Perfect university


Download 98.5 Kb.
bet1/9
Sana12.10.2023
Hajmi98.5 Kb.
#1700573
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-kurs O\'zbek tili fan dasturi (iqtisodiyot)


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

PERFECT UNIVERSITY” OLIY TA’LIM TASHKILOTI






TASDIQLAYMAN”


PERFECT UNIVERSITY” rektori
__________________D.M.Turg‘unov
“___”____________2023yil







O‘ZBEK TILI
FAN DASTURI
Bilim sohasi: 100000 – Ta’lim
Ta’lim sohasi: 110000 – Ta’lim
Ta’lim yo‘nalishi: 60310100 – Iqtisodiyot


Toshkent-2023



O‘quv yili
2023-2024

Semestr
2

ECTS – Kreditlar
6

Fan/modul turi
Majburiy

Ta’lim tili
O‘zbek

Haftadagi dars soatlari
8



1.

Fan nomi

Auditoriya mashg‘ulotlari (soat)

Mustaqil ta’lim (soat)

Umumiy yuklama (soat)

O‘zbek tili

60

120

180

2.

  1. Fanning mazmuni.

Fanning o‘qitishdan maqsad – “O‘zbek tili” fanini o‘qitishning asosiy maqsadi talabalarning o‘zbek tilidan egallagan bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash va yanada kengaytirish, tanlagan ixtisosligi doirasida davlat tilini puxta bilishlariga yordamlashish, nutqlarini kasbiy atamalar bilan boyitish, o‘zbek tilidan yuqori darajada nutqiy savodxonlikni ta’minlashga erishishdir. Vazifalari kundalik mehnat faoliyati hamda turmushida zarur bo‘lgan nutqiy mavzularda o‘zbek tilida mustaqil so‘zlay olish va yozish, ixtisoslikka oid turli nutq uslublarida matn tuza olish, uni o‘zgartira bilish malakalarini shakllantirish. Muayyan nutqiy mavzular doirasida zaruriy grammatik bilimlarni berish, ixtisoslik doirasida og‘zaki va yozma nutqni o‘stirish, turli tipdagi matnlarni erkin tuza olish malakalarini o‘stirish.

  1. Fanning vazifasi – Vazifalari kundalik mehnat faoliyati hamda turmushida zarur bo‘lgan nutqiy mavzularda o‘zbek tilida mustaqil so‘zlay olish va yozish, ixtisoslikka oid turli nutq uslublarida matn tuza olish, uni o‘zgartira bilish malakalarini shakllantirish. Muayyan nutqiy mavzular doirasida zaruriy grammatik bilimlarni berish, ixtisoslik doirasida og‘zaki va yozma nutqni o‘stirish, turli tipdagi matnlarni erkin tuza olish malakalarini o‘stirish.

  2. Asosiy nazariy qism. Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar.

Talabalarning o‘zbek tili fanini o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, amaliy mashg‘ulot ishlanmalari tarqatma materiallari, elektron materiallar foydalaniladi. Amaliy mashg‘ulotlarda ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi.
Fanni o‘qitishda axborot (taqdimot, multimedia texnologiyalari) va ta’limning zamonaviy texnologiyalari (rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalari, fanni to‘liq o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan texnologiyalar) hamda interfaol metodlar (“T-chizma”, “BBB”, “Tushunchalar tahlili”, “Aqliy hujum”, “Klaster” “Zigzag”, “Birgalikda o‘qiymiz”, “FSMU” va boshqa) qo‘llaniladi. Bundan tashqari darslik, o‘quv qo‘llanmalar, tarqatma materiallardan foydalanish nazarda tutilgan.
Amaliy mashg‘ulotlar multimedia qurilmalari bilan jihozlangan auditoriyada har bir akadem guruhga alohida o‘tiladi. Mashg‘ulotlar. Ko‘rgazmali materiallar va axborotlar multimedia qurilmalari yordamida uzatiladi.

Download 98.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling