Pedagogik amaliyot hisoboti


Download 11.89 Kb.
Sana30.05.2020
Hajmi11.89 Kb.
#112065
Bog'liq
Pedagogik amaliyot hisoboti


Pedagogik amaliyot hisoboti

Men Toshkent Viloyati CHirchiq Davlat Pedagogika Instituti pedagogika fakulteti PeP-18/1 guruh talabasi Turg’unova Ma’mura 3-fevraldan 20-aprelgacha haftaning har dushanba kunlarida pedagogik amaliyotda bo’ldim. Shunda 3-fevraldan 15-martgacha Toshkent viloyati Bo’stonliq tumani 15-maktabda pedagogik amaliyotimni o’tkazdim. Bu vaqt davomida maktab rahbari va maktab jamoasi bilan tanishdim, maktabning o’quv-moddiy sharoitini o’rgandim. Menga biriktirilgan maktab psixologi M.Mirzayokubov meni maktab psixologining ish hujjatlari bilan tanishtirdi. Psixolog bilan birgalikda o’quvchilar bilan davra suhbatlari, psixologik treninglar tashkil qildik. Bundan tashqari maktabda sinf rahbarlari ishini, maktab o’quvchisining o’quv-tarbiyaviy ishlarini, maktab o’qituvchisining darsdan tashqari ishlarini, ish hujjatlarini o’rgandim, darslarni kuzatdim. “Yoshlar ittifoqi” faollari va yetakchilari faoliyati bilan tanishib chiqdim. 15-martdan 20-aprelgacha pedagogik amaliyotda onlayn tarzda ishtirok etdim.
Download 11.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling