika, asbob-uskunalar va materiallar sotib olishga zarur mablag‘lar kiritish.

2014-yil va kelgusi
yillar uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat
budjeti parametrlari
loyihasi

2013-yil
III chorak

Har yili


2013-yil uchun
411,0 mln so‘m
Hisob-kitoblar
va buyurtmanomalar
bo‘yicha

Obodonlashtirish maqsadlari uchun nazarda tutiladigan mablag‘lar doirasida

Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Vazirlar
Kengashi, viloyatlar va
Toshkent shahar
hokimliklari

II. Kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish

2.1

Toshkent arxitektura-qurilish instituti (keyingi o‘rinlarda TAQI deb ataladi) va Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti (keyingi o‘rinlarda SDAQI deb ataladi)ning mavjud kafedralari negizida “Landshaft dizayni va interyeri” kafedralarini tashkil etish.

Oliy va o‘rta maxsus
ta’lim vazirligining
buyrug‘i

2013-yil
IV chorak

Oliy va o‘rta maxsus
ta’lim vazirligi,
“Davarxitektqurilish”
qo‘mitasi, boshqa
manfaatdor vazirliklar
va idoralar

2.2

TAQI huzuridagi qurilish sohasida Menejerlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash markazi negizida Arxitektorlar, dizaynerlar, quruvchilar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash markazi tashkil etish.

Oliy va o‘rta maxsus
ta’lim vazirligining
buyrug‘i

2013-yil
IV chorak

Oliy va o‘rta maxsus
ta’lim vazirligi,
“Davarxitektqurilish”
qo‘mitasi, boshqa
manfaatdor vazirliklar
va idoralar

2.3

Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga
“Landshaft dizayni” va “Interyer dizayni” yo‘nalishlari kiritilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.

Vazirlar Mahkamasining
qarori

2013-yil oktyabr

-

-

Oliy va o‘rta maxsus
ta’lim vazirligi,
“Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, “O‘zstandart”
agentligi

2.4

“Landshaft dizayni” va “Interyer dizayni” ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha davlat ta’lim standartlari va o‘quv rejalarini ishlab chiqish.

Oliy va o‘rta maxsus
ta’lim vazirligining
buyrug‘i

2014-yil
I chorak

-

-

Oliy va o‘rta maxsus
ta’lim vazirligi,
“Davarxitektqurilish”
qo‘mitasi, “O‘zstandart”
agentligi

2.5

“Landshaft dizayni” va “Interyer dizayni” yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash.

Takliflar ishlab chiqish va
Vazirlar Mahkamasiga
kiritish

2013-yil dekabr

-

-

Iqtisodiyot vazirligi,
Oliy va o‘rta maxsus
ta’lim vazirligi,
“Davarxitektqurilish”
qo‘mitasi, TAQI,
SamDAQI, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar
Kengashi, viloyatlar va
Toshkent shahar hokimliklari

2.6

“Landshaft dizayni” va “Interyer dizayni” yo‘nalishlari bo‘yicha TAQI va SamDAQI bakalavriat va magistraturasiga 2014-2015 o‘quv yilidan boshlab qabul qilish kvotalari ajratish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori, Ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul
qilish bo‘yicha davlat
komissiyasi protokoli

2014-yil
II chorak

-

-

Iqtisodiyot vazirligi,
Oliy va o‘rta maxsus
ta’lim vazirligi,
“Davarxitektqurilish”
qo‘mitasi, TAQI,
SamDAQI

2.7

TAQI va SamDAQI bakalavriat va magistraturasiga yangidan tashkil etilgan “Landshaft dizayni” va “Interyer dizayni” yo‘nalishlari bo‘yicha talabalar qabul qilish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori

Oliy va o‘rta
maxsus ta’lim
vazirligi, TAQI,
SamDAQI

2.8

TAQI va SamDAQI negizlarida landshaft dizayni bo‘yicha maket va keramika ustaxonalari, shuningdek texnoparklar tashkil etish, ularni qurish uchun 1,0 gektar qo‘shimcha yer uchastkasi ajratish.

Oliy va o‘rta maxsus
ta’lim vazirligining
buyrug‘i, Toshkent shahar va Samarqand viloyati
hokimlarining
qarorlari

2014-yil
II chorak

TAQI va SamDAQI
hisob-kitoblari
va buyurtmanomalari bo‘yicha

Oliy ta’lim muassasalarining o‘z mablag‘lari, grantlar va homiylar mablag‘lari

Oliy va o‘rta maxsus
ta’lim vazirligi,
Toshkent shahar
hokimligi, Samarqand
shahar hokimligi,
“Davarxitektqurilish”
qo‘mitasi

2.9

TAQI va SamDAQIda ta’lim jarayoniga arxitektura dendrologiyasi va landshaft dizayni sohasi bo‘yicha amaliyotchi mutaxassislarni, shu jumladan xorijiy mamlakatlardan soatbay mehnat haqi to‘lash shartlari bilan jalb etish.

Oliy va o‘rta maxsus
ta’lim vazirligining
buyrug‘i

2014-yil

-

Oliy ta’lim muassasalarining o‘z mablag‘lari

Oliy va o‘rta maxsus
ta’lim vazirligi

2.10

Ijodiy tanlovlardagi ishtirokini hisobga olgan holda o‘qituvchilarning reyting nazorati tizimini takomillashtirish.

Qo‘shma qaror

Har yili

-

-

Oliy va o‘rta
maxsus ta’lim vazirligi,
Davlat test markazi

III. Ilg‘or tajribani o‘rganish

3.1

Toshkent shahridagi obyektlar (Abdulla Qodiriy nomidagi, “Bolajon” va “Lokomotiv” (sobiq “Zafar Diyor” bog‘lari) negizida landshaft dizayni mutaxassislari, hududiy arxitektura organlari xodimlari, oliy ta’lim muassasalarining talabalari va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari uchun seminarlar o‘tkazish.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus,
kasb-hunar ta’limi markazi
buyrug‘i, Toshkent shahar
hokimi qarori

2013-yil
IV chorak

Madaniyat va sport
ishlari vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus,
kasb-hunar ta’limi markazi hisob-kitoblari va buyurtmanomalari bo‘yicha

Bajaruvchilar
va homiylar mablag‘lari, grant mablag‘lari

Oliy va o‘rta maxsus
ta’lim vazirligi, O‘rta
maxsus, kasb-hunar
ta’limi markazi, Toshkent
shahar hokimligi,
“Davarxitektqurilish”
qo‘mitasi, Madaniyat va
sport ishlari vazirligi

3.2

Landshaft dizayni mutaxassislarining Angliyada va boshqa xorijiy mamlakatlarda o‘qishini, shuningdek TAQI va SamDAQI talabalarining arxitektura va landshaft dizayni bo‘yicha sayyor tanishish amaliyotlarini tashkil etish.

Oliy va o‘rta maxsus
ta’lim vazirligi,
“Davarxitektqurilish” qo‘mitasi va loyihalash tashkilotlarining buyruqlari

2013-yil
IV chorak

“Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, loyihalash tashkilotlari, Oliy
va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining
hisob-kitoblari va buyurtmanomalari
bo‘yicha

Ajratilgan mablag‘lar, grant
va homiylar mablag‘lari doirasida

Oliy va o‘rta maxsus
ta’lim vazirligi,
“Davarxitektqurilish”
qo‘mitasi, Tashqi ishlar
vazirligi, Tashqi
iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va
savdo vazirligi

3.3

Tajriba almashish uchun landshaft dizaynining xorijiy mutaxassislarini O‘zbekiston Respublikasiga taklif etish.

Oliy va o‘rta maxsus
ta’lim vazirligi tomonidan Vazirlar
Mahkamasiga takliflar kiritish

2014-yil
IV chorak

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda
“Davarxitektqurilish” qo‘mitasining
hisob-kitoblari va
buyurtmanomalari
bo‘yicha

Ajratilgan mablag‘lar doirasida

Oliy va o‘rta maxsus
ta’lim vazirligi,
“Davarxitektqurilish”
qo‘mitasi, Tashqi ishlar
vazirligi

IV. Landshaft muhitini arxitekturaviy-badiiy jihatdan tashkil etish yutuqlarini ommalashtirish

4.1

Respublika va viloyatlar telekanallarida landshaft dizayniga bag‘ishlangan ko‘rsatuvlar turkumini tashkil etish.

Tadbirlar rejasi

2013-2014
yillar

Milliy teleradiokompaniyaning
hisob-kitoblari va
buyurtmanomalari
bo‘yicha

Ajratilgan mablag‘lar doirasida

Manfaatdor vazirliklar
va idoralar,
O‘zbekiston milliy
teleradiokompaniyasi

4.2

Ixtisoslashtirilgan tashkilotlar, oliy ta’lim muassasalarining mutaxassislari va talabalari, kasb-hunar kollejlarining o‘quvchilari o‘rtasida tuman, viloyat va respublika darajasida landshaft dizayni bo‘yicha mahorat darslari, ishlarning mavzuli ko‘rgazmalari va tanlovlarini tashkil etish.

Oliy va o‘rta maxsus
ta’lim vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari buyruqlari va qarorlari

2013-2014-yillar

Oliy va o‘rta maxsus
ta’lim vazirligi
hisob-kitoblari va buyurtmanomalari
bo‘yicha

Ajratilgan mablag‘lar doirasida, oliy ta’lim muassasalarining o‘z mablag‘lari

Oliy va o‘rta maxsus
ta’lim vazirligi,
“Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi

V. Normativ-huquqiy bazani takomillashtirish

5.1

Daraxtlar, butalar, gullar va boshqa o‘simliklar bo‘yicha umumiy dendrologiya katalogini ishlab chiqish.

Katalog

2014-yil
I chorak

Bajaruvchilar
hisob-kitoblari va
buyurtmanomalari
bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti
va homiylar mablag‘lari

“Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining O‘rmon xo‘jaligi bosh
boshqarmasi

5.2

Landshaft dizayni obyektlarini loyihalash va barpo etish ishlari qiymatini aniqlash bo‘yicha normativ hujjatni ishlab chiqish.

“Davarxitektqurilish” qo‘mitasi normativ hujjatini ishlab chiqishning manzilli ro‘yxati

2014-yil iyul

“Davarxitektqurilish” qo‘mitasi hisob-kitoblari
va buyurtmanomalari
bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari

“Davarxitektqurilish” qo‘mitasi

Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 13-avgustdagi 223-son qaroriga
2-ILOVA


O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar

1. Vazirlar Mahkamasining “Obodonlashtirish xodimlarini moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 1-apreldagi 91-son qaroriga 1-ilovada (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 4-son, 24-modda):



“Lavozim nomi” ustunida:

“Bosh iqtisodchi, bosh agronom, bosh mexanik” so‘zlari “Bosh iqtisodchi, bosh agronom, bosh mexanik, landshaft bo‘yicha dizayner” so‘zlari bilan almashtirilsin;

“Etakchi mutaxassislar: muhandis (barcha mutaxassisliklar bo‘yicha), agronom, iqtisodchi, buxgalter, mexanik” so‘zlari “Etakchi mutaxassislar: muhandis (barcha mutaxassisliklar bo‘yicha), agronom, iqtisodchi, buxgalter, mexanik, landshaft bo‘yicha bosh muhandis, vertikal rejalashtirish va yo‘l qoplamalari bo‘yicha loyihalovchi, dendrolog, ishlab chiquvchi dizayner, loyihalovchi elektrik, suv ta’minoti bo‘yicha loyihalovchi” so‘zlari bilan almashtirilsin.

2. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrini obodonlashtirish ishlarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 11-noyabrdagi 251-son qarorida:

a) 4-ilova quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 11-noyabrdagi 251-son qaroriga


4-ILOVA

Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi apparati

TUZILMASI



b) 5-ilovadagi “Lavozim va kasblar nomi” ustunida:

5-bandga “landshaft bo‘yicha bosh dizayner (guruh boshlig‘i)” so‘zlari qo‘shilsin;

8-bandga “landshaft bo‘yicha bosh muhandis, vertikal rejalashtirish va yo‘l qoplamalari bo‘yicha loyihalovchi, dendrolog, ishlab chiquvchi dizayner, loyihalovchi elektrik, suv ta’minoti bo‘yicha loyihalovchi” so‘zlari qo‘shilsin.

3. Vazirlar Mahkamasining “Respublika aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 10-yanvardagi 4-son qaroriga 2-ilova quyidagi tahrirda bayon qilinsin (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 1-son, 2-modda):

“Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 10-yanvardagi 4-son qaroriga


2-ILOVA

Nukus shahar va viloyat markazlari bo‘lgan shaharlar obodonlashtirish boshqarmalarining

NAMUNAVIY TUZILMASI



Xodimlarning cheklangan soni:

boshqaruv xodimlari (BX) — 13,5 kishi;

* muhandis-texnik xodimlar (MTX): shaharlarda — Andijonda — 15 kishi, Buxoroda — 17 kishi, Qarshida — 13 kishi, Navoiyda — 10 kishi, Namanganda — 17 kishi, Nukusda — 12 kishi, Samarqandda — 17 kishi, Farg‘onada — 17 kishi; Guliston, Jizzax, Termiz va Urganch shaharlarida — 10 kishidan; yordamchi xodimlar — 7 kishi.

Izoh: ishlab chiqarish xodimlari soni bajariladigan ishlar hajmiga ko‘ra belgilanadi.”.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 33-son, 440-modda)

Download 41.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling