Pedagogik mahorat va uni egallash yo’llari


Quyidagilar Dasturni amalga oshirishni moliyalashtirish manbalari etib belgilandi


Download 0.68 Mb.
bet2/2
Sana11.06.2022
Hajmi0.68 Mb.
#750415
1   2
Bog'liq
3 nomer Iroda 2707
psix lek, 4-mavzu, 4 AbdullayevaManzura 3261, 10 Bekturdiyeva Shahlo Ochilboyevna 4581, 8 mavzu, 16 mavzu nasiba, 6d327b33cd3cd3e47c23ea7195e0a478, krossvord-po-distsipline-russkij-yazyk-po-teme-kultura-rechi, Документ Microsoft Word (3), Ona tili(15ta) Qaysi javobdagi so\'zlar to\'g\'ri yozilgan , 5mavzu, Sadoqat kurs ishi, @iBooks Bot turizm iqtisodiyoti, Достоевский презентация - all-biography.ru
Quyidagilar Dasturni amalga oshirishni moliyalashtirish manbalari etib belgilandi:
maktabgacha ta’lim muassasalarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash, shuningdek o‘yin maydonchalari, bolalar ayvonlari qurish va ularning hududini o‘rash maqsadlari uchun — O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi doirasidagi mablag‘lar;
maktabgacha ta’lim muassasalari hududini obodonlashtirish va ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun — Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining mablag‘lari;
maktabgacha ta’lim muassasalarini jihozlash uchun — O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
xalqaro moliyaviy institutlar, tashkilotlar va donor mamlakatlar mablag‘lari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2017-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida hamda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining xarajatlar smetasida Dasturni amalga oshirish uchun zarur mablag‘larning ta’lim sohasiga har yilgi ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida alohida satr bilan ajratilishini nazarda tutsin.
5-bandda quyidagilar keltirilgan:
maktabgacha ta’lim muassasalarini yangidan qurish namunaviy loyihalar bo‘yicha amalga oshiriladi;
maktabgacha ta’lim muassasalarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash ishlarini amalga oshirish bo‘yicha buyurtmachi vazifasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi zimmasiga yuklatiladi;
maktabgacha ta’lim muassasalarini jihozlash, mol-mulkidan samarali foydalanish hamda malakali kadrlar bilan ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi zimmasiga yuklatiladi.
.
10-ilova
6-band.O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi:
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-iyuldagi PF-5483-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son)
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi buyurtmasi asosida “ToshuyjoyLITI” aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda xorijiy tajribadan va mamlakatimizning iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan holda, yangidan qurilishi belgilangan quvvati 70 va 120 o‘rinli zamonaviy maktabgacha ta’lim muassasalarining namunaviy loyihasini ishlab chiqsin;
Oldingi tahrirga qarang.
Dastur doirasida maktabgacha ta’lim muassasalarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash ishlari bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarining belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlasin;
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-iyuldagi PF-5483-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son)
buyurtmachilar bilan pudratchilar o‘rtasidagi shartnoma majburiyatlarining bajarilishi, jumladan tasdiqlangan namunaviy loyihalarga muvofiq bajariladigan loyiha va qurilish-montaj ishlariga qo‘yiladigan talablarga hamda shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan tizimli monitoring o‘rnatsin.
Xulosa qilib aytganda har tomonlama rivojlangan davlat talablariga javob bera oladigan maktabgacha ta’lim muassasalarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash manzilli ro‘yxatiga kiritilgan obyektlar bo‘yicha tanlov (tender) savdolarini o‘z vaqtida o‘tkazish;
maktabgacha ta’lim muassasalarida qurilish-montaj ishlarining bajarilishi va foydalanishga topshirilishida tasdiqlangan namunaviy loyiha, shaharsozlik normalari va qoidalariga qat’iy rioya qilish.

Ushbu qaror 2016-yil 29-dekabrda qabul qilingan. 10 bandni o’z ichiga oladi.Qaror PQ-2707-son deb yuritiladi. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklatilgan

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!


Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling