Pochta rivojlanishi indeksi global reytingida O‘zbekiston 93-o‘rinda


–2023 yillarda O‘zbekiston Respublikasida pochta aloqasi sohasini rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”


Download 129.74 Kb.
bet2/6
Sana23.06.2022
Hajmi129.74 Kb.
#773064
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O..123

2021–2023 yillarda O‘zbekiston Respublikasida pochta aloqasi sohasini rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 1-ilovaga muvofiq;
2021–2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasida pochta aloqasi sohasini rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining quyidagilarni inobatga oluvchi 2021 yilda 42 ta namunaviy tumanlarda (shaharlarda) pochta aloqasi korxonalarini transformatsiya qilish loyihalarini ko‘zda tutuvchi “Yo‘l xarita”larini 3–16-ilovalarga muvofiq amalga oshirish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin:
a) pochta binolarini qayta qurish va ta’mirlash hamda ulardan unumli foydalanish bo‘yicha:
267 ta pochta aloqasi bo‘limi binosini ta’mirlash;
110 ta binoni davlat-xususiy sheriklik asosida zamonaviy ko‘rinishda qayta qurish bo‘yicha kelishuvga erishish;
b) telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish
va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha:
326 ta pochta aloqasi bo‘limigacha 754 km optik tolali aloqa liniyalarini tortish;
250 ta pochta aloqasi bo‘limini zamonaviy kompyuter texnikasi va mobil qurilmalar bilan ta’minlash;
v) pochta aloqasi bog‘lamasining moliyaviy va iqtisodiy ahvolini yaxshilash hamda pochta xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha:
42 ta tuman pochta aloqasi bog‘lamasida “Gibrid pochta” jo‘natmalarini chop etish va unga ishlov bergan holda oluvchilarga yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish;
230 ta pochta aloqasi bo‘limida bank xizmatlari ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish;
55 ta qo‘shimcha pochta aloqasi bo‘limini ochish hisobidan 145 ta yangi ish o‘rni yaratish.
4. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh.M.Sadikov) hamda Milliy operator (A.N.Fayzullayev):

Download 129.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling