Pensiya tizimi ijtimoiy himoyaning muhim qismlaridan biri hisoblanadi. Zamonaviy iqtisodiyot sharoitida ijtimoiy himoya institutining bir bo'g'ini sifatida pensiya jamg'armasi vujudga keladi


Download 24 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi24 Kb.
#228967
Bog'liq
Pensiyadan mustaqil ish


FARG'ONA DAVLAT UNIVERSITETI IJTIMOIY-IQTISODIY FAKULTETI IJTIMOIY ISH YO'NALISHI 3-KURS TALABASI MO'MINOVA GULCHIROYNING DAVLAT PENSIYA TA'MINOTI FANIDAN
Mustaqil ishi

MAVZU: O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA PENSIYA TA'MINOTI TIZIMINI BOSHQARUVCHI ORGANLAR

REJA:

1.DAVLAT PENSIYA TA'MINOTINI BOSHQARISH OBEKTLARI



2.DAVLAT PENSIYA TA'MINOTINI BOSHQARISH USULLARI

3.O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA PENSIYA TA'MINOTINI BOSHQARISH ORGANLARINING GURUHLANISHI


Pensiya tizimi ijtimoiy himoyaning muhim qismlaridan biri hisoblanadi. Zamonaviy iqtisodiyot sharoitida ijtimoiy himoya institutining bir bo'g'ini sifatida pensiya jamg'armasi vujudga keladi. Insonlarning o'rtacha umr ko'rishi, mehnatga layoqatlilarga nisbatan aholi sonining sezilarli o'sayotganligi sababli ijtimoiy siyosatning barcha sohalarida jumladan, pensiya ta'minoti tizimidagi jarayonlarni takomillashtirishni taqazo etadi. Iqtisodiyotda mazkur tizim muhim funksiyalarni bajaradi, ular quyidagilardan iborat: birinchidan, qarilik chog'ida kambag'allikdan ijtimoiy himoya qiladi. Ikkinchidan, mehnat faoliyatini tugashi bilan kafolatlangan daromadni taqdim etadi. Ish haqiga bog'liq ravishda ma'lum qiymatga ega bo'ladi; uchinchidan: mazkur daromad kelajakda inflatsiya natijasida turmush farovonligini pasayishiga yo'l qo'ymaydi. Umuman olganda, pensiya tizimini takomillashtirishda rivojlangan tajribalarni hisobga olgan holda sohani rivojlantirishning yangicha metodologik asoslarini yaratish zaruriyati tug'iladi. Fuqarolarning pensiya ta'minoti tizimi ishtirokchilaridan: fuqarolar, ish beruvchilar,soliq va g'aznachilik organlari, byudjet tashkilotlari, banklar va moliyaviy faoliyatining mantiqan uzviylikda bo'lishini va bog'liqligini belgilab beradi.

Nazariy jihatdan ham, amaliy jihatdan keyin ham metodologik hamda tashkiliy jihatdan ham pensiya ta'minoti nazoratini tushuntirish hamda mazkur tizimda moliyaviy moliyaviy nazoratni amal qilishi ancha murakkabdir.

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

- fuqarolarning pensiya ta'minoti sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo'nalishlarini ishlab chiqarish;

-byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi daromadlari va xarajatlarining mutanosibligini ta'minlash;

-byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi tomonidan unga yuklangan vazifalar va funksiyalarning ayniqsa, pensiyalarni va boshqa tegishli to'lovlarni tayinlash va to'lashning belgilangan qoidalarini qo'llash yuzasidan bajarilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish

O'zbekiston Respublilasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari pensiya jamg'armasini boshqarish bo'yicha quyidagi funksiyalar yuklatiladi.

-byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi mablag'lari kelib tushishi va ularni sarflashning har yilgi hamda choraklar bo'yicha prognoz balanslarini shakllantirish;

Pensiyalar, shuningdek, ijtimoiy ta'minot organlari tomonidan to'lanadigan nafaqalarni o'z vaqtida hisoblash va to'lash

-pensiyalar, davlat ijtimoiy sug'urtasi bo'yicha nafaqalarni to'lash harajatlarini mablag' bilan ta'minlash;

-pensiyalar, davlat ijtimoiy sug'urtasi bo'yicha nafaqalarni to'g'ri hisoblanishini hamda o'z vaqtida to'lanishinu nazorat qilish.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROYXATI

1.O'zbekiston Respublilasi konstitutsiyasi Toshkent. O'zbekiston, 2012. 46-bet



2.Davlat pensiya ta'minoti fanidan o'quv-uslubiy majmuaa

3.Internet saytlari.
Download 24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling