Pedagogika. Psixologiya


Download 24.13 Kb.
Sana23.11.2020
Hajmi24.13 Kb.
#150609
Bog'liq
Pеdаgоgika va psixologiya fаnlаrni o’qitish mеtоdikаsi


Mavzu: «Pеdаgоgika va psixologiya fаnlаrni o’qitish mеtоdikаsi» fаnining prеdmеti, mаqsаd vа vаzifаlаri.

“Pedagogika. Psixologiya” fanining asosiy maqsadi – talabalarga umumiy pedagogik va psixologik bilimlarni berish, ularni ushbu fanlarning umumnazariy asoslari bilan tanishtirish, ta’lim-tarbiyaviy faoliyat xususiyatlari bo’yicha egallagan nazariy bilimlarini amaliyotda qo’llash ko’nikmalari bilan qurollantirishdan iboratdir.

Fanning vazifalari – talabalarga pedagogika va psixologiya fanlarining predmeti, maqsadi, vazifalarini, ularning rivojlanish tarixi; zamonaviy ta’lim-tarbiya tizimlari, xususan, O’zbekistonning uzluksiz ta’lim tizimi, ta’lim mazmuni va tarbiya nazariyasi; ta’lim va tarbiya metodlari; pedagogikaning ijtimoiy asoslari, pedagogik faoliyat hamda uni tashkil etish jihatlari; ta’lim-tarbiyaning birligi tamoyili, pedagog shaxsi va uning ijtimoiy burchi; psixika, psixologik kategoriyalar, qonuniyatlar, psixik jarayonlar va ularning toifalanishi; shaxs va faoliyat hamda shaxsning individual-psixologik xususiyatlari; moliya iqtisod yo’nalishlarida tahsil olayotgan talabalarga zarur bo’lgan keng ijodiy tafakkurning psixologik asoslari bo’yicha nazariy bilimlar bilan tanishtirish; zaruriy amaliy ko’nikmalarni tarkib toptirishdan iborat.



Pеdаgоgikа fаnining vаzifаlаri: 


  • SHаrq vа G’аrbdа хаlq yarаtgаn хаlq оg’zаki ijоdiyoti, pеdаgоgikаsi, mutаfаkkir, mа’rifаtpаrvаr, pеdаgоg vа оlimlаrning tаrbiyashunоslikkа dоir ilg’оr g’оyalаrini o’rgаnib, tаhlil kilib, kоmil insоnni tаrbiyalаsh jаrаyonini o’rgаnish; 


  • Kоmil insоnni tаrkib tоptirishning qоnuniyat, qоidа vа zаruriy sifаtlаrini аniklаsh; 


  • Pеdаgоgikаdаgi tа’lim-tаrbiya nаzаriyasini hоzirgi dаrv хususiy mеtоdikаsi bilаn uzviylik muаmmоlаrini ishlаb chikish vа yangi pеdаgоgik tехnоlоgiya qоnunlаrigа аmаl qilish; 


  • Tа’lim-tаrbiya nаzаriyasidаgi qоidа, qоnun, tаmоyil, mеtоd vа usullаrini mаktаb аmаliy hаyoti bilаn bоg’lаb, bo’lаjаk O’qituvchilаrgа urgаtish; 




Хаlq tа’limini bоshqаrish vа rаhbаrlik mаsаlаlаrini chuqur o’rgаnib bo’lаjаk O’qituvchilаrni qаndаy tаyyorlаsh muаmmоlаrini хаl qilish.

Pеdаgоgikа fаnining mаzmuni, mаqsаdi, vаzifаlаri, tаmоyil, usul vа vоsitаlаri umumаn, hаr bir insоn uchun zаrur bo’lgаn tаrbiyaviy tа’sirlаr yangichа аsоsgа egа bo’lishi kеrаk.

Pеdаgоgikа tаriхi pеdаgоgik tа’limоtning tаriхi vа tаrbiyaning rivоjlаnish mаsаlаlаrini ijtimоiy hоdisа sifаtidа tаdqiq etuvchi pеdаgоgik g’оyalаrning sаlbiy pеdаgоgik g’оyalаrgа qаrshi kurаshi tаriхini, hukmrоn tаbаqаlаrning dеmоkrаtiyagа qаrshi siyosаtini оchib tаshlаydi, ilg’оr pеdаgоgik g’оyalаr, hur fikrlаr, tа’lim qоnuniyatlаrining аyrim оlingаn tаriхiy dаvrdаgi rivоjlаnish tаmоyillаrini tаhlil qilаdi, muhim umumiy хulоsаlаr chiqаrаdi vа bugungi kun uchun dоlzаrb muаmmоlаrni o’rtаgа tаshlаydi.

O’zining butun tаriхi dаvоmidа pеdаgоgikа fаlsаfа bilаn chаmbаrchаs bоg’lаngаn vа хаttо XIX аsrgаchа uning bir qismi hisоblаngаn edi. Хullаs, pеdаgоgikа fаnining mеtоdоlоgik аsоsini O’zbеkistоn rеspublikаsi Kоnstitustiyasi, “Kаdrlаr tаyyorlаsh Milliy dаsturi”, “Tа’lim to’g’risidа” gi qоnun, hukumаtimiz tоmоnidаn chiqаrilgаn qоnun vа fаrmоnlаr hаmdа fаlsаfа tаshkil etаdi. CHunki, tаrbiyaning аsоsiy mаqsаdi o’sib kеlаyotgаn yosh аvlоdning ilmiy dunyoqаrаshini shаkllаntirishdаn ibоrаt.

Metodika – bu xususiy didaktika, ya`ni biror bir fanni o’qitish nazariyasi. O’zaro ta`sir etishning turli shakllarini o’rganish asosida biror fanni o’qitish va o’rganish yo’llarini o’quv fani metodikasi ishlab chiqadi va ta`lim oluvchilarga ta`sir etishning aniq tizimini o’qituvchilarga taklif etadi. Bu tizimlar DTS, o’quv dasturi va darsliklarda ochib beriluvchi ta`lim mazmunida o’z aksini topadi hamda ta`lim metodlari, shakllari va vositalari orqali amalga oshadi. O’quv fani metodikasi didaktika bilan mustahkam bog`langan va uning umumiy qoidalariga tayanadi. Tarbiya tamoyillariga asoslanib esa, metodika o’kuv fani maqsadi, uning ta`lim oluvchi shaxsini rivojlanishidagi ahamiyatini ochib beradi.

          Pedagog olim T.A. Ilinaning fikricha, didaktika turli ta`lim muassalarida xilma-xil o’quv fanlarini amalga oshiriladigan o’quv jarayonining umumiy qonuniyatlarini aks ettiradi. Tabiiyki, har bir o’quv fani o’ziga xos xususiyatlari, qonuniyatlariga ega, o’zining alohida metodlari va ta’limni tashkil etish shakllarini talab etadi. Mazkur masalalar bilan xususiy metodika, yoki alohida o’quv fanlarini o’qitish metodikasi (tarix, ma-tematika, pedagogika, psixologiya va boshqalar) shug`ullanadi.

          2. Pedagogik fanlarni o’qitish metodikasi – bu nazariya va amaliyotning umumlashgan ko’rinishidir. U o’qituvchi va ta`lim oluvchilar birgalikdagi faoliyati, ta`lim mazmuni, shakl va metodlari birligi sifatida pedagogik fanlarni o’qitish jarayonini tadqiq etadi. Pedagogik fanlarni o’qitish metodikasi bo’lajak o’qituvchilarni yuqori kasbiy tayyorgarligini ta`minlash uchun butun e`tiborini ta`limning qonuniyatlari va tamoyillari, uning shakl va metodlarini asoslashga qaratadi. Bundan tashqari pedagogik fanlarni o’qitish metodikasi doimiy ravishda pedagogika fanlarni o’qitishning qonuniyatlarini ochish va asoslab berishga hamda uning asosida ta`lim jarayonini boshqarish yo’llarini izlab topadi. Pedagogik fanlarni o’qitish metodikasi predmetini bunday tushunishdan kelib chiqib aytish mumkinki, u boshqa fanlarni o’qitish metodikasidan farqli ravishda ikki – umumiy va xususiy qismdan tashkil topadi.

          Pedagogik fanlarni o’qitish metodikasi o’quv fani sifatida «Ta`lim to’g`risidagi»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida tubdan yangilandi. Ana shu asosdan kelib chiqib, pedagogik fanlarni o’qitish metodikasi fanining vazifalariga quyidagilarni kiritish mumkin:

O’qitish jarayonini samarali tashkil etish natijasida har tomonlama rivojlangan, yuqori intellektual salohiyatga ega shaxsni shakllantirish.

Har tomonlama rivojlangan, yuqori intellektual salohiyatga ega shaxsni shakllantirishning markazida o’qituvchi turadi. Shuning uchun bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish – metodikaning muhim vazifasidir.

Pedagogik fanlarni o’qitish metodikasi fani bo’lajak o’qituvchilarga o’quvchilarning fan asoslari bo’yicha bilimlarini yangi sifat darajasiga, kasbga yo’naltira olishlariga, g`oyaviy-siyosiy, axloqiy, **oniy va estetik tarbiyani yuksak darajasiga erishish yo’llarini ko’rsatib berishi zarur.

Talabalarni ta`lim muassasalarida o’quv-tarbiya jarayonini tashkil etishga oid ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish uchun pedagogik fanlarni o’qitish metodikasi fani pedagogni ta`limning shakl, metod va vositalarini tanlab olish va tizimlashtirishga o’rgatadi.

Pedagogik ta`lim muassasalari bo’lajak o’qituvchilarda kasbiy-pedagogik yo’nalganlikni shakllantirish uchun katta ijobiy tajribaga ega. Bunda pedagogik fanlarni o’ziga xos o’rni bor. To’plangan tajribalarni jamlash, tizimlashtirish, kelajakda qo’llash uchun tavsiyalar berish ham pedagogik fanlarni o’qitishning vazifalaridan biridir.    

          3. Pedagogik fanlarni o’qitish metodikasi pedagogik ta`sir etishning samarali tizimini ishlab chiqish uchun pedagogik psixologiya, oliy nerv faoliyati fiziologiyasi, mantiq, kibernetika(ayniqsa, dasturlashgan ta`lim elementlarini ishlab chiqishda) ma`lumotlariga tayanadi.



          1997 yildan boshlab mamlakatimizda ta`lim sohasini tubdan isloh qilish pedagogik fanlarni o’qitish metodikasi fani oldiga o’quv-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirish, o’quv faoliyatida o’quvchilarning o’quv faoliyati mustaqilligi va ijodiy faolligini shakllantirish yo’llarini aniqlash, tajriba-sinov ishlarining rolini oshirish kabi masalalarni ko’ndalang qo’ydi. Pedagogik fanlarni o’qitish metodikasi fanini oldida turgan dolzarb muammolardan biri ma`lumotlarni o’quvchilarning ustiga «yuk» bo’lib tushishini bartaraf etish. Ta`limning yangi texnologiyalari-ning rivojlanishi, ta`limni komp`yuterlashtirishni amalga oshirish EHM qo’llash bilan bog`liq o’quv dasturlari, dasturlash tillarini ishlab chiqish-ni, pedagogik fanlarni o’qitishda kompyuterning o’rni va o’qituvchining rolini aniqlashni shart qilib qo’ydi.  

          Oliy o`quv yurtini tugatuvchi mutaxassis kelajakda faqat maktab, oliy maktab o`qituvchisi yoki ilmiy xodimgina bo`lib qolmasdan, ma`naviy intellektual etuk shaxs bo`lib etishishni ta`minlash uchun pedagogika fani talaba ko’z o’ngida mustaqil fan sifatida shakllanadigan qilib tuzilgan.
Download 24.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling