Pochta rivojlanishi indeksi global reytingida O‘zbekiston 93-o‘rinda


Download 129.74 Kb.
bet1/6
Sana23.06.2022
Hajmi129.74 Kb.
#773064
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O..123


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Pochta aloqasi tizimi bugungi kunda mamlakat hududlarida xat va pochta jo‘natmalari bilan bir qatorda tovarlarni yetkazib berish, bank, moliya va davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha o‘z infratuzilmasiga ega bo‘lgan muhim soha hisoblanadi. “O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati mamlakatimizning pochta aloqasi milliy operatori sifatida respublika miqyosida
2 mingga yaqin pochta aloqasi ob’ektiga ega bo‘lib, barcha aholi punktlarini qamrab olgan. Shu bilan birga, Milliy operator tarmog‘ini rivojlantirish
bo‘yicha yetarlicha choralar ko‘rilmaganligi oqibatida Umumjahon pochta ittifoqining Pochta rivojlanishi indeksi global reytingida O‘zbekiston 93-o‘rinda qolmoqda. Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish, sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, pochta aloqasi xizmatlarini taqdim etish faoliyatini to‘liq avtomatlashtirish orqali Pochta rivojlanishi indeksi global reytingida mamlakatimizni birinchi 50 talikka kiritish maqsadida: 1. Quyidagilar pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish tizimini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:
a) xat-xabar tashish va kurerlik xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha:
pochta va kurerlik xizmatlarini taqdim etish faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan mahalliy va xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikda “yakuniy manzil” xizmatini joriy etish;
pochta aloqasining an’anaviy xizmatlarini takomillashtirish, ularni raqamlashtirish, jo‘natmalarni qabul qilish, kuzatib borish va yetkazish jarayonlariga axborot texnologiyalari va tizimlarini joriy etish orqali aholi, biznes va davlat idoralariga zamonaviy xizmatlarni taqdim etish;
“Gibrid pochta” jo‘natmalarini qabul qilish va yetkazib berish xizmatlari sonini 2 barobarga oshirish;
b) elektron tijorat bozoridagi faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha:
mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini onlayn sotish va mijozlarga yetkazib berish imkoniyatini beruvchi elektron savdo maydonchasi axborot tizimini yaratish;
logistika markazlarini tashkil etish, tovarlarni saqlash va yetkazib berishni o‘z ichiga olgan xizmatlarni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish;
v) xizmatlar bozoridagi pochta aloqasi faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha:
pochta aloqasi ob’ektlari orqali to‘lovlarni onlayn rejimda qabul qilish avtomatlashtirilgan tizimini modernizatsiyalash va uning mobil ilovasini ishlab chiqish;
respublikaning kamida 1 000 ta pochta bo‘limida, ayniqsa, olis va chekka hududlarda moliyaviy xizmatlar turlarini, xususan, aholidan to‘lovlar qabul qilishni ikki barobarga kengaytirish hamda autsorsing asosida bank xizmatlari ko‘rsatilishini yo‘lga qo‘yish;
olis va chekka hududlardagi pochta bo‘limida davlat xizmatlari ko‘rsatilishini yo‘lga qo‘yish;
pochta aloqasi sohasida joriy etilayotgan yangi xizmat turlarini inobatga olgan holda Milliy operator tizimida faoliyat yurituvchi kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish.
2. Quyidagilar:

Download 129.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling