Plyuralizm Falsafiy nuqtai-nazardan plyuralistik qarash turli-tuman fikrlar


Download 12.78 Kb.
Sana24.05.2022
Hajmi12.78 Kb.
#697811
Bog'liq
Hujjat
6300 642 Онтогенез псих, m.ish. , 2 5208943397515039195, 2 5208943397515039195, Fizikadan masalalar yechish texnologiyasi. Masalalar yechish o`q, 1. Ikki o lchovli integral, uning xossalari, geometrik va mexani, KIF 212-19 , Amaliy ish KT, 1 топшириқ Ҳаёт фаолияти хавфсизлиги, Amaliy ish KT, Amaliy ish KT, 1. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimini tashkil etuvchilari, 10 sinf informatika test 1, 4-laboratoriya

Plyuralizm Falsafiy nuqtai-nazardan plyuralistik qarash turli-tuman fikrlar

Kurashini emas, balki ularning jamiyat ijtimoiy tashkillanishining namoyon bo‘lishi, deb karaladi. Plyuralizm ijtimoiy hayotning turli-tumanligi va ana shunday turli-tumanlik orasidagi ziddiyat, raqobat, muxolifatning ijtimoiy taraqqiyot manbai ekanini bildiradi. Bunday hodisalarning demokratik tarzda, qonunlar doirasida hal kilinishi ko‘zda tutiladi. Plyuralizm atamasi birinchi marta 1712 yilda X.Volf tomonidan kiritilgan edi. Falsafada plyuralizmga qarama-qarshi ma’noda monizm atamasi ishlatilib, u butun borliqning yagona asosi mavjud, deb o‘rgatadi. XIX va XX asrlarda monistik qarash asosan hukmron edi. Plyuralizmning keyingi davrlarda keng tarqalishi sababi jamiyat taraqqiyotining demokratiyalashuvi bilan bog‘liq, deyish mumkin. Aytish mumkinki, har bir shaxe o‘ziga xosdir va takrorlanmasdir, har bir qadriyat o‘ziga xos va qadriyatlarni qadrlash ham o‘ziga xosdir. Qolaversa, olamning ilmiy manzarasi xam, uning turli jihatlarini ifodalovchi nazariyalar ham turli tuman, rangbarangdir.


Jamiyat to‘laqonli rivojlanishi uchun unda turli fikrlovchi guruhlar, kishilar,

Harakatlar, partiyalarning bo‘lishi maqsadga muvofiq sanaladi. Plyuralistik tizim samarali ishlashi uchun ko‘pchilik tomonidan ma’kullangan qonunlarning nuqsonsiz ishlash mexanizmi yaratilishi kerak. Buni davlat yoki jamiyat amalga oshirishi kerak bo‘ladi.



Plyuralizm (lot. Pluralis — koʻplik) — 1) borliqning bir necha (yoki koʻplab) mustaqil ibtidosi yoki bilimning bir qancha asosi mavjud deb hisoblovchi falsafiy qarash. Shu bilan birga, manfaatlar, gʻoyalar, qarashlarning ham koʻpligini bildiradi. “P.” Terminini nemis faylasufi X. Volf (16791754) kiritgan (1712). P.ning aksi — monizm. Gʻarb falsafasida juda koʻp oqim boʻlib, ular hozirgi falsafaning plyuralistik harakteridan dalolat be-radi (pragmatizm, personalizm, hayot falsafasi va boshqalar); 2) jamiyat siyosiy tizimining xususiyati. Bunda ijtimoiy guruxlar oʻz manfaatlarini oʻz vakillari (siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari, diniy va boshqa tashkilotlar) orqali ifodalash uchun tashkiliy tar-tib-qoida tusini olgan imkoniyatlarga ega buladilar. Jamiyatni demokra-tiyalash jarayonida (qarang Demokratiya) P. Shakllanib, rivojlanadi: u ijtimoiy guruxlarning turli-tuman manfaatlarini aks ettiruvchi har xil qarashlar, fiqolar mavjudligini anglatadi.[1]
Download 12.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling