Prenatal patologiya


Download 320.17 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/27
Sana11.11.2021
Hajmi320.17 Kb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27
FALLO TETRADASI 

Yurakning    aralash,    yani    kombinastiyalangan    nuqsonlari    orasida    Fallo    tetradasi 

kattagina    o‟rinda    turadi,      uning    asosiy    belgilari    quyidagilardir:    qorinchalararo  to‟siqda  

nuqson    borligi,    o‟pka    arteriyasining    torligi,    aorta    og‟zining    o‟ngga    surilib  qolgani 

(dekstrapozistiyasi), o‟ng qorincha gipertrofiyasi. 

Fallo  tetradasi  embrion  yuragi  arterial  qonusi  to‟sigining  anomal,  yani  odatdan  tashqari 

tarzda rivojlanishi natijasida yuzaga keladi. 

Klinik kechishi va oqibati stenoz darajasiga bog‟liq. Stenoz anchagina bo‟lsa, hayot bilan  

sig‟isha  olmaydi,  stenoz  borligi  holda  Botallo  yo‟li  ochiq  qolgan  bo‟lsa,  buning oqibati bir 

qadar  xayrli,  chunki  o‟pka  tomirlar  tarmog‟iga  aorta  qon  o‟tib  turishi  uchun  imqon  yuzaga 

keladi. 

Bu  yurak  nuqsoni  klinik  jixatdan  olganda  bola  tug‟ilishi  bilan  boshlanadigan stianoz,  

xansirash  rivojlanishda  orqada  qolish  bilan  nomoyon  bo‟ladi.  Stianoz  bilan xansirash  bazan  

aytarli  sababsiz  kuchayib  borib,  bola  hushidan  ham  ketib  koladigan bo‟lishi mumkin. O‟pka 

stvoli kamroq toraygan bo‟lsa, stianoz bo‟lmasligi ham mumkin. 

Jarrohlik yo‟li bilan tegishlicha operastiya qilinmasa, bu dardning oqibati yomon. Bunday  

hollarda    kasallar    bolalik    yoki    o‟smirlik    chog‟ida    o‟lib    ketadi.    Bemor    odatda  infeksion 

endokardit mahalida o‟lib qoladi. 



Tasnifi: 

Tug‟ma  yurak  nuqsonlari  yurak  kameralarida  yoki  yirik  qon  tomirlarda  kuzatilishi 

mumkin.  Ko‟pincha nuqsonlar asoslanib tasniflanadi: 

-yurak strukturalarini buzilishi 

-katta  va  kichik  qon  aylanish  doirasini  tutashtiradigan  teshiklar  orqali  o‟tadigan  shunt 

yo‟nalishidagi o‟zgarishlar 




- nuqsonlar ikkita turdagi oq va ko‟k tipdagi nuqsonlarga ajratiladi. 

-oq tipdagi nuqsonlarda gipoksiya kuzatilmaydi. Qonning chapdan o‟ngga o‟tishi natijasida 

paydo bo‟ladi. 

-ko‟k  tipdagi  nuqsonda  sianoz  kuzatiladi.  Teri  va  shilliq  qavatlar  ko‟kish  rangga  kirib 

qoladi. Sianoz qonning o‟ngdan chapga o‟tishi natijasida kelib chiqadi.  


Download 320.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling