Pedagogika va tabiiy fanlar


Download 450.17 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana10.06.2020
Hajmi450.17 Kb.
#116857
  1   2   3
Bog'liq
kurs ishi mavzulari va uni bajarish boyicha uslubiy korsatma


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI  

QISHLOQ VA SUV XO’JALIK  VAZIRLIGI 

 

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI 

 OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZILIGI 

 

ANDIJON QISHLOQ XO’JALIK INSTITUTI 

 

 

 

 

“PEDAGOGIKA VA TABIIY FANLAR” KAFEDRASI 

 

“KASBIY PEDAGOGIKA” 

fanidan 

 

Bilim sohasi: Bilim sohasi – 100000 – Gumanitar soha 



Ta’lim sohasi – 110000 – Pedagogika 

Ta’lim yo’nalishi: 

5111000 - Kasb ta’limi (5410200-Agronomiya  dexqonchilik mahsulotlari bo’yicha))

 

5111020  –  Kasb  ta’limi  (5430100-Qishloq  xo’jaligini                  mexaniziyalashtirish)  bakalavriat 

ta’lim yo’nalishlari uchun 

 

 



 KURS ISHI MAVZULARI VA UNI BAJARISH BO’YICHA  

USLUBIY KO’RSATMA 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

ANDIJON-2014 

 

Fanning  kurs  ishlarini  bajarish  bo’yicha  uslubiy  ko’rsatmasi  o’quv, 



ishchi o’quv reja va o’quv dasturiga muvofiq ishlab chiqildi. 

 

 



 

Tuzuvchilar: 

 

Azimjonov. N 

“Pedagogika va tabiiy fanlar” kafedrasining 

p. f. n katta o’qituvchisi 

Alibekov Sh 

“Pedagogika va tabiiy fanlar” kafedrasining assistenti 



 

Taqrizchilar: 

 

Z.Azimova  

Andijon Davlat Universiteti “Pedagogika” kafedrasining 

p.f.n dotsenti

 

 

Fanning  kurs ishlarini bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatmasi “Pedagogika 



va  tabiiy  fanlar”  kafedrasining  201_  yil  “___”  ______  dagi  “___”  -  son 

yig’ilishida  muhokamadan  o’tgan  va  fakul’tet  kengashida  muhokama  qilish 

uchun tavsiya etilgan. 

 

Kafedra mudiri: __________ Muzaffarov. O 

 

Fanning  kurs  ishlarini  bajarish  bo’yicha  uslubiy  ko’rsatmasi    “Qishloq 



xo’jaligini        mexaniziyalashtirish” fakultet kengashida muhokama etilgan va 

foydalanishga tavsiya qilingan (201__ yil ___dagi __-sonli bayonnoma) 



 

Fakultet kengashi raisi: __________ Abdullaev D 

 

 



Fanning kurs ishlarini bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatmasi “Agronomiya” 

fakul’tet  kengashida  muhokama  etilgan  va  foydalanishga  tavsiya  qilingan 

(201__ yil ___dagi __-sonli bayonnoma) 

 

Fakultet kengashi raisi: __________ Asranov E 

 

 



Kelishildi: O’quv uslubiy bo’lim boshlig’i________Samatov N 

 



Mundarija 



 

1.  Kirish --------------------------------------------------------------------------- 

2.  Kurs ishining maqsad va vazifalari------------------------------------- 

3.  Kurs ishi mavzusini tanlash------------------------------------------------ 

4.  Axborot uslubiy ta’minotni yaratish va ularni o’rganish----------- 

5.  Kurs ishi rejasini tuzish-------------------------------------------------- 

6.  Ma’lumotlarni to’plash va qayta ishlash -------------------------------- 

7.  Kurs ishi matnini yozish----------------------------------------------------- 

8.  Kurs ishini rasmiylashtirish--------------------------------------------- 

9.  Kurs ishi ximoyasi------------------------------------------------------------ 

10.  Kurs ishini baxolashning reyting mezonlari------------------------- 

11.  “Kasbiy pedagogika” fanidan kurs ishi mavzulari tematikasi--- 

12.  Axborot uslubiy ta’minot------------------------------------------------- 


 



1.  KIRISH 

Ta’lim  –  tarbiya  jarayonini  har  tomonlama  zamonaviy  talablar  asosida 

tashkil etish va rivojlantirishdagi omillardan biri sifatida ta’lim-tarbiya jarayonini 

boshqarishni  yuqori  asosda  tashkil  etish  va  boshqarishdan  iboratdir.  Shu  boisdan 

ta’lim  tarbiya  jarayonida  pedagogik  jarayonni  boshqarishning  nazariy  asoslari  va 

uning mexanizmlarini shakllantirishda  

«Kasbiy  pedagogika”  fanining  mazkur  uslubiy  ko’rsatmasi  “Ta’lim 

to’g’risida”gi  qonun,  “Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi”  xamda  davlat  ta’lim 

standartlari  bo’yicha  bakalavr  darajasidagi  malakali  iqtisodchi-pedagog 

mutaxassislar tayyorlash talablaridan kelib chiqib tuzilgan.  

 

O’quv  jarayonining  uzluksiz  jarayonlaridan  biri-bu  talabalarda  mustaqil 



ishlash  va  nazariy  bilimlarni  puxta  egallashga  qaratilgan  kurs  ishini  bajarish 

xisoblanadi.  Kurs  ishini  bajarish  jarayonida  talabalar  olgan  bilimlarini 

mustaxkamlash  bilan  bir  qatorda  pedagogik  maxorat  asoslarini,  ta’lim 

munosabatlarini,  ijtimoiy-pedagogik  jarayonlarni,  pedagogik  ta’lim-tarbiya 

masalalarni,  jamiyatdagi  ta’lim  jarayoni  isloxotlarni,  ta’lim-tarbiya  jarayonlarida 

kasbiy  pedagogikani  shakllantirish  asoslarini    xamda  pedagogik  maxoratning 

nazariy  asoslari  to’g’risida  xulosalar  chiqarish,  pedagogik  maxoratni 

shakllantirishning  joriy  muammolarini  mo’ljalga  olish  uchun  zarur  bo’lgan 

ma’lumot  (axborot)lar  to’plash  va  ulardan  foydalanish,  tadbirkorlik  faoliyatini 

tashkil  qilish,  rivojlantirish  ko’nikmasiga  ega  bo’lish,  umumpedagogik  ixtisoslik 

yo’nalishidagi  fanlar  bo’yicha  bilimlarini  kengaytiradilar,  ixtisoslik  bo’yicha 

adabiyotlarni  chuqur  o’rganadilar  va  o’zlarida  ilmiy-tadqiqot  ishlarini  mustaqil 

bajarish qobiliyatlarini rivojlantiradilar. 

 

Ushbu  uslubiy  qo’llanma  “Kasbiy  pedagogika”  fani  bo’yicha  yangi 



namunaviy o’quv dasturi va o’quv rejasi asosida tuzilgan bo’lib, unda kasb ta’limi 

yo’nalishida  ta’lim  olayotgan  talabalarning  kurs  ishini  bajarishi  davomida  amal 

qilishi  lozim  bo’lgan  umumiy  tartib-qoidalar,  me’yorlar,  tegishli  ko’rsatma  va 

maslaxatlar berilgan. Uslubiy ko’rsatmani ishlab chiqishda mualliflar talabalarning 

nazariy  bilimlarini  amaliy  jixatdan  mustaxkamlash,  mustaqil  fikrlash  qobiliyatini 

shakllantirish va rivojlantirishni asosiy maqsad qilib qo’ygan.  

 

«Kasbiy  pedagogika”  fanidan  kurs  ishlarini  bajarish  bo’yicha  ko’rsatmada 



berilgan  talablar  kurs  ishini  xajmi,  bo’limlari,  mavzuning  nazariy  axamiyatini 

yoritishdagi  asoslari  ko’rsatilgan  bo’lib,  Kasbiy  pedagogikani  oshirish  va  nazriy 

asoslarini yoritishdagi pedagogik talablarni o’z ichiga oladi. 

 

2.  Kurs ishini maqsad va vazifalari 

Kurs  ishining  maqsadi-talabani  nazariy  va  amaliy  tayyorgarligini  aniqlash, 

uning  fikrlash  qobiliyatini  va  olingan  bilimlarining  chuqurliligini  va  sifatini 

belgilash xisoblanadi.  

 

Kurs  ishining  maqsadidan  kelib  chiqadigan  asosiy  vazifalar  quyidagilardan 



iborat: 

-  “Kasbiy pedagogika” fanidan tanlangan kurs ishi mavzusi bo’yicha mavjud 

pedagogik  maxorat  asoslari  va  pedagogik  maxorat    muammolar  moxiyatini 

nazariy va amaliy asoslash va mazmunli yoritilishi



 

-  pedagogik  maxorat  qonun-qoidalarini,  ta’lim  munosabatlari  va  jarayonlari 



mazmunini yanada teran va chuqur mantiqiy mushoxada qilishi; 

-  milliy  istiqlol  g’oyasi  va  mafkuraning  asosiy  qoidalari  xamda  ta’lim-

tarbiyani  to’g’ri  shakllantirish  asosida  xozirgi  zamon  rivojlangan  malakali 

o’qitishni  shakllantirish  va  rivojlantirishning  dolzarb  muammolarini 

singdirish; 

-  ta’lim  va  tarbiyaviy  munosabatlar  to’g’risida  amaliy  ko’nikmalar  xosil 

qilishi; 

-  Prezident  Islom  Karimov  asarlarini,  Respublika  Oliy  Majlisi  tomonidan 

qabul  qilingan  ta’lim-tarbiyaga  tegishli  qonunlarni  va  Vazirlar  Maxkamasi 

chiqargan me’yoriy xujjatlarni ishda o’zlashtirishi; 

-  internet ma’lumotlari, xisobotlar va xujjatlarni taxlil qilish

-  ishlab chiqarish va xizma ko’rsatish xamda ta’lim samaradorligini oshirishga 

qaratilgan yo’l-yo’riq, xulosalar va ko’rsatmalarni ishlab chiqish. 

-  Kasbiy  pedagogikaning  nazariy  va  amaliy  sohalari  va  kasb-hunar  ta’limida 

o’qitishning  metodik  jihatlarini  optimallashtirishning  ilmiy  yo’nalishlarini 

tahlil qilish. 

Kurs ishini bajarish jarayoni o’quv jarayonning ajralmas qismi bo’lgani uchun 

to’g’ri  tashkil  etish,  yoritilayotgan  mavzuning  sifatli  bayon  etilishiga  ta’sir 

ko’rsatadi.  

Shuning  uchun  kurs  ishini  bajarish  davomida  talaba  o’z  mexnatini  quyidagi 

bosqichlar bo’yicha to’g’ri taqsimlashi katta axamiyatga ega: 

-  kurs ishi mavzusini tanlash; 

-  axborot  uslubiy  ta’minoti  (adabiyotlar,  internet)  ma’lumotlarini  yig’ish  va 

ularni o’rganish; 

-  kurs ishi mavzusi rejasini tuzish; 

-  mavzuga oid turli ma’lumotlar to’plash va qayta ishlash; 

-  kurs ishi matnini yozish; 

-  kurs ishini rasmiylashtirish; 

-  kurs ishini himoyasi; 

Kurs  ishini  bajarishda  talaba  o’z  ustida  ishlashi  bilan  bir  qatorda  kurs  ishi 

raxbarlari  bilan  maslaxatlashishi  va  tegishli  ko’rsatmalar  asosida  faoliyat 

ko’rsatishi zarur xisoblanadi. 



 

3. Kurs ishi mavzusini  tanlash.  

“Kasbiy  pedagogika”  fanidan  kurs  ishini    muvaffaqqiyatli    bajarilishining  

muhim  omili – bu  talabaning o’z  qiziqishi  va  qobiliyatiga  qarab  mos  mavzuni  

tanlashi  xisoblanadi. Shuning uchun  ushbu  bosqichda  talaba  mavzu  tanlashda  

sinchkov  va ma’suliyatli  bo’lishi  lozim.  

 

Kurs ishi  mavzulari  kafedra  tomonidan  ishlab  chiqiladi va tasdiqlanadi.   



Mavzular  soni  talabalar  sonidan  ko’p  bo’lishi  kerak,  ularning yo’nalishi  o’quv  

dasturi    doirasida    va  talabaning    qobiliyati    hamda    imkoniyatlari    darajasida  

bo’lishi kerak.  


 

 



Kurs  ishi    mavzusi    talabalarni    nazariy  bilimlarini    mustahkamlashga    va  

ijodiy    fikrlashga    qaratilgan    bo’lishi    bilan  bir    qatorda    bozor  iqtisodiyoti  

sharoitidan  kelib chiqib belgilanishi kerak.  

 

Kurs  ishi  raxbari    talabaga    tanlangan    mavzu    bo’yicha    kurs  ishi  



topshirig’ini  rasmiylashtiradi va kafedra  mudiri tasdiqlagandan  so’ng  topshiriqni  

talabaga  beradi.  

 

Kurs  ishi  topshirig’ida    talabaning    ismi    sharifi,    mutaxassisligi,  kurs,  



guruxi,    fan  nomi,  kurs    ishi    mavzusi,  topshirish    muddati  bilan  bir    qatorda  

namunaviy  reja   (kirish,  asosiy qism, xulosa  va boshqalar) hamda  adabiyotlar, 

me’yoriy  xujjatlar  va shu  kabilar  aks etishi lozim.  

 

Kurs  ishini    bajarish    jarayonida    kurs  ishi    mavzusini    o’zgartirish    yoki 



boshqa  mavzu  tanlanishiga  ruxsat  etilmaydi.     

     


Kurs  ishi  mavzusini  tanlash  tartibi  gurux  jarnalidagi  ismi,  sha’rifi  raqami 

bo’yicha taqsimlanadi. Guruh talabasi tartib raqami asosida uchta mavzudan ya’ni 

1, 2, 3, lardan ixtiyoriy birini tanlashi mumkin. Agar kursda guruhlar soni  ikkitani 

tashkil etsa ushbu guruhlarga alohida mavzular beriladi. Bir mavzuni ikkita talaba 

yozishi mumkin emas  

 

 



Talaba gurux 

jurnalidagi ismi, 

sha’rifi bo’yicha 

tartib raqami 

1-mavzu 

2-mavzu 


3-mavzu 

1.1 



2.1 

3.1 


1.2 


2.2 

3.2 


1.3 


2.3 

3.3 


1.4 


2.4 

3.4 






60 



1.30 

2.30 


3.30 

 

 



4.  Axborot  uslubiy ta’minotini  yaratish va  ularni  o’rganish.  

 

Talaba kurs ishi mavzusini  biriktirish  to’g’risida  ariza  bergandan sung  va 

kafedra    uni    tasdiqlagandan  so’ng    rahbar    bilan    maslaxatlashib    adabiyotlar  

to’plashiga    kirishishi    kerak.    Bunda    faqat    darslik,    balki  boshqa      fanlarni 

o’rganish  davomida  ko’rsatilgan  adabiyotlar, statistik va  internet  ma’lumotlari,  

qonunlar, me’yoriy  xujjatlar  va boshqalarni  ham  o’rganishi lozim.  

Undan  so’ng    ularning    ichidan    kurs  ishi    mavzusiga    bevosita    aloqador  

bo’lgan adabiyotlar  ro’yxatini  tuzish va ularni  topib  bir qator  tanishib chiqishi  

kerak,  chunki    boshlang’ich    tanishuv    natijasida    talaba    kurs  ishi    rejasini  

mustaqil  ravishda  tuzadi.  



 

Adabiyotlar  va  internet    ma’lumotlari    bilan    ishlashni    mamlakatimizdagi  



ta’lim  qonunchiligiga    ta’luqli    bo’lgan    qonun    va  me’yoriy    xujjatlarni  

o’rganishdan  boshlash  maqsadga  muvofiq   bo’ladi. Har  tomonlama  mukammal  

yoritilgan  va ilmiy  ijodiy  yondoshilgan  kurs ishini  bayon etish uchun  iqtisodiy 

va  tarbiyaviy,  pedagogik  qonuniyatlarni    bilish    va  ularni    qo’llash    katta  

ahamiyatga ega.      

Kurs  ishini  bajarishda  faqat  uslubiy    qo’llanmalarda  va  kurs  ishi 

topshirig’ida  tavsiya  qilingan    adabiyotlardan    foydalanish  bilan    chegaralanib 

qolmasdan,  imkoni  boricha  mustaqil  xolda    tanlangan  adabiyotlarga  asoslanish 

lozim, xatto xorijiy adabiyotlardan ham foydalanish ishni mazmunini boyishiga va 

yanada mukammal bajarilishiga  yordam beradi.  

 

5. Kurs ishi rejasini tuzish. 

Kurs  ishi    tanlangan  mavzuning  dolzarbligi  asoslangan    kirish  qismidan, 

ilmiy  raxbar  bilan  kelishib  tuzilgan  rejaga  ko’ra    nazariy  va  amaliy  masalalar 

yoritilgan asosiy bo’limdan, shuningdek,  xulosa va takliflar yozilgan  xotimadan 

iborat ishdir.  

Rejadagi ko’zda tutilgan masalalar tarkibiy  mavzuning  mohiyatidan kelib 

chiqishi,  aniq bo’lishi  va o’rganilayotgan muammoni  har taraflama aks ettirishi  

muhimdir.  

Rejadagi  har bir masala  o’zaro bog’langan bo’lishi lozim, ularni yoritishda 

esa    kasbiy  pedagogikaning  mohiyatini  va  nazariy  asoslarini  aks  ettituvchi 

tushunchalarning biror ta’lim  muassasalarning  amaliy  ish  faoliyatiga   bog’langan 

bo’lishi ham e’tibordan chetda qolmasligi kerak.  

Quyidagi

 

ayrim  mavzular  uchun  reja  tuzish  tartibi  misol  tariqasida  



keltirilmoqda.  

 

Mavzu: Kasb-hunar ta’limida seminar mashg’ulotlarni rolli o’qitish usullari 



yordamida tashkil etishni takomillashtirish. 

Reja: 


1.  Kirish. 

2.  Asosiy qism: 

2.1 Kasb-hunar ta’limida seminar mashg’ulotlar mazmuni. 

2.2 Kasb-hunar ta’limiga hos pedagogik metodlar. 

2.3 Kasb-hunar  ta’limida  seminar  mashg’ulotlarni  tashkil  etishda  rolli  o’qitish 

usullarini qo’llash metodlari samarasini oshirish. 

2.4 O’qitishni 

tashkil 


etishda 

rolli 


o’qitish 

usullarini 

qo’llashni 

takomillashtirish masalalari. 

3.  Xulosa va takliflar 

4.  Foydalanilgan adabiyotlar 

5.  Ilovalar 

 

Mavzu: Kasb-hunar ta’limi bitiruvchilarini ishlab chiqarishga yo’naltirishda 



xo’jalik aloqalarini mustaxkamlash omillari va yo’llari. 

Reja: 


 

1.  Kirish 



2.  Asosiy qism: 

2.1  “Ta’lim  to’g’risida”gi  qonun  va  “Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi”ning 

malakali kadrlarni yetishtirishdagi amaliy ahamiyati. 

2.2  Kasb-hunar  ta’limi  bitiruvchilarini  ishlab  chiqarishga  yo’naltirishning 

o’quv-tajriba darslarining roli va ahamiyati. 

2.3  Kasb-hunar  ta’limida  o’qitishni  iqtisodiy  qiymatini  oshirishning  xo’jalik 

shartnomilari va ularni rolini oshirish masalalari. 

2.4  Kollej  bitiruvchilarini  korxonalarga  yo’naltirishdagi  tajriba  darslarini 

tashkil etishni texnologiyalashtirish omillari. 

3.  Xulosa va takliflar 

4.  Foydalanilgan adabiyotlar. 

5.  Ilovalar 

 

Mavzu: Prezident I. Karimovning ta’lim-tarbiyaga oid asarlarida pedagog shaxsiga 



qo’yiladigan talablar 

 

Reja: 



1.  Kirish 

2.  Asosiy qism: 

2.1 

Prezident Islom Karimovning ta’lim-tarbiyaga oid asarlarining  moxiyati 



va nazariy asoslari 

2.2 


Prezident  Islom  Karimovning  “Barkamol  avlod  orzusi”  nomli  asarida 

pedagog shaxsiga qo’yiladigan talablar 

2.3 

Pedagog  ma’naviyatini  shakllantirishdagi  Prezident  Islom  Karimovning 



fikrlari va g’oyalari 

2.4 


Zamonaviy  ta’lim  jarayonini  shakllantirishda  Prezidnet  Islom 

Karimovning ta’lim-tarbiyaga oid qarashlarining axamiyati  

3.  Xulova va takliflar 

4.  Foydalanilgan adabiyotlar. 

 

5.  Ilovalar 



 

 

6. Ma’lumotlarni   to’plash va qayta ishlash.  

Ushbu  bosqichda    talaba    adabiyotlar,  internet  ma’lumotlari  va  boshqa 

manbalar    asosida  mavzuni    har  tomonlama  yoritish  maqsadida  ma’lumotlar 

to’playdi  va  ular  bo’yicha  xisob  –  kitoblarni  amalga  oshiradi.    Ushbu  bosqichda 

iqtisodiy va tarbiyaviy taxlil  usullaridan  foydalanib,  tegishli xulosalar chiqariladi.  

 

Kurs  ishini  yozish  jarayonida  bakalavriat  ta’limi  yo’nalishining  semestr 



yakunidagi  malakaviy  amaliyot  va  unga  oid  o’quv-metodik  materiallaridan  hisob 

shakllari,  o’quv  jarayoni  ko’rsatkichlari  asosida  foydalanish  ham  tanlangan 

mavzuning amaliy jihatini aks ettiradi.   

Kurs  ishi  nazariy  jihatdan  turli  manbalardagi  ma’lumotlar  taxliliga  

asoslangan bo’lib,  mavzuga mos muammolar,  takliflar,  sxema,  grafik, jadval va 

diogrammalarda  mujassamlashtirilgan bo’lishi lozim.  



 

SHuningdek,  hozirgi  kunda  davlatimizning  kasb-hunar  ta’limi  tizimidagi 



davlat  siyosati  va  uning  amaliy  ahamiyatini  yoritishga  qaratilgan  ustuvor 

yo’nalishlarga bag’ishlangan ko’rsatkichlar, ma’lumot taxlil jadvallari, kasb-hunar 

ta’lim  tizimidagi  ijtimoiy,  iqtisodiy,  ma’naviy,  tashkiliy  jihatlarning  yangi 

qirralarini  ochib,  tahliliy  omillar  sifatida  keltirib  o’tish  ham  kasb-hunar  ta’limi 

mutaxassisligining  iqtisodiy  munosabatlari  sharoitidagi  amaliy  ahamiyatini  aks 

ettiradi. 

 

7. Kurs ishi matnini yozish.  

 

Kurs ishini bajarishda uni yozish va rasmiylashtirish muhim va ma’suliyatli 



bosqich hisoblanadi.  

 

Kirish qismida talaba tanlagan  mavzuning dolzarbligi, maqsadi,  vazifalari,  

ahamiyati,    uni    o’rganish  darajasi,  metodlari,  yangiligi,  muammoni  o’rganishga 

qaratilganligi,  va  kurs ishi  bo’yicha o’z oldiga qo’ygan masalalar mazmunining  

qisqa (2-3 bet) bayon etadi.  SHuningdek, kurs ishining kirish qismida mavzuning 

hozirgi  kundagi  dolzarbligi,  amaliy  ahamiyati,  rivojlantirishga  nisbatan  talablari, 

maqsadi,  vazifasi,  amaliy  ahamiyati,  ilmiy  ahamiyati,  iqtisodiy  samarasi,  axborot 

bazasi,  yangiligi  kabi  ilmiy-ijodiy  talablarga  javob  berishi  lozim.  Kurs  ishi  kirish 

qismida  mavzuning  asl  masalasi,  tadqiqot  printsiplari,  ishni  yoritishning  metodik 

omillari,  tahlil  printsiplari  keltirilgan  bo’lishi  lozim.  Kurs  ishi  kirish  qismida 

keltirilgan  materiallar  birinchi  o’rinda  davlatimizning  kasb-hunar  ta’limi 

sohasidagi  davlat  siyosati  printsiplari,  dolzarbligini  yorituvchi  mavzuning  aso 

maqsadini keltiruvchi ilmiy farazlari keltirilgan bo’lishi lozim.  

 

Asosiy  qismda    belgilangan  savollarni  yoritishda  masalaga    uzviy    bog’liq 

bo’lgan  nazariy  bilimlar  bilan    bir  qatorda    talaba    tomonidan    to’plangan  

materiallar,  statistik  ma’lumotlar,  pedagogik  tushunchalar  mohiyati  yoritiladi  va 

taxlil  qilinadi.    Olingan  natijalar,    yangiliklar,    g’oya  va  fikrlar  ilmiy  jihatdan 

asoslanadi va o’rganilgan  adabiyotlar, me’yoriy xujjatlar va boshqa manbalardan  

to’plangan  ma’lumotlar    to’la    tahlil  qilinadi.  Ushbu  yo’nalishda  bajarilgan 

ishlarning  mamlakatimiz  va  xorijiy    davlatlar  tajribasi    ham  bayon  etilishi 

maqsadga muvofiq keladi. Agar talaba  mavzu bo’yicha olgan natijalarni tanqidiy 

baxolay olsa kurs ishining qiymati yanada oshadi.  Asosiy qismda mavzu moxiyati 

yanada kengroq ochishda  mavzuga doir chizmalar va jadvallarni ko’rsatib o’tish 

mumkin.  

 

Nazariy tomondan o’rganilayotgan masala chuqur  yoritilgandan so’ng kurs 



ishini  bajaruvchi  nazariy  bilimlarini  amaliy  faoliyat  bilan    o’zaro  bog’lay  olishi 

kerak.  Ish bo’yicha  berilayotgan takliflar  asosli bo’lishi  va  takliflar aniq, lo’nda  

va  tushunarli qilib bayon qilinishi kerak.  

 

Talaba  kurs  ishi  matnini    yozishda  adabiyotlar  va    manbalardan  olingan  



citatalar    va    mualliflarning    qarashlari  qo’shtirnoq  ichida    berilishiga    e’tibor 

berilishi lozim.  

 

Xulosa qismida kurs ishining barcha  qismlari  doirasida bajarilgan ishlarga  

umumiy  yakun      yasaladi.    Ushbu  kurs  ishi  doirasida  erishilgan    asosiy  natijalar 

xulosa va takliflar, tavsiyalar ko’rsatib o’tiladi.  


 

10 


 

Foydalanilgan  adabiyotlar  ro’yxatini  tuzishda  ishning  xulosa  qismidan 

keyin  keltiriladi,    ro’yxatga  faqat  ishni  yozish  jarayonida    muallif  tomonidan 

foydalanilgan  adabiyotlar, qonunlar,  qarorlar,  maqolalar,  tezislar, avtoreferetlar, 

jurnallar, gazetalar va x.k.lar kiritiladi.  

 

Amaldagi  «Xujjatlarni  biblografik  ro’yxatga  olish»  davlat  standartiga  



muvofiq  kurs  ishlarida    foydalanilgan    adabiyotlar  ro’yxatida    quyidagilar 

keltiriladi:  

-  kitob,    monografiya,  darslik,  o’quv  qo’llanmalar  uchun    muallif  (lar)  ning  

familiyasi,  ismi,  va  otasining  ismi  bosh  harflari,  kitobning    nomi,  nashr  joyi 

(shahar), nashriyot nomi,  nashr yili, betlar ;  

- to’plamdagi maqolalar va tezislar uchun   muallif (lar) ning familiyasi, ismi  va 

otasining ismi bosh harflari,  maqola  nomi, to’plamning nomi, nashr joyi (shahar) 

nashr  yili,  betlar  to’plamdagi  maqola    nomi  to’plam  nomidan    //    belgisi    bilan 

ajratiladi.  

-  jurnaldagi  maqolalar uchun  muallifning  familiyasi,  maqola  nomi, jurnal nomi  

yili, betlari, maqola  nomi ham  jurnal nomidan  //  belgisi  bilan ajratiladi.  

 

Kurs  ishida  foydalanilgan    manbaalar  adabiyotlar    ro’yxatidan    alfavit 



bo’yicha  joylashtiriladi.    Agar  talaba    ayrim  ma’lumotlarni  internetdan  olgan 

bo’lsa, muallif va ishning nomi keyin WEB sayti  ko’rsatiladi.  

 

Kurs  ishini  yozish  jarayonida  talaba  adabiyotlarida  keltirilgan  boshqa  olim 



va mutaxassislarning  fikrlarini  keltirish mumkin. Bunday xollarda matnda ushbu 

adabiyotlardan foydalanilganlik belgisi qo’llaniladi.   

 

Ayrim  vaqtlarda    mavzuga  oid  qonunlar,  xukumat  qarorlari  va  me’yoriy 



xujjatlardan aynan ko’chirmalar keltiriladi. Bunday hollarda satr osti izohi beriladi.  

 

 Satr  osti  izohlari    sahifa  so’ngida  berilib,    matnda  har  bir  sahifa  uchun  



ketma – ketlik  asosida  raqamlanadi yoki  yulduzchalar bilan belgilanadi.  

 


Download 450.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling