- Onani sevgan bola insonlarni sevadi, insonlaryi sevgan bola vataini sevadi. Pestaloststi axloqiy tarbiyaning eng oddiy masalasi insonga muhabbatdir, bu muhabbat oiladan boshlaiadi. «Ota-onaning uyi axloq, maktabidir», degan edi.
- Pestaloststining fikricha, har bir fazilat tutrisidagi gaplardan ko`ra shu fazilatlarni jonli ravishda sezdirish bolalarning xissiyotlarga chuqur ta’sir ko`rsatib, ularning axloqiy mayllarini o`stiradi.
- Bolalarning axloqiy kuchlarini maktabda davom ettirish lozimdir. Pestaloststi axloqiy tarbiyani din bilan chlmbarchas bog`laydi va bu to`g`rida shunday yozgan edi: «...Xudoni odamlar bir-biriga mehr-muhabbat ko`rsatayotgan joydan qidirgin». Agar odam Xudoni sevsa, u hamma odamlarny xam sevadigan bo`lib qoladi, uning uchun hamma odam bir otaning bolasi kabi aka-uka va opa-singildir, deydi. U bolalarni insoniy mehrli bo`lishga da’vat etadi.
Pestaloststi bolalarning aqliy kamolotini o`stiruvchi didaktik qoidalari haqida - Pestaloststi bolalarning aqliy kamolotini o`stiruvchi quyidagi didaktik qoidalarni olg`a surdi:
- I. Ta’limning tabiat bilan uygunligi.
- 2. Oddiydan murakkabga yo’naltirish.
- 3. Bolaning kuch va qobiliyatiga moslashtirish.
- 4. Ko`rsatmalilik.
- U bunday didaktik qoidalardan boshlang`ich ta’lim jarayonida keng foydalanishni nazarda tutdi.
Pestaloststi bolalarda aqliy kamolot toptirish ta`limoti - «Bola shaxsini har tomonlama kamol toptirish,— degan edi Pestaloststi, o`qituvchiga bog`liqdir. O`qituvchi dastlab bolalarni sevishi, ular uchun otalik yoki onalik vazifasini bajarishi, har bir darsni ko`rsatmalilik asosida o`qitish lozim. U ona tili, tarix, geografiya, arifmetika, tabiiyot fanlarining bilimdoni bo`lishi va ulardan to`gri saboq berishi lozimdir»,
- Pestaloststi pedagogika fani taraqqiyotyga katta hissa qo`shdi. Uning ulug` kashfiyoti shunchaki, tarixda birinchi marta kambag`al xalq farzandlari uchun maktab ochdi va uni ishlab chiqarish mehnati bilan bog`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |