Pedagogik amaliyot hujjatlari jamlanmasi


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/11
Sana05.11.2020
Hajmi0.79 Mb.
#141197
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
pedagogik amaliyot hujjatlari jamlanmasi


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI 
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI 
O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI FAKULTETI 
 
 
 
 
PEDAGOGIK     AMALIYOT  
HUJJATLARI  JAMLANMASI 
 
 
 
    
  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Jizzax- 2015 

 
Mazkur  metodik  ko’rsatma  amaliyot  jarayonida  yuritiladigan  hujjatlarni  o’z  ichiga  olib  
pedagogik  amaliyot  davomida  talab  qilinadigan  hujjatlardagi  har  xillikka  barham  berish,  bu 
borada amaliyotchi talabalarga yengillik tug’dirish maqsadida tuzildi.   
 
  
 
 
 
 
 
        Tuzuvchilar:    p.f.n. Q. Yadgarov 
                                 k.o‘qit:  S.Boysinov   
 
Taqrizchilar: A. Qodiriy  nomidagi JDPI “O‘zbek  tili va uni o‘qitish uslubiyati kafedrasi” 
dotsenti, T. Almamatov  
                           JDPI pedagogika instituti oquv amaliyot bo’limi boshlig’i:  
                           dots. E. Shomuratov .     
 
 
 
 
 
 
Dastur A.Qodiriy  nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti o‘quv-uslubiy kengashida 
ko‘rib chiqilgan va tasdiqqa  tavsiya etilgan. 
 
 
 
 

KIRISH 
1.1 
 Talabalar pedagogik amaliyotining maqsad  va  vazifalari. 
  Pedagogik  amaliyotda  talabalar  ona  tili  va  adabiyoti  hamda  boshqa  fanlardan  olgan 
bilim va ko‘nikmalarini sinab ko‘radilar, amalga tatbiq qiladilar. Shuning uchun ham pedagogik 
amaliyot o‘zining ilmiy-tadqiqot obyekti, predmeti, maqsadi va vazifalariga ega. 
 Pedagogik  amaliyot  samaradorligini  oshirish,  o‘quvchining  ta’lim  jarayonining 
subyektiga  aylantirish,  o‘quvchilarning  egallagan  bilim,  ko‘nikma  va  malakalarini  bilishning 
qulay yo‘llarini aniqlash, ona tili va adabiyotidan sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish singarilar 
pedagogik amaliyotning ilmiy tadqiqot obyekti hisoblanadi.  
Talabalar  pedagogik  amaliyot  davrida  fan  tarixi,  o‘quv-tarbiya  jarayonini  tashkil  qilish, 
o‘qitishning  maqsadi,  metod  va  prinsiplari  kabilarni  bilishlari  zarur.  Bundan  tashqari  til  va 
adabiyot  nazariyasini  amaliyot  asosida  o‘rganish,  har  bir  darsni    zamonaviy  pedagogik 
texnologiya asosida olib borish hamda fanlararo aloqani bilishlari maqsadga muvofiq. 
Bugun  jamiyatimizda  tub  burilishlar  sodir  bo‘ldi.  «Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi»da 
ta’kidlanganiday: 
 
«Inson,  uning  har  tomonlama  uyg’un  kamol  topishi  va  farovonligi,  shaxs  manfaatlarini 
ro‘yobga chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va 
ijtimoiy  xulq-atvorning  andozalarini  o‘zgartirish  respublikada  amalga  oshirilayotgan 
islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir». 
 
Ana shu isloxotlar silsilasida ta’lim  bosqichlari orasidagi  uzviylik va uzluksizlikni,  ular 
orasidagi  aloqa  va  bog’lanishlarni  kuchaytirish  alohida  ahamiyat  kasb  etadi.  Ayni  shu  vazifani 
amalga oshirishni ta’minlash ko‘p jihatdan pedagogik amaliyotga ham bog’liqdir. 
 
Pedagogik  amaliyot  akademik liseylar, o‘rta ta’lim maktablari bilan oliy ta’lim tizimini 
jips bog’laydigan bo‘g’in hisoblanadi. Bu davrda talabalar institut auditoriyalarida olgan nazariy 
bilimlarga,  amaliy  va  laboratoriya  mashg’ulotlarida  sinalgan  tajribalarga  tayanib  mustaqil 
faoliyat olib boradilar; yuqori malakali metodist o‘qituvchilarning ish faoliyati bilan tanishadilar, 
ulardan o‘rganadilar, turli ruhiyat egalari-o‘quvchilar bilan hamkorlikda  o‘quv-tarbiya ishlarini 
olib boradilar. 
 
O‘qituvchilik kasbini egallashga intilgan har bir talaba 1- kursdan boshlab mutaxassislik 
faoliyati  ustida  ishlashi,  bilim  maskanida  yaratilgan  imkoniyatlardan  to‘la  foydalanib,  nazariy 
bilimlarni puxta va chuqur egallab bormog’i shart. 
 
Talabalarning pedagogik amaliyoti mazkur vazifalarni o‘z ichiga oladi: 
1.  O‘z  mutaxassisligi  bo‘yicha  institutda  olgan  nazariy  bilimini  Amaliy  ish  bilan 
mustahkamlash. 
2.  Yuqori  malakali,  ko‘p  yillik  ish  tajribasiga  ega  o‘qituvchilarning  ish  tajribalarini 
o‘rganish. O‘z mutaxassisligidan dars olib borish malakasini egallash. 
3.  Maktabdagi  o‘quv  O‘quv  yurti  hayoti,  uning  o‘quv-metodik  yo‘nalishi,  o‘quv-tarbiya 
jarayoni  bilan  tanishish,  o‘quv  yurtidagi    tarbiya  ishlarida  faol  qatnashish,  mustaqil  ish 
yuritish malakasini hosil qilish. 
4.  Ona  tili  va  adabiyot  fanlaridan  sinfdan  tashqari  olib  boriladigan  ishlarni  o‘rganish  va 
tashkil etishda qatnashish. 
5.  O‘zlashtirmovchi  o‘quvchilar  bilan  darsda  va  darsdan  tashqari  individual  ishlash 
usullarini o‘rganish. O‘quvchilarning o‘zlashtrish darajasini ko‘tarishga hissa qo‘shish. 

6.  Maktab hayotida o‘z mutaxassislik fani yuzasidan olib boriladigan ilmiy-tekshirish ishlari 
ustida  fikr  yuritish    \mavzu  tanlash,  material  to‘plash,  ayrim  sinov-tajriba  ishlarini  olib 
borish, tajribali metodist o‘qituvchilar bilan suhbatlar o‘tkazish\. 
7.  Amaliyot  davomida  sinf  rahbarlari  ish  uslubini  o‘rganish,  tarbiyaviy  ish  rejasiga  mos 
tadbirlar  tashkil  etib,  o‘tkazishga  rahbarlik  qilish.  O‘quv  yurti  miqyosida  o‘tadigan 
tadbirlarda faol qatnashish. 
8.  Ona  tili  va  adabiyotdan  o‘quv  xonasini  jihozlashga,  ko‘rgazmali  qurollar,  metodik 
qo‘llanmalar bilan boyitishga yaqindan yordam berish. 
 
1.2.  Pedagogik amaliyot bo‘yicha talabalar bilimi va ko‘nikmalariga  
qo‘yiladigan talablar: 
-  
til bo‘limlarini (fonetika, so‘z yasalishi, leksikologiya, grammatika, orfografiya, orfoepiya, 
punktuasiyalarni semantika va uslubiyat bilan uyg’unlikda tahlil qilish va baholash mezonlarini  
amaliyotda qo‘llay bilish: 
-    ona  tili  va  adabiyot  bo‘yicha  maktab,  akademik  lisey,  kasb-hunar  kollejlari  ta’limining 
mohiyati  anglab yetishlari: 
-    ona  tili  va  adabiyot  kabinetini  tashkil  etish,  jihozlash,  texnik  vositalardan  foydalanishni 
o‘rganish:   
-      ona tili  sathlarini mustaqil  tahlil qila olishi: 
-   adabiy ta’limga oid materiallarni o‘quvchilar ongiga to‘g’ri va oson yetkazish;  
-        ona  tili  va  adabiyotini  o‘qitishda  o‘quvchilarning  mustaqil  fikrlashi,  fikrlash  mahsulini 
og’zaki  va  yozma  yozma  nutq  ko‘nikmalarini  shakllantirish,  malaka  hosil  qilish  yo‘llarini 
bilishlari zarur: 
-   so‘zning ichki (lug’aviy) ma’nolarini, ma’no darajalarini, so‘zni to‘g’ri tanlash va nutqda o‘z 
o‘rnida  qo‘llash  sirlarini  anglab  yetishi,  uning  ilmiy-grammatik  talqinini  bilib  olishlariga 
erishsish va amalda qo‘llash; 
-  dars  jarayonida  qo‘shimcha  adabiyotlar,  zamonaviy  pedagogik  texnologiyalardan  foydalana 
bilishi: 
-      sinf va sinfdan tashqari mashg’ulotlarni tashkil qila olishi kerak. 
IV  kursda  talabalar  uzluksiz  pedagogik  amaliyotni  o‘taydilar.  O‘quv  yurti:  maktab, 
akademik lisey va kasb-hunar kolleji pedagogik  jamoasi  faoliyati bilan tanishadilar; ish  rejalari 
tuzib,  kundalik  daftar  yuritish,  dars  kuzatish,  haftalik,  choraklik  o‘quv  rejalaridan  foydalanish 
malakasini  hosil  qiladilar.  O‘quvchilar  bilimini,  og’zaki,  yozma  va  mustaqil  ishlarini  baholash 
tajribasini o‘rganadilar.  Dars konspektini  tayyorlab, uni  tashkil etish va  o‘tkazishga oid  mashq 
darslarini boshlaydilar. Metod birlashma ishi bilan tanishadilar, birlashma yig’ilishlarida ishtirok 
etadilar,  sinfdan  tashqari  ishlarni  olib  borish  tajribalarini  o‘rganadilar,  tadbirlar  tashkil  etib 
o‘tkazishda qatnashadilar. 
1.3.  Talabalarning  uzluksiz  pedagogik  amaliyoti  pedagogika,  psixologiya,  falsafa,  mantiq, 
tilshunoslikka kirish, hozirgi o‘zbek adabiy tili, shevashunoslik, adabiyot tarixi, nutq madaniyati, 
til  tarixi,  tarix,  geografiya,  fizika  fanlari  bilan  aloqadorligi  mavjud.  Pedagogik  amaliyotning 
boshqa fanlar bilan aloqasi dars jarayonida o‘quvchilar bilimini, dunyoqarashini kengaytirishga 
yordam beradi. 
 

 1.4.  Uzluksiz  pedagogik  amaliyotga  yangi  pedagogik  texnologiyani  olib  kirish.  Ona  tili  va 
adabiyoti  o‘qitishning  faol  metod  va  shakllari  o‘z  ichiga  muammolilik,  ilmiy  izlanish,  ta’lim 
oluvchilarning  mustaqil  ishlaridan  keng  foydalanish  kabilarni  o‘z  ichiga  oladi.    Yuqorida  qayd 
qilingan metod va usullarni amaliyotda qo‘llanadi. 
  
1.5. Bitiruvchi kurs talabalarining pedagogik amaliyot  dasturi 
     1 hafta 36 soat. 
       O‘qituvchilarning metodik kengashlarida ishtirok etish. 
 
Pedagogik  amaliyotni  tashkil  etishga  oid  amaliy  konferensiya  tashkil  etish.  Pedagogik 
amaliyotning maqsad va vazifalari, tashkil etish yo‘llari, olib borish uslubi haqida suhbatlashish. 
 
Talabalar  biriktirilgan  maktab,  akademik  lisey  yoki  kasb-hunar  kollejlarida  pedagogik 
amaliyotni boshlash oldidan umumiy maqsad va vazifalar bayoni. 
 
O‘quv  yurti  hayoti,  pedagogik  jamoa  faoliyati,  ta’lim  muassasasini  boshqarishning 
zamonaviy talablariga oid direktor suhbatini tashkil etish va o‘tkazish. 
 
O‘quv  yurtining  o‘quv  tarbiyaviy  ishlari  holati  bilan  tanishuv,  o‘quv  ishlari  bo‘yicha 
mudir suhbatini tashkil etish. 
 
Maktabda joriy yilda o‘tkazish rejalashtirilgan ma’naviy ma’rifiy ishlar bilan tanishish. 
 
Fan o‘qituvchilarining yillik va choraklik o‘quv rejalari bilan tanishish. 
 
Sinf rahbarining tarbiyaviy ishlar rejasi bilan tanishtirish. 
Ona tili adabiyot fanlari metod kengashi bilan tanishish; o‘qituvchilarning ish yuritish hujjatlari, 
sinf  jurnalini  yuritish  bilan  tanishtirish.  Talabalarni  sinflarga  taqsimlash  ona  tili  adabiyot 
darslarini o‘tkazish jadvalini tuzish. Amaliyotchi talabalar bilan fan o‘qituvchilarining darslarini 
kuzatish. Amaliyotchi burchagini tashkil etish. 
 
II hafta, 36 soat. 
I  -  IV  bosqichlar  o‘quv  rejasiga  ko‘ra  talabalarning  mustaqil  darslarini  tashkil  etishga 
rahbarlik. Darslarni kuzatish va tahlil qilish. Metodist o‘qituvchi va fan o‘qituvchilarining ochiq 
darslarini o‘tkazish, darslarni kuzatish, tahlil qilish va baholash. 
 
«Zamonaviy  dars  qanday  bo‘lmog’i  kerak»,  «Ta’limdagi  an’anaviy  va  noan’anaviy 
usullar» mavzularida suhbat o‘tkazish. 
 
Darsning  reja  va  konspektini  tuzish.  Dars  usubini  belgilash.  Ta’lim  metodlaridan 
foydalanish  yo‘llarini o‘rgatish. Darsni jihozlash, darsda ko‘rgazmalilik, va texnik vositalardan 
foydalanish,  tarqatmalar,  didaktik  vositalar  tayyorlash,  ulardan  foydalanish.  O‘quvchilarnig 
mustaqil  va  yozma  ishlarini  tashkil  etish  va  baholash.  Baho  me’yorlari.  O‘quvchi  daftarini 
nazorat  qilish.  O‘quv  predmeti  materiallaridan  foydalanish.  Dastur  va  darsliklar  ustida  ishlash. 
Dars tiplari va tuzilishiga oid suhbat. 
 
Sinfdan  tashqari  ishlar  bilan  tanishtirish.  Turli  bayramlarga  bag’ishlangan  kechalar 
tashkil qilish. 

 
III - IV hafta. 
 
Talabalarning  ona  tili  va  adabiyot  fanlaridan  mustaqil  holda  tashkil  etgan  darslarini 
kuzatish, tahlil qilish, baholash. 
 
“Badiiy asarni tahlil qilish”, “Bir dars tahlili”, “Ish qog’ozlari va davlat tilida ish yuritish” 
mavzularida suhbat. 
 
Ota – onalar majlisini tashkil etish, tabel yuritish.  
 
Talabalarning  pedagogik  amaliyot  davomidagi  ish  qog’ozlari  namunalarini  tashkil  etish 
va kafedrada namoyish etish. 
 
Hisobot  hujjatlari  (dars  konspektlari,  amaliyot  davomidagi  ishlarning  hisobot  tahlili, 
amaliyotchiga  ma’muriyat,  o‘qituvchilar  tomonidan  berilgan  tavsifnomani  tayyorlash  va 
boshqalar). 
 
O‘quv  yurti  jamoasi  bilan  birgalikda  pedagogik  amaliyot  yakuniga  bag’ishlangan 
anjuman o‘tkazish. Pedagogik amaliyot yakuniga bag’ishlangan hisobotni tayyorlash. 
                    Amaliyot muddati 11 hafta (2015 -yil  2- martdan  16  - maygacha) 
 
№ 
                 Ishning mazmuni 
Mas’ul shaxs 
muddati 
 1 
Fakultetda pedagogik amaliyotga 
bag’ishlangan ilmiy-metodik konferensiya 
O‘tkazish 
Ped. amaliyot 
boshlig’ich deka-nat
metodistlar 
 
28.02.15. 
 

Guruh talabalari bilan metodistlar suhbati 
Metodistlar, pedag. va 
psixol. 
kaf.o‘qituvchilari 
2.03.15. 

O‘quv yurti bilan talabalarni tanishtirish 
Metodist 
2.03.15. 

O‘quv yurti rahbarlari bilan  suhbati (Ushbu 
ilm dargohining qisqacha tarixi bilan 
tanishtirish) 
O‘quv yurti rahbari va 
o‘qituvchilari 
2.03.15- 
4.03.15. 

Talabalarni ona tili va adabiyoti 
o‘qituvchilarining ish rejalari bilan 
tanishtirish 
Fan o‘qituvchi-lari, 
talabalar 
4.03.15.  
5.03.15. 

Hafta (10 kun) davomida talabalar-ning o‘quv 
yurtidagi dars kuzatishlari. Dars haqidagi 
fikr-mulohazalar (suhbat) 
 
Talabalar va metodist 
6.03.15. 
17.03.15 


«Dars tahlili » mavzusida suhbat o‘tkazish, 
namuna berish 
Metodist 
5.03.15. 

«Birinchi dars» - har bir o‘qituvchi ish 
faoliyatida asosiy o‘rinni egallaydi» mavzusi 
yuzasidan suhbat 
Metodist 
9.03.15. 

Talabalarni birinchi darsga nazariy, metodik, 
pedagogik va ruhiy tomondan tayyorlash 
Metodist 
Dastlabki hafta 
10 
Talabalarning darslarini kuzatib borish  va 
o‘z vaqtida tahlil qilish 
Metodist va 
o‘qituvchilar 
Amaliyot 
davomida 
11 
«Majlis bayoni – qaror yozish usuli» 
yuzasidan suhbat 
Metodist 
Birinchi hafta 
12 
O‘quv yurtida o‘tkaziladigan barcha 
tarbiyaviy tadbirlarda faol ishtirok etish va 
taassurotlarni kundalikka yozib borish  
Talabalar 
Amaliyot 
davomida 
13 
Talabalarning guruh rahbarlari bilan tuzgan 
tarbiyaviy ish rejalarida quyidagi tadbirlar 
e’tiborga olinadi: 
-  8 -mart – Xalqaro  xotin-qizlar kuni.  
-  21- mart – Navro‘z bayrami. 
-  1 -aprel – Kulgisevarlar  kuni. 
-  12- aprel – A.Qodiriy tavalludi kuni 
-  9 -may Xotira va qadrlash kuni 
 
Talabalar 
 
Amaliyot 
davomida 
14 
O‘quv muassasasining turli tadbirlarida 
qatnashish.  
Talabalar 
Amaliyot 
davomida 
15 
Pedagogik amaliyotni yakunlash uchun o‘quv 
yurtidagi hisobot yig’ilishi 
      
O‘quv yurti ma’-
muriyati, talabalar, 
o‘qituvchilar  
Amaliyotning 
so‘nggi kuni 
16 
Fakultetda pedagogika amaliyoti yakuniga 
bag’ishlangan ilmiy-metodik konferensiya 
o‘tkazish. 
      
Pedamaliyot bosh-
lig’i, dekanat, 
metodistlar 
2015- yil                                                      
may 
 
 
 

O‘zbek tili va adabiyoti fakultetiining talabalari bilan o‘tkaziladigan  pedagogik 
amaliyotga oid 
U s l u b i y    k o‘ r s a t m a 
Pedagogik  amaliyotni  umumiy  o‘rta  ta’lim  maktablari,  akademik  litsey  va  kasb-hunar 
kollejlari bilan o‘tkazish rejalashtiriladi. Dastlab o‘quv muassasalari bilan shartnoma tuziladi. 
1. Fakultetda pedagogik amaliyotga bag’ishlangan ilmiy-metodik koferensiya o‘tkazish
Pedagogik  amaliyot  boshlanishdan  avval  amaliyotga  chiquvchi  IV  kurs  talabalari  uchun 
fakultet  miqyosida  ilmiy–amaliy  metodik  konferensiya  tashkil  etiladi.  Unda  institut  bo‘yicha 
pedamaliyotning  boshlig’i,  fakultet  ma’muriyati,  kafedra  mudiri,  metodist-o‘qituvchilar, 
amaliyotga biriktirilgan pedagog va psixologlar, guruh rahbarlari ishtirok etadi. 
Konferensiyada  pedamaliyotdan  kutilgan  maqsad  va  vazifalar,  tashkil  etish  yo‘llari,  olib 
borish  uslubi  haqida  ma’lumot  beriladi.  Kafedra  mudiri  har  bir  guruhga  biriktirilgan  metodist 
rahbarlar, ular boradigan o‘quv muassasalari manzillarini e’lon qiladi. 
Shundan  so‘ng  har  bir  guruh  alohida  xonalarda  metodistlardan  amaliyotga  tegishli 
ko‘rsatmalarni  oladilar,  uni  boshlash  oldidan  umumiy  maqsad  va  vazifalar,  kiyinish,  yurish-
turish odobi, darslarga puxta tayyorlanish haqida ko‘rsatmalar oladilar. 
2. «Maktab, litsey, kollej – ulug’  ilm  dargohlari» mavzusida suhbat o‘tkazish, o‘quv 
yurt iva  uning  tarixi  bilan  tanishish
Direktor, direktor muovini, kafedra mudiri, tajribali o‘qituvchilar bilan suhbat. 
Har  bir  guruh  metodist-rahbarlar  bilan  pedamaliyot  o‘tish  lozim  bo‘lgan  o‘quv  yurtiga 
keladi.  Bu  yerda  o‘quv  yurti,  pedagogik  jamoa  faolligi,  ta’lim  muassasasini  boshqarishning 
zamonaviy talablariga oid direktor suhbati tashkil etiladi. 
Shuningdek,  tajribali  o‘qituvchilar,  direktor  muovinlari  bilan  uchrashib,  ular  bilan  ham 
savol-javob, suhbat o‘tkaziladi. 
O‘quv  yurti bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari talabalarni  o‘quv  yurtining o‘quv-tarbiyaviy 
ishlari holati bilan, shuningdek joriy yilda o‘tkazilishi lozim bo‘lgan ma’naviy va ma’rifiy ishlar 
rejasi bilan tanishtiradi. 
 
 

3. Talabalarni o‘qituvchilarga biriktirish, ularning rejalari bilan tanishish. Metodist 
o‘qituvchilarning darslarini kuzatish
Talabalar  o‘quv  yurtidagi  tajribali  fan  o‘qituvchilariga  biriktirilib,  ularning  yillik,  oylik 
o‘quv-taqvim rejalari, ish yuritish hujjatlari, sinf jurnalini yuritish ishlari bilan tanishtiriladi. Ona 
tili va adabiyot metod kengashi ishlarini ham ko‘rib chiqadilar. 
Shundan  so‘ng  amaliyotchilar  bilan  fan  o‘qituvchilarining  darslarini  kuzatish  va  tahlil 
qilish boshlanadi. Shu kuniyoq  «Amaliyotchi burchagi» tashkil etiladi. 
4. O‘quv yurti o‘qituvchilarning tarbiyaviy, ma’naviy-ma’rifiy ish rejalari bilan 
tanishish. 
Amaliyotchilar  o‘quv  yurti  o‘qituvchilarining  tarbiyaviy,  ma’naviy-ma’rifiy  ish  rejalari 
bilan tanishib, amaliyot davrida o‘tkazilishi shart bo‘lgan tarixiy sanalar bilan tanishadilar. 
Shuningdek,  tarbiyaviy  saoatlarda  o‘tkaziladigan  mavzular,  ularning  mazmun-mohiyati 
bilan tanishadilar. 
5. Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan tashkil 
qilingan tadbirlarga talabalarning ishtirok etishlari. 
Ulug’  bobokalonimiz,  g’azal  mulkining  sultoni  Mir  Alisher  Navoiy  hamda  mumtoz 
adabiyotimizga  katta  hissa  qo‘shgan  shoirimiz  Zahiriddin  Muhammad  Bobur  tavalludi 
munosabati  bilan  talabalar  o‘zlari  biriktirilgan  o‘quvchilar    bilan  birga  adabiy  kechalar 
o‘tkazadilar.  Bunda  shoirlarning  ijodiy  faoliyatiga  bag’ishlab,  gazeta,  bukletlar  tayyorlanadi, 
asarlari  ko‘rgazmasi  tashkil  qilinadi,  g’azallaridan  namunalar  yodlanadi,  mumtoz  qo‘shiqlar 
tinglanadi. 
Tadbirda  fan  o‘qituvchisi,  metodistlar,  talabalar  qatnashadi.  So‘ngra  tadbir  haqida  fikr-
mulohazalar bildiriladi. 
6. Birinchi dars o‘qituvchilarnig ish faoliyatida asosiy o‘rinni egallaydi: 
Talaba  birinchi darsga nazariy, metodik, pedagogik va psixologik tomondan tayyorlanadi. 
Talabaning  darsiga  kirgan  metodist,  uning  ham  nazariy,  ham  metodik  jihatdan  darsga 
tayyorgarligini kuzatadi, kamchiligini ko‘rsatadi  hamda metodik maslahatlar beradi. 
Nazariy  jihatdan  bo‘sh  talabalarga  qo‘shimcha  maslahatlar  berib,  nazariy  va  ilmiy 
adabiyotlar ro‘yxatini o‘qishni tavsiya etadi. 
 

7. Uzoq muddatli  pedamaliyot  davrida  yuritiladigan ish qog’ozlari  yuzasidan  suhbat 
o‘tkazish. 
Pedamaliyot uzoq muddatli bo‘lganligi uchun talabalar bu davrda yuritiladigan asosiy ish  
qog’ozlari va qoidalar quyidagilar: 
- kundalik va uni qanday yuritish; 
- kuzatilgan darslarni qanday tahlil qilish; 
- yordamchi sinf jurnalini yuritish
- dars konspektlari; 
- o‘quvchilarga yozilgan tavsifnomalarini ko‘rib chiqish; 
- bajarilgan ishlarning hisobot tahlili; 
8. Talabalar  ish rejalarini ko‘rib borish, ularning darslarini kuzatish, o‘z vaqtida tahlil 
qilish; 
Metodistlar  har  bir  talabaning  ish  rejalarini  ko‘rib  borishi,  xato-kamchiliklarini 
tushuntirib,  bartaraf  etishi,  ularning  darslarini  sinf  o‘qituvchisi,  talabalar  bilan  birgalikda 
kuzatish  va  o‘z  vaqtida  tahlil  qilib,  baholashi  kerak.  Bu  keyingi  o‘tiladigan  darslarning 
samaradorligini ta’minlaydi. 
9. «8- mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni» tadbirini guruhlarda o‘tkazish. 
 Har  bir  talaba  o‘z  guruhida  «8-mart  –  Xalqaro  xotin-qizlar  kuni»  tadbirini  tarbiyaviy 
saotlarda  o‘tishi,  kuzatishi,  tahlil  qilinishi  kerak.  Shu  bilan  birga  bu  sana  guruhlar  bilan 
birgalikda  ham  o‘tkaziladi.  Uning  ssenariysi  muhokama  etiladi.  Adabiy-badiiy  bu  kechada 
o‘quvchilar bilan birga talabalar ham turli chiqishlar bilan ishtirok etishlari lozim. 
10.  «21-  mart  –  Navro‘z  umumxalq  bayrami»ga  bag’ishlangan  tadbirda  faol  ishtirok 
etish. 
Navro‘z  bayramiga  talabalar  o‘z  o‘quvchilari  bilan  birga  katta  tayyorgarlik  ko‘radilar. 
Yangi  yil  kirib  kelishi  kuniga  bag’ishlangan  ushbu  adabiy-badiiy  kechada  bu  bayramning 
xalqimiz  hayotida  muhim  ahamiyat  kasb  etishi,  qadriyatlarimizning  qayta  tiklanayotgani, 
sumalak pishirish tarixi va hodisalar haqida qiziqarli chiqishlar tayyorlashlari kerak. 
11. O‘zbek adabiyotining taniqli adiblaridan biri A.Qodiriy tavalludi munosabati 
bilan o‘tkaziladigan tadbirda faol ishtirok etish. 
Bunda  eng  avvalo  metodist  -  o‘qituvchilar  rahbarligida  mazkur  kechaning  ssenariysini 
tuzib oladilar. A.Qodiriy asarlarining namunalaridan berilgan holda devoriy gazeta chiqaradilar. 
A.Qodiriy  ijodi  namunalaridan  ko‘rgazma  tayyorlaydiloar.  Kechaga  taklifnomalar  tayyorlanib, 
universitet  ped.amaliyot  rahbariyatiga,  fakultet  dekanatiga,  o‘zbek  tili  va  adabiyot  o‘kitish 
metodikasi kafedrasi mudiri va a’zolariga tarqatiladi. 

- A.Qodiriy hayoti va ijodi bo‘yicha qisqacha ma’ruza tayyorlanadi. 
- A.Qodiriy asarlaridan kichik sahna ko‘rinishlari talabalar tomonidan tayyorlanadi. 
-  O‘qituvchilar  va  talabalar  ishtirokida  adibning  so‘z  ustasi  ekanligini  ko‘rsatuvchi  turli 
namunalar, raqslar, qo‘shiqlar ijro etiladi. 
Kelgan mehmonlarning ayrimlariga so‘z beriladi. 

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling