Pedagogik dasturiy vositalar fan dasturi


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
Sana13.06.2020
Hajmi0.83 Mb.
#118612
Bog'liq
4-02 PEDAGOGIK DASTURIY VOSITALAR-2017


 

 

 



 

 

 



 

 

PEDAGOGIK DASTURIY VOSITALAR  



FAN DASTURI 

 

 

 

Bilim sohasi:   

 

100000 – Gumanitar 



Ta‘lim sohasi: 

 

110000 – Pedagogika 



Ta‘lim yo‗nalishi:   

5110700 – Informatika oʻqitish metodikasi 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

 



 

Tursunov S.Q. - Informatika o‗qitish metodikasi kafedrasi dotsenti, pedagogika 

fanlari nomzodi 

  

 

 

 

 



   Taqrizchilar:        

Yarqulov R.          



 

–  Alisher  Navoiy  nomidagi  Toshkent  davlat  o‘zbek  tili  va 

adabiyoti universiteti t.f.n., professor  

Yuldаshеvа U.T. 

– TTЕSI qоshidаgi аkаdеmik litsеy dirеktоri, texnika fanlari 

nomzodi 


 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



I. Oʻquv fanning dolzarbligi va oliy kasbiy  

ta’limdagi oʻrni 

Tа‘lim  sоhаsidаgi  tub  islоhаtlаrning  аsоsiy  mаqsаdi  jаhоn  аndоzаlаri  аsоsidа 

bilimlаr bеrish vа rаqоbаtdаsh kаdrlаr tаyyorlаshdir. SHuning uchun tа‘lim tizimidаgi 

5110700  –  Infоrmаtikа  oʻqitish  mеtоdikаsi  yoʻnаlishidа  oʻqitilаdigаn  fаnlаr  hаm 

zаmоnаviy  fаnlаrdаn  hisоblаnаdi.  Ushbu  nаmunаviy  dаstur  bugungi  kunning 

zаmоnаviy bilimlаri bilаn yangilаngаn vа qаytа ishlаngаn dаstur boʻlib, undа fаnning 

nаzаriy vа аmаliy jihаtlаrigа аlоhidа e‘tibоr qаrаtilgаn.  

Mazkur  fan  dasturi  bakalavriat  yo‗nalishi:  5110700  –  Informatika  o‗qitish 

metodikasi  yo‗nalishida  o‗qiladigan  «Pedagogik  dasturiy  vositalar»  o‗quv  fani 

bo‗yicha tuzilgan boʻlib, fan mazmunining nazariy va amaliy xulosalariga tayanadi. 

Bu  fan  ixtisoslik  fanlariga  kirib,  6,  7,  8-semestrlarda  o‗qitiladi.  Dasturni  amalga 

oshirish  o‗quv  rejasidagi  rejalashtirilgan  informatika,  umumiy  psixologiya  va 

umumiy pedagogika fanlaridan olingan  nazariy va amaliy  bilimlarga tayanadi. 

«Pedagogik dasturiy  vositalar»  fani  insonlarda axborot  muhitida  ma‘lum  bir 

dunyoqarashni  shakllantirishga  hizmat  qilishi  bilan  bir  qatorda,  uning  axboriy 

madaniyatni egallashida asosiy rol o‗ynaydi. Bugungi «Axborot» asrida yoshlarning 

kompyuter  savodxonligini  oshiribgina  qolmay,  balki  grafik  ma‘lumotlar  bilan 

ishlash imkoniyatlarin oshiradi. Umumiy o‗rta ta‘lim maktablari, akademik litsey va 

kasb  –  hunar  kollejlarda  «Informatika»  va  «Axborot  texnologiyalari» 

mutahassislaridagi fanlarni o‗qitish uchun kadrlarni tayyorlab beradi.  

 

II. O‘quv fanining maqsadi va vazifasi 

Fanni  o‗qitishdan  maqsad  -  informatika    o‗qituvchisining  kasbiy  sohasida 

egallashi lozim bo‗lgan bilimlar va amalda qo‗llash uchun ko‗nikma va makalalarni 

shaklantirish va  rivojlantirishdan iborat. Unda  har bir kasb  egasining  faoliyati  kerak 

bo‗lgan tayanch nazariy  va amaliy ma‘lumotlarni o‗z ichiga oladi.  

Ushbu  maqsadga  erishish  uchun  fan  talabalarni  nazariy  bilimlar,  amaliy 

koʻnikmalar:  pedagogik  dasturiy  vositalar  va  ularning  turlari,  pedagogik-dasturiy 

vositalarning  o‗zaro  hamkorligini  tashkil  etish  metodlari,  pedagogik-dasturiy 

vositalar  yaratish  tamoyillari,  pedagogik-dasturiy  vositalar  ssenariysini  yaratish 

texnologiyasi, pedagogik dasturiy vositalarda o‗quv faoliyatni boshqarish, dasturlash 

tillarida  pedagogik-dasturiy  vositalar  yaratish  texnologiyasi,  Elektron  o‗quv 

materiallarini  yaratish  texnologiyalari,  prinsiplari,  ovoz  berish  texnologiyasi, 

namoyish  etuvchi,  nazorat  qiluvchi,  o‗rgatuvchi  dasturlar,  dasturiy  vositalarning 

didaktik  imkoniyatlari,  ekspert-o‗rgatuvchi  tizimlar,  avtomatlashtirilgan  o‗rgatuvchi 

tizimlar,  o‗quvchilarning  psixofiziologik  hususiyatlarini  va  kompyuterning  texnik 

imkoniyatlarini  hisobga  olish,  pedagogik  dasturiy  vositalarda  o‗quv  faoliyatni 

boshqarish.  pedagogik  dasturiy  vositalarni  yaratishning  texnik  vositalari,  elektron 


 

 



darslik, elektron o‗quv qo‗llanmasi, elektron ma‘lumotnoma,  elektron xrestomatiya, 

elektron  katalog,  elektron  o‗quv  materiallarini  yaratish  dasturlarida  ishlashni, 

pedagogik  dasturiy  vositalar  bilan  ishlash,  pedagogik-dasturiy  vositalar  yaratish, 

avtomatlashgan  o‗rgatuvchi  tizimlarda  ishlash,  Flash  texnologiyasi  va  undan 

pedagogik  dasturiy  vositalarni  yaratishda  foydalanish,  elektron  o‗quv  materiallarini 

yaratish  dasturlarida  ishlash,  zamonaviy  dasturlash  tillari  asosida  elektron  o‗quv 

materiallarini yaratish.    

Fan  boʻyicha  talabalarning  bilim,  koʻnikma  va  malakalariga  quydagi  talablar 

qoʻyiladi: 

-  pedagogik  dasturiy  vositalar  va  ularning  turlari,  pedagogik-dasturiy 

vositalarning  o‗zaro  hamkorligini  tashkil  etish  metodlari,  pedagogik-dasturiy 

vositalar  yaratish  tamoyillari,  pedagogik-dasturiy  vositalar  ssenariysini  yaratish 

texnologiyasi, pedagogik dasturiy vositalarda o‗quv faoliyatni boshqarish, dasturlash 

tillarida  pedagogik-dasturiy  vositalar  yaratish  texnologiyasi,  Elektron  o‗quv 

materiallarini yaratish texnologiyalari, prinsiplari, ovoz berish texnologiyasi va uning 

vositalariga doir bilimga;   

-  namoyish  etuvchi,  nazorat  qiluvchi,  o‗rgatuvchi  dasturlar,  dasturiy 

vositalarning didaktik imkoniyatlari, ekspert-o‗rgatuvchi tizimlar, avtomatlashtirilgan 

o‗rgatuvchi 

tizimlar, 

o‗quvchilarning 

psixofiziologik 

hususiyatlarini 

va 

kompyuterning  texnik  imkoniyatlarini  hisobga  olish,  pedagogik  dasturiy  vositalarda 



o‗quv  faoliyatni  boshqarish.  pedagogik  dasturiy  vositalarni  yaratishning  texnik 

vositalari,  elektron  darslik,  elektron  o‗quv  qo‗llanmasi,  elektron  ma‘lumotnoma, 

elektron  xrestomatiya,  elektron  katalog,  elektron  o‗quv  materiallarini  yaratish 

dasturlarida ishlash ko‘nikmasiga; 

- pedagogik dasturiy vositalar bilan ishlash, pedagogik-dasturiy vositalar yaratish, 

avtomatlashgan  o‗rgatuvchi  tizimlarda  ishlash,  Flash  texnologiyasi  va  undan 

pedagogik  dasturiy  vositalarni  yaratishda  foydalanish,  elektron  o‗quv  materiallarini 

yaratish  dasturlarida  ishlash,  zamonaviy  dasturlash  tillari  asosida  elektron  o‗quv 

materiallarini yaratish malakasiga ega boʻlishi kerak. 

 

III. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashgʻulotlari) 

 

1-Modul. Pedagogik dasturiy vositalar haqida tushuncha 

 

1-mavzu. Pedagogik dasturiy vositalar haqida tushuncha 

Dasturiy  vosita  tushunchasi.  Pedagogik  dasturiy  vositalar.  Pedagogik  dasturiy 

vositalarning  qo‗llanilishi.  Pedagogik  dasturiy  vositalar  tasnifi:  Elektron  darslik. 

Elektron qo‗llanma. Elektron ensiklopediya. Virtual laboratoriya. Pedagogik dasturiy 



 

 



vositalar  guruhlari:  namoyish  etuvchi  dasturlar,  nazorat  qiluvchi  dasturlar, 

o‗rgatuvchi dasturlar, modellashtiruvchi dasturlar. 

      

2-mavzu. Pedagogik dasturiy vositalar yaratuvchi dasturlar tasnifi 

Pedagogik  dasturiy  vositalar  yaratuvchi  dasturlar  tasnifi.  Matn  muharrirlari. 

Grafik  muharrirlar.  Animator  dasturlar.  Web  muharrirlar.  Audio  muharrirlar.  Video 

muharrirlar. Ma‘lumotlar bazalarini boshqarish tizimlari.  

 

3-mavzu. Pedagogik dasturiy vositalarni loyihalashtirish 

Pedagogik dasturiy vositalarni loyihalash. Buyurtmachi yoki ta‘lim  muassasasi 

talablarini o‗rganish. Pedagogik dasturiy vositalarni loyihasini ishlab chiqish.   

  

4-mavzu. Pedagogik dasturiy vositalar yaratishga qoʻyiladigan talablar 

Pedagogik  dasturiy  vositalar  yaratishga  qoʻyiladigan  talablar  tasnifi:  didaktik 

talablar; pedagogika-psixologik talablar; ekrandagi tasvirlarning rangiga qoyiladigan 

talablar; yorqinlik talabi; ekrandagi ma'lumotlarning tuzilishiga qoyiladigan talablar; 

ekrandagi  ob'ektlarning  ko'rinishiga  qo'yiladigan  talablar;  foydalanuvchi  oynasining 

qulayligi. 

 

5-mavzu. Pedagogik dasturiy vositalar yaratishda texnik va ergonomik 

talablar 

Dasturning ommaviyligi; dastur ishining uzluksizligi; dastur hajmi; kompyuter 

imkoniyatlaridan  unumli  foydalanish;  o'quvchi  va  kompyuteming  muloqot  usullari; 

o'quvchi  uchun  ortiqcha  ma'lumotlarning  berkitilishi;  PDTning  hissiy  ta'sirchanligi; 

o'qituvchi va o'quvchi vaqtini tejash kabi talablami olish mumkin. 

 

2-Modul. Pedagogik dasturiy vositalar va ularni yaratish texnologiyalari 

 

6-mavzu. Elektron dasrlik va uning turlari 

Elektron  darslikning  1-toifasi:  o‗quv  matеrialini  faqat  vеrbal  ko‗rinishida 

taqdim  etadigan;  elektron  darslikning  2-toifasi:  o‗quv  matеrialini  vеrbal  ikki 

o‗lchamli  grafik  shaklida  taqdim  etadigan;  elektron  darslikning  3-toifasi: 

―multimеdia‖ darsligi, ya'ni ma'lumot uch o‗lchamli grafik ko‗rinishda, ovozli, vidеo, 

animatsiya va qisman vеrbal shaklida taqdim etiladigan multimеdiali elеktron darslik; 

elektron  darslikning  4-toifasi:  matеrial  ovozli  va  uch  o‗lchamli  fazoviy  ko‗inishda 

bo‗lib  qolmasdan,  taktik  xususiyatli  ma'lumotlar  vositasida  bayon  qilinib, 

o‗rganuvchini  ―ekran  olamida‖  stеrеo  nusxasi  tasvirlangan  rеal  olamga  kirish  va 

undagi ob'еktlarga nisbatan xarakatlanish tasavvurini yaratadigan elеktron darslik. 

 


 

 



7-mavzu. WEB-texnologiyalari asosida elektron o‘quv materiallarni 

yaratish texnologiyalari. 

WEB-texnologiyalari 

asosida 

elektron 

o‗quv 

materiallarni 



yaratish 

texnologiyalari:  HTML  tilida  elektron  o‗quv  materiallarni  yaratish;  Dreamweaver 

dasturida elektron o‗quv materiallarni yaratish;   

 

8-mavzu. Moodle tizimining interfaol imkoniyatlari 

Moodle  tizimining  interfaol  imkoniyatlaridan  foydalanib  elektron  o‗quv 

materiallarni  yaratish;  ma‘ruza;  nazorat  testlari;  chat;  forum;  ma‘lumotlar  bazasi; 

topshiriq; anketa-so‗rov;  

 

9-mavzu. Moodle tizimida nazorat testlari yaratish 

Moodle  tizimining  interfaol  imkoniyatlaridan  foydalanib  nazorat  testlari 

yaratish; Test savollarini kiritish yo‗llari; Test savollarini sozlash parametrlari.  

 

10-mavzu. Multimediyali elektron darslik yaratish 

Multimediyali  elektron  darslik  loyihasini  ishlab  chiqish.  Flash  dasturida 

Multimediyali  elektron  darslik  qobig‗ini  yaratish.  Multimediyali  elektron  darslik 

qobig‗iga ma‘lumotlarni kiritish.   



 

11-mavzu. Flash dasturida taqdimot yaratish 

Flash  dasturida  taqdimot  yaratish  uchun  uning  loyihasini  ishlab  chiqish.  Flash 

dasturida  taqdimot  yaratish.  Taqdimot  boshqaruv  elementlarini  yaratib  olish.  

Taqdimot qobig‗iga ma‘lumotlarni kiritish.   

 

12-mavzu. Flash dasturida nazorat testlari yaratish 

Flash  dasturida  nazorat  testi  yaratish  uchun  uning  loyihasini  ishlab  chiqish. 

Flash  dasturida  nazorat  testi  yaratish.  Nazorat  testi  boshqaruv  elementlarini  yaratib 

olish.  Nazorat  testi  qobig‗iga  savol  va  uning  javoblarini  kiritish  hamda  uning 

kalitlarini belgilash.   

 

13-mavzu. Flash dasturida interfaol manbalar yaratish 

Flash  dasturida  yaratiladigan  interfaol  manba  loyihasini  ishlab  chiqish.  Flash 

dasturi Actions tili imkoniyatlaridan foydalangan holda interfaol manba yaratish.   



 

3-Modul. Pedagogik dasturiy vositalar yaratishning qo‘shimcha 

imkoniyatlari  

 

 

 

 



14-mavzu. Flash dasturida ob’yekt va jarayonlarni modellashtirish 

Flash dasturida ob‘yekt va jarayonlarni modellashtirish uchun uning loyihasini 

ishlab  chiqish.  Flash  dasturida  ob‘yekt  va  jarayonlar  modelini  yaratish.  Ob‘yekt  va 

jarayonlarni modellashtirish boshqaruv elementlarini yaratib olish.   



 

15-mavzu. iSpring dasturida manbalar yaratish 

iSpring dasturida manbalar yaratish: anketa-so‗rov hosil qilish; turli xil nazorat 

testlar yaratish; nazorat testlarini sozlash va nashr qilish; masofali ta‘lim uchun o‗quv 

kurslari ishlab chiqish.   



 

 

IV. Amaliy mashgʻulotlar bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar   

Amaliy mashgʻulotlar bo‗yicha quyidagi mavzular tavsiya etiladi: 

1. Pedagogik dasturiy vositalar yaratishga qoʻyiladigan talablar 

2. Pedagogik dasturiy vositalarni loyihalashtirish 

3. Amaliy dasturlarda pedagogik dasturiy vositalar yaratish 

4. Modellashtiruvchi dasturlarda pedagogik dasturiy vositalar 

5. Namoyish qiluvchi dasturlarda pedagogik dasturiy vositalar 

6. Oʻrgatuvchi dasturlar va ularni yaratish 

7. Moodle tizimida o‗quv materiallarni joylashtirish 

8. Moodle tizimida nazorat testlari yaratish va undan foydalanish 

9. Moodle tizimining interfaol imkoniyatlarni hosil qilish 

10. Flash texnologiyasida boshqaruvchi ob‘ektlar yaratish. 

11. Multimediyali elektron darslik yaratish 

12. Flash dasturida interfaol manbalar yaratish 

13. Flash dasturida ob‘yekt va jarayonlarni modellashtirish 

14. iSpring dasturida manbalar yaratish 

Amaliy  mashgʻulotlarni  tashkil  etish  bo‗yicha  kafedra  professor-o‗qituvchilari 

tomonidan  ko‗rsatma  va  tavsiyalar  ishlab  chiqiladi.  Unda  talabalar  asosiy  ma‘ruza 

mavzulari bo‗yicha olgan bilim va ko‗nikmalarini amaliy masalalarga dasturlar tuzish 

orqali  bilimlarini  yanada  boyitadilar.  Shuningdek,  darslik  va  o‗quv  q o‗llanmalar 

asosida  talabalar  bilimlarini  mustaxkamlashga  erishish,  tarqatma  materiallardan 

foydalanish, ilmiy maqolalar va tezislarni chop etish orqali talabalar bilimini oshirish, 

masalalarning dasturini tuzish, mavzular bo‗yicha ko‗rgazmali qurollar tayyorlash va 

boshqalar tavsiya etiladi.  

 

 

V. Laboratoriya mashgʻulotlar bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar   



Laboratoriya  mashgʻulotlarida  talabalar  kompyuter  yordamida  grafik 

ma‘lumotlarni hosil qilish va amalda  uning natijalarini ko‗rib, ularni tahlil qiladi va 

xulosalar  chiqaradilar.  Laboratoriya  mashgʻulotlari  uchun  tavsiya  etiladigan 

mavzular:   



 

 



1. 

 

  Pedagogik dasturiy vositalarni loyihalashtirish 



2.    Amaliy dasturlarda pedagogik dasturiy vositalar yaratish 

3.    Web-muharrirlarda elektron qoʻllanma yaratish 

4.    Qobiq dasturlarda elektron qoʻllanma yaratish  

5.    Modellashtiruvchi dasturlarda pedagogik dasturiy vositalar 

6.    Namoyish qiluvchi dasturlarda pedagogik dasturiy vositalar 

7.    Elektron ma‘lumotnoma  

8.    Elektron xrestomatiya  

9.    Elektron katalog 

10.   Intellektual oʻqitish tizimlari 

11.   Ekspert-o‗rgatuvchi tizimlar 

12.   Avtomatlashtirilgan o‗rgatuvchi tizimlar 

13.   Moodle tizimida o‗quv materiallarni joylashtirish 

14.   Moodle tizimining interfaol imkoniyatlarni hosil qilish 

15.   Moodle tizimida topshiriqlar, nazorat testlari, anketa soʻrov hosil qilish  

16.   Moodle tizimida ma‘lumotlar bazasi yaratish 

17.   Moodle tizimida forum, seminar, chat yaratish 

18.   Flash texnologiyasida boshqaruvchi ob‘ektlar yaratish.  

19.   Multimediyali elektron darslik yaratish 

20.   Flash dasturida taqdimot yaratish  

21.   Flash dasturida nazorat testlari yaratish 

22.   Flash dasturida interfaol manbalar yaratish  

23.   Flash dasturida ob‘yektlar va jarayonlarni modellashtirish 

24.   iSpring dasturida elektron manbalar yaratish 

 

 

VI. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar 

Mustaqil ta‘lim uchun tavsiya etiladigan mavzulari: 

1.    Ijro qiluvchi dasturlar va ulardan foydalanish 

2.    Pedagogik dasturiy vositalarni loyihalashtirish 

3.    Amaliy dasturlarda pedagogik dasturiy vositalar yaratish 

4.    Web-muharrirlarda elektron qoʻllanma yaratish 

5.    Qobiq dasturlarda elektron qoʻllanma yaratish 

6.    Modellashtiruvchi dasturlarda pedagogik dasturiy vositalar 

7.    Namoyish qiluvchi dasturlarda pedagogik dasturiy vositalar 

8.    Elektron ma‘lumotnoma va ularni yaratish 

9.    Elektron xrestomatiya va ularni yaratish 

10.   Elektron katalog va ularni yaratish 

11.   Virtual stendlar va ularni yaratish 

12.   Mahalliy intellektual oʻqitish tizimlari 

13.   Xorijiy intellektual oʻqitish tizimlari 

14.   Mahalliy ekspert-o‗rgatuvchi tizimlar 

15.   Xorijiy ekspert-o‗rgatuvchi tizimlar 

16.   Mahalliy avtomatlashtirilgan o‗rgatuvchi tizimlar 



 

 



17.   Xorijiy avtomatlashtirilgan o‗rgatuvchi tizimlar 

18.   Moodle tizimida o‗quv materiallarni joylashtirish 

19.   Moodle tizimining interfaol imkoniyatlarni hosil qilish 

20.   Masofaviy kurslar yaratishda Moodle tizimidan foydalanish 

21.   Moodle tizimida topshiriqlar hosil qilish  

22.   Moodle tizimida nazorat testlari yaratish  

23.   Moodle tizimida anketa soʻrov yaratish  

24.   Moodle tizimida ma‘lumotlar bazasi yaratish 

25.   Moodle tizimida forum yaratish 

26.   Moodle tizimida seminar yaratish 

27.   Moodle tizimida chat yaratish 

28.   Moodle tizimida information qismi bilan ishlash 

29.   Moodle tizimida oʻquv faoliyati monitoringini olib borish 

30.   Moodle tizimida oʻqituvchi huquqlarini oʻzgartirish  

31.   Flash texnologiyasida boshqaruvchi ob‘ektlar yaratish.  

32.   Multimediyali elektron darslik yaratish 

33.   Flash dasturida audio ma‘lumotlar bilan ishlash 

34.   Flash dasturida video ma‘lumotlar bilan ishlash 

35.   Flash dasturida ob‘yekt trayektoriyasini boshqarish 

36.   Flash dasturida krossvord yaratish  

37.   Flash dasturida interfaol labirint yaratish 

38.   Flash dasturida banner yaratish 

39.   Flash dasturida taqdimot yaratish 

40.   Flash dasturida nazorat testlari yaratish 

41.   Flash dasturida interfaol manbalar yaratish  

42.   Flash dasturining konvertatsiya imkoniyatlari  

43.   Flash dasturida GIF faylli manbalar  

44.   Flash dasturida hisoblash ishlari 

45.   Flash dasturida ma‘lumotlar bazasi bilan ishlash imkoniyatlari 

46.   Flash dasturida Actions tilining qo‗shimcha imkoniyatlari 

47.   Flash dasturida ob‘yektlarni modellashtirish 

48.   3DS MAX dasturida ob‘yektlarni modellashtirish 

49.   Flash dasturida jarayonlarni modellashtirish 

50.   3DS MAX dasturida jarayonlarni modellashtirish 

51.   iSpring dasturini sozlash 

52.   iSpring dasturida nazorat testlari yaratish 

53.   iSpring dasturida turli testlari yaratish 

54.   iSpring dasturida anketa soʻrovlari yaratish  

55.   iSpring dasturida masofaviy kurslar yaratish 

Mustaqil  oʻzlashtiriladigam  mavzular  boʻyicha  talabalar  tomonidan  referatlar 

tayyorlash va uni taqdimot qilish tavsiya etiladi.  

 

VII.  Fan  boʻyicha  kurs  ishi.  8-semestrda  fan  boʻyicha  kurs  ishi 

rejalashtirilgan.  Kurs  ishining  maqsadi  talabalarni  mustaqil  ishlash  qobiliyatini 


 

10 


 

rivojlantirish,  olgan  nazariy  bilimlarini  qo‗llashda  amaliy  ko‗nikmalar  hosil  kilish, 

bevosita  ishlab  chikarishdagi  real  sharoitlarga  mos  yechimlar  qabul  kilish  va 

zamonaviy  texnika  va  axborot  texnologiyalarini  qo‗llash  ko‗nikmalarini  hosil 

qilishdir.  

Kurs  ishi  fan  mavzulariga  taalluqli  masalalar  yuzasidan  talabalarga  yakka 

tartibda  tegishli  topshiriq  shaklida  beriladi.  Kurs  ishining  hajmi,  rasmiylashtirish 

shakli,  baholash  mezonlari  ishchi  fan  dasturida  va  tegishli  kafedra  tomonidan 

belgilanadi.  Kurs  ishini  bajarish  talabalarda  fanga  oid  bilim,  ko‗nikma  va 

malakalarni shakllantirishga xizmat qilishi kerak.  

Kurs  ishi  mavzulari  bevosita  informatika  va  axborot  texnologiyalari  fanini 

o‗qitish  metodikasini  takomillashtirishga  bog‗liq  bo‗lgan  mavzular  orqali 

belgilanadi.  Kurs  ishlari  mavzulari  bir  guruhdagi  talabalar  uchun  bir  hilda 

berilmaydi.  

Kurs ishi uchun tahminiy mavzular: 

1. 


 Microsoft Office paketi dasturlarda pedagogik dasturiy vositalar yaratish 

2.   


Web-muharrirlarda pedagogik dasturiy vositalar yaratish 

3.   


Qobiq dasturlarda elektron qoʻllanma yaratish 

4.   


Modellashtiruvchi dasturlarda pedagogik dasturiy vositalar 

5.   


Namoyish qiluvchi dasturlarda pedagogik dasturiy vositalar 

6.   


Elektron ma‘lumotnoma va ularni yaratish 

7.   


Elektron xrestomatiya va ularni yaratish 

8.   


Elektron katalog va ularni yaratish 

9.   


Virtual stendlar va ularni yaratish 

10.  


Mahalliy intellektual oʻqitish tizimlari 

11.  


Xorijiy intellektual oʻqitish tizimlari 

12.  


Mahalliy ekspert-o‗rgatuvchi tizimlar 

13.  


Xorijiy ekspert-o‗rgatuvchi tizimlar 

14.  


Mahalliy avtomatlashtirilgan o‗rgatuvchi tizimlar 

15.  


Xorijiy avtomatlashtirilgan o‗rgatuvchi tizimlar 

16.  


Moodle tizimida o‗quv materiallarni joylashtirish 

17.  


Moodle tizimining interfaol imkoniyatlarni hosil qilish 

18.  


Masofaviy kurslar yaratishda Moodle tizimidan foydalanish 

19.  


Moodle tizimida topshiriqlar hosil qilish  

20.  


Moodle tizimida nazorat testlari yaratish  

21.  


Moodle tizimida anketa soʻrov yaratish  

22.  


Moodle tizimida ma‘lumotlar bazasi yaratish 

23.  


Moodle tizimida forum yaratish 

24.  


Moodle tizimida seminar yaratish 

25.  


Moodle tizimida chat yaratish 

26.  


Moodle tizimida information qismi bilan ishlash 

27.  


Moodle tizimida oʻquv faoliyati monitoringini olib borish 

28.  


Moodle tizimida oʻqituvchi huquqlarini oʻzgartirish  

29.  


Flash texnologiyasida boshqaruvchi ob‘ektlar yaratish.  

30.  


Multimediyali elektron darslik yaratish 

31.  


Flash dasturida audio ma‘lumotlar bilan ishlash 

 

11 


 

32.  


3DS MAX dasturida ob‘yektlarni modellashtirish 

 

33.  



Flash dasturida jarayonlarni modellashtirish 

34.  


3DS MAX dasturida jarayonlarni modellashtirish 

35.  


iSpring dasturini sozlash 

36.  


iSpring dasturida nazorat testlari yaratish 

37.  


iSpring dasturida turli testlari yaratish 

38.  


iSpring dasturida anketa soʻrovlari yaratish  

39.  


iSpring dasturida masofaviy kurslar yaratish 

 

 



VIII. Asosiy va qoʻshimcha oʻquv adabiyotlar hamda axborot manbalari   

Asosiy adabiyotlar: 

№  Muallif 

Adabiyot 

nomi 

Adabiyot 

turi 

Nashr yili 

AR

M

 d

agi 

sh

ifr



AR

M

d

agi 

in

ve

n

tar

 

raq

ami

 

AR

M

d

agi

 

son

1.    М.Бурлаков 

CorelDraw 12 

Учеб.пос. 

Москва, 2004 

73.9 


919101 

2.    M.Aripov, 



M.Muhammadiyev 

Informatika, 

informasion 

texnologiyalar 

Darslik 

Toshkent, TDYuI., 

2005. 

73.Я.73 


U-

6299 


3.    M.Mamarajabov, 

S.Tursunov 

Kompyuter 

grafikasi va 

Web dizayn 

Darslik 

Toshkent,―Cho‗lpon‖, 

2013 

73.05 


20.23 

U-

76386 



50 

4.   


U.Yuldashev, 

M.Mamarajabov, 

S.Tursunov.  

Pedagogik Web 

dizayn. 

O‗quv 


qo‗llanma. 

Toshkent, ―Voris‖, 

2013. 

73.05 


У92 

У-

7622 



5.    Р.Хамдамов ва 

бошқалар 

Таълимда 

ахборот 

технологиялари 

Услубий 

қўлланма 

 

Тошкент, 



―Ўзбекистон 

миллий 


энциклопедияси‖ 

2010 


73 

У-

7072 



40 

6.   


M.Aripov, 

M.Fayziyeva, 

S.Dottayev 

Web 


texnologiyalar 

O‗quv 


qo‗llanma. 

Toshkent, 

―Faylasuflar 

jamiyati‖. 2013. 

73.05 

У-

7649 



10 

7.    С.В.Лебедов  

Web-дизайн. 

Учеб.пос. 

Mосква, ЗАО 

«Издательский дом 

Альянс пресс», 2004 

73.0 


Л 33 

919115 


8.    С.В.Бондаренко, 

М.Бондаренко 

3DS max 7. 

Учеб.пос. 

Москва, 


«Издательский дом 

Питер», 2006. 

73.9 

Б 811 


920357 

9.   



T.Rixsiboyev, 

X.Rixsiboyeva, 

S.Tursunov 

Kompyuter 

grafikasi 

Darslik 


Toshkent: ―Tafakkur 

qanoti‖,  2018. -304 b 

 

 

10 



 

Qo‘shimcha adabiyotlar 

10.  Мирзиѐев  Шавкат  Миромонович.  Эркин  ва  фаровон,  демократик 

Ўзбекистон  давлатини  биргаликда  барпо  этамиз. Ўзбекистон  Республикаси 

Президенти  лавозимига  киришиш  тантанали  маросимига  бағишланган  Олий 

Мажлис  палаталарининг  қўшма  мажлисидаги  нутқ  /  Ш.М.  Мирзиѐев.  – 

 Тошкент : Ўзбекистон, 2016. - 56 б. 



 

12 


 

11. Мирзиѐев Шавкат Миромонович. Танқидий таҳлил, қатъий тартиб-интизом 

ва  шахсий  жавобгарлик  –  ҳар  бир  раҳбар  фаолиятининг  кундалик  қоидаси 

бўлиши 


керак. Мамлакатимизни 

2016 


йилда 

ижтимоий-иқтисодий 

ривожлантиришнинг  асосий  якунлари  ва  2017 йилга  мўлжалланган  иқтисодий 

дастурнинг  энг  муҳим  устувор  йўналишларига  бағишланган  Вазирлар 

Маҳкамасининг  кенгайтирилган  мажлисидаги  маъруза,  2017  йил  14  январ  / 

Ш.М. Мирзиѐев. – Тошкент : Ўзбекистон, 2017. – 104 б.               

12.  Мирзиѐев  Шавкат  Миромонович.  Буюк  келажагимизни  мард  ва  олижаноб 

халқимиз  билан  бирга  қурамиз.  Мазкур  китобдан  Ўзбекистон  Республикаси 

Президенти  Шавкат  Мирзиѐевнинг  2016  йил  1  ноябрдан  24  ноябрга  қадар 

Қорақалпоғистон  Республикаси,  вилоятлар  ва  Тошкент  шаҳри  сайловчилари 

вакиллари  билан  ўтказилган  сайловолди  учрашувларида  сўзлаган  нутқлари 

ўрин олган. /Ш.М.Мирзиѐев. – Тошкент: : ―Ўзбекистон‖, 2017. – 488 б 

13. 

Ўзбекистон  Республикаси  Президентининг  Фармони.  Ўзбекистон 



республикасини  янада  ривожлантириш  бўйича  ҳаракатлар  стратегияси 

тўғрисида. (Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2017 й., 6-



сон, 70-модда) 

14. Ўзбекистон Республикаси Конституцияси. Т.: Ўзбекистон. 2014. -46 б. 

15.  Симонович  С.,  Евсеев  Г,  Алексеев  А.  Специальная  информатика.  Учебное 

пособие – М.: Ast-Press: Inforkom-Press, 1999 г. 

16. Симонович С., Евсеев Г., Алексеев А. Windows. Учебное пособие – М.: Ast-

Press: Inforkom-Press, 1999 г. 



Internet saytlari  

17.  www.tdpu.uz  –  Nizomiy  nomidagi  Toshkent  davlat  pedagogika  universiteti 

rasmiy sayti. 

18. www. ziyonet.uz – ZiyoNet axborot-ta‘lim portali.   

19.  www.edu.uz  –  O‗zbekiston  Respublikasi  Oliy  va  o‗rta  maxsus  ta‘lim  vazirligi 

portali.  

20. http://ictnews.uz - Ўзбекистонда ахборот технологиялари. 

21. http://www.codenet.ru – Портал программистов Delphi.  

22.  https://ru.wikipedia.org/wiki/Adobe_Flash  -  Flash  технология  Материал  из 

Википедии — свободной энциклопедии. 

23.  http://dehack.ru/szi_nsd/prog_tech-prog_szi/  -  Информационная  безопасность, 

защита информации.  

24. https://htmlweb.ru - Web-технологии: HTML, DHTML, JavaScript, PHP, MySQL, 

XML+XLST, Ajax.  

25. http://support.akipkro.ru – портал методической и технической поддержки 

внедрения информационных технологии.  



 

 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling