Pedagogik mahorat asoslari


Download 27.86 Kb.
Sana10.11.2021
Hajmi27.86 Kb.

Pedagogik mahorat asoslari
Reja:
1. Jamiyatda o’qituvchi faoliyatining o’rni va zaruriyati.
2. Pedagogik mahoratning zaruriyati va mohiyati.
3. O’qituvchi shaxsiga nisbatan kasbiy va insoniy talablar.
4. Pedagog mahoratini shakllantiruvchi omillar.

MustaqilO’zbekistonimizda uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilinishi, yangi ta’lim standartlari asosida ta’lim va tarbiya jarayonini qayta tashkil etishga kirishilgan hozirgi kunda o’qituvchi faoliyatiga? uning pedagogik mahoratiga alohida e’tibor berilmoqda.


Mamlakatimizda kadrlar tayyorlash milliy dasturini bosqichma-bosqich muvaffaqiyatli amalga oshirish ko’p jihatdan o’qituvchi faoliyatiga, uning kasbiy nufuzini oshirishga bog’liqdir. Shunday ekan, sog’lom, har tomonlama barkamol avlodni etishtirish uzluksiz ta’lim tizimida mehnat qilayotgan pedagogning saviyasiga, tayyorgarligiga va fidoyiligiga, yosh avlodni o’qitish va tarbiyalash ishiga bo’lgan munosabatiga bog’liqdir. O’qituvchi jamiyatning ijtimoiy topshirig’ini bajaradi, shunday ekan, har tomonlama etuk mutaxassislarni tayyorlashda o’qituvchi muayyan ijtimoiy-siyosiy, pedagogik va shaxsiy talablarga javob berishi lozim. Shunday ekan, o’qituvchi mustaqillik g’oyasiga e’tiqodi, har tomonlama rivojlangan ilmiy tafakkuri, kasbiga tegishli ma’lumoti, ya’ni o’z fanining chuqur bilimdoni, pedagogik muloqot ustasi, pedagogik-psixologik va uslubiy bilim va malakalarni egallagan bo’lishi hamda turli pedagogik vaziyatlarni tezda sezishi, o’rganishi va baholay olishi. Pedagogik ta’sir ko’rsatishning eng maqbul usul va vositalarini tanlay olish qobiliyatiga ega bo’lishi lozim.
MustaqilO’zbekistonning kelajagi bo’lgan sog’lom avlodni tarbiyalash nozik, nihoyatda katta diqqat-e’tiborni talab qiladigan, ichki ziddiyatli jarayondir. Shunday ekan, o’qituvchi, o’quvchi va talabaning shakllanish jarayonini zo’r havas va sinchkovlik bilan kuzatishi lozim. U pedagogik jarayonni boshqarar ekan, pedagogik bilim va mahorat egasi bo’lishi lozim. Shundagina o’qituvchi pedagogik hodisalarning mohiyatini va dialektikasini, pedagogik mehnat metodi, kasb va texnologiyasini va professional pedagogik mahoratni egallay oladi.
Pedagogik bilim va mahorat egasi bo’lgan o’qituvchi avval, Pedagogika fanining metodologik asoslarini, shaxs rivojlanishining qonuniyatlari va omillarini, kadrlar tayyorlash milliy dasturining mohiyati, maqsad va vazifalarini bilishi darkor. Ta’lim tizimida mehnat qilayotgan pedagoglarning ko’pchiligi ta’lim va tarbiya jarayonida pedagogik mahoratning zaruriyati va ahamiyatini chuqur anglamoqdalar.
Shu sababli ular o’z mahoratlarini uzluksiz oshira borishga, hozirgi kunning yuksak talablariga mos zamonaviy bilim va tajribalarni o’zlashtirishga, ijodiy mehnat qilishga intilmoqdalar. Ammo shuni hame’tirof etishimiz kerakki, o’quv yurtlarida ayrim o’qituvchilar o’z pedagoglik mahoratlarini oshira borishning ahamiyatini etarli darajada his qilmaydilar, ta’lim tõg’risidagi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablarini chuqurroq o’rganishga qiziqmaydilar, o’quv jarayonining ilmiyligiga, zamon talablariga mosligiga, turmush, amaliyot bilan bog’lanishiga yuzaki qaraydilar, o’qitilayotgan o’quv fanlarining ilmiy va g’oyaviy-tarbiyaviy birligini doimo esda tutmaydilar. Bu esa ular qo’lida ta’lim olayotgan o’quvchi, talabalarning bilim darajasi va saviyasining etarli emasligiga, o’quv dasturlarini o’zlashtirishdan orqada qolishlariga sabab bo’lmoqda.
Uzluksiz ta’lim tizimini amalga oshirish jarayonida yosh avlodni ko’ngildagidek o’qitish va tarbiyalash haqidagap borar ekan, bu g’oyat murakkab va ko’p qirrali vazifani faqatmalakali pedagogik mahoratga ega bo’lgan o’qituvchi kadrlar bilan amalga oshirish mumkin. Shunday ekan, o’qituvchilik katta san’atdir. Bu san’atga u yoki bu pedagog osongina, o’z-o’zidan erisha olmaydi. Buning uchun o’qituvchilik kasbiga, ya’ni sog’lom avlodning chinakam murabbiy bo’lishga havasi, ishtiyoqi zo’r, zamon talablarini tez va chuqur tushunadigan, õziningilmiy, ijtimoiy-siyosiy saviyasini, pedagogik mahoratini izchillik bilan amalga oshira boruvchi, mustaqillik g’oyasi va mafkurasi bilan puxta qurollantirgan, haqiqiy vatanparvar va mehnatsevar kishilargina erisha oladilar.
Pedagogik mahorat tug’ma talant yoki nasldan-naslga o’tuvchi xususiyat emas, balki izlanish, ijodiy mehnat mahsulidir. Bu ko’p qirrali pedagogik faoliyat zaminida ijodiy mehnat yotadi. Shuning uchun hampedagogik mahorat hamma o’qituvchilar uchun standart, ya’ni bir qolipdagi ish usuli emas, balki u har bir o’qituvchining o’z ustida ishlashi, ijodiy mehnati jarayonida tashkil topadi va rivojlanadi.
Bu jarayonda ilg’or o’qituvchining pedagogik mahorati va tajribalarini boshqa o’qituvchi o’rganishi, undan ijodiy foydalanishi va o’z faoliyatini ilg’or tajribalar bilan boyitishi zarur. O’qituvchining pedagogik mahorati asosan sinf, auditoriya mashg’ulotlarida yaqqol ko’rinadi. Chunki o’quv mashg’ulotlari õziningmazmun va mohiyatiga ko’ra o’qituvchining o’quv yurtidagi asosiy ishidir. Shu sababli u ilmiy, g’oyaviy va ommabop bo’lishi, turmush bilan o’quvchi talabalarning tayyorgarlik darajasi bilan bog’lanishi zarur.
Ta’lim jarayonida o’qituvchi bilan o’quvchi talabalar o’rtasida o’zaro jonli til, fikr olishuv, samimiy munosabat, hurmat, asosiy maqsadga erishishda hamkorlik lozim. Mazmuni sayoz, amaliy tajribadan, turmushdan ajralib qolgan, umumiy so’z va quruq nasihatgo’ylikdan iborat bo’lgan, rasmiyat uchun yuzaki o’tkaziladigan dars ma’ruza va boshqa o’quv mashg’ulotlari o’quvchi talabalarni qiziqtirmaydi, ularni ilmiy, g’oyaviy jihatdan etarli oziqlantirmaydi. Shunday ekan, o’quv mashg’ulotlarini shunday tashkil etish kerakki, uning ta’sirida talabalarda shu fanga nisbatan turli qarashlar, ilmiy tafakkur va e’tiqodlar vujudga kelishi va shakllanishi darkor.
Ta’lim va tarbiya jarayoni ta’sirchanligining yanada yuksak bo’lishi, avvalo o’qituvchining ilmiy salohiyatiga, yoshlar oldidagi obro’siga, shaxsiy sifatlariga, ilmiy iste’dodiga, ta’lim sohasidagi tajriba va mahorati hamda o’quvchi talabalar bilan o’rnatilgan do’stona munosabatiga bog’liqdir.
Davlatimiz rahbari I.Karimov davlat va jamiyat qurilishi akademiyasining ochilishi marosimida so’zlagan nutqida: ”Birovni o’qitadigan, tarbiya qiladigan inson avvalo o’zi har tomonlama barkamol bo’lmog’i shart”. Zamon talablari shuki, professor va o’qituvchilar o’zlarida mavjud bo’lgan bilim va saviya bilan cheklanib qolmasdan, xorijiy mamlakatlar tajribasini qunt va sabot bilan o’rganib, mag’zini chaqib, undan keyin o’z talabalariga saboq berishlari zarurligini alohida ta’kidlaydi.
Pedagogik faoliyat samarasi o’qituvchining pedagogik qobiliyati qay darajada shakllanganligiga hambog’liqdir. Qobiliyat faoliyat jarayonida paydo bo’ladi va rivojlanadi deb ta’kidlaydi professor M.Ochilov hamda o’qituvchi qobiliyatining quyidagi turlarini tavsiya etadi. Jumladan, bilish qobiliyati, tushuntira olish qobiliyati, kuzatuvchanlik qobiliyati, nutq qobiliyati, obro’ orttira olish qobiliyati, muomala qila bilish qobiliyati kabilar.
Pedagogik qobiliyat va mahorat o’qituvchida osonlik bilan shakllanmaydi. Bu kasbni tanlagan kishi o’z maqsadiga erishish uchun uzluksiz o’qishi, o’rganishi va izlanishi, ijodiy mehnat qilishi, mustaqilyurtimizda bo’layotgan voqelikni tez anglashi va o’z mehnatining mamlakat uchun qanchali zarurligini chuqur his qilishi zarur.
O’qituvchining pedagogik mahorati haqidafikr yuritar ekanmiz, uning ongliligiga, milliy g’oya va mafkuraga sodiqligiga, bilim va fikr doirasining kengligiga, o’z vazifasiga munosabatiga e’tibor bermoq kerak. Ayniqsa, pedagogik mahoratda o’qituvchining fikr doirasi keng bo’lishi zarurligini alohida hisobga olish lozim. Chunki, kishida bilim, fikr mukammal bo’lmasa, u kamolotga erisha olmaydi. Darhaqiqat, kishi u yoki bu masalani, albatta fikr orqali hal etadi. Shuning uchun pedagogik mahorat sohibi bo’lishga intilgan kishi, shubhasiz, o’z bilimini doimo kengaytirishi, o’quvchi, talabaga ma’naviy-axloqiy ta’sir etuvchi g’oya va fikrlarni yangilab borishi zarur. Buning uchun ko’p o’qishi, o’rganishi lozim. O’qituvchining pedagogik mahoratiga baho berishda uni ta’limni qay darajada tashkil qila bilishi muhim ahamiyatga egadir.
Uzluksiz ta’limda dars va ma’ruzalarni mukammal tashkil qilishi o’qituvchining birinchi navbatdagi vazifasidir. Yuqori saviyada o’tilgan mavzular yoshlar ongida uzoq saqlanadi, ularning imon, e’tiqodi va mafkuralarining shakllanishiga samarali ta’sir ko’rsatadi. Shu sababli, o’qituvchining ilmiy saviyasi o’z burchiga munosabati, yoshlarga murabbiylik ishtiyoqi, pedagogik mahorati, dastlab dars va ma’ruzalarda ko’rinadi. Fan o’qituvchisining faoliyatiga beriladigan baho darajasini hamdars va ma’ruzaninng sifati belgilaydi.
Dars berish san’atini egallashda o’qituvchi uyushtirgan o’quv mashg’uloti, chuqur bilim berish vositasi bo’lishi bilan birga, mustaqilO’zbekistonning ravnaqi, ertangi kunga bo’lgan ishonch, xalqimizning aql-zakovati va mehnatining nimalarga qodirligi, jamiyatning munosib fuqarosi va quruvchisi bo’lish uchun nimalar qilish zarurligini ko’rsatuvchi ko’zgu bõlibxizmat qiladi.
Yoshlarimiz o’z murabbiylari darsidan har jihatdan mamnun bo’lsinlar. Ularda romantik orzular uyg’onsin, tafakkuri rivojlansin, amaliy faoliyat, ijodiy qobiliyat, o’qish-o’rganish va mehnatga havas kuchaysin. Ular o’quv mashg’ulotidan so’ng olgan baholari bilan emas, balki bilim va malaka hosil qilganliklarini, ma’naviy oziq olganliklarini his qilsinlar. Ta’limning mazmundor, qiziqarli va tushunarli bo’lishi ustoz bilan shogirdlar qalbini, ruhini bir-biriga mustahkam bog’laydi, ular o’rtasidagi samimiy hurmat va o’zaro ishonchni mustahkamlaydi. Buning uchun o’qituvchi avvalo, o’z fanini va uni o’qitish yo’l-usullarini mukammal o’zlashtirib olishi, o’qituvchi-murabbiyga xos madaniyatning yuqoriligi, o’z shogirdlariga hurmat va muhabbat, ular hayotiga qiziqish va ruhiy holatlarni bilish va tushunish, bosiqlik, his-tuyg’ularini boshqara olishlari, tashqi ko’rinishi, kiyinish madaniyatiga e’tibor berishlari, nutq madaniyatining yuqoriligi, jamoat ishlarida faolliklari, ayniqsa, omma o’rtasida ilmiy-ma’rifiy va ma’naviy-madaniy ishlar targ’ibotchilari bo’lishlari lozim. Shundagina, mamlakatimizning kelajagi bo’lgan o’quvchi yoshlarimiz o’z murabbiylarini nomini zo’r ehtirom, chuqur minnatdorchilik bilan tilga oladilar. Buning uchun har bir o’qituvchi ÕzbekistonRespublikasining ta’lim tõg’risidagi Qonunida ko’rsatilganidek, o’z fanlari bo’yicha tegishli ma’lumot egasi, yuksak kasbiy tayyorgarligi va yuqori axloqiy fazilat egasi bo’lishlari darkor.

Oila jamiyatning bir bo’lagi. Shunday ekan, inson shaxsini shakllantirish oiladan boshlanadi. Oila murakkab ijtimoiy guruh bo’lib, biologik, ijtimoiy, axloqiy, mafkuraviy va ruhiy munosabatlarning birlashuvi natijasida vujudga keladi. Oila tor maishiy tushuncha emas, balki u ijtimoiy jamoadir. Shu sababli oilalar birlashib jamiyatni tashkil etadi.


Jamiyatdagi o’zgarishlar oilaga ta’sirini ko’rsatganidek, oiladagi o’zgarishlar hamjamiyatga o’z ta’sirini ko’rsatadi.
Buni biz 1998 yil mamlakatimizda “Oila yili” deb e’lon qilinishi misolida ko’rishimiz mumkin. Shu munosabat bilan hukumatimiz ishlab chiqqan tadbirlar oilani ijtimoiy muhofaza qilish, oilada yoshlar tarbiyasiga e’tiborni kuchaytirish, oilaning huquqiy tamoyillarini kengaytirish va boshqa oilani mustahkamlash bilan bog’liq masalalarga qaratildi. Prezidentimiz I.A.Karimov aytganlaridek: ”Xalqimiz qadim-qadimdan oilani muqaddas deb bilgan. Oila ahil va totuv bõlisa, jamiyatda tinchlik va hamjihatlikka erishiladi, davlatda osoyishtalik va barqarorlik hukm suradi. Oila farovonligi - milliy farovonlik asosidir”.
Kelajagimizning qanday bo’lishi hozirgi kunda biz tarbiyalayotgan yoshlarga bog’liq.Bu qonuniyat oilaning tarbiya borasidagi faoliyatiga hambog’liq. Oilaviy tarbiyaning murakkabligi shundaki, har bir oila o’ziga xos bir olam. U tarbiya ishida hamo’ziga xos xususiyatlarni namoyon qiladi.
Oilaviy tarbiya ijtimoiy tarbiya bilan uzviy aloqada bõlisagina, o’sib kelayotgan yosh avlod farovonligini ta’minlash mumkin. Oila tarbiyasidagi yutuqlar ota-onalarga pedagogik bilimlar berish, oilaviy tarbiya bo’yicha tajribalar almashishi, ota-onalarni tarbiyaviy ishlarga qizg’in jalb qilishga hambog’liqdir.
Harbir ota-ona o’z farzandlarini tarbiyalash borasidagi burch va mas’uliyatlarini chuqur anglashlariga bog’liqdir. Bundan tashqari normal oilaviy muhit, ota-onaning obro’si, to’g’ri kundalik rejim, bolani kitobga va o’qishga, mehnat qilishga o’z vaqtida jalb qilishlari hammuvaffaqiyat garovidir.
Ko’rinib turibdiki, qadimdan ham, bugun va ertaga ham, bundan keyin hamaqlli, farosatli, tafakkuri chuqur - bir so’z bilan aytganda kamolotli farzand tarbiyalash muammosi dolzarbdir. Xalq bunday fazilatli insonlarni sevadilar, e’zozlaydilar va hurmat qiladilar.
Bunday tafakkurga boy kamolotli farzand tarbiyasining sarchashmasi oiladan boshlanadi. Oila ana shunday tabarruk qal’adir. U qanday qurilishi lozim? Oila o’zi nima va uning maqsad, vazifalari nimalardan iborat?
Oila – voyaga etgan ikki jinsning sevish, ardoqlash, hurmat qilish asosida, ixtiyoriy ravishda, qalb xohishi bilan tuzilgan qonuniy ittifoqidir.
Mo’’jazgina bir qal’a qurildi. endi bu qal’ada bekinmachoq o’ynalmaydi. Yoshlikdagi o’yinqaroqlik, beboshlik, erkalik, beparvolik o’rnini sezgirlik, mas’uliyat, andisha, javobgarlik kabi fazilatlar egallay boshlaydi. Bunga har bir yosh tayyorlanib, mas’uliyat ko’nikmasini his qilib, oila maqsad va vazifalarini tushunib, uqib bormog’i lozim.
^ Oila maqsadi – ikki jinsning o’zaro kelishuvi asosida farzandni dunyoga keltirish hamda tabiat va jamiyatning davomiyligini ta’minlash.
Oila vazifasi – er-xotinning birgalikda xo’jalik yuritish asosida oilani hamma’naviy, hamiqtisodiy jihatdan ta’minlash hamda jamiyatga sog’lom, aqlli, har tomonlama barkamol farzand tarbiyalash.
^ Ota-onaning farzand oldidagi va aksincha farzandning ota-ona oldidagi burchlari
Komil farzandli bo’laman, baxtli oila quraman degan maqsad bilan oila qurdingiz. Ammo bu maqsadga erishish farzand tarbiyalashdagi muhim omillarni, farzand oldidagi burchlarni bilib ish ko’rishni taqozo etadi.

^
Ota-onaning farzand oldidagi burchlari

farzandga chiroyli ism qo’yish (farzandingiz o’z ismini o’zgalarga aytganda orlanmasin); savodini chiqarish, iqtidoriga qarab bilim berish, imkoniyatiga yarasha o’qitish va kasb-hunar o’rgatish;
- uylantirish. turmushga chiqarish;
- uyli-joyli qilish;
- farzandlar orasidagi meros taqsimotida adolatli bo’lish.

^
Farzandning ota-ona oldidagi burchlari



- Ota-onaning pand-nasihatlariga quloq solish, ularga har doim yordam berish, mehribon, e’tiborli bo’lish, oila ishlariga hamma’naviy, hamiqtisodiy yordam berish;
- har bir farzand o’z singil va ukalariga mehribon, yo’lboshchi va yo’ldosh, odobda, axloqda, ishda, ilm-hunar o’rganishda o’rnak bo’lish;
- ota-onalarining nimaga muhtoj ekanliklarini qalban his qilish, ularga bu borada amaliy mehribonlik ko’rsatish;
-oilaga berayotgan ma’naviy va iqtisodiy yordamini minnat qilmaslik;
- tavallud, bayram va hayit kunlarida yo’qlab turishni kanda qilmaslik;
- keksa ota-onalariga alohida g’amxo’rlik qilishi, shirin muomalada bo’lishi, orzu-niyatlarining amalga oshishida yordam berish;
- vaqti-soati etib, bandalikni bajo keltirsalar, izzat-ikrom bilan oxirgi manzilga kuzatish, ma’rakalarini kamtarona, dabdabasiz, qarindosh-urug’lar, uni bilgan, hurmat qilgan eng yaqin odamlar bilan o’tkazish.
^ Oila a’zolarining huquqlari
Oilada va jamiyatda er va xotin teng huquqlarga ega. Bu erda qonunda belgilangan huquqlar haqidagap ketmoqda. Bunday tenglik saylash, saylanish, kasb tanlash, ishlash, bilim olish, o’ziga yor tanlash va hokazo huquqlarda o’z ifodasini topadi. Lekin ikki jinsning biologik, ruhiy tuzilishi nuqtai-nazaridan bunday tenglik yo’q. Shuning uchun ayol va erkakning oilada ro’zg’or tebratish, farzandlarni tarbiyalash, farzandlarning oila yumushlari va vazifalaridagi mehnat taqsimoti masalalaridagi huquq va burchlarida birmuncha tafovutlar mavjud.
erkakning vazifasi – oilani ma’naviy, iqtisodiy qo’llab-quvvatlash. Ayoli va farzandlarining tashvishlariga sherik bo’lish. Oilaga soya solayotgan xavf-xatarlarga qalqon bo’la bilish. Oila a’zolariga g’amxo’r bo’la bilish.
^ Ayolning vazifasi – oilada farzand tarbiyasi bilan shug’ullanish. Ularni oq yuvib, oq tarash. erkaknning tashib kelgan oziq-ovqatlarini pishirish, mehmon kutish. er va bolalarini ishga va o’qishga kuzatish, kutib olish.
er va ayolning vazifalari yuqorida sanab o’tilganlardangina iborat emas, albatta. Bu vazifalarning barchasini sanab o’tishning hech qanday iloji yo’q. Oila sharoitidan kelib chiqqan holda, har bir inson o’z tafakkurini ishga solib, vazifalarini belgilab olmog’i va ularni shunday bajarmoqlari lozimki, uyga kelgan har bir mehmon tuz-nasibasini totib, qaytayotganida oila a’zolari orasidagi o’zaro hurmat, ularning har birini aqlu farosatiga tasannolar o’qib ketsinlar.
Oila deb atalmish aravani tortib borayotgan er va xotinning bir-biriga elkadosh bo’lishini, o’zaro odoblarini, bir-biriga bo’lgan mehribonliklarini ko’rgan farzandlar ulardan o’rnak oladilar va ularga o’xshashga harakat qiladilar. Chunki farzand aytgan nasihatingizni esidan chiqarishi mumkin, ammo ko’rganini hech esidan chiqarmaydi. Oilada farzand tarbiyasining bu jihatini hech qachon esdan chiqarmaslik lozim.
Aytaylik, bozordan shirinlik xarid qildingiz, kelgan zahotiyoq uni kichigingizga berdingiz-u, hech kimga ko’rsatma dedingiz. U esa bolaligiga borib, shirinlikni hamma akalariga ko’z-ko’z qilib chiqdi. Lekin ularga yo’q. Ular o’ksinishadi. Kichik bo’lgan yaxshi ekan deyishadi. Hamma narsa kichikka, sovg’a ham, shirinlik ham, erkalatish ham, deb bolalar orasidagi yakkalik, o’zini uzoq tutish kayfiyatlari paydo bo’la boshlaydi. Bunday holatlarga yo’l qo’ymaslik uchun, uyga biror narsa xarid qilib, olib kelganingizda har doim uni adolatli taqsim qiling. Taqsimlash jarayonida ota-ona o’zlarini hamunutmasliklari kerak. Bu juda muhimdir. Bolalaringiz bu jarayonni ko’rsa, vaqti kelib ular hamtopib keladigan bo’lganlarida sizga ulush ajratishni unutmaydilar. Bolalar oldida qilgan bu adolatli taqsimingiz ular uchun eng katta saboq bo’ladi. Birinchidan, ular bir-birlariga mehrlari orta boradi. Ikkinchidan, doimo ota-onani eslab turadigan bo’ladilar. Aks holdaolib kelgan narsalaringizni faqatbolalaringizga taqsim qiladigan bõlisangiz, keyinchalik ular sizni eslamaydigan, faqato’zlarini o’ylaydigan bõlibqoladilar. Ayniqsa, qarib kuch-quvvatdan qolganingizda tarbiyada yo’l qo’ygan bu xatoingiz siz uchun juda katta azobga, tuzatib bo’lmas armonga aylanadi.
Farzandlaringizga bir ko’z bilan qarangiz, kattasini katta, kichigini kichik deb, shunga yarasha ish tutsangiz, kichiklarning kattalari bilan maslahatlashib ish tutishlariga, kattalarining kichiklarini izzat qilishga, ularni himoya qilishga odatlantirsangiz, ularni yaxshi ishlarini ma’qullab, rag’batlantirib borsangiz, yomon ishlarini o’z vaqtida qaytarib, bu ishning nima uchun yomonligini yotig’i bilan tushuntirib borsangiz, farzandlaringizning kamoli, o’zingizning kelajakdagi rohat-farog’atingiz uchun juda muhim va katta tarbiyaviy ishni amalga oshirgan bo’lasiz. Ulardagi mehr-oqibatni, obro’larini ko’rib, o’z hayotingizdan mamnun bo’lasiz, farzandlaringiz tarbiyasi borasidagi chekkan zahmatlaringiz, mashaqqatlaringiz unutiladi.
Quyidagi tarbiyaviy masalalarni tahlil qiling:
Masala-1. O’ziga to’q otaxonning uch qiz, bir o’g’li bor edi. U kishi qariganlarida mehrni shu yagona o’g’illaridan kutgan edi. Ammo kelini noboproq chiqib, ular otaga qarashmadi. Ikki katta qizi hamo’z oilalari bilan bo’lib, otadan xabar olmas edilar. Otaning kuniga kenja qizi yaradi. Oq yuvib, oq taradi, ko’nglini ko’tarishga harakat qildi. Otaxon olamdan o’tganlaridan keyin kenja qizdan tashqari hamma meros talashib, ettisi o’tmasdan janjallashishdi.
Masala-2. Besh og’a-inining uchinchisi biznes qilaman deb katta qarzga botib qoldi. Nihoyatda ahvoli tang bo’lgan uka akalaridan qarz so’radi. O’ziga to’q akalari qarzni qaytarib bera oladimi, yo’qmi? deb unga qarz berishmadi. Uka nima qilishini bilmay, o’zini har tomonga urdi. Oxiri noiloj bir qaltis ishga qo’l urib, qamalib ketdi. Mahallada: “Ukamning bolalarini biz boqayapmiz, hech narsaga muhtojlik joyi yo’q“,- deb ko’kragiga urib yurgan akalarni qanday baholaysiz?
Ma’naviy merosimizdagi tarbiyaviy g’oyalar rivojiga bir nazar soladigan bõlisak, qanchalik ma’naviy javohirlarga ega ekanligimizga ishonch hosil qilamiz. Ular tubsiz ummon, bitmas-tuganmas boylikdir. Harbir inson bu ummonga sho’ng’iganda õziningfe’l-atvori, dunyoqarashi, bilim saviyasi va boshqa xususiyatlariga qarab ulush olib chiqishi muqarrardir.
Tabarruk manbalarimiz bo’lmish “Qur’on”, “hadis”lar, ajdodlarimiz ma’naviy merosi hisoblangan “Qobusnoma”, “Shohnoma”, “Temurnoma”, “Boburnoma”, “Guliston”, “Bo’ston”, “Temur tuzuklari”, “Qutadg’u bilig”, “Mahbub ul qulub” kabi durdona asarlarni mutolaa qilgan har bir inson tarbiyaning inson shakllanishidagi muhim omil ekanligiga ishonch hosil qiladi.
Tarbiyaning murakkabligi haqidaAmir Temur :”Men farzand tarbiyalashda davlatni boshqarishdan ko’ra chuqurroq mushohada, undan hamchuqurroq donishmandlik kerakligiga ishonch hosil qildim”,- desa, Avloniy “Turkiy guliston yohud axloq“ asarida tarbiyaning ahamiyatiga: ”Tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir”,- deb katta baho beradi. Tarbiyani oiladan shakllantirib borish kerakligi, buning uchun ota-onaning o’zi tarbiyalangan bo’lishi kerakligi haqidauqtiradi.
Bolalarga biror narsani va’da qilgan bõlisangiz va’daning ustidan chiqish kerak. Bola oldida obro’yingizni to’kmang. Chunki bolalar juda ishonuvchan va beg’ubor bo’ladilar. Sizning bergan va’dangizni sabrsizlik bilan kutadi. Vaqtni, daqiqalarni sanab o’tkazadi. Intizorlik bilan kutgan vaqt kelganda: “Dada, bugun bizni parkka olib borasizmi”, desa-yu, sizning bergan va’dangiz esingizdan chiqib ketgan bõlisa, mulzam bõlibqolasiz. Shunday holatlar 4-5 qaytarilsa, bolangizning sizga bo’lgan ishonchi yo’qoladi. Gaplaringizga ishonmay qo’yadi. Obro’yingiz ketadi. Shuning uchun o’zingizga ishonmasangiz va’da bermang. Uddasidan chiqa oladigan ishga va’da bering. Bo’lmasa yaxshisi bolani aldamaganingiz ma’qul.. Aks holdabola hamkatta bo’lganida odamlarga va’da berib, uni bajarmasa hambo’lar ekan, degan xulosaga kelib qolishlari mumkin.
Farzandlaringizning tug’ilgan kunlarini bir xil mehr bilan teng ko’rgan holdao’tkazishga harakat qiling. Birini ikkinchisidan kam ko’rmasligingiz lozim. Bolalaringizning tug’ilgan kunlarini oilaviy qilib, sodda o’tkazishga o’rgating.
Bolani yoshligidan mehnatga o’rgatib boring. Inson birdaniga mehnatkash bõlibqolmaydi. Siz buyurib ketgan ishlaringizni bolalaringiz baholi-qudrat bajarib qo’yishibdimi, chala yoki kamchiligi bõlisa hameng avvalo o’z xursandchiligingizni bildiring, ma’qul usullar bilan rag’batlantiring. Ishimni qo’limdan oladigan bõlibqolibsizlar, deb maqtang. Dadasi yoki oyisi, xudoga shukur o’g’il-qizlarimiz katta bõlibqolishibdi, endi bemalol ularga ishonib ishlarimizni topshiraversak bo’lar ekan, deb bolalarning o’zlarini oldilarida ularning nafsoniyatlariga tegmasdan, bafurja tushuntiring.
Farzandlaringizni iloji boricha mustaqilishlashga, mustaqilfikr yuritishga o’rgating. Masalan, biror fandan sizdan yordam so’rasa, uni farzandingiz uchun ishlab bermang, faqattushuntiring. Masalani mustaqilhal qilib bo’lgandan keyin: “Mana o’zing bemalol echsang bo’lar ekan-ku”, -deb ko’nglini ko’tarib qo’ying. Ana shunda farzandingizda o’ziga ishonch hosil bo’la boradi.
Farzandlaringizni uy ishlariga o’rgatib boring. Yoshiga qarab qo’lidan keladigan ishlarni buyurib turing.
Quyidagi hayotiy masalani tahlil qiling:
1. S.Rahimov tumanidagi qariyalar uyida ikki onaxonning bir-biri bilan urishayotganligi ustiga borib qoldik. Etmish olti yoshli Xosiyat xolaning hech kimi yo’q. eri urushda qurbon bo’lgan. Bitta o’g’li bo’lgan, u hamvafot etgan. Oltmish yoshli Zamira ismli ayol yuqoridagi ayolni shaltoqlikda ayblab, u bilan turmasligini aytib janjal qilayotgan ekan. Zamira ayadan so’rasak, u to’rt o’g’li borligini aytdi. Bolalari, kelinlari, nevaralarini hammasini qarg’ab tilga oldi. Uning bu qarg’ishlariga ilon po’st tashlaydi. U bizdan o’g’illari, kelinlari ustidan yozib, sharmanda qilishimizni so’radi.
Ayaning aytishlaricha, to’rt o’g’il, to’rt kelin, nevaralari hammasi o’ta mehrsiz, ahmoq, yaxshilikni bilmaydigan ekan. Gap orasida yuqoridagi Xosiyat ayaga:”Yaxshi bõlisang seni qariyalar uyiga tashlab ketarmidi”,- deb qo’yar edi. Siz bu holatni qanday baholaysiz?
2.To’rt kelinini bir-biriga yomonlagan, kelinlarining yaxshi ishlarini ko’rmay, uncha-muncha kamchiliklarini ro’kach qilib, o’g’illariga yomonlagan qayinona shu oilada o’ziga nisbatan mehr uyg’ota oladimi?
Download 27.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling