Pedagogik mahorat fanidan 1-mustaqil ish yo’riqnomasi


Download 1.67 Mb.
bet1/2
Sana25.04.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1396327
  1   2
Bog'liq
Naimaxon 7


KOKAND UNIVERSiTETI 3-KURS BOSHLANG’ICH TA’LIM SIRTQI BO‘LIM TALABASI
OTAXONOVA NAIMAXONNING
MATEMATIKA O’QITISH METODIKASI I
FANINIDAN 2-MUSTAQIL TOPSHRIQ

MAVZU: Boshlang`ich sinf matematikasidan dars turlari

NAMUNAVIY REJA:

  1. Boshlang`ich sinf matematika dars turlari bo`yicha. Har xil mashqlarni qo`llash yordamida yangi bilim, malaka va ko`nikmalarni mustahkamlash darsini olib borish jarayonlarini izoxlang.



  1. Boshlang`ich sinflarda matematika fanidan sinfdan tashqari ishlarning turlari bo`yicha namunaviy mashg`ulot tayyorlang. (tayyorlash jarayonlarini yoritib yozing)



  1. O`qitish vositalari deganda nimalar tushuniladi va ularning asosiy vazifalari nimalardan iborat eknligini tushuntiring.

1. Boshlang`ich sinf matematika dars turlari bo`yicha. Har xil mashqlarni qo`llash yordamida yangi bilim, malaka va ko`nikmalarni mustahkamlash darsini olib borish jarayonlarini izoxlang.


Boshlangich sinflarda sinfdan tashqari ishlar o’quvchilarning qiziqishi, istaklari, xohish va ehtiyojlariga suyangan holda ularning darsdan bosh vaqtlarida o’quv-tarbiya jarayonini to’ldiradi. U o’quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini, tashabbuskorligani oshirishga imkoniyat yaratadi. Sinfdan tashqari ishlarning oziga xosligi shundaki, togarak, klub dasturlarining rang-barangligi, ular mazmunidagi yangiliklar osmir yigit-qizlarning shaxs sifatida shakllanishlari uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. Sinfdan tashqari ishlar maktab ta’lim-tarbiya jarayonining tarkibiy qismi


«Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar» konsepsiyasi xalq ta’limi vazirligi tomonidan 1993-yilda tasdiqlangan. Sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishda o’qituvchining yo’naltiruvchi ta’siri ostidagi o’quvchilarning o’z-o’zini nazorat qilish asosiga qurilgan va fan xonalarida, kutubxonada va uyda yakka tartibdagi reja asosida o’tkaziladigan mustaqil mashg’ulotlar yetakchi shaklga aylanishi kerak. Bunda sinfdan tashqari ishda ta’limning moddiy bazasi: qo’shimcha va ma’lumotnoma adabiyotlari laboratoriya uskunalari, ko’rgazmali qo’llanmalar, didaktik materiallar, texnika vositalaridan oqilona foydalanish ko’zda tutiladi. Sinfdan tashqari ishlarning ta’limiy ahamiyati – o’quvchilarga qo’shimcha bilim, malaka va konikmalar berish. Tarbiyaviy ahamiyati – o’quvchilarning ijodiy faoliyat ko’rsatishiga, nutq odobiga, mustaqil fikrlashiga zamin hozirlash.
O’zbekiston Respublikasining istiqlolga erishuvi hamda o’z mustaqil siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy yo’liga ega bolishi, xalq xojaligining turli sohalarida, jumladan xalq ta’limi tizimida ham o’sib kelayotgan yosh avlod ta’lim-tarbiyasi bilan bog’liq jarayonini qayta ko’rib chiqishni taqozo etmoqda. Hozirgi paytda, fan va madaniyatning eng so’nggi yutuqlari asosida kelajagimiz bolgan yosh avlodni hayotga tayyorlashning samarali shakl va uslublarini izlash nihoyatda zarurdir. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Manaviyat va marifat» jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish togrisida»gi farmonida ko’rsatilganidek, jamiyatda yuksak ma’naviy fazilatlarni kamol toptirish, milliy mafkurani shakllantirish, yoshlarni boy madaniy merosimiz, tarixiy an’analarimizga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat, istiqlol g’oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash
Maktabda tarbiyaviy ishlarni aniq rejalashtirmasdan uning mazmuni, shakl va usullarini aniqlamasdan, ma’lum bir tizimga solmasdan turib ko’zda tutilgan maqsadga erishish qiyin. Sinfdan tashqari ishlarning tarbiyaviy ta’siri kop darajada o’quv jarayonini tashkil etish saviyasiga hamda o’quvchilar jamoasining xilma-xil ishlarni qanday yo’lga qo’yilganligiga bogliqdir. Sinfdan tashqari faoliyat majburiy dastur bilan chegaralanmaydi, balki yoshlari har xil o’quvchilarni ixtiyoriy ravishda birlashtiradi. Ularning tashabbusi asosida ishlarni amalga oshiradi, fanga qiziqtiradi, ularni xalqning madaniy hayoti muhitiga olib kiradi.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarga rahbarlik qiluvchi tashkilotchilarning vazifalari ham kop qirralidir. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning tashkilotchisining vazifalariga quyidagilar kiradi:
1. Darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish va amalga oshirishni nazorat qilish.
2. O’quvchilarning sinfdan va maktabdan tashqari ko’p qirrali ishlarni o’quvchilar tashkilotlari sinf faollari yordamida yo’lga qoyish.
3. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar yo’nalishiga bevosita rahbarlik qilgan holda o’qituvchilar, sinf rahbarlari, ota-onalari, sinf faollariga uslubiy yordam ko’rsatish.
4. Umummaktab va maktablararo o’tkaziladigan eng muhim tarbiyaviy tadbirlarda qatnashish.
5. O’quvchilarning bo’sh vaqtlarini tashkil qilishda tarbiya va madaniyat muassasalari hamda jamoatchilik kuchidan keng foydalanish. Bu borada
Boshlang’ich sinflarni sinfdan tashqari ishlarini tashkil etishni matematika darslari misolida ko’rib chiqamiz.
Matematikadan sinfdan tashqari ishlar deyilganda o‘quvchilarning darsdan tashqari vaqtda tashkil qilingan, dastur bilan bog‘liq bo‘lgan material asosida ixtiyoriylik prinsipiga asoslangan mashg‘ulotlar tushuniladi.
O‘z mazmuni bo‘yicha u davlat dasturi bilan cheklanmagan. Ammo matematik material o‘quvchilarning bilimlari va malakalariga mos ravishda bo‘lishi kerak. Sinfdan tashqari mashg‘ulot ixtiyoriylik prinstipi asosida quriladi. Darslar 45 minutga rejalashtirilgani holda sinfdan tashqari mashg‘ulotlar mazmuniga va o‘tkazilish formalariga qarab 10-12 minutga ham, 1 soatga ham mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin.
Sinfdan tashqari ishlar shakl va turlarining ko‘p xilligiga qarab mazmunining turli tumanligi bilan xarakterlanadi. Maktab amaliyotida matematikadan sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning ushbu turlari uchraydi: matematik o‘n minutliklar, soatliklar va qiziqarli matematika kechalari, matematika to‘garaklari, ertaliklari, viktorinalar, konkurslar, olimpiadalar. Shuningdek, sinfdan tashqari ishga matematikadan gazeta chiqarish, matematika burchaklarini rasmiylashtirishlar ham kiradi.
Oldin 1-sinfda sinfdan tashqari ishlar qanday tashkil qilinishi va o‘tkazilishini qarab chiqamiz. Bu sinfda sistemali ishning asosini matematik o‘n minutliklar tashkil qiladi. Odatda, o‘n minutliklar haftasiga bir marta butun sinf bilan o‘tkaziladi. O‘n minutliklardagi mashg‘ulotlar sinf chegarasidan tashqariga chiqishi juda muhimdir.
Topshiriqlar darslarda beriladigan oddiy matemetik topshiriqlarga o‘xshash bo‘lmasligi kerak: topshiriqlarning mazmunlari bolalarga tushunarli qiyinlik darajalari bolalarga mos bo‘lishi kerak: javoblar tez topilishi kerak, agar hisoblashlar zarur bo‘lsa , ular faqat og‘zaki bajarilishi kerak. Qiziqarli matematika soati darsdan keyin sinfning hamma o‘quvchilari bilan o‘tkaziladi. 1-sinfda bu mashg‘ulotlar epizodik ravishda o‘tkaziladi. 2-3-sinflarda sistemali ravishda (ammo oyiga 1-2 martadan ko‘pmas ) o‘tkaziladi, chunki ularni o‘tkazishga ko‘p vaqt talab qilinadi. Mashg‘ulotning davomiyligi 1-sinfda 20-25 minut, 2-sinfda 25-35 minut 3-sinfda 35-40 minut, 4-sinfda 40-45 minut.

Boshlang`ich sinflarda matematika fanidan sinfdan tashqari ishlarning turlari bo`yicha namunaviy mashg`ulot tayyorlang. (tayyorlash jarayonlarini yoritib yozing)


Matematikadan sinfdan tashqari ish deyilganda o' quvchilarning darsdan tashqari vaqtda tashkil qilingan, dastur bilan bog liq bo lgan material asosida ixtiyoriylik printsipiga asoslangan mashg'ulotlar tushuniladi.


Sinfdan tashqari ishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- o quvchilarning bilimlari va amaliy ko nikmalarini chuqurlashtirish va kengaytirish;
- oquvchilarning mantiqiy tafakkurlarini, topqirliklarini, matematik ziyrakliklarini rivojlantirish;
- matematikaga bo'lgan qiziqishlarini orttirish, qobiliyatli va layoqatli bolalarni topish;
- talabchanlik, irodani, mehnatga munosabatni, mustaqillikni, uyushqoqlikni va insoniylikni tarbiyalash.
Sinfdan tashqari ishlarning quyidagi turlari uchraydi:
1. Manbalar minutliklar, soatlar.
2. Matematika to' garaklari.
3. Matematik konkurs va olimpiadalar.
4. Qiziqarli matematika kechalari va viktorinalar.
5. Matematik matbuot.
6. Matematik ekskursiya.
Sinfdan tashqari ishlar darslarga nisbatan ba'zi farq qiluvchi xususiyatlarga ega:
1. O'z mazmuni bo'icha matematika dasturiga taalluqli emas. Ammo beriladigan bilimlar o'quvchilarning kuchiga mos bolishi kerak.
2. Sinfdan tashqari ishlar imkoni boricha barcha o'quvchilarni jalb qilishi, ya'ni qiziqarli bo'lishi zarur. Past o'zlashtiruvchi o'quvchilar ham qiziqish yordamida faol o'quvchilarga aylanishi mumkin.
3. Sinfdan tashqari ishlar ixtiyoriylik tamoyiliga asosan tashkil qilinadi, lekin qiziqishni ta'minlash lozim. Bu mashg'ulotlarga baho qo'yilmaydi, ammo faol ishtirok etgan o'quvchilar rag'batlantiriladi.
4. Mashg'ulot mazmuni va shakllariga qarab, 10-12 minutdan 1 soatgacha mo'ljallangan bo'lishi mumkin.
5. Sinfdan tashqari ishlarning mazmuni va shakllarining turli- tumanligi.
Sinfdan tashqari ishlarga: qiziqarli matnli masalalar, o'tkir zehnlilikka oid masalalar, hazil masalalar, berilgan malumotlari etishmaydigan yoki berilgan malumotiari ortiqcha masalalar, mantiqiy masalalar, qiziqarli matematik voqealar, arifmetik rebuslar, o'yinlar, fokuslar, boshqotirmalar tarixiy malumotlar berish va boshqalar kiradi. ;
Sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish va o'tkazish metodikasi quyidagilarga asoslanishi kerak:
1. Darsda o'quvchilar olgan bilim, malaka hisobga olgan holda o'tkaziladi.
2. Sinfdan tashqari ishlar o'quvchilarning xohishi, xavaskorligi, ijodkorligi tamoyillariga asoslanishi va ularning individual fikrlarini qoniqtirish maqsadida tashkil qilinadi.
3. Sinfdan tashqari ishlarni o'tkazish shakllari darslardan farq qilib, qiziqarli tomoni kuchli bo'ladi. Buning uchun zaruriy shart shuki o'tkaziladigan ishning rejalashtirilishi va tizimliligining murakkabligidadir.
Shuni ta'kidlash lozimki, individual va guruhli mashg'ulotlar tizimli ravishda o'tkazilmasligi, aksincha, asosiy ish sinfda bajarilishi kerak. Sinfdan tashqari ish sinfdagi dars shakliga nisbatan bir qator o'ziga xos xususiyatlarga ega:
1. O'z mazmuni bo'yicha u davlat dasturi bilan cheklanmagan, matematik material o'quvchilarning bilimlari va malakalariga mos ravishda berilishi kerak.
2. Boshlang'ich sinflarda bolalarning matematikaga nisbatan to'plangan turg'un qiziqishlari haqida hali gapirib bo'lmaydi.
3. Topqirlik, ziyraklik, tez hisoblashlar, yechishning samarali usullaridan foydalanish va rag' batlantirilishi kerak.
4. Darslar 45 minutga rejalashtirilgan holda sinfdan tashqari mash- g' ulotlar mazmuniga va o'tkazilish shakllariga qarab 10-12 minutga ham, bir soatga ham mo'ljallangan bo'lishi mumkin.
5. Sinfdan tashqari ishlar shakl va turlari (qiziqarli matematika soatlari, to'garaklar, viktorinalar va h.k.) qarab mazmunining turli tumanligi bilan xarakterlanadi.
NATIJALAR
Matematika minutliklarida, topshiriqlarga qiziqish uyg'otish va quvvatlash uchun bu topshiriqlar darslarda beriladigan oddiy matematik topshiriqlarga o'xshash bo'Imasligi kerak.
Mashg'ulot o'tkazish uchun har xil qiziqarli arifmetik va geometrik mazmunli masalalar, qiyinroq masalalar, hazil masalalar, masalalar tuzishga doir masalalar, qiziqarli kvadratlar, rebuslar, topishmoqlar va boshqalar material boiib xizmat qiladi.
Matematik to'garak matematikadan tizimli sinfdan tashqari ishning eng Ko'p tarqalgan turidan biri. Uning asosiy vazifasi - matematikaga alohida qiziqishi bor o'quvchilar bilan bajariladigan chuqurlashtirilgan ish.
Matematik to'garak ishi qiziqarli matematika soatlaridan quyidagilar bilan farq
qiladi:
Matematika to'garagiga o'quvchilar tanlashda ularning mate matikaga nisbatan alohida qiziqishlarini, moyilliklari va imkoniyatlarini hisobga olish kerak.
Mustaqil ravishda Ko'rgazmali qurollar (abaklar, ba'zi o'yiniar uchun misollar yozilgan kartochkalar va boshqalar) tayyorlaydilar, matematika kechalari o'tkazishga puxta tayyorgarlik ko'radilar va hokazo.
Matematika to'garagini o'tkazish uchun oldindan uning ish rejasini tuzish kerak. Namuna uchun ikkinchi yarim yillikda 1-sinfda ba'zi to'garak mashg'ulotlarining taxminiy rejalarini keltiramiz:
I. mashg'ulot. 1. Rebuslarni o'ylab topish. 2. Qo'shishga oid qiziqarli masalalar. 3. 100 ichida raqamlashni bilishni tekshirishga oid mashqlar. 4. Topqirlikni talab qiladigan masalalar. 5. Hazil masala. 6. Topishmoqlar. 7. Quvnoq sanoq (20 ichida) o'yini.
II. mashg'ulot. 1. Rebuslarni o'ylab topish. 2. Topqirlikni talab qiluvchi she'riy masalalar. 3. Geometrik figuralarni tahlil qilishga doir mashqlar. 4. Hazil masala. 5. "Sonni to'ldir" o'yini.
III. mashg'ulot. Dars tipidagi to'garak mashg'uloti.
Boshlang'ich sinf matematika darslarida tarixiy materiallardan foydalanish (imkoniyatlari) mazmuni.
Bu allomalarimizning asarlarida bolalarning o'qishi, mehnati, odobi va bu ishda muallimlarning vazifalariga katta e'tibor berilgan.
Jumladan, Nasriddin at-Tusiy fikri bo'yicha o'qituvchi o'quvchilarni aql-zakovatiga ta'sir qilishi uchun o'quvchilar ishonchini qozonish va qalbidan joy olish mas'uliyatini his qilishi lozim.
Abu Nasr Forobiy o'qituvchi faoliyatida yoshlarning axloqiy me'yorlari, amaliy ko'nikma va malakalarini o'zlashtirishga уo'naltirilganligi asosiy vazifalardan biri ekanligini ifodalaydi.
Ibn Sino fikricha, tarixiy manbalarni bilish olijanob va foydali faoliyatdir. U ilm va narsalarning inson aqli yordami bilan o'rganilishi shaxs faoliyatida muhim hisoblanishini ta'kidlab o'tadi.
Mavzu: Vaqt bilan tanishtirish

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling