"Peng Sheng Feed" qk uy xayvonlari uchun ozuqa em ishlab chiqarish
Download 18.71 Kb.
|
investitsiya xitoy
синх, КТП ПРАК ЛЕЧ ФАК 1-КУРС, 11-sinf 1-2 mavzu, DTM-2020 biotest, 7-lab Bobur, PAC arxitekturasi, test biznes, korxona.2docx, Word, 2 5303225115142526875, 2 5384174923570748402, pp[p, kurs ishi face kesim gap markazi hayadarova munisa, Obshie INFO Туризм
Hozirgi kunda viloyatda 63 ta xorijiy investitsiya ishtirokida korxonalar davlat ro'yxatidan o'tib faoliyat yuritib kelmoqda. Ushbu korxonalarni tashkil etilishida qo'yidagi davlatlarning investorlari o'z hissalarini qo'shgan, shu jumladan: Rossiya Federatsiyasi - 16 ta (25,4%), Xitoy Xalk Respublikasi - 16 ta (25,4%), Buyuk Britaniya - 7 ta (11,1%), Turkiya - 5 ta (7,9%), Birlashgan Arab Amirligi - 5 ta (7,9%)Janubiy Koreya - 2 ta (3,2%), Pokiston - 3 ta (4,8%), Qozog'izton – 2 ta (3,2%), Germaniya - 2 ta (3,2%) hamda viloyatda Amerika Qo'shma Shtatlari, Belgiya, Litva, Qozog'izton, Polьshava Italiya, investorlari ishtirokida1 tadan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxona tashkil etilgan. Xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar iqtisodiyotning quyidagi tarmoqlariga ixtisoslashgan: engil sanoat tarmog'ida - 14 ta (22,2%); qishloq xo'jaligi - 9 ta (14,3%), Savdo sohasida – 2 ta (3,2%), Xizmat ko'rsatish sohasida – 5 ta (7,9%), mashinasozlik - 5 ta (7,9%), charmpoyafzal - 3 ta (4,8%), oziq-ovqat - 7 ta (11,1%), qurilish - 4 ta (6,3%), farmatsevtika - 3 ta (4,8%), neftkimyo - 3 ta (4,8%), Parrandachilikva chorvachilik sohalarida – 4 ta (6,3%), yog'ochni qayta ishlash va qog'oz sanoati - 2 ta (3,2 %), iqtisodiyotning boshqa sohalarida – 2 ta (3,2%). Shu bilan birga elektrotexnika va sanfanyans sohalarida 1 tadan korxona tashkil etilgan. Shuni ta'kidlash joizki viloyatda ro'yxatdan o'tgan xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalarning qarib 37,3% engil va qishloq xo'jaligi soxalarga to'g'ri keladi. Viloyatda faoliyat yuritayotgan xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalardan yirik investorlari bular; Xitoyning "Wenzhou Jinsheng trade Co. LTD kompaniyasi tomonidan quyidagi korxonalar tashkil etilgan: “Peng Sheng” QK – keramik plitkalar ishlab chiqarish, "Peng Sheng Feed" QK – uy xayvonlari uchun ozuqa em ishlab chiqarish, "Peng Sheng Casing" QK – Yirik va mayda shoxli xayvonlarning ichaklarini qayta ishlash, "AWP" QK – santexnika jixozlarini ishlab chiqarish, "Peng Sheng Charm" XK – terini qayta ishlash, "Peng Sheng Shoes" XK – poyabzal ishlab chiqarish; Xitoyning "ZTE limited" kompaniyasi tomonidan "Pengzhong Xingshen" QK negizida uyali telefon apparatlarini ishlab chiqarish; Birlashgan Arab Amirligining "West FZE" kompaniyasi tomnidan "Baraka teks" XK – ip kalava ishlab chiqarish; O'zbekiston-Buyuk Britaniyaning "Eurocotton Impex LTD" kompaniyasi tomonidan “Mili Gulistan Textile" QK– ip kalava ishlab chiqarish; O'zbekiston-Birlashgan Arab Amirligining "Twenty First Century Trading" CO LLC kompaniyasi tomonidan "Inzin_tex" QK– trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish; Polьshaning "Coderharm" va Buyuk Britaniyaning "Biznes Invest LTD" kompaniyalari tomonidan "Code Pharm" XK– dori vositalarini ishlab chiqarish; Xitoyning "Iuskaya importno-eksportnaya OZNU" kompaniyasi tomonidan “Gulistan Socks Business" QK – paypoq ishlab chiqarish; Buyuk britaniyaning“Intexlayn liniya LD” kompaniyasi tomonidan “Guliston med texnika”QK – bir marotabalik shpritslar ishlab chiqarish; Rossiyaning “Boroda” kompaniyasi tomonidan "Mos-Yan teks" QK – tayyor trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish; Pakiston fuqaorosi Axmed Muxammad tomonidan "Asian Trade Link" XK – terini qaytab vishlash; Rossiyaning "TD UzTeks" kompaniyasi tomoindan "Sardoba Tekstil" QK – tayyor trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish; Birlashgan Arab Amirligining "Bedeil General Trading" kompaniyasining "Sirdaryo Licorice Exctract" XK – shirin miya ildizini qayta ishlash; Buyuk Britaniyaning "CNRG BUSINESS LP" kompaniyasi tomonidan "Pro Milk Technology" QK – zamonaviy chorvachilik kompleksi; Rossiyaning Vips-Med va Buyuk Britaniyaning "Skiline industries LLP" kompaniyalari tomnidan "Reka Med Farm" QK - infuzion qorishmalar ishlab chiqarish; Rossiyaning "Tsent polimer invest" kompaniyasi tomonidan "Sirdaryo mega luks" QK – polipropilen qoplar ishlab chiqarish; Xitoyning "Wenzhou Xuzhan Investment Co,.Ltd" kompaniyasi tomonidan "CERAMIC RAW MATERIALS" QK – keramik plitkalar ishlab chiqarish hamda "Sirdarya Ceramic Production" XK – keramik plitkalar uchun sayqal ishlab chiqarish. “Peng Sheng” qo'shma korxonasi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 24 iyundagi PQ-1139-sonli qaroriga asosan Xitoy davlati bilan xamkorlikda tashkil etilgan “Peng Sheng” qo'shma korxonasi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 24 iyundagi PQ-1139-sonli qaroriga asosan Xitoy davlati bilan xamkorlikda tashkil etilgan bo'lib, viloyat Adliya boshqarmasi tomonidan 2009 yil 28 martda ustav fondi 3,5 mln. AQSh dollariga teng «Peng-Sheng» O'zbekiston-Xitoy qo'shma korxonasi ro'yxatdan o'tgan. Korxonaning ta'sischilari Xitoyning «Wenzhou Jinsheng trade Co. LTD» kompaniyasi (50%) hamda O'zbekiston-Xitoy «Sinlong» QK (50%). Korxonaga 36,2 gektar er maydoni Sirdaryo tumani Haqiqat SFU ajratilgan. «Peng- Sheng» O'zbekiston-Xitoy QK asosiy faoliyat turlari quyidagilar: - keramik plitkani ishlab chiqarish; - qora mol terisini qayta ishlash; - charm poyabzal ishlab chiqarish. Yuqorida ta'kidlab o'tilgan loyihalarni amalga oshirish uchun umumiy qiymati 26,0 mln. dollar ziyod miqdorda investitsiyalar o'zlashtirilgan. Ushbu loyihalarning yillik ishlab chiqarish quvvati 4 mln. kv.metr keramik plitkalar, 600 ming dona qora mol terisi hamda 300 ming juft poyabzal tashkil etadi. Korxona 2010 yilning oxirlarida keramika plitkalarini ishlab chiqarish yulga qo'yildi. Shu bilan birga «Peng-Sheng» O'zbekiston-Xitoy qo'shma korxonasi negizida 2 ta xorijiy korxona va 4 qo'shma korxonalar («Peng Sheng Shoes» XK, «Peng Sheng Charm» XK, «Pengzhong Xingshen» QK, "AWP" QK, «Peng Sheng Casing» QK, «Peng Sheng Feed» QK, ) tashkil etildi. Shu jumladan: - «Peng Sheng Shoes» XK viloyat Adliya boshqarmasidan 2010 yil 28 iyunda ro'yxatdan o'tgan. Korxonaning umumiy ustav fondi 150 ming dollarni tashkil etadi. Korxona ta'sischilari: Hitoyning "Wenzhou Jinsheng trade Co. LTD" kompaniyasi (20%), Xitoy fuqarosi Tszya Silin (40%) hamda Xitoy fuqarosi Vang Tsunsing (40%). Korxonada yiliga 300 ming juft poyabzal ishlab chiqarishga mo'ljallangan. «Peng Sheng Shoes» XK negizda yiliga 300 ming juft poyabzal ishlab chiqarish quvvatiga mo'ljallangan. - «Peng Sheng Charm» XK viloyat Adliya boshqarmasidan 2010 yil 28 iyunda ro'yxatdan o'tgan. Korxonaning umumiy ustav fondi 150 ming dollarni tashkil etadi. Korxona ta'sischilari: Hitoyning "Wenzhou Jinsheng trade Co. LTD" kompaniyasi (20%), Xitoy fuqarosi Zang Xiudong (40%) hamda Xitoy fuqarosi Tszi Tsyuxay (40%). Korxonada yiliga 600,0 ming dona qora mol terisi qayta ishlashga mo'ljallangan. «Peng Sheng Charm» XK 2014 yil yakunlari bo'yicha umumiy qiymati 18783,6 ming dollarga teng mahsulotlar ekport operatsiyasini amalga oshirgan hamda 1683,7 ming dollarga teng import qilgan. - «Pengzhong Xingshen» QK viloyat Adliya boshqarmasidan 2012 yil 05 dekabrda ro'yxatdan o'tgan. Korxonaning umumiy ustav fondi 3160,0 ming dollarni tashkil etadi. Korxona ta'sischilari: O'zbekiston-Xitoy «Peng Sheng» QK (50%) va Xitoyning «ZTE limited» korxonasi (50%). Korxona uyali aloqa vositalarini (telefon) ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan bo'lib, yillik ishlab chiqarish quvvati 100,0 ming dona. - «AWP» QK viloyat Adliya boshqarmasidan 2013 yil 20 aprelda ro'yxatdan o'tgan. Korxonaning umumiy ustav fondi 3750,0 ming dollarni tashkil etadi. Korxona ta'sischilari: O'zbekiston-Xitoy «Peng Sheng» QK (17%), OAJ "Olmalik konmetallurgiya kombinati" (50%) va Hitoyning "Wenzhou Jinsheng trade Co. LTD" kompaniyasi (50%). Korxona santexnika jihozlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo'lib, yillik ishlab chiqarish quvvati 1,2 mln. dona to'rli hil santexnika jixozlarini tashkil etadi. - «Peng Sheng Casing» QK viloyat Adliya boshqarmasidan 2013 yil 20 aprelda ro'yxatdan o'tgan. Korxonaning umumiy ustav fondi 1400,0 ming dollarni tashkil etadi. Korxona ta'sischilari: O'zbekiston-Xitoy «Peng Sheng» QK (50%) va Hitoyning "Wenzhou Jinsheng trade Co. LTD" kompaniyasi (50%). Korxona qora mol ichagini qayta ishlashga ixtisoslashgan bo'lib, yillik ishlab chiqarish quvvati 600,0 ming dona qora mol ichagtni qayta ishlash. - «Peng Sheng Feed» QK viloyat Adliya boshqarmasidan 2013 yil 20 aprelda ro'yxatdan o'tgan. Korxonaning umumiy ustav fondi 1000,0 ming dollarni tashkil etadi. Korxona ta'sischilari: O'zbekiston-Xitoy «Peng Sheng» QK (50%) va Hitoyning "Wenzhou Jinsheng trade Co. LTD" kompaniyasi (50%). Korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati 1000 tonna uy xayvonlari uchun ozuqa em ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan. Hozirgi kunda yuqorida qayd etilagan korxonalarda 800 ziyod ishchi xodimlari faoliyat yuritib kelmoqda. Download 18.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling