Pedagogika


Download 0.8 Mb.
Sana12.06.2020
Hajmi0.8 Mb.
#117935
Bog'liq
Tojiyeya Baxtiniso




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TERMEZ DAVLAT UNIVERSITETI

PEDAGOGIKA ” FAKULTETI



5111700-BOSHLANG`ICH TA’LIM VA SPORT TARBIYAVIY ISHI

ta’lim yo’nalishi bo’yicha



TOJIYEVA BAXTINISONING

Mavzu: « Boshlang’ich sinflarda perimetr va yuza o'lchov birliklarini o'rgatish metodikasi » mavzusida yozgan

Frame1

Qabul qildi: Jumayeva Hulkar.

TERMIZ – 2020-yil.

Mundarija:

Kirish…………………………………………………………………………….. 3

I bob. Boshlang`ich sinflarda matematik tushinchalarni shakllantirish metodikasi …………………………………………………………………...…. . 6

1.1 Boshlang`ich sinflarda matematik tushinchalar o`rgatish ………………….... 6

1.2 O`quvchilarning matematikadan darslarni o`zlashtirish darajasini o`rgansh ...10

II bob. Boshlang’ich sinflarda perimetr va yuza o'lchov birliklarini o'rgatish metodikasi………………………………………………………………………. 18

2.1 Boshlang’ich sinflarda perimetr va yuza o'lchov birliklarini o'rgatish metodikasi ………………………………………………………………………..18



2.2 Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining matematikadan uslubiy tayyorgarligi …..26

III. bob ……………………………………………………………………….. 29

Xulosa…………………………………………………………………………… 29

Foydalanilgan adabiyotlar va internet resurlari…………..…………………. 32

I.Kirish.

O’zbekiston Respublikasida shakllangan uzluksiz ta’lim tizimi barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tayyorlash jarayonining samarali tashkil etilishini ta’minlashga xizmat qiladi. Uzluksiz ta’lim tizimi doirasida faoliyat olib boruvchi ta’lim muassasalari ilg’or, demokratik hamda insonparvar g’oyalarga tayangan, hamda yangicha mazmunga ega bulgan ta’lim jarayonini tashkil etishda muhim o’rin tutadi. Uzluksiz ta’lim tizimini shakllantirish, shuningdek, tag’lim mazmunini yangilash ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning bosh g’oyasi sanaladi. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ta’kidlanganidek, ta’limning yangi tizimi va mazmunini shakllantirish uchun «ilg’or texnologiyalarni hamda o’quv-tarbiyaviy jarayonning didaktik ta’minotini yaratish» talab etiladi. Bu muhim vazifaning ijobiy hal etilishi ta’lim jarayonini tashkil etishga nisbatan yangicha yondashuvni taqozo qiladi. O’zbekiston Respublikasining mustaqilligi sharoitida uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlarida ta’lim jarayonining samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi omillarni izlab topish, bu borada eng maqbul omil deb topilgan yangi pedagogik texnologiyalarni umumiy o’rta ta’lim kasb-hunar kollejlari, akademik litseylari va oliy o’quv yurti faoliyatlariga tatbiq etish borasida amaliy harakatlarni olib borish maqsadga muvofiq deb hisoblanmoqda. Ushbu nazariy xulosaning amaliy tadbiqi sifatida bir qator tadqiqot ishlari amalga oshirilmoqda. Ta’lim jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish borasida umumiy o’rta ta’lim tizimida ham izlanisharning tashkil etilayotganligi alohida e’tiborga molikdir. Zero, oliy ta’lim tizimi ijtimoiy zaruriyat sifatida namoyon bo’layotgan malakali mutaxassisni tarbiyalash jarayonida o’ziga xos o’rin tutadi. Umumiy o’rta ta’lim kasb-hunar kollejlari, akademik litsey va oliy o’quv yurtlarida turli o’nalishlarda malakali kadrlarni tayyorlash davrning o’ta muhim talabi bo’lib, bu borada barcha imkoniyatlarni ishga solish alohida dolzarblik kasb etadi.

Oliy ta’lim mazmunini yangilash jarayonida bo’lajak mutaxassislarning umumiy mehnat va kasbiy ko’nikma hamda malakalarga ega bo’lishlarini ta’minlash masalasining samarali hal etilishiga alohida ahamiyat qaratilishi zarur.

Har tomonlama barkamol insonni shakllantirish bugungi jamiyatimiz oldida turgan dolzarb masalalardan biri bo’lib qolmoqda. Hozirgi maktab o’rindiqlarida o’tirgan yosh avlod ertaga bizning qo’limizdan ishimizni oladigan, hayotimizni davom ettirib, o’zidan keyingi avlodga yetkazuvchi vorislarimiz, O’zbekiston buyuk kelajagining egalaridir! Shu sababli Prezidentimiz Islom Karimov butun mamlakatimiz diqqat e’tiborini barkamol avlod tarbiyasiga qaratmoqda.

Ta’lim – tarbiya jarayoni sifati va samaradorligini oshirish kelgusi taraqqiyotimizning asosi ekanligi ma’lum. Bu haqda Prezidenttimizning quyidagi so’zlari ibratlidir:

“Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo’lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog’liq.

Buning uchun har qaysi ota –ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida avvalo shaxsni ko’rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo’lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish – ta’lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo’lishi lozim, deb qabul qilishimiz kerak. Bu esa ta’lim va tarbiya ishini uyg’un holda olib borishni talab etadi”

Ta’lim jarayoniga pedagogik texnologiyalarni olib kirish “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning ikkinchi bosqich vazifalaridan biridir. Ta’lim - kelajakdagi muvaffaqiyatlar kaliti ekan, uning mahsuli sifatida bugungi o’quvchi kelajakda huquqiy-demokratik jamiyat a’zosi sifatida bu jamiyat hayotida to’laqonli ishtirok eta olishi, zamonning bozor iqtisodiyoti qo’yayotgan talablariga to’la javob bera olishi kerak. Axborot oqimi keskin ortgan,turli yangiliklar hayotimizga shitob bilan kirib kelayotgan davrda mustaqil tanqidiy fikrlash ko’nikmalariga ega bo’lgan,yangilikni o’rganishga doim tayyor bo’lgan, hamkorlikdan cho’chimaydigan , muloqotga erkin kirisha oladigan shaxsni tarbiyalash ta’lim-tarbiya jarayonining asosiy maqsadi bo’lishi kerak va bu borada ta’limda yangi texnologiyalarning qo’llanishiga yo’l ochilishi maqsadga erishish yo’lidagi to’g’ri qadamdir. Hozirgi kunda yangi texnologiya elementi bo’lgan interfaol usullardan keng foydalanilmoqda.

Boshlang’ich sinf matematik darslarida ilg’or pedagogik texnologiyadan foydalanib dars o’tilsa, o’qitish jarayoni takomillashadi deb o`ylayman.

I.bob Boshlang`ich sinflarda matematik tushinchalarni shakllantirish metodikasi

1.1 Boshlang`ich sinflarda matematik tushinchalar o`rgatish.

Boshlang‘ich sinflar dasturida matematik material bilan uzviy bog‘liqlikda turli kichik hisob-kitob ishlarini o‘rganish nazarda tutiladi. Bularsiz tabiatni, borliq olamni o‘rganish mumkin emas. Matematik hossalarda turli obyektlarning va dunyodagi turlicha ko`rinish xossalari aks etgan.

Boshlang‘ich maktabda bolalarga uzunlik, yuza, sig‘im, massa, vaqt haqida dastlabki tasavvurlar beriladi.

Har bir miqdorni o‘rganish uslubiyotining o‘ziga xos hususiyatlari mavjud bo‘lsada, biroq narsa yoki hodisaning hossalarini o‘rganishga umumiy yondashish miqdorlarni o‘rganishning umumiy uslubiyoti haqida chiniqish imkonini beradi. Bu uslubiyot asosida amaliy usul yotadi. Narsalar bilan ishlash asosida aniq xissiy qabul qilish qobiliyatiga tayanib, kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarini miqdorlar uchun umumiy bo‘lgan xossalar bilan tanishtirish.



Davlat ta'lim standard o'quvchilarning har biriga ta'lim olishda teng imkoniyatlarni yaratib berish,har birining yuqori natijaga erishishlarini rag'badlantirish va shu orqali o'quv- bilim jarayoning farqli tashkil etilishini ta'minlash uchun da'vat etilga. Davlat ta'lim standarlarining o'quv fani bo'yicha, ta'lim sohalari bo'yicha ishlab chiqarilishi o'quv fanlarining variantini tanlash asosida o'quv metodik majmualar, jumladan, boshlang'ich sinflarda matematika o'qitishni takomilashtirishni nazarda tutadi. Boshlang'ich matematik amallar bajarishni o`rganish va bilimlarni muvofiqlashtirish tamoyili asosida o'quv fanlarining ichki bog'liqligi va o'quv fanlari aro uzviylikni ta'minlashga xizmat qiladi. Boshlang'ich sinflarda matematik amallar bajarish talablarining o'quvchilar tomonidan bajarilishi ularning tevarak zarur bilim, malaka va konikmalarni egallashlariga yordam beradi.

  1. o'quvchilarning tevarak atrofdagi tabiiy muhitga moslashtirish.

  2. faohiyatning har-xil turlarini o'quv mehnat,muloqatni egallash.

  3. o'z-o'zini nazorat qilish hamda baholarshga o'rgatish.

  4. muayyam umumiy tabiiy -ilmiy iqtidorning belgilangan darajasi uning keyingi taraqiyotining tavsifi.

Shunday qilib, boshlang'ich sinflarda matematik amallar bajarish jarayoni o'quv-bilim jarayoniga matematika o'qitish bo'yicha bilim,konikma va malakalarigina emas balki shaxsning muayyam asosiy faoliyati majmuasi- mehnat o'quv-biluv, kammunikativ-axloqiy va jismoniy- kamolatiga mos keladigan fazilatlarining shakllanishini ham taminlaydi.

1-rasm


O’quvchilarning matematik amallarni bajarishga o'rgatish metodikasining nazariy asoslari. Tizimda yuz berayotgan ijtimoyi - iqtisodiy munosabatlar, xalq ta'limi tizirr lo'layotgan o'zgarishlar "Ta'lim taraqqiyoti qonunda ham" Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi " da ko'rsatib o'tilgandek, har bir sinf o'quvchisiga oldiga muhim vazifa qo'yilmoqda. Bu vazifalar boshlang'ch ta'lim uchun ham xos bo'g'inlarni ajratish imkonini beradiki, bu bo'g'inlar xilma -xil o'quv fanlari dasturlarida, o'quv rejalarida,darsliklarda ta'limning joriy etilishi hamda metodik tizimida biror tarmoqni hosil qilish mumkun.

Davlat ta'lim standartlari o'quv fani bo'yicha o'quv -metodik majmualar (dastur, o'quv rejasi, darstliklar )ni yaratish uchun keng imkoniyatlar ochib beradi, shuningdek o'quv fanlararo bog'lanish va bilimlarni muvofaqiyotlashtirish tamoyili asosida o'quv fanlarni bog'lanishi ta'minlashga xizmat qiladi. Yangi matematika kursida, avvalgiga o'xshash, matematika asosiy o'rni egallaydi. I-IV-sinflarining yangi dasturida matematik materialar mazmuni unchalik ko'p o'zgarmagan: matematika nazariyasi (amallarning xossalar,natijalari va kompanentlardan biri o'zgarganda amallar natijalarining o'zgarishi) kamroq yoritilgan, nazariyaning amaliy masalalar (sanoq,o'lchashlar,hisoblashlar,masalalar yechish ) bilan bog'lanishi bilan yanada mustahkamlangan: eng muhimi tushunchalar (son, sanoq, sistemasi,matematik amallar) shakllantirishining birmuncha mukammal sistema tarzda tutilgan.Shuningdek matematik boshlang'ich o'rganish uslubi ham mukammallashtirilgan. Kichik yoshdagi o'quvchilarni o'qitishning barcha bosqichlaridan ularning tiklash faoliyatini aktivlashtirishga tayanch faktlar va kuzatishlarni o'z vaqtida umumlashtirishga,ayrim masalalar orasidagi o'zaro bog'lanishni tayinlashda, bolalarda mustaqil ishlash o’quvlarini paydo qilishda qaratilgan yangi ilmiy asoslangan usul va uslubdagi maktab dasturiga kiritilgan.



2-rasm


1-2-sinflarda o‘quvchilar uzunlik, massa, (og‘irlik) hajm, vaqt haqida va ularning o‘lchov birliklari haqida tasavvurga ega bo‘ladilar. Misollarni yechish jarayonida ular baho, qiymat, miqdor, narx, tezlik, masofa, unumdorlik tushunchalari bilan tanishadilar.

Boshlang`ich matematika mavzusini o‘rganish jarayonida shunga erishish zarurki, o‘quvchilar o‘zaro bog‘liq, ammo mutlaqo boshqa-boshqa mazmunga ega bo‘lgan “Miqdor va raqam” tushunchalarini aniq farqiga bora olishlari kerak. Masalan, sim o‘ramidan bir bo‘lak kesib olib, o‘lcham birligi detsimetrdan foydalanib, 1 dm, 2 dm, 3 dm, ..., 20 dm kabi uzunliklarni belgilab boramiz. Ya’ni mazkur o‘lcham birligini sim uzunligi bo‘yicha ketma-ket qo‘yish bilan o‘lchaymiz va tegishli nomi bilan – (20 dm) yozib qo‘yamiz.

Agar boshqa o‘lcham birligi, masalan, santimetrdan foydalangan bo‘lsa, miqdorning raqam belgisi o‘zgacha bo‘lganiga erishamiz. Bu raqamni ham tegishli nomi bilan (20 sm) yozib qo‘yamiz. Metr o‘lcham birligidan foydalansak mazkur miqdorning yana bir raqami ko‘rinishga ega bo‘lamiz (2 m).

Raqam va o‘lchamlar tushunchalarini o‘zaro farqlash uchun bu bosqisda mazkur yordamlardan nixoyatda ehtiyotkorlik bilan foydalanish kerak bo‘ladi. 78,40,11,99 kabi misollardan belgilarni qo‘llash bilan bog‘liq mashqlarni shakllantirishda, aynan raqamlarning (sonlarning) o‘zini solishtirish zarurligi 23 sm, 2 dm, 5dm, 1m kabi mashqlarni yechishda esa miqdorlar taqqoslashayotganini qayta-qayta takidlanishi lozim.



1.2 O`quvchilarning matematikadan darslarni o`zlashtirish darajasini o`rganish metodikasi

Har qanday matematik ob’yekt ma’lum xossalarga ega. Masalan: kvadrat to'rtta tomon to'rtta to'gri burchak, teng diogonallarga ega. Kvadratning boshqa xossalarini ham ko'rsatish mumkin. Ob’ektning xossalari orasida uni boshqa ob’yektlardan ajratish uchun muhim va muhim bo'lmagan xossalari farq qilinadi. Agar xossa ob’yekt uchun o'ziga xos va bu xossasiz ob’yektning mavjud bo'lishi mumkin bo'lmasa, bu xossa ob’yekt uchun muhim xossa hisoblanadi. Muhim bo'lmagan xossa – bu shunday xossalarki ularning bo’lmasligi ob’yektning mavjud bo'lishiga ta’sir etmaydi. Masalan: kvadratning yuqorida aytib o'tilgan xossalari muhim xossalardir, «ABCD kvadratning AD tomoni gorizontal holatda» xossa muhim xossa emas. Shuning uchun berilgan ob’yekt nimani anglatishini tushunib olish uchun uning muhim xossalarini bilish yetarli. Bunday holda bu ob’yekt haqida «tushuncha mavjud» deyishadi. Ob’yektning barcha o'zaro bog’langan muhim xossalari to'plami bu ob’yekt haqidagi tushunchalar mazmuni deyiladi. Umuman tushunchaning hajmi – bu aynan bir termin bilan belgilanuvchi barcha ob’yektlar majmuidir. Shunday qilib har qanday tushuncha termin, hajm va mazmun bilan xarakterlanadi. Tushunchaning hajmi va uning mazmuni orasida bog’lanish mavjud: tushunchaning hajmi qancha «katta» bo'lsa, uning mazmuni shuncha «kichik» bo'ladi va aksincha. Masalan: «to'g’ri burchakli uchburchak» tushunchasining hajmi «uchburchak» tushunchasining hajmidan «kichik», chunki birinchi tushunchaning hajmiga hamma uchburchaklar kiravermaydi, faqat unga to'g’ri burchakli uchburchaklar kiradi. Biroq birinchi tushunchaning mazmuni ikkinchi tushunchaning mazmunidan «katta»: to'g’ri burchakli uchburchak faqat barcha uchburchaklarning xossalarigagina ega bo'lib qolmay, balki faqat to'g’ri burchakli uchburchaklarga xos bo'lgan boshqa xossalarga ham ega.



O‘qitish samaradorligining zaruriy va muhim sharti o‘quvchilarning o‘rganilayotgan mavzuni o‘zlashtirishlari ustidan nazoratdir. Didaktikada uni amalga oshirishning turli usullari ishlab chiqilgan, bu — o‘quvchilardan og‘zaki so‘rash; nazorat va mustaqil ishlar; uy vazifalarini tekshirish, testlar, texnik vositalar yordamida sinash. Didaktikada dars turiga, o‘quvchilarning yosh xususiyatlari va boshqalarga bog‘liq ravishda nazoratning u yoki bu usulidan foydalanish masalalari va shuningdek, nazoratni amalga oshirish uslubiyoti yetarlicha chuqur ishlab chiqilgan.

Boshlang‘ich maktab matematika o‘qitish uslubiyotida mustaqil va nazorat ishlari, o‘quvchilardan individual yozma so‘rov o‘tkazishning samarali vositalari yaratilgan. Ba’zi bir didaktik materiallar dasturning chegaralangan doiradagi masalalarining o‘zlashtirilishini, boshqalari boshlang‘ich maktab matematika kursining barcha asosiy mavzularini nazorat qilish uchun mo‘ljallangan. Ayrim didaktik materiallarda (ayniqsa, oz jamlangan maktab uchun mo‘ljallanganlarida) o‘qitish xarakteridagi materiallar, boshqalarida esa nazoratni amalga oshirish uchun materiallar ko‘proqdir.

Boshlang‘ich maktab matematikasida barcha didaktik materiallar uchun umumiy holat topshiriqlarning murakkabligi bo‘yicha tabaqalashtirilishidir. Bu materiallarni tuzuvchilarning g‘oyasiga ko‘ra, o‘quvchining ma’lum mavzu bo‘yicha topshiriqning biror variantini bajarishi o‘quvchining mavzuni faqat o‘zlashtirganligi haqidagina emas, balki uni to‘la aniqlangan darajada o‘zlashtirganligidan dalolat beradi.

Amaliyotda o‘qituvchilar ko‘pincha biror topshiriqning variantlaridan biri boshqalaridan soddaroq yoki murakkabroq deb aytish, bundan tashqari, didaktik materiallar qanchalik san’atkorona tuzilgan bo‘lmasin, ularning mazmuni va tuzilishida nechog‘lik chuqur g‘oyalar amalga oshirilmasin, ular bari bir barcha metodik vazifalarni juda tez hal etishga qodir emas. Shunday qilib, didaktik materiallarni o‘quvchilarning o‘quv materialini o‘zlashtirish darajasini nazorat usullaridan biri sifatida qarash lozim. Shu bilan birga ushbu usul mazkur sinf va o‘qituvchi uchun eng yaxshi usul bo‘lmasligi ham mumkin. Shu sababli didaktik materiallar o‘qituvchini o‘quvchilarning bilim va uquvlarini o‘zlashtirish darajasini aniqlash imkonini beradigan individual tekshirish uchun ishlar matnini tuzishdan xalos eta olmaydi.

Shunday qilib, o‘zlashtirish darajasi tushunchasini tahlil etish va uning mazmunini aniqlash zarurati yuzaga keladi. O‘quv materialini o‘zlashtirilish darajalari ajratilishi va ular mazmunining tasnifi biror darajada shartli ekanligini qayd etamiz. Bunga bir qator sabablar bor.



Birinchidan, o‘quv materialini o‘zlashtirish darajasi tushunchasining umumiyligi va murakkabligi sababli o‘zlashtirish darajalari har birining mazmunini faqat sxematik tavsiflash mumkin.

Ikkinchidan, sanab o‘tilgan darajalarning har biri boshqa darajalarning

elementlarini o‘z ichiga oladi. Masalan, asliga tiklash darajasi berilgan materialni ma’lum chegaralarda (to‘la va chuqur bo‘lmasa ham) tushunishni taqozo etadi; materialni tushunish mazkur bilim va malakalarni hech bo‘lmaganda ancha cheklangan nostandart holatlar to‘plamiga ko‘chirish imkonini beradi.



Uchinchidan, bu darajalardan har birining mazmunini tavsiflash uchun standart va nostandart masalalar (holatlar) tushunchalaridan foydalanildi. Standart masalalar (holatlar) deyilganda bevosita yangi materialni o‘zlashtirish uchun yechiladigan tipik masalalar tushuniladi. Shu sababli “standart masala” atamasi biror masalaga nisbatan, bunday tipdagi masalalar yangi mavzuni o‘rganishda yechilgan-yechilmaganligini bog‘liq ravishda qo‘llanishi mumkin. Yangi to‘plangan bilimlarni rivojlantirishni talab etadigan yangi turdagi masala nostandart masala deb ataladi.

Mazkur tipdagi masalalardan ko‘plab yechish, ularning yechish usulini o‘zlashtirish bo‘yicha maqsadga yo‘naltirilgan ish olib borish nostandart masalani standart masalaga o‘tkazadi. Shu sababli biror o‘quvchi, biror sinf uchun ko‘chirish darajasiga mos keladigan topshiriqlar, agar mazkur masalalar ular ustida ma’lum ish olib borilganidan so‘ng standart masalaga aylangan bo‘lsa, boshqa sinf va o‘quvchi uchun o‘zlashtirishning quyiroq darajasiga mos kelishi mumkin. Shu sababli, o‘quv materialini o‘zlashtirishni tekshirish uchun beriladigan topshiriqlar turli o‘qituvchilar o‘qitadigan sinflar uchun farq qilishi mumkin.

Ushbu masala uchun ko‘paytirish amalidan foydalanib ifoda tuzing: “Darakchi” gazetasining narxi 125 so‘m. Gazetaning bir haftada chiqadigan sonlari qancha so‘m turadi (gazeta dushanba kuni chiqmaydi)?

Mazkur topshiriq standartlaridan farq qiladi. Uni standart ko‘rinishga keltirish uchun o‘quvchilar ma’lum tipdagi masalani yechishlari zarur.

Qo‘shishga doir misollarni ko‘paytirish amali bo‘lgan misollar bilan almashtiring:

2 + 2 + 2 + 2 + 3; 2 + 3 + 3 + 2.

Ushbu masala uchun ko‘paytirish amalidan foydalaniladigan topshiriq yozing: “Xalq so‘zi” gazetasi 100 so‘m yoki 125 so‘m turadi. Agar haftaning dushanba kunidan tashqari gazetaning narxi 150 so‘m bo‘lsa, bu gazetaning bir haftada bahosi qancha turadi?

Bu topshiriqlar ham ilgaridan ma’lum bo‘lgan masalalarni yechish yo‘li bilan standart masalalarga keltiriladi: o‘quvchilar ikkitadan ortiq qo‘shiluvchilarga ega bo‘lgan yig‘indilarga ko‘p marta duch kelganlar va qo‘shiluvchilarni guruhlashni biladilar (guruhlash “Yig‘indini yig‘indiga qo‘shish” mavzusini o‘rganishda standart masalaga aylangan).

Misollarni ko‘paytirish amali bo‘lgan misollarga aylantiring:

1) a + a + a + a; 2) a + b + b + a.

O‘quvchilar qo‘shiluvchilari o‘zgaruvchilar orqali ifodalangan yig‘indilar bilan tanishlar.

Bilim o‘zlashtirilishining mazkur darajasi uchun topshiriqlar keltirishni davom ettirish mumkin edi. Lekin to‘rt topshiriq bir-biridan murakkabligi bo‘yicha farq qilishini qayd etamiz, masalan, uchinchi topshiriq birinchi topshiriqdan murakkabroq.

Eng yuqori o‘zlashtirish darajasi uchun topshiriqlar tushunish darajasi kabi nostandart bo‘lishi lozim. Biroq ularni bajarish uchun ilgari olingan bilimlardan foydalanish yetarli emas. Ulardan ba’zi natijalarni mustaqil hosil qilish lozim. Bunday topshiriqlarni tuzish uchun quyidagilarga asoslanamiz: standart masala sonlar bilan ifodalangan qo‘shiluvchilardan iborat chekli yig‘indidir. Bunday masalani standart ko‘rinishga yo qo‘shiluvchilarni o‘quvchilarga noodatiy shaklda ifodalash hisobiga yoki qo‘shiluvchilar sonini noodatiy berish bilan yoki standart ifodani nostandart matnli masala yordamida berish bilan almashtirish mumkin.

“Ko‘paytirish” mavzusi bilan tanishishdan oldin, ular yig‘indilarning ikki turi bilan tanishganlar: ulardan birida qo‘shiluvchilar sonlar yoki harflar bilan ifodalanadi, boshqalarida esa sonlar yig‘indisi yoki ayirmasi bilan ifodalanadi. Yig‘indilarning bu turlarini o‘rganishdagi farq shundaki, 3 + 5 yig‘indida, masalan, 3 va 5 qo‘shiluvchilar deb atalar edi, (3 + 5) + (7 +2) yig‘indida esa (3 + 5) va (7 + 2) ifodalarga “qo‘shiluvchi” atamasi qo‘llanilmas edi.

Shunday qilib, “(3 + 5) + (7 + 2) yig‘indida qo‘shiluvchilarni ayting” topshirig‘i nostandart topshiriq bo‘ladi. Shu sababli quyida ta’riflangan topshiriqlar o‘quv materialini yuqoridagi to‘rt topshiriqqa nisbatan yuqoriroq o‘zlashtirish darajasiga mos keladi:


  1. qo‘shishga doir misolni ko‘paytirishga oid misolga almashtiring:

(3 + 5) + (3 + 5) + (3 + 5);

  1. qo‘shishga doir misolni ko`paytirishga doir misol bilan almashtiring:

(4 + 3) + (4 + 3) + (4 +3);

  1. bu misolni ko‘paytirishga doir misol bilan almashtiring:

(8 – 5) + (8 — 5) + (8 – 5).

e) qo‘shishga doir misol tuzib uni ko‘paytirishga doir misol bilan almashtiring.

Ko‘paytirish ta’rifidan foydalanish uchun nostandart holatning boshqa varianti qo‘shiluvchilar sonini belgilash hisobiga hosil qilinishi mumkin. Bunga ushbu topshiriq misol bo‘ladi: “2 + 2 + ... + 2” yig‘indida a ta qo‘shiluvchi bor. Qo‘shishga doir bu misolni ko‘paytirishga oid misol bilan almashtiring.

“Ko‘paytirish” mavzusini o‘rganishning birinchi ikki darsida o‘quvchilarning asosiy qismi yaxshi matematik tayyorgarlikka ega bo‘lgan va yangi materialni yuqori sur’at bilan o‘zlashtirayotgan sinf bilan ishlaydigan o‘qituvchi, darslik chegarasidan chetga chiqadigan mashqlar tizimini qarashi mumkin. Masalan, qo‘shishga doir misollarni ko‘paytirish amali bo‘lgan misollar bilan almashtiring: 2 + 2 + 2 + 2 + 3; a + a + a; a + b + b + a + a va shunga o‘xshash. Mazkur holda bular standart topshiriqlardir. Algebraik va geometrik mazmunli o‘quv materialni o‘zlashtirish darajasiga mos topshiriqlar keltiramiz.

2-sinf o‘quvchilariga “Noma’lum qo‘shiluvchini topish” mavzusini o‘rgatishdan keyin (x + 30 = 70 va 30 + x = 70 ko‘rinishdagi tenglamalar bilan tanishilganidan so‘ng) taklif etilishi mumkin bo‘lgan topshiriqlar tizimini qarab chiqamiz. Bu mavzu bo‘yicha standart topshiriqlar tizimiga ushbu turdagi mashqlar xosdir: “Masala bo‘yicha tenglama tuzing va uni yeching”, “...tenglamani yeching”.


    1. Masala bo‘yicha tenglama tuzing va uni yeching: “Karim bir nechta baliq tutdi, Mahmud esa 50 ta baliq tutdi. O‘quvchilar hammasi bo‘lib 90 ta baliq tutishdi. Karim nechta baliq tutgan?”.

    2. Tenglamani yeching: x + 60 = 80.

    3. x + 50 = 80 tenglama bo‘yicha masala tuzing. Uni yeching (o‘quvchilar uchun “50 + 30 ifoda bo‘yicha masala tuzing” topshirig‘i standart masaladir. “Noma’lum qo‘shiluvchini toping” mavzusini o‘rganishda hosil qilingan bilimlardan foydalanib, u 1-topshiriqda keltiriladi).

    4. 50 + x = 80 — 20 tenglamani yeching.

    5. Masala bo‘yicha tenglama tuzing va uni yeching: Go‘zalda 50 ta atirgul bor edi. U 30 ta gulni Malikaga berdi. Go‘zalda nechta atirgul qoldi? (Bu topshiriqning nostandartligi quyidagidan iborat: o‘quvchilar bu turdagi masalalarni ayirish amali bilan yechganlar: 50 — 30. Ular tuzishlari lozim bo‘lgan tenglama esa 30 + x = 50 ko‘rinishda, chunki o‘quvchilar tenglamalarning boshqa hech qanday turlari bilan tanish emaslar. Shunday qilib, oldingi bilimlar topshiriqni bajarish uchun bevosita foydalanilishi mumkin emas. Ularni jiddiy ravishda qayta anglash lozim).

    6. 3 — 2 + x = 5 tenglamani yeching. O‘quvchilar 3 — 2 va 3 — 2 + x ko‘rinishdagi ifodalar bilan tanishlar, noma’lum qo‘shiluvchi, shu bilan qo‘shiluvchilar faqat ikkita bo‘lgan tenglamalarni yechishni biladilar. Mazkur tenglama dastlabki almashtirishlarni talab etadi, chunki ular uchun ilgari olingan bilimlarni bevosita qo‘llanish yetarli emas. O‘quvchilar 3 — 2 yoki 1 bo‘lgan yig‘indini ko‘rishlari lozim.

4-sinf o‘quvchilariga to‘g‘ri to‘rtburchak yuzini hisoblash formulasini o‘rganilgandan so‘ng taklif qilinishi mumkin bo‘lgan topshiriqlar tizimini ko‘rib chiqaylik. To‘g‘ri to‘rtburchakning bo‘yi va eni sonli yoki harfiy qiymatlar bilan berilgan va uning yuzini topish kerak bo‘lgan masalalar standart masalalar bo‘ladi. 4- sinfda standart topshiriq sifatida bir necha sodda standart masalalarni o‘z ichiga oladigan murakkab masala xizmat qilishi mumkinligini qayd etamiz.

Keltirilayotgan tavsiyalarni boshlang‘ich sinf matematika darslarida qo‘llanilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.

O‘quv qo‘llanma bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga matematikadan bilim berishda yuzaga keladigan turli ijtimoiyiqtisodiy, bozor iqtisodiyotiga oid, o‘quvchilarni ijodiy faollikka yetaklaydigan, metodik vazifalarini mustaqil hal etish uchun tayyorgarlik saviyalarini oshirishni nazarda tutadi. Qo‘llanma talabalarning matematikadan boshlang‘ich ta’lim metodikasi bo‘yicha asosiy ishlarining tavsifi va namunalarini o‘z ichiga oladi. Har bir mashg‘ulotning mavzui, unga tayyorlanish jarayonida o‘quvchi bajarishi lozim bo‘lgan topshiriqlar, uslubiy ko‘rsatmalar va eng muhim nazariy manbalar keltirilgan. Qo‘llanma o‘quvchilarning mashg‘ulotlarga tayyorlanishida foydalanishlari va ularning mustaqil ishlarini tashkil etish uchun mo‘ljallangan. Qo‘llanmada o‘quvchilar uchun ko‘p o‘yinlar va ulardan foydalanish bo‘yicha metodik tavsiyalar, yangi pedagogik texnologiya yutuqlaridan foydalanilgan holda milliylashtirilgan materiallarni amaliyotga tatbiq etish masalalari keng yoritilgan.

II bob. Boshlang’ich sinflarda perimetr va yuza o'lchov birliklarini o'rgatish metodikasi.

2.1 Boshlang’ich sinflarda perimetr va yuza o'lchov birliklarini o'rgatish.

Tekis figuralarning boshqa hossalari orasida yuzalarni o‘lchash tushunchasini kiritish amaliy usulga asoslanadi. Yuza birliklari mavzusi 4-sinfda o‘rganiladi. Yuza haqidagi boshlang‘ich tushunchalarni shakllantirishga tayyorgarlik ishi 1-2-sinflardayoq boshlanadi.



Bosma aosdagi daftarlar bilan ishlashda figuralarni bo‘yash, mehnat darslarida qog‘ozdan figuralar qirqib olish, tasviriy san’at darslarida rasm solish figurani tekislikning yopiq siniq chiziq bilan chegaralangan bo‘lagi sifatida qabul qilinishiga imkon beradi. Bolalar ko‘pincha yuzani o‘lchash tushunchasini uni ratsional hisoblash bilan aralashtirib yuboradilar. “To‘g‘ri to‘rtburchak yuzini o‘lchash nima?” olgan savolga ko‘pincha bolalar “ bu uning bo‘yini va enini o‘lchab ularni ko‘paytirish ” deb javob beradilar. Biroq to‘g‘ri to‘rtburchakning yuzini topish degan so‘z unda yuza birligi (sm2, m2) necha marta joylashgan ekanini aniqlash demakdir. O‘qituvchi bolalarni yuza tushunchasi va yuza atamasi bilan tanishtirishda amaliy ishdan foydalaniladi: stollar, partalar, kitob va daftarlar, turli figuralar sirti, yuzasi birligini, ularni matematikada “yuza” (yuz) deb atalishini suhbat mobaynida tushuntiradi. (17 rasm)







Umumlashtirish. Biz figuralar va narsalarning yangi hossasi-yuzasi bilan tanishdik. Yuza figura qanday joy egallaganini ko‘rsatadi. Yuza-bu miqdordir, chunki u bo‘yicha figuralarni taqqoslash mumkin.

Yuza o‘lchov birligi kvadrat santimetr bilan tanishtiruvchi dars fragmenti (parchasi)ni keltiramiz. O‘qituvchi. Biz narsalarning bir necha hossalarini va ularni ifodalaydigan miqdorlarni bilamiz (uzunlik, massa, sig‘im).

To‘g‘ri chiziq kesmasi uzunlikka ega to‘g‘ri to‘rtburchak, uchburchak, doira, bayroqcha esa yuzaga ega. Yuzalarni o‘lchash uchun katakchalarga bo‘lingan paletkadan foydalanamiz.

Agar paletkaning har bir katagi tomoni 1 sm dan bo‘lgan kvadrat bo‘lsa, yoki 4 ta daftar katakchasini o‘z ichiga olsa, uni 1 kvadrat santimetr deyiladi. (18 rasm).

1 kvadrat

santimetr

18 rasm


O‘quvchilar bilan frontal ish tashkil etiladi. Ularga orqa tomonlari katakchalarga bo‘lingan quyidagi shakllar tarqatiladi ( 18 rasm)

Topshiriq. Paletka yordamida (18 rasmdagi) quyidagi figuralar yuzalarini o‘lchang. Ustma-ust tushadigan figuralar teng figuralar, ustma-ust tushmaydigan figuralar (yuzalari teng) tengdosh figuralar deyiladi





1 2




1 2


18 rasm

3 3


18 rasm

Yuqoridagi I va II varianlardagi 1-figuralar teng , 2-figuralar tengdosh, 3-figuralar teng ham emas, tengdosh ham emas.

So‘ngra kvadrat detsimetr bilan tanishtiriladi. Buning uchun 10x10 (kvadrat santimetr) li taxtachadan foydalanamiz, u 100 ta 1 kv – sm li kataklarga ega. Uning tomonlari 10 sm =1 dan bo‘lgani uchun uni 1 kvadrat detsimetr deyiladi.

1 dm 2 10 · 10 = 100 sm2

Kvadrat metr va kvadrat detsimetrlar orasidan munosabat ham shu tariqa o‘rnatiladi.

1m2 = 100 dm2 . 1m2 = 100 sm2 · 100 = 10000 sm2

Kvadrat metr va kvadrat detsimetrlar orasidagi munosabat ham shu tariqa o‘rgatiladi.

1m2 = 100 dm2 . 1m2 = 100 sm2 - 100 = 10000 sm2

Eng so‘ngi bosqichda to‘g‘ri to‘rtburchak yuzasini topish o‘rganiladi. To‘g‘ri to‘rtburchakning yuzini topish uchun uning tomonlari (bo‘yi va eni) ni o‘lchab, ularni ko‘paytiramiz. ( 19 rasm).

19-rasm


Yuza birligini kiritishga tayyorgarlik davrida beriladigan topshiriqlar quyidagicha bo‘lishi mumkin.

1.Quyidagi figuralar yuzalarini taqqoslang.

Bu ishni ular bo‘lingan kvadratchalar sonini sanash orqali amalga oshirish mumkin.( 20-rasm )



20-rasm


21-rasm


SHu figuralar yuzalarini taqqosla. Buning uchun shu figuralar qancha kvadratdan iborat ekanini aniqlang.

1 sm 2 – yuza birligi kiritilgandan keyin beriladigan topshiriqlar quyidagicha bo‘lishi mumkin.



1.Uzunligi 5 sm va eni 1 sm bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak kvadrat santimetrlarga 22 – rasmda ko‘rilgandek bshlgan. Nechta kvadrat santimetr hosil bo‘ldi. Bu to‘g‘ri to‘rtburchak yuzi 5 sm







































 





































 





































 





































 

22-rasm


2. Quyidagi figuralar nechtadan kvadrat santitmetrlarga bo‘lingan. Ularning har birining yuzalari nimaga teng?








 

 




 

 

 

 

 







 

 

 



 










 

 

 

 

 

 

 










 

23-rasm


3.Rasmdagi figuralarning tomonlari uzunligini va yuzalarini aniqla.

(24 – rasm ).

To‘g‘ri to‘rtburchak (yuzini) topish qoidasini o‘rganishi uchun quyidagi chizmalardan foydalanish mumkin.

1 2

3 4 24-rasm


4*3=12


Yoki

3*4=12


javob: yuza 12 sm2




25-rasm

Yuza birliklari orasidagi munosabatlarni o‘rganish va bu haqidagi bilimlarni mustahkamlash uchun quyidagi mashqlarni kiritish foydali.



  1. Kvadrat detsimetrlarda ifoda qil:8 m 2 ; 14 m 2 ; 40 m 2 ; 6 m 2 35 dm 35 dm 2 ; 18 m2 70 m2 ; 200 m2 ; 1000 m2 ; 2768 sm 2.

  2. Kvadrat santimetrlarda ifoda qil:

5 m2; 7 m2; 9 m2 ; 8 dm2; 5 dm2 ; 35 dm2 :

3. Kvadrat metrlarda ifoda qil:

100 dm2; 300 dm2 ; 1000 dm2 ; 645 dm2 ; 916 dm2.



4. . Taqqosla

15 m2 6 dm2 va 156 dm2 80sm2 va 8 dm 2



3m2 va 750 sm2 1m2 va 250 dm2

  1. 4

6 m2 va 6000 sm 2 5 dm2 va 500 sm2

  1. Quyidagi figuralar yuzalarini top:







4 sm


2.2 Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining matematikadan uslubiy tayyorgarligi

Mamlakatimizda yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va xalq ta’limi tizimida bo‘layotgan o‘zgarishlar, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ko‘rsatib o‘tilganidek, har bir boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi oldiga muhim vazifa qo‘ymoqda.

Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining metodik tayyorgarligi deyilganda, biz uni ilmiy dunyoqarash asosida matematika o‘qitish metodikasi bo‘yicha umumiy psixologik-pedagogik va matematik tayyorgarlik bilan uzviy bog‘lanishda tayyorlanishni tushunamiz. Bunday tayyorlanish vazifasiga matematikadan boshlang‘ich ta’lim sohasida ma’lum bilim va malakalarni egallash hamda o‘quvchilarni o‘qitish orqali tarbiyalashni o‘zlashtirishi kiradi.

Metodik tayyorgarlik boshlang‘ich sinf o‘qituvchisini tayyorlashning tarkibiy qismi bo‘lib, uning ta’lim-tarbiyaviy faoliyatidan ajralgan holda qaralishi mumkin emas. Ikkinchi tomondan, boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish birinchi bosqichdir, ya’ni o‘quvchilarni navbatdagi maktab matematika kursini o‘zlashtirishga tayyorlash bosqichidir yoki matematikadan tayyorligidir. Matematikadan boshlang‘ich ta’limning bu ikki jihati (boshlang‘ich ta’limning tarkibiy qismi va matematika oldi tayyorgarligi) metodikada o‘zining munosib aksini topishi lozim.

Boshlang‘ich matematika kursi, bir tomondan, o‘quvchilarning bilimlaridan turli sohalarda foydalanishga yordam beradi. Shu bilan boshlang‘ich bilimlar yagona majmuyini yaratadi, ikkinchi tomondan zaruriy metodologik tasavvurlar va fikrlashning mantiqiy tuzilishlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan.

O‘quvchilarning 6—10 yoshli davri eng muhim fikrlash tuzilmalarining shakllanishida mas’ulyatli palla ekanligini psixologlar isbot qilishgan. Mana shu paytda shakllantirilmagan qobiliyatini keyinchalik tiklash juda qiyin. Shu sababli boshlang‘ich ta’lim metodikasining, xususan, matematikadan boshlang‘ich ta’lim metodikasining asosiy vazifalaridan biri — o‘qitishning samaradorligini oshirishni ta’minlashda o‘qitishning o‘quvchilar aqliy rivojlanishlariga ta’sirini jadallashtirishdan iborat.

Matematikadan boshlang‘ich ta’lim-tarbiyaviy vazifalar nazariy bilimlar tizimi asosidagina hal etilishi mumkin. Bu ilmiy dunyoqarash, psixologiya, didaktika, matematika va matematika faning xususiyatlarini o‘z ichiga oluvchi metodologik o‘qitish nazariyasi (matematika didaktikasi)dan iborat. Biroq birgina nazariy bilimlarning o‘zi, har qanday boshqa tayyorlanish kabi yetarli emas. O‘qitishning ma’lum mazmuni va o‘qituvchilarning aqliy faoliyati saviyasi bilan ta’sirlanadigan eng oqilona usullarini tiklash va qo‘llanishini bilish, darsga tayyorlanishda yoki darsning o‘zida yuzaga keladigan aniq uslubiy vazifalarni hal etishda zarurdir.

Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarning aqliy qobiliyatlarini rivojlanishiga asos solinishi sababli boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi uchun o‘quvchilarning aqliy faoliyati darajasi va imkoniyatini bilish hamda hisobga olish, muhimdir. Kelgusidagi amaliy faoliyat uchun xususiy, amaliy, o‘quvchilar mustaqil ish natijasida, xususan, seminar, amaliy va laboratoriya ishlarida matematika o‘qitish metodikasida bajariladigan ishlar orqali egallanadi.

Amaliy mashg‘ulotlarga tayyorlanish va unda yuzaga keladigan hamda nazariy bilimlardan foydalanilishni talab etadigan turli-tuman uslubiy masalalar yuzaga keladi. Uslubiy masalalar har bir darsda namoyon bo‘lib, shu bilan birga, odatda ular bir qiymatli yechimga ega emas. Darsda yuzaga kelgan uslubiy masalalarning eng to‘g‘ri yechimini o‘qituvchi tez topa olishi uchun har tomonlama tayyorgarlikka ega bo‘lish talab etiladi. Shu sababli mazkur qo‘llanmada keltirilgan uslubiy masalalar va shular jumlasidan, dars jarayonida bevosita yuzaga keladiganlari ham iloji boricha turli usullar bilan hal etilishi lozim. O‘quvchilarning xato javoblari natijasida yuzaga keladigan uslubiy masalalarga alohida e’tibor berilishi lozim. Xatolar mohiyatini aniqlash va tushuntirish muhim ta’limiy vazifadir.

Maktabgacha yoshdagi o‘quvchilar uchun o‘yinlar muhim ahamiyatga ega. Bular — o‘yin uchun o‘qish, jiddiy tarbiya shaklidir. Bu kichik yoshdagi maktab o‘quvchilari uchun ham ma’lum darajaga ega. Boshlang‘ich ta’lim uslubiyoti bu xususiyatlarni hisobga olmaydi. O‘yindan o‘qitish vositasi sifatida mutlaqo foydalanilmaydi. Mavjud didaktik o‘yinlar, mantiq ilmi va matematika nuqtayi nazaridan mazmunan yetarli emasliligi sababli ulardan kam foydalaniladi, shu bilan birga boshqa yo‘l bilan o‘rganilgan materialni faqat mustahkamlash vositasi sifatida qo‘llaniladi.

O‘quvchilarni 6—7 yoshdan o‘qitishda o‘ziga xos muammolar yuzaga keladi. Sanoqni o‘rganish, qo‘shish va ko‘paytirishni birinchi bosqichda o‘rgatish (yigirma ichida), boshlang‘ich ta’limning asosiy vazifasi bo‘lib kelgan. Biroq bu vazifa yagona bo‘lmasdan, balki o‘quvchilarni matematikani o‘rganishga yanada kengroq va har tomonlama tayyorlash ishining tarkibiy qismi bo‘ladi. Ushbu ikki asosiy yo‘l bilan belgilanadi: pedagogik yo‘l, ya’ni o‘quvchilar fikrlashini qo‘llaniladigan matematik mulohazalarga tayyorlash va matematika yo‘li, ya’ni o‘quvchilarni eng muhim matematik tushunchalarni, eng avvalo, natural son va geometrik shakl tushunchalarini o‘rganishga tayyorlash.

O‘quvchilarni matematikani o‘rganishga tayyorlashda ishni nimadan boshlash yangicha yechim topishni taqozo etadi. Matematikani “jiddiy” o‘rganish uchun o‘quvchilarni partaga o‘tqazishdan oldin, balki ular bilan “matematik o‘yin” o‘tkazish lozimdir.Maktab tayyorgarligida didaktik o‘yinlardan foydalaniladi, biroq bu o‘yinlar, birinchidan mantiqiy va matematik mazmun bilan boyitilgan bo‘lmog‘i, ikkinchidan ular mashg‘ulotning o‘zida emas, balki undan oldin yoki keyin o‘tkaziladi.



XULOSA

Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish jarayonida o’quvchilarni boshlang’ich sinf matematika darslarida o’quvchilarning matematik amallar bajarishni o’rganishini tashkil etish didaktik prinsiplarini o’rganish va ularga individual yondashish darajasi bo’yicha bilish topshiriqlarini ularni xal etish jarayonida cheklash shart-sharoitlarini belgadashdan iborat bo’ladi. Psixologik-pedagogik nuqtai nazardan o’quvchilar boshlang’ich sinf matematika darslarida o’quvchilarining matematik amallar bajarishni o’rganishini tashkil etish didaktik ‘rintsi’larining o’ziga xosliklari, o’quv jarayonining didaktik ta’minoti, didaktik ishlanmalar moxiyati va yo’nalishi ko’rib chiqilgan, bu barcha materiallarning o’quvchilar Boshlang’ich sinf matematika darslarida o’quvchilarining matematik, vaqt, hajm va h.k amallar bajarishni o’rganishini tashkil etish didaktik prinsiplarini shakllantirish maqsad va masalalariga muvofiqligining ilmiy asoslangan taxlili berilgan.Boshlang’ich ta’lim amaliyotida qo’llanuvchi masalalar o’quvchilar Boshlang’ich sinf matematika darslarida o’quvchilarining matematik amallar bajarishni o’rganishini tashkil etish didaktik prinsiplarini shakllantirishga turli darajada qulaylik yaratadi. Bu holat ularni shakllantirish ta’siri darajasi bo’yicha guruhlarga masalalarni cheklash zaruriyatini qo’yadi.

Biz o’zimizning nazariy qarashlarimiz asosida Boshlang’ich sinfda matematika kursining metodik ta’minoti tarkibini aniqladik va o’quvchilarning o’qish jarayonida. Boshlang’ich sinf matematika darslarida o’quvchilarning matematik amallar bajarishni o’rganishini tashkil etish didaktik prinsiplarining foydalanilmagan imkoniyatlarini belgiladik.

Eksperimental ma’lumotlarga suyanib, yangi qo’llanmalar didaktik materiallar kompleksi va metodik tavsiyalar tizimi ishlab chiqildiki, ular o’quvchilar Boshlang’ich sinf matematika darslarida o’quvchilarining matematik amallar bajarishni o’rganishini tashkil etish didaktik ‘rintsi’larini faollashtirish darajasiii oshirishga imkon beradi.

Ishlab chiqilgan didaktik materiallar o’quv vaqti noishlab chiqarish sarfiyotini kamaytirishga yordam beradi, o’quvchilar Boshlang’ich sinf matematika darslarida o’quvchilarining matematik amallar bajarishni o’rganishini tashkil etish didaktik prinsiplarini jadallashtirishga imkon yaratadi, o’quvchilar makoniy va mantiqiy fikrlashi, o’quv ishiga ijodiy yondoshuvi va o’qishga qizikishini oshirishga imkon beradi.

Boshlang’ich sinf matematika darslarida o’quvchilarining matematik amallar bajarishni o’rganishini tashkil etish didaktik prinsiplarini o’rganish va ularga individual yondashish bilim olish faoliyati muxim ahamiyat kasb etadi, chunki bola birinchi marta jamoat jixatidan baxolanuvchi faoliyatga kirib boradi. Bu faoliyat barcha o’quvchilar uchun majburiy bo’lgan qoidalardan iborat bo’lib uning muvaffaqiyati birgina o’quvchiga emas butun jamoaning faol harakatini talab etadi.

Aynan shu davrda bola bilim olish faoliyatining jamoa ishlab chiqqan uslublarini egallash zaruriyatini tushunadi. Chunki faqat ulargina qo’yilgan masalani muvaffaqiyatli yechishni ta’minlaydi, aynan shu paytda bilim olish faoliyati to’planadi.

Boshlang’ich sinf matematika darslarida o’quvchilarining matematik amallar bajarishni o’rganishini tashkil etish didaktik prinsiplarini o’rganish va ularga individual yondashishni tashkil etishda o’qituvchi yetakchi rol o’ynaydi. Uni shaxsi, bilimi va o’quvchilarga bo’lgan munosabati, metodik maxorati - bular bari ko’rib chiqilayotgan masalani muvaffaqiyatli yechilishida katta ahamiyatga ega. Ayni paytda o’quvchilarning rivojlanish darajasi, bilim doirasi kabi omillar ham ta’sir etadi. Ushbu barcha omillar birgalikda ta’sir ko’rsatadi. Aynan o’kituvchi o’quv materialini tizimlashtirib, ta’lim va uslub shaklini har bir o’quvchining qobiliyati va imkoniyatini hisobga olgan holda ta’lim jarayonini tashkil etadi.



Olib borilgan ilmiy izlanishimiz boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish jarayonida o’quvchilarni matematika darslarida o’quvchilarining matematik amallar bajarishni urganishini tashkil etish didaktik prinsiplarini o’rganish va ularga individual yondashish usulllarini ishlab chiqish imkonini berdi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

  1. Sh.M.Mirziyoyev. “Erkin va farovon demokratik O’zbekiston Davlatini birgalikda barpo etamiz” –T.: “O’zbekiston” 2016-y -56-b.

  2. Sh.M.Mirziyoyev. “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak”. –T.: “O‘zbekiston” 2017 y. -104-b.

  3. N.U.Bikbayеva, R.I.Sidеlnikova,G.A.Adambеkova. Boshlang’ich sinflarda matеmatika o’qitish mеtodikasi. (O’rta maktab Boshlang’ich sinf o’qituvchilari uchun mеtodik qo’llanma.) T.: “O’qituvchi” 2010-y. -512b.

  4. M.Е.Jumayеv, Z.G’ Tadjiеva. Boshlang’ich sinflarda matеmatika o’qitish mеtodikasi. (OO’Y uchun darslik.) T.: “Fan va tеxnologiya” 2009-y.

  5. M.E.Jumayеv. Boshlang’ich sinflarda matеmatika o’qitish mеtodikasi. T.: O’qituvchi. 2012-y.

  6. M.E.Jumayеv. “Boshlang’ich matеmatika o’qitish mеtodikasidan amaliy mashg’ulotlar to’plami”. T.: O’qituvchi 2015-y.

  7. M.E.Jumayеv. Bolalarda matеmatik tushunchalarni rivojlantirish nazariyasi va mеtodikasi. (KHK uchun ) ToshkеnT.: “Ilm Ziyo” 2016-y.

  8. M.E.Jumayev. Bolalarda boshlang‘ich matematik tushunchalarni rivojlantirish nazariyasi va metodikasi. -T.: ILM ZIYO, 2013.-232 b.

  9. R. Ibragimov Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilish faoliyatini shakllantirishning didaktik asoslari. Ped.fan.doktori ilmiy darajasi olish uchun yozilgan avtoreferati. –T.: 2010.- 40 b.

  10. “Maktabgacha ta’lim” jurnali maqolalari

  11. www.natlib.uz internet kutubxona

  12. www.ziyonet.uz materiallari

  13. www.kitob.uz

  14. www.tdpu.uz

  15. www.referat.arxiv.uz

  16. www.testing.uz


Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling