Poeziya xususiyatlari. Shoirlar ijodi


Download 9.79 Kb.
Sana04.06.2022
Hajmi9.79 Kb.
#734131
Bog'liq
poeziya xususiyatlari
2 5206530300204551288, Маъруза матни (2), Present perfect, Present perfect, taqdimot-davomi-2, m.i.2-davomi, resources, Chervyakli reduktorni loyihalash(2), Средства обучения, Questions


Poeziya xususiyatlari. Shoirlar ijodi.
Bugungi istiqlol davri adabiyotshunoslida poeziyaning tadqiqiga e’tibor katta. She’riyatning o‘ziga xos xususiyatlari, mazmun va shakl birligi, uning inson ruhiy va ma’naviy dunyosi bilan uzviy munosabati haqida adabiyotshunoslar turlicha fikrlar bildirganlar. Ilmiy izlanishlar natijasi o‘laroq poeziyaga quyidagicha te’rif beriladi: “Ohang jihatidan ma’lum tartibga solingan, his-tuyg‘u ifodasi sifatida vujudga kelgan o‘lchovli va hayajonli ritmik nutq she’r deyiladi”. Demak, she’r insonning hissiy va ruhiy olamining mahsulidir. Bundan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, she’r asosida kechinma yotadi.insonning borliqqa bo‘lgan munosabati, o‘y-xayollari, orzulari – jamiki tuyg‘ularining tartibli tizilishi natijasida she’rning mazmuni – lirik kechinma hosil bo‘ladi. U “Shaxsan his qilingan, ko‘ngil ko‘zgusida yo‘g‘rilgan, tasavvur qilingan hamda o‘ylangan holda gavdalanmog‘I lozim”.
Lirik kechinma va poetic obrazlar munosabatida yashirin ramziylik, ba’zan ochiq mazmunning bo‘rttirib ifodalanishi kabi qator munosabatlar ko‘zga tashlanadi. H.Xudayberdiyeva she’rlarida umr timsolini turli poetik obrazlar vositasida yaratgan. Masalan: fasllar, ot, qayiq obrazlari umrning goh “tezobin”, goh “daryo toshqinlariday toshar bahorga” xususidagi lirik qahramon kechinmalari o‘zida aks ettirilgan:
Ko‘klam-ku, beparvo o‘taveradi
Qayta kelaverar yana bir zamon.
Mening umrim kelmay kelib boradi,
O‘sha qish atalmish qirg‘oqqa tomon.
Bu misralarda ko‘klam – yoshlik, navqiron umrning timsolida, qish esa keksalik ramzi misolida gavdalanadi. Umr esa an’anaviy yo‘sinda yelib borayotgan kemaga o‘xshatiladi:
Um roti chopog‘on juda,
U yo‘ldadir, yo‘ldadir har choq.
Biz ham doim uning ustida –
Tutolmaymiz jilovni biroq.
Bu misralarda esa umr chopag‘on otga o‘xshatiladi. Biz uning ustidamiz-u, uning jilovini tortolmaymiz, ya’ni umrimiz – o‘tayotgan fursatlarni to‘xtata olmaymiz.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, poeziya kitobxon qalb kechinmalarini turtki berib, lahzaga solishiga sabab bo‘ladi.
Download 9.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling