Pedagogik faoliyatda informatika o’qituvchisining roli qanaqa bo‘lishi lozim?


Download 0.49 Mb.
bet1/55
Sana18.06.2022
Hajmi0.49 Mb.
#764598
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Bog'liq
Charles Dickens, 2-amaliy., Resume - Sanjarbek Saminjonov, 10.Amaliy ish doc, 13 Amaliy ish , 2 5348109748178787108, Нуқта ҳаракатининг берилиш усуллари, 2 5217501880061530618, Abduvaliyeva Muslimaxon va Alijonova Sarvinoz-1, OXUNOVA-DILSHODA-IKROMJON QIZI 20.05.2022, JORIY 1, pedagogika MT, 3-laboratoriya mashg‘uloti jismoniy yuklamaning yurak qon tomir , 01048 Информация KESH MUSTANG SERVIS, Ўзбекистон Республикаси Бош прокуратураси ҳузуридаги Мажбурий ижро бюроси

  1. Pedagogik faoliyatda informatika o’qituvchisining roli qanaqa bo‘lishi lozim?


  1. Pedagogik faoliyat va pedagogik mahorat tushunchalarini farqli va bog‘liqlik tomonlarini tushuntirib bering!

Pedagogik faoliyat – yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash uchun xalq oldida, davlat oldida javob beradigan, bolalarga ta’limtarbiya berish uchun maxsus tayyorlangan odamlarning mehnat faoliyatidir. Pedagogik mahorat – bu o‘quv jarayonining barcha shakllarini eng maqbul va samarali holatda tashkil etish, ularni shaxs kamoloti maqsadlari tomon yo‘naltirish, o‘quvchilarda dunyoqarashni shakllantirish, qobiliyatni rivojlantirish, ularda jamiyat uchun zarur bo‘lgan faoliyatga moyillik uyg‘otish jarayonidir. Shuningdek, pedagogik mahorat shaxsning kompleks xususiyati bo‘lib, u o‘zida insonparvarlik va pedagogik qobiliyatlarni mujassamlashtirgan holda kasbiy pedagogik faoliyatni tashkil qilish, pedagogik texnika va mutaxasislikni o‘qitish usullarini mukammal egallashni talab etadi.

  1. Informatika o‘qituvchisining pedagogik faoliyati boshqa fan o‘qituvchilarining pedagogik faoliyatidan qanday farq qiladi? Informatika o’qituvchisining pedagogik faoliyatiga qo’yiladigan talablar telekommunikatsiya va global axborot resurslaridan foydalanish ko‘nikmalarini egallaganligi, kommunikativ jarayonni rejalashtirilgan holda tashkil eta olishi. c) pedagogik faoliyat sohasida: noaniqlik sharoitlarida shaxsiy va kasbiy muammolarni axborot - kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib yechishga tayyorligi, pedagogik faoliyat natijalarini tahlil eta olishi, to‘g‘rilashi, o‘zini-o‘zi nazorat qilishi, ilmiy-pedagogik faoliyatlarni olib boorish qobiliyatlarining mavjudligi.

  2. Pedagogik va axborot texnologiyalari integratsiyasi deganda nimani tushunasiz? Misollar keltiring!

Pedagogik va axborot texnologiyalari integratsiyasida zamonaviy o‘qituvchi pedagogik faoliyatiga qo‘yilgan talablar pedagogik va psixologik adabiyotlarda o’zaksini topib, bizning fikrimizcha ularga:  O‘qituvchi jamiyat ijtimoiy hayotida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, olibborilayotgan ijtimoiy islohotlar mohiyatini chuqur anglab yetishi, fan, texnika, pedagogik va axborot texnologiyalari yangiliklari va yutuqlaridan xabardor bo‘lib, bu borada o‘quvchilarga to‘g‘ri, asosli ma’lumotlarni bera olishi lozim.  Pedagogika, psixologiya va o‘z mutaxassisligi bo‘yicha mukammal, chuqur, puxta bilimga ega bo‘lishi, o‘z ustida tinimsiz izlanishi, tarbiya jarayonidao‘quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda o‘quvfaoliyatini tashkil etishi lozim.  Yuksak darajadagi pedagogik mahorat, chunonchi kommunikativliklayoqati, pedagogik texnika (nutq, yuz, qo‘l — oyoq va gavda harakatlari, mimika, pantomimika, jest) qoidalari chuqur o‘zlashtirib olishga erishishi;  Ijodkor, tashabbuskor va tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo‘lishi, shaxsiyhayotda pok, kiyinish madaniyati, o‘zini tushishi bilan atrofdagilarga o‘rnak bo‘la olishi;  Pedagogik faoliyatni tashkil etishda, ta’lim — tarbiya jarayonida engsamarali shakl, metod va vositalardan, pedagogik va axborot texnologiyalari, ularning integratsiyasi imkoniyatlaridan unumli foydalana olish, ijodkorlik, tadqiqotchilik imkoniyatiga ega bo‘lmog‘i lozim.


  1. Download 0.49 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling