Plakat taxtachasi; chizma uchun chorcho‘p; yo‘nalish ko‘rsatkich taxtachasi; supurgi dastasi, kurak dastasi, bolta dastasi.
Duradgorlik iskanalari vazifasiga ko‘ra yo‘nuvchi, o‘yuvchi va nov iskanalarga bo‘linadi (55-rasm, a, b, d). Yo‘nuvchi iskanalar yordamida yo‘nish yo‘li bilan taxtalarning chetlariga faska chiqariladi, tirnoqlar rostlanadi, teshik, uyalar yo‘nib kengaytiriladi. Shuningdek, yumshoq va yupqa taxtalar o‘yib teshiladi. Qalin va qattiq yog‘ochlarni o‘yish-teshish ishlari hamma vaqt o‘yuvchi iskanalar yordamida bajariladi. Yo‘nuvchi iskanalar yupqa, o‘yuvchi iskanalar qalin bo‘ladi. Bundan qat’i nazar ularning eni turli o‘lchamda tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |