Pochta rivojlanishi indeksi global reytingida O‘zbekiston 93-o‘rinda


Bosh vazir maslahatchisi – IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i O.M.Umarov


Download 129.74 Kb.
bet5/6
Sana23.06.2022
Hajmi129.74 Kb.
#773064
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O..123

Bosh vazir maslahatchisi – IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i O.M.Umarov – mazkur qarorda belgilangan vazifalar va chora-tadbirlarning sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirilishi ustidan tizimli nazoratni tashkil etadi;
axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.M.Sadikov – pochta aloqasi tizimini rivojlantirish masalalari bo‘yicha operator va provayderlarning faoliyatini muvofiqlashtiradi, foydalanuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiladi, shuningdek, har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 15-sanasiga qadar ushbu qaror bilan tasdiqlangan “Yo‘l xarita”lari ijrosi to‘g‘risida umumlashgan tahliliy ma’lumotlarni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimlari – aholi gavjum joylarda ustuvor ravishda pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish ob’ektlari uchun yer ajratish, pochta binolaridan samarali foydalanish, ularni zamonaviy arxitektura va shaharsozlik talablariga moslashtirishni ta’minlaydi, shuningdek, tashkil etilayotgan onlayn savdo maydonchasiga mahalliy mahsulotlarni joylashtirish ishlariga tadbirkorlarni keng jalb qiladi;
O‘zbekiston pochtasi” AJ Bosh direktori v.b. A.N.Fayzullayev – qaror bilan tasdiqlangan “Yo‘l xarita”larida “O‘zbekiston pochtasi” AJ oldiga qo‘yilgan vazifalar hamda chora-tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlaydi.
10. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
11. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul hamda shaxsiy javobgar etib Bosh vazir maslahatchisi O.M.Umarov va axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.M.Sadikov belgilansin.
Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.

Download 129.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling