Php operatorlar


Download 18.45 Kb.
Sana21.02.2023
Hajmi18.45 Kb.
#1217722
Bog'liq
PHP QISQA QO`LLANMA


Assalomu aleykum dasturchilar, dizayner yoki bo'lajak dasturchilar :) Bugundan boshlab PHPdan shaxsiy maqolalarimni yozishni boshlayman.
Avval o'zimni tanishtirsam mani ismim Farrux, internetda esa WebStyle deb atashadi :). Mirobod kompyuter texnologiyalari kollejida o'qiyman. Keling o'zim haqimda emas PHP haqida ma'lumot beray.
PHP juda keng qo'llanadigan dasturlash tilli bo'lib, internet juda katta qismini egallab o'lgan. Nega aynan internetni deyishingiz mumkin. Chunki PHP web server texnologiyalari hisoblanib, web server yani saytda ishlaydi. Masalan qolgan dasturlash tillarida tuzilgan dasturlar konsolda yoki windows(oyna) shaklida ishlaydi. Tuzgan dasturimizning natijasini ko'pchilikga yoqimsiz va tushunarsiz bo'lgan konsolda ko'ramiz. Agarda biron-bir odamga oddiygina tuzgan dasturingizni ko'rsatmoqchi bo'lsangizchi? Yoqimisiz, qop-qora konsolni ko'rsatasizmi? :) Windows elementlaridan foydalanib, o'ziga xos dizaynga ega dastur tuzishga esa anchagina vaqt ketadi. Lekin tuzgan taqdiringizda ham oddiy foydalanuvchini e'tiborini qozonish juda qiyin bo'ladi.
Unda qanaqa dastur tuzish kerak deb o'ylaysiz. Masalan siz oddiy hisob kitob qiluvchi dasturning kompyuter uchun C++ yozdingiz va huddi shu dasturni PHPda yozib chiqdingiz. Endi shu dasturni do'stingizga foydalanishni tavsiya qilsangiz, do'stingiz nima qiladi? Albatta o'sha PHPda yozilgan dasturni ishlatib ko'radi. U oddiygina mobil telefoni yoki planshetidan o'sha dastur joylashtirilgan saytga kirib ko'radi va albatta bu dasturingizdan qoyil qo'ladi :) Yani dastur foydalanish qulay bo'lgan platformaga tuzish kerak. Ayni paytda web sayt va mobil telefonlar foydalanish hamma uchun qulay. Masalan hozir internet juda rivojlanib, foydalanish esa qulaylashib bormoqda. Demak kelajakda internet bundan ham rivojlanib ketadi. Shuning uchun internetga dastur ya'ni Web App yozish kerak. Bunda esa bizga PHP yordam beradi.
PHP Operatorlar
PHP dasturlash tilida boshqa dasturlash tillari kabi o'ziga xos operatorlarga ega. Operatorlar o'zgaruvchilar va qiymatlar ustida amallarni bajarish uchun ishlatiladi.
PHP operatorlar quyidagi guruhlarga bo'linadi.

  • Arifmetik operatorlar

  • Belgilash operatorlari

  • Taqqoslash operatorlari

  • Oshirish/kamaytirish operatorlari

  • Mantiqiy operatorlar

  • String operatorlari

  • Massiv operatorlari

  • Shartli belgilash operatorlari

PHP arifmetik operatorlari
PHP arifmetik operatorlari qo'shish, ayirish, ko'paytirish kabi umumiy arifmetik amallarni bajarish uchun raqamli qiymatlar bilan ishlatiladi.
+ - Qo'shish
- - Ayirish
* - Ko'paytirish
/ - Bo'lish
% - Modul
** - Darajaga oshirish uchun ($x**$y bunda $x ni $y chi darajasini hisoblaydi)
PHP Belgilash operatorlar
PHP belgilash operatorlari o'zgaruvchiga qiymat yozish uchun raqamli qiymatlar bilan ishlatiladi. PHP da asosiy belgilash operatori "=" dir.
x=y teng >> x=y
x+=y teng >> x=x+y
x-=y teng >> x=x-y
x*=y teng >> x=x*y
x/=y teng >> x=x/y
x%=y teng >> x=x%y
PHP solishtirish operatorlari
== Teng
=== bir xil
!= Teng emas
<> Teng emas
!== bir xil emas
> dan katta
< dan kichik
>= dan katta yoki teng
<= dan kichik yoki teng
PHP Oshirish/kamaytirish operatorlari
++$x - $x ni bir marta oshiradi, keyin $x ni qaytaradi
$x++ - $x ni qaytaradi, keyin $x ni bir marta oshiradi
--$x - $x ni bir marta kamaytiradi, keyin $x ni qaytaradi
$x-- - $x ni qaytaradi, keyin $x ni bir marta kamaytiradi
PHP mantiqiy operatorlari
and - Mantiqiy "va". Ikkita qiymatni ikkalasi rost bolganda rost bo'ladi.
or - Mantiqiy "yoki", ikkita qiymatning hatyabi birisi rost bo'lsa rost bo'ladi.
xor - Mantiqiy "xor", ikkilasini faqat birisi rost bo'lsa rost bo'ladi.
&& - Mantiqiy "va". Ikkita qiymatni ikkalasi rost bolganda rost bo'ladi.
|| - Mantiqiy "yoki", ikkita qiymatning hatyabi birisi rost bo'lsa rost bo'ladi.
! - Mantiqiy "inkor", Qiymat yolg'on bo'lgandagina rost bo'ladi.
PHP String operatorlari
. - bu ikkita string tipdagi o'xgaruvchini qo'shadi.
.= - misol uchun $x.=$y bunda $y ni $x ga qo'shadi.
Download 18.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling