Peshin namozi


Download 19.94 Kb.
Sana21.04.2020
Hajmi19.94 Kb.
#100463
Bog'liq
PESHIN NAMOZI


PESHIN NAMOZI

Peshin namozi to'rt rakat sunnat, to'rt rakat farz va ikki rakat sunnatdan iborat.
To'rt rakat sunnat quyidagicha o'qiladi:
1. Niyat qilinadi.
2. Iftitoh takbiri aytiladi.
3. Sano duosi o'qiladi.
4. Fotiha surasi. Keyin birorta zam sura.
5. Ruku.
6. Sajda.
7. «Allohu akbar» deb turib, yana Fotiha surasi, zam sura.
8. Ruku.
9. Sajda.
10. O'tirib «Attahiyyat» o'qiladi.
11. «Allohu akbar» deb yana turib, Fotiha surasi va zam sura.
12. Ruku.
13. Sajda.
14. «Allohu akbar» deb to'rtinchi rakatga turiladi. Yana Fotiha surasi va zam sura.
15. Ruku.
16. Sajda.
17. O'tirib, «Attahiyyat», «Salovot», «Robbana» duolari o'qiladi.
18. Salom berib namozdan chiqiladi.
Peshin namozining farzi ham ayni shu tartibda o'qiladi. Faqatgina niyat qilinayotganda «Alloh roziligi uchun peshin namozining to'rt rakat farzini o'qishga niyat qildim», deyiladi. Bundan tashqari, farzda uchinchi va to'rtinchi rakatlarda «Fotiha»dan keyin zam sura qo'shilmaydi.
Peshin namozining ikki rakat sunnati bomdod namozining sunnati kabi o'qiladi.


ASR NAMOZI

Asr namozi to'rt rakat farzdan iborat. Bu namoz bilan peshin namozi farzining o'qilishi bir xil. Niyatda «Asr namozining to'rt rakat farzini...» deyilsa bo'ldi.

SHOM NAMOZI

Shom namozi uch rakat farz va ikki rakat sunnatdan iborat. Uch rakatli farzning o'qilishi:
1. Niyat.
2. Iftitoh takbiri.
3. Sano.
4. Fotiha, zam sura.
5. Ruku.
6. Sajda.
7. Turib, Fotiha, zam sura.
8. Ruku.
9. Sajda.
10. O'tirib, «Attahiyyat».
11. Turib, faqat Fotiha.
12. Ruku.
13. Sajda.
14. O'tirib, «Attahiyyat», «Salovot», «Robbana» duolari.
15. Salom.
Shom namozining ikki rakat sunnati bomdod namozining ikki rakat sunnati kabi o'qiladi.

XUFTON NAMOZI



Xufton namozi to'rt rakat farz, ikki rakat sunnatdan iborat.
Xufton namozining to'rt rakat farzi peshin namozining farzi kabi o'qilib, faqat niyatda farq bo'ladi. Xuftonning ikki rakat sunnati ham yuqorida o'rganganimiz bomdod va shom namozlarining ikki rakat sunnatlari kabi bir xil tartibda o'qiladi.


VITR NAMOZI

Vitr namozi uch rakatli bo'lib, vojib ibodat sanaladi. Farzdan quyiroq, sunnatdan ulug' turadi. O'qilishi shart. Biror sabab ila vaqtida o'qilmay qolsa, qazosi o'qiladi. Vitr namozi xufton namozidan keyin o'qiladi.
Quyidagi tartibda ado etiladi:
1. Niyat.
2. Iftitoh takbiri.
3. Sano.
4. Fotiha, zam sura.
5. Ruku.
6. Sajda.
7. Ikkinchi rakatga turib, «Fotiha», zam sura.
8. Ruku.
9. Sajda.
10. O'tirib, «Attahiyyat» duosi.
11. Uchinchi rakatga turib «Fotiha», zam sura.
12. Zam suradan keyin o'sha tik turgan holda «Allohu akbar», deb quloq qoqiladi.
13. Qo'l qovushtirilib, Qunut duosi o'qiladi.


SANO DUOSI

Subhanakallouhumma va bihamdika va tabarokasmuka va taa’la jadduka va la ilaha g‘oyruk.

FOTIHA SURASI

A’uzu billahi minash shaytonir rojiym. Bismillahir rohmanir rohiym. Al hamdulillahi robbil ‘alamiyn. Ar-rohmanir rohiym. Maliki yavmiddiyn. Iyyaka na’budu va iyyaka nasta’iyn. Ihdinas sirotol mustaqiym. Sirotollaziyna an’amta ‘alayhim g‘oyril mag‘zubi ‘alayhim valazzolliyn.

KAVSAR SURASI

Inna a’toynakal-kavsar. Fa solli lirobbika vanhar. Inna shaniaka huval abtar.

IXLOS SURASI

Qul huvallohu ahad. Allohus-somad. Lam yalid. Va lam yuvlad va lam yakullahu kufuvan ahad.

FALAQ SURASI

Qul a’uzu birobbil falaq. Min sharri ma xolaq. Va min sharri g‘osiqin iza vaqob. Va min sharrin-naffasati fil ‘uqod. Va min sharri hasidin iza hasad.

AN-NOS SURASI

Qul a’uzu birrobin-nasi malikin-nasi ilahin-nasi min sharril vasvasil xonnas. Allaziy yuvasvisu fiy sudurin-nasi minal jinnati van-nas.

ATTAHIYYAT» DUOSI

Attahiyyatu lillahi vas-solavatu vattoyyibat. Assalamu ‘alayka ayyuhan-nabiyyu va rohmatullohi va barokatuh. Assalamu ‘alayna va ‘ala ibadillahis-solihiyn. Ashhadu alla ilaha illallohu va ashhadu anna Muhammadan ‘abduhu va rosuluh.
Download 19.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling