Pedagogika fan sifatida


Download 30.62 Kb.
Sana22.11.2020
Hajmi30.62 Kb.

PEDAGOGIKA FAN SIFATIDA

MA’RUZA 1

REJA:


  1. Pedagogika fanining jamiyatda tutgan o‘rni, maqsad va vazifalari.

  2. Pedagogika fanining ilmiy tadqiqot metodlari.

  3. SHaxsning ijtimoiylashuvida milliy mafkuraning roli va pedagogikadagi asosiy tushunchalar.

  4. Pedagogika fanining asosiy tarmoqlari va boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi.

Pedagogika fanining maqsadi:

  • respublikamizda komil insonni voyaga etkazishning bir butun holatdagi muammolarini hal qilish;

  • ta’lim – tarbiya samadorligini tinmay oshirish vadunyo talablari darajasiga olib chiqish masalalariga ijodiy yondashish;

  • umuminsoniy qadriyat va milliy madaniyatning asoslarini e’tiborga olib, ta’lim – tarbiya mazmunini, milliy mafkurani shakllantirib borish imkonini yaratish;

  • pedagogika – tarbiyashunoslik qoida, qonunlarini ilg‘or tajribalar asosida boyitib borish va yangi ish shakllarini izlashga tadbirlar belgilash;

  • Uzluksiz ta’lim tizimini yanada rivojlantirish muammolarini hal qilish;

  • “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ni amalga oshirish.

Pedagogika fanining vazifalari:

SHarq va G‘arbda yaratgan xalq og‘zaki ijodiyoti, pedagogikasi, mutafakkir, ma’rifatparvar, pedagog va olimlarning tarbiyashunoslikka doir ilg‘or g‘oyalarini o‘rganib, tahlil qilib, komil insonni tarbiyalash jarayonini o‘rganish;

Komil insonni tarkib toptirishning qonuniyat, qoida va zaruriy sifatlarini aniqlash;

Pedagogikadagi ta’lim – tarbiya nazariyasini hozirgi davr xususiy metodikasi bilan uzviylik muammolarini ishlab chiqish va yangi pedagogik texnologiyalar qonunlariga amal qilish;

Ta’lim – tarbiya nazariyasidagi qoida,qonun, tamoil,metod va usullarini maktab amaliy hayoti bilan bog‘lab,bo‘lajak o‘qituvchilarga o‘rgatish;

xalq ta’limini boshqarish va raxbarlik masalarini chuqur o‘rganib bo‘lajak o‘qituvchilarni qanday tayyorlash muammolarini hal qilish.

pedagogika fanining mazmuni, maqsadi,vazifalari, tamoil, usul va vositalari umuman, har bir inson uchun zarur bo‘lgan tarbiyaviy ta’sirlar yangicha asosga ega bo‘lishi kerak.

Prezidentimiz bu borada shunday deganlar: “O‘zbekistonning yangilanishi va rivojlanish yo‘li to‘rtta asosiy negizga asoslanadi

umumiy qadriyatlarga sodiqlik;

xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;

shaxsning o‘z imkoniyatlarini erkin namoyonqilishi;

vatanparvarlik .



Pedagogika fanining ilmiy-tadqiqot metodlari.

Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari shaxsni tarbiyalash, unga muayyan yo‘nalishlarda chuqur, puxta ilmiy bilimlarni berishga berish tamoyillari, ob’ekti va sub’ektiv omillarini aniqlovchi pedagogik jarayonning ichki mohiyati, aloqa va qonuniyatlarini maxsus tekshirish va bilish usullaridir.

Ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasida pedagogik yo‘nalishda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar dialektik yondashuvga asoslanadi.



Pedagogik ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish murakkab, muayyan muddatni taqozo etuvchi, izchillik, uzluksizlik, tizimlilik hamda aniq maqsad kabi xususiyatlarga ega bo‘lgan jarayon

Zamonaviy sharoitda pedagogik yo‘nalishda tadqiqotlarni olib borishda quyidagi metodlardan foydalanilmoqda:

  • Pedagogik kuzatish metodi.

  • Suhbat metodi.

  • Anketa metodi.

  • Intervyu metodi.

  • Ta’lim muassasasi hujjatlarini tahlil qilish metodi.

  • Test metodi.

  • Pedagogik tahlil metodi.

  • Bolalar ijodini o‘rganish metodi.

  • Pedagogik tajriba metodi.

  • Matematik-statistik metod.

Pedagogika fanining asosiy tunchalari

  • Rivojlanish- shaxsning fiziologik va intellektual o‘sishida namoyon bo‘ladigan miqdor va sifat o‘zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayon.

  • shaxs - psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyat a’zosi.

  • Tarbiya- muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni.

  • ma’lumot- ta’lim-tarbiya natijasida o‘zlashtirilgan va tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko‘nikma va malakalar hamda tarkib topgan dunyoqarash majmui.

  • malaka- muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli.

  • ko‘nikma- shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati.

  • bilim- shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma’lum obrazlar ko‘rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui.

  • ta’lim - o‘quvchilarni nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o‘stirish va dunyoqarashlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan jarayon.

  • Surdopedagogika + Tiflopedagogika + Oligofrenopedagogika Defektologiya = Pedagogikaning maxsus tarmoqlari .

Surdopedagogika-kar va gung tarbiyalanuvchilar ta’lim-tarbiyasi masalalari bilan shug‘ullanadi.

Tiflopedagogika-ko‘zi ojizlar ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanadi

Oligofrenopedagogika-aqli ojizlar ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanadi.

Pedagogika fani bilan quyidagi fanlar o‘rtasida yaqin aloqadorlik mavjud: Madaniyatshunoslik, Falsafa, Iqtisod, Sotsiologiya, Tarix, Psixologiya, Gigiena, Fiziologiya, Estetika, Etika

Falsafa-shaxs rivojlanishi jarayonining dialektik xususiyatlari, muayyan pedagogik g‘oya, qarash hamda ta’limotlarning falsafiy jihatlari kabi masalalarni tahlil etishga imkon beradi.

Iqtisod-ta’lim muassasalarining faoliyatini yo‘lga qo‘yish, o‘quv binolarini qurish, ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish va ularning moddiy-texnika va zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash kabi masalalarning iqtisodiy jihatlarini anglashga xizmat qiladi.

Sotsiologiya-ijtimoiy munosabatlar mazmuni, ularni tashkil etish shartlari xususida ma’lumotlarga ega bo‘lish asosida ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining o‘zaro munosabatlarini samarali tashkil etish uchun imkoniyat yaratadi.

Etika-shaxs ma’naviyatini shakllantirish, unda eng oliy insoniy sifatlar, axloqiy ong va ma’naviy-axloqiy madaniyatni tarbiyalashda muhim o‘rin tutuvchi nazariy g‘oyalarni pedagogik jarayonga tatbiq etishda alohida o‘rin tutadi.

Estetika-shaxs tomonidan go‘zallikning his etilishi, unga intilishi, shuningdek, unda estetik didni tarbiyalashda muhim yo‘nalishlarni aniqlashga xizmat qiladi.

Fiziologiya-o‘quv-tarbiya jarayonida bolalarning fiziologik, anatomik xususiyatlardialektik ini inobatga olinishi uchun boshlang‘ich asoslarni beradi.

Gigiena-o‘quvchilarning salomatligini muhofazalash, ularning jinsiy jihatdan to‘g‘ri shakllantirishda nazariy va amaliy g‘oyalari bilan yordam beradi.

Psixologiya-shaxsda ma’naviy-axloqiy, ruhiy-intellektual, hissiy-irodaviy sifatlarni tarkib toptirish uchun zamin yaratadi.

Tarix-pedagogika fani taraqqiyoti, ta’lim-tarbiya jarayonlarining dinamik, xususiyatlarini inobatga olish, shuningdek, xalq pedagogikasi g‘oyalarini kelgusi avlodga uzatish uchun yo‘naltiriladi.

Madaniyatshunoslik-o‘quvchilarda insoniyat tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy madaniyat asoslari haqidagi tasavvurni shakllantirish, ularda madaniy xulq-atvor xislatlarini tarkib toptirish uchun xizmat qiladi.

Tibbiy fanlar-shaxsning fiziologik-anatomik jihatidan to‘g‘ri rivojlanishini ta’minlash, uning organizmida namoyon bo‘layotgan ayrim nuqsonlarni bartaraf etishga amaliy yondashuv, shuningdek, nuqsonli bolalarni o‘qitish hamda tarbiyalash muammolarini o‘rganishda ko‘maklashadi.

Glossariy

Ma’naviyat – arab tilidagi “ma’no” yoki “ma’naviyatun”, “ma’noi g‘oya” so‘zlaridan olingan bo‘lib, “ruxiy xolat” degan ma’noni anglatadi.

G‘oya-insonlarning ezgu niyatlar, fikri asosidagi amalga oshirilayotgan jarayonlar, ishlar, istiqbol rejalari, tamoyillaridan iborat.

Mafkura – muayyan tuzum davrida insonlarni davlat, jamiyat o‘z-o‘ziga, xalqi, olamga munosabatlari va ular rivojining ma’naviy-ilmiy tizimidan iborat.

Ong osti. Dunyoviy va xayotiy xaqiqat asosidagi inson shaxsiy faoliyatining ma’naviy-ruxiy yo‘li.

Inson ongi - uning idroki, aqli orqali xayotiy va dunyoviy xaqiqatni faxmlash asosida ma’naviy istiqbolli faoliyat darajasidir.

Faxmlash – anglash – biror xaqiqatni qalban, ruxan fikriy sezish.

Inson firi – o‘z ongi va idroki asosida xayoti xamda dunyoviy narsalar, jarayonlar xaqidagi mushoxadaviy faoliyat.

Inson qalbi – shaxsiy ong, ma’naviyat uzviyligi asosida insonni xissiy va amaliy faoliyatga undovchi kuch. U vijdon, ong, fikr bilan uyg‘unlashib qalb nigoxi, ko‘zi va quvvatiga aylanadi.



Inson ruxi. Insonni xar qanday to‘siqlardan olib o‘ta oladigan, uni ulug‘ ezgu ishlarga boshlovchi ma’naviy quvvat.
Download 30.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling