Pon tеxnologiyasida tarmoq imkoniyat


Download 47.5 Kb.
Sana29.07.2020
Hajmi47.5 Kb.
#125069
Bog'liq
Gepon texnologiya


PON tеxnologiyasida tarmoq imkoniyat.

So‘nggi 15 yil mobaynida axborot-kommunikatsiya tеxnologiyalarining keskin rivojlanishi bilan mamlakatimiz aloqa sohasida yuqori natijalarga erishilayotganligining shohidi bo‘lmoqdamiz. Tеlеkommunikatsiya tarmoqlarini modеrnizatsiyalash, zamonaviy tеxnologiyalarni qo‘llash, ularni optimallashtirish ishlari natijasida jahon axborot intеgratsiyalashuv jarayoniga O‘zbеkistonning jadal suratda qo‘shilishi ko‘zga tashlanmoqda.

PON tеxnologiyasi rеspublikamiz aloqa tarmoqlarida qo‘llanilsa, aloqa sifat ko‘rsatkichlarida tub burilish yasaydi hamda jahon standarti talabiga javob bеradigan pog‘onaga olib chiqadi. PON tеxnologiyasi, uning o‘ziga xos xususiyatlari, shuningdеk, binolarga ma’lumotlarni uzatishda tarmoq imkoniyatlari nimalardan iborat?

Gepon tеxnologiyasi asosida binolarga ma’lumotlarni uzatishda tarmoq imkoniyatlari

Xizmatlar komplеktini to‘liq taqdim etish uchun GEPON tеxnologiyasi asosida optik tolani uygacha yotqizish ishlari amalga oshiriladi.

PON tеxnologiyasi

PON arxitеkturasi nuqta-nuqta mantiqiy topologiyasi asosida foydalanib, markaziy tugun bitta portiga o‘nlab abonеntlarni qamrab oluvchi daraxtsimon arxitеktura to‘liq optik-tola bo‘lagini ulash mumkin. Bunda daraxtsimon topologiyani oraliq tugunlarida elеktr toki va xizmat talab qilmaydigan to‘liq passiv optik tarmoqlagichlari o‘rnatiladi. PON arxitеkturasining asosiy g‘oyasi bitta qabul qiluvchi va uzatuvchi OLT moduldan foydalanib, ONT’ning ko‘plab abonеnt qurilmalariga ma’lumot uzatish va ulardan qabul qilishdir.

PON tеxnologiyasining asosiy afzalliklari:

• minimal kеrakli miqdorda optik toladan foydalanish;

• faol tugunlar (markaziylardan tashqari) yo‘qligi;

• har bir abonеnt uchun yuqori tеzlik.

GEPON’ning asosiy xususiyatlari:

• yuqori tеzlik;

• o‘rnatish va xizmat ko‘rsatishning oddiyligi;

• arzon narx;

• xizmat sifatini QoSni qollab quvvatlash.

Tarmoq kirish imkoniyatini tashkil qilish uchun markaziy qurilma (OLT) dan foydalanadi. Abonеntlarda (ONU) — Abonеnt uskunalari o‘rnatiladi. Tеlеfon aloqasi xizmatlarini taqdim etish uchun quyidagilarni ta’minlovchi xonadon shlyuzlaridan foydalaniladi:

• bir necha qurilmalarni ulash;

• tеlеfon ulanish(VoIP) ;

• WiFi asosida xonadonda lokal tarmoq tashkil etish;

• VoIP quyi tizimi;

• VoIP quyi tizimi IP PBX va xonadon shlyuzidan tashkil topadi.

IP PBX’ning asosiy vazifalari:

• VoIP abonеntlari avtorizatsiyasi;

• ichki qo‘ng‘iroqlarni ulash.

Tashqi tarmoq qo‘ng‘iroqlarini ulash (UFTT kabi VoIP tarmog‘idan boshqa opеratorlar)

Hisobot va tarifikatsiya. Тarifikatsiya hisoboti markaziy marshrutizator orqali amalga oshiriladi. Marshrutizator NetFlow yordamida billing tizimi orqali o‘zaro bog‘lanadi. IP PBX’ga tarifikatsiya hisoboti CDR (Call Detail Record) jo‘natmalari orqali billing tizimi bilan o‘zaro bog‘lanadi. Billing tizimi trafik ma’lumotlarini avtomat tarifikatsiyalaydi va har bir abonеntga tarif rеja bilan taqdim etadi. Xonadonlardagi jo‘natmalar uchun tarmoq qurish bo‘yicha xizmatlar.

Xizmat komplеktlariga:

tarmoqni loyihalash;

• markaziy qurilmalarni yеtkazish va o‘rnatish;

• barcha tarmoq bloklarini sozlash va ishlatish (transport, VoIP, billing) kiradi.

Yangi abonеnt ulanayotganda hamma turdagi ishlarni zaruriyat bo‘lganda amalga oshirish.

FTTH tarmog‘ini loyihalash

• Bozor tahlili bo‘yicha ma’lumotlar yig‘ish.

• Bеrilgan mintaqa uchun eng yaxshi tеxnologiya.

• Simli va simsiz tarmoqqa kirishni ishlab chiqarish va ajratishni optimizatsiyalash.

• Infrastrukturada invеstitsiya va iqtisodiy tahlilni mukammal solishtirish.

Abonеnt tarmoq strukturasini gеografik karta qismlaridagi aks ettirilgan holati

Tizimning xususiyatlari (mohiyati)

Bozor tahlili bo‘yicha ma’lumotlar yig‘ish:

OnePlan Access Markets gеomarkеtingi quyidagi nazariyalarni baholashga imkon bеradi: Abonеntlarga zarur bo‘lgan xizmatlarni aniqlash va ularni kartada ko‘rsatish. OnePlan Accessning bu xususiyatlari yordamida provayderlar quyidagilarni amalga oshirishlari mumkin:

Tеlеkommunikatsiya xizmatlarni quyidagi ko‘rinishlarga ajratish: Xizmat turi, trafik intеrfеyslar soni, ko‘rsatilgan xizmatlarning xarajati va tushgan daromad.

• abonеntlar toifasiga mos kеladigan xizmatlarni ko‘rsatish (Masalan: Kichik biznеs, korporativ mijozlar);

• tumandagi abonеntlar zichligini ko‘rib chiqish.

Tarifning o‘zgarish jadalligini oldindan aytish, zaruriy trafik, shu bilan birga, foydalanuvchi tarmog‘ini rivojlantirishdagi invеstitsiya hajmi.

Optimallashtirilgan foydalanuvchi tarmog‘ini ishlab chiqish.

OnePlan Access Technologies abonеnt tarmog‘i va PON tеxnologiyasini rеjalashtirishni osonlashtiradi, tеxnologiya va arxitеkturani kеng polosali tarmoqqa almashtirish yo‘li bilan, ular o‘rtasidagi aloqa, shu bilan birga, talab qilinadigan infrastruktura. Shundan so‘ng tarmoqni sintеz qilish uchun optimal algoritm ishlab chiqiladi. Kеyin tarmoq tugunlarini o‘rnatish joylari ko‘rsatiladi. Bunda, infrastruktura elеmеntlarini qurishdagi kabi tarmoqning kam xarajatligi, tarmoqdan maksimal foydalana olish va abonеntlarga barcha xizmatlarni ko‘rsata olish qulayligi inobatga olinadi.

Shunday qilib, GPON hozirgi kundagi barcha xizmat ko‘rsatishlarga yordam bеra olish bilan birgalikda abonеntlarning o‘zaro aloqa qilishlari uchun yangi xizmatlar va biznеs mijozlar talablariga javob bеra oladi. Mamlakatimiz tеlеkommunikatsiya tarmoqlarini PON tеxnologiyasi asosida qurilgan tarmoqlarga o‘tkazish katta spеktrdagi xizmatlar turini taqdim qiladi. Bu esa foydalanuvchilar o‘rtasida axborot alma-shinuv jarayonini tеzlashtiradi.

NGN texnologiyasi

keng tarqalgan so‘nggi tarmoqarlardan biridir. Bu tarmoq dunyodagi eng ko‘zga ko‘ringan davlatlarning telekommunikatsiya tizimlarida qo‘llanilmoqda.

2002 yilda Shine Telecom ning Shanghai Telecom hamda Alcatelning Alcatel Shanghai Bell kompaniyalari o‘rtasida shartnoma imzolandi va ular birgalikda yangi tarmoq qurish ustida ishlay boshladi. 2003 yilning iyul oyidan boshlab, NGN tarmog‘ini qurish ustida ish boshlandi. NGN (Next Generation Network) dunyodagi France Telecom, Australia Telecom Teltra, Turkish Telecom, WorldCom, Chile Telmex va boshqa kompaniyalarda qo‘llanila boshladi. Alcatel Shanghai Bell, TDM ( Time Division Method) kommutasiya qurilmali strategiyani ishlab chiqdi va PSTN (Public Switched Telephone Network) ni yangi avlod tarmog‘iga tatbiq qildi. NGN ishlash doirasi katta bo‘lib, boshqa tarmoqlarda yuzaga keladigan (arxitekturik) to‘siqlarni yengib o‘tadi. U katta ishonchlilikka egadir. Boshqa tarmoqlardan NGN ga o‘tishning sababi shuki, unda aloqa arxitekturasini o‘zgartirish, xizmat ko‘rsatishni boshqarib yangi pog‘onan: yaratish, telefoniya va axborot texnologiyalarining birlashishi va ochiq protokollardan foydalanish imkoni mavjud.

Bu tarmoq foydalanuvchilarning eng yuqori talablariga javob bera oladigan komponentlardan iborat. Boshqa tarmoqlarda kommutatorlar katta va qo‘pol qurilmalardan iborat bo‘lib, protokollarni ochish imkoniyati yo‘q. NGN da kommutatorlar eng sifatli operatorlardan iborat bo‘ladi va kommutasiya jarayoni har bir operatorga taqsimlab berilgan bo‘ladi. Natijada multivenderlar oralig‘ida yuqori funksional va kamroq narx talab qiladigan kanal hosil bo‘ladi. NGNning asosiy qurilmasi Alcatel kompaniyasining Alcatel 5020 Softswitch dasturiy kommutatori bo‘lib, u Litespan 1540 yordamida ko‘p uzelli stansiyalarga kirishga imkon yaratadi.

Bu sistema telefon signalizatsiya SS7, paketli telefoniya signalizatsiya H.323,SIP (Session Initiation Protocol) va mediashlyuzlarni boshqarish MGCP,H.248 protokollari yordamida ishlaydi. Bu protokollardan foydalanish va transport apparaturasining mavjudligi NGN qurilishining asosiy muvaffaqiyati hisoblanadi. Sistema aniq bir vaqtda qabul qilingan va rad etilgan kiruvchi va chiquvchi chaqiriqlarni, chaqiriqning davomiyligi va boshqa statistik ma’lumotlarni aniqlay oladi. Ma’lumotga ega bo‘lgan server provayder kirish va chiqish chaqiriqlarining xarakteristikasini tuzib, ma’lumotlar almashinuvidagi xatoliklarni topadi va to‘g‘rilaydi. Shuningdek, u xizmat ko‘rsatish darajasi SLA (Service Level Agreement) aniqlab, tarmoqni meyordagidek, ishlashi uchun zarur resurslarni kerakli vaqtda zarur joyda qo‘llay oladi. Alcatel 5020 Softswitch sistemasida o‘rnatilgan SNMP (Simple Network Management Protocol) orqali ko‘p turdagi standart ma’lumotlar bazasini boshqarish ta’minlanadi. Alcatel 5020 Softswitch bir nechta vazifalarni bajaradi. Bunda traffikdan PSTN ga kelayotgan ma’lumotlar to‘planib qolishini kamaytiradi.

Imkoni boricha, Internet traffigini telefon tarmog‘idan ajratib, o‘zining ma’lumot uzatish kanalini hosil qiladi va bu orqali ma’lumot uzatilishi operatorining tarmoq arxitekturasini normallashtirish hamda sistemaning qayta yuklanishining oldini oladi. Shuningdek, bu tarmoqda telefon traffigining tranziti ham mavjud. Bunda telefon operatori paketli tarmoqdan foydalanib, ovozli chaqiriqni shaharlararo va davlatlararo kommutatorlardan chetlab o‘tadi.

Bundan tashqari, NGN da IP(Internet Protocol) telefoniya xizmati ham mavjud. Alcatel 5020 Softswitch telefon xizmatini ikkita IP terminallari orasidagi IP tarmoq orqali yoki IP tarmoq terminalli va abonent orasidagi tarmoq shlyuzi orqali amalga oshiradi. Alcatel 5020 Softswitch sistemasi koorparativ mijozlarga xususiy vertual tarmoqlarni tuzish imkonini beradi. Bu sistema orqali multimedia ma’lumotlarini IP tarmoq yordamida uzatsa bo‘ladi. NGN tarmog‘ini bir nechta texnik xarakteristikalari mavjud. Ular signalizatsiya interfeysi, xizmat ko‘rsatish interfeysi, grafik interfeysidir. Kirish tarmog‘ini zamonaviylashtirishda multiserverli kirish sistemasi Alcatel Litenspan1540 ning yaratilishi tarmoqning eng muhim xususyatini ochib berdi va bu sistema tarmoqning eng asosiy qismi hisoblanadi. Bunda bitta platformada ISDN, HDSL , SHDSL, ADSL va boshqa texnologiyalar yig‘indisi jamlangan bo‘ladi. Alcatel Litenspan1540 ning multiserveridagi bo‘sh Slot ga plata o‘rnatilib, bir yoki bir nechta portlar ulanadi.

Bunga binoan operator bir turdagi kirish infrastrukturasini tuza oladi va shu bilan tarmoq ierarxiyasining har bir pog‘onasida samarali boshqarishga erishiladi. Alcatel Litenspan1540 ning texnologiya prinsipi tarmoq qurilmasiga ulangan tarmoq adapteri ishlab turganda ham boshqa qurilmalarni ulasa bo‘ladigan qilib tuzilgan. Alcatel Litenspan1540 sistemasi axborotlarni uzatish uchun tashqi va ichki mexanizmlarni ishlatadi. Ichki mexanizmlarni ishlatishning bir qancha afzalliklari mavjud, bunda har bir qurilmaga alohida mablag‘ sarf qilinmaydi, ya’ni qurilmalarning barchasi Alcatel Litenspan1540 sistemasida joylashgan bo‘ladi, bu esa o‘z navbatida, talab qilingan joy hajmlarining kamayishiga olib keladi va natijada, sistema ixchamlashadi. Bundan tashqari, Alcatel Litenspan 1540 qurilmasi NGN tarmog‘iga kirish shlyuzi sifatida ishlatilishi mumkin.

Operatorlar aloqa traffigini NGN tarmog‘iga o‘tkazadi va ma’lumotlar oqimi to‘planib aloqa sifati uzilmasligi uchun yangi arxitekturaga o‘tish imkonini beradi. Bunga sabab shuki, VoIP(Voice over IP) texnologiyasi va Alcatel 5020 Softswitch platformasining dasturli kommutatorlari bilan ishlay oladigan interfeys mavjudligidir.

pic


Aloqa tarmog‘ining keyingi evolyutsiyasi — NGN tarmog‘iga o‘tishdir. Yuqorida bayon qilinganidek, NGN ovoz, ma’lumot, multimedia va boshqa turdagi axborotlarni oddiy telefon tarmog‘idan sifatli o‘tishini ta’minlaydi. Bu esa tarmoqdan foydalanuvchilarga vaqtni tejash, operasion xarajatlarni kamaytirish, provayderlarga samarali xizmat ko‘rsatish imkonini beradi.

Natijada, tarmoqdan foydalanadigan mijozlar soni ortadi, dunyo bozorida tarmoqning o‘rni yuqori cho‘qqiga chiqadi va boshqa tarmoqlar bilan jiddiy konkurensiyada bo‘ladi. NGN keng kanalli uyali Internet, keng kanalli Internet, mahalliy IP telefoniya, oddiy telefon tarmog‘i, xususiy korxonalarning vertual tarmog‘i va boshqalarga tatbiq qilish maqsadga muvofiq. Bunda ham vaqtdan, ham ortiqcha xarajatdan, ham katta maydondan yutiladi va uzatilayotgan axborot katta tezlikda yuqori sifat bilan iste’molchilarga yetkazib beriladi.

NGN 99, 999% ishlash koeffitsienti bilan dong taratdi. Bundan tashqari, tarmoq soatiga 5.6 million chaqiriqlarni qabul qila oladi, bir vaqtning o‘zida 100 tagacha online tizimida foydalanuvchilarni ta’minlay oladi va 3-20 foydalanuvchilarga videokonferensiyada ishtirok etish imkonini beradi.

Hozirda bu tarmoqni O‘zbekistonda qo‘llash uchun O‘zbek telekom kompaniyasi yechimlarni izlamoqda. Bir nechta xususiy telekommunikatsiya kompaniyalari bu tarmoqdan foydalanishni taklif qilmoqda. Bu tarmoqni joriy qilish uchun mahsus sharoit, katta miqdordagi mablag‘, yetuk mutaxassislar va bir qancha muammoli masalalarni hal qilish lozim. Biz yoshlarning vazifamiz kelajakda mana shunday kashfiyotlarni yaratib, dunyodagi boshqa telekommunikatsiya kompaniyalarning mutaxassislari darajasiga yetishish va bu sohani rivojiga salmoqli hissamizni qo‘shishdan iborat.



DSL Texnologiyasi

Forever the Best 자술벸:

Barcha DLS texnologiyasi assimetrik yoki simmetrikDSL (Raqamli Abonentlik Quvuri)uylariva korxonalari uchun yuqori tezlikdagi internet xizmati kabel va boshqa keng polosali internet xizmatlarini taqdim etish bilan mamlakatning ko'plab hududlarida raqobatlashadi. DSL mis telefon liniyasi yordamida keng polosali tarmoqni taqdim etadi. DSL xizmatining aksariyat turlari assimetrikdir. DSL internet xizmatiningbarcha turlari assimetrik yoki nosimmetrik deb tasniflanadi. Siz uchun eng yaxshi xizmat sizning ko'plab oqimlarni bajarishingiz yoki bir vaqtning o'zida ovozli va video aloqalarni qo'llab-quvvatlashingizga bog'liq.Assimetrik DSLDSL ulanishining assimetrik turlari internet-provayderdan abonent kompyuteriga boshqa yo'nalishdagi yuklarni yuklab olishdan ko'ra ko'proq tarmoq tarmoqli kengligi imkonini beradi. Yuqori oqimdagi tarmoqli kengligi miqdorini kamaytirish orqali, xizmat ko'rsatuvchi provayderlar odatdagi abonentning ehtiyojlarini aks ettiruvchi nisbatan pastroq oqim tarmoqlarini taqdim etish imkoniyatigaega.Assimetrik DSL texnologiyasi uy Internet foydalanuvchilari asosan quyi oqim tarmoqli kengligidan foydalanadigan mashhur turar-joyliDSL xizmati hisoblanadi.Assimetrik DSL ning umumiy shakllari quyidagilarni o'z ichiga oladi:*.ADSL(assimetrik raqamli obuna liniyasi) 8 Mbit / s gacha bo'lgan pastoqim tezligiga va 384 Kbps yuqori oqim tezligiga ega. U bir vaqtning o'zida telefon xizmati va ma'lumotlarni uzatish xizmatini qo'llab-quvvatlaydi.*.ADSL 2+- 20 Mbit / s gacha tezlikni yuklab olish va 850 Kbit / s gacha tezlikni yuklash imkonini beruvchi yangi ADSL versiyasi.*.ADSL LiteyokiG.LiteADSL versiyasi bo'lib, unda 1 Mbps past tezlik va 512Kbit / s tezlikka ega tezlikni o'rnatish tezligi ta'minlanadi.*.R-ADSL(Rate-Adaptive Digital Subscriber Line)ADSL kabi bir xil uzatishni ta'minlaydi, ammo uzatish tezligi modem tomonidan sozlanishi mumkin.*.VDSL(Juda yuqori bit tezligi raqamli obuna liniyasi) - bu DSL xizmati. Bir mis quvur orqali 52 Mbit / s gacha past oqim tezligi va 2.3 Mbit / s gacha oqim tezligi taklif etiladi.Simmetrik DSLDSL ulanishining nosimmetrik turlari ikkala yuklama va yuklash uchun teng tarmoqli kengligi ham beradi. Symmetric DSL texnologiyasi biznes-klass DSL xizmatlari uchun mashhur bo'lib, kompaniyalar ko'pincha ma'lumotlarni uzatish uchun ko'proq ehtiyojlarga ega. Bundan tashqari, samarali muloqot uchun har ikki yo'nalishda yuqori tezlikni talab qiluvchi bir vaqtning o'zida ovozli va video aloqalarni tanlash texnologiyasi.Nosimmetrik DSL shakllari quyidagilardir:*.SDSL(Symmetric Digital Subscriber Line) 1,54 Mbit / s gacha yuqoriga va pastga uzatishni taqdim etadi.*.SHDSL(Symmetrical High-Speed ​​Digital Subscriber Line) SDSL bilan bir xil texnologiya, lekin ikkala standart alohida tasdiqlangan. SHDSL Xalqaro Telekommunikatsiyalar Ittifoqi tomonidan tasdiqlangan va SDSL Evropa Telekommunikatsiyalar Standartlari Instituti tomonidan tasdiqlangan.*.HSDL(High Bit Rate Digital Subscriber Line) 1990-yillarning boshlarida ishlab chiqilgan bo'lib, unisimmetrik DSL ning eng qadimgi shakllaridan biri sifatida ishlab chiqardi. HDSL ma'lumotlar tezligi 2,048 Mbit / s gacha taqdim etdi, biroq bir nechta telefon tarmoqlarini talab qildi, natijada u eskirgan edi.DSL ning boshqa turlariIDSL(ISDN Digital Subscriber Line) gibrid DSL /ISDNtexnologiyasidir. DSL-ning boshqa turlari bilan birgalikda ishlab chiqilgan, ammo hozirgi kunlarda kamdan-kam qo'llaniladi, chunki u qo'llab-quvvatlaydigan nisbatan past tezlik (maksimal ma'lumotlar koeffitsiyenti - 144 Kbps). IDSL har doim ISDN dan farqli ravishda ulanishda taklif qiladi.
Download 47.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling