Prenatal patologiya


Download 320.17 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/27
Sana11.11.2021
Hajmi320.17 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
 

Blastopatiya. 

Blastogenez patologiyasi urug‟langandan keyin 15-kuni tugaydi. Shikastlantiruvchi 

omilning yakuniy asosiy natijasi: 

-bo‟sh xomila qoplamlarining xosil bo‟lishi. 

-xomiladan tashqari a‟zolarning gipoplaziyasi va aplaziyasi 

-qo‟shaloq nuqsonlar rivojlanishi 

-bachadondan tashqari xomiladorlik urug‟langan tuxumni joylashishi va 

implantastiyasining chuqurlik darajasining buzilishi.  



Embriopatiyalar 


-embrion  patologiyasining  xamma  ko‟rinishlari  bu  davrdagi  xamma  omillar  ta‟sirida 

rivojlanadi  va  bu  o‟zgarishlar  embriopatiya  deyiladi  (xomiladorlikning  16-kunidan  75 

kunigacha).  Embriopatiya  organlarning  shakllanishining  buzilishi,  yakuni  sifatida  embrionning 

o‟limi  yoki  tug‟ma  nuqsonli  rivojlanishlar  bilan  tugaydi.  Tug‟ma  nuqsonlar  rivojlanishining 

buzilishi quyidagi terminlar bilan ifodalaniladi: 

-aplaziya (agneziya)- tug‟ma to‟liq yoki qisman bo‟lmasligi 

-tug‟ma  gipoplaziya  –  a‟zoning  rivojlanmaganligi,  uning  nisbiy  massasining  yoki 

o‟lchamining etishmasligi. Xomila yoki  yangi tug‟ilgan chaqoloqning  massasining kamayishiga 

«tug‟ma  gipotrofiya»  deyiladi.  Katta  yoshdagi  bolalar  yoshiga  nisbatan    tanasining  kichikligi 

nanizm deyiladi. 

-tug‟ma  gipertrofiya  (giperplaziya)-  a‟zoning  nisbiy  massasining  (o‟lchami)  yoki  hujayra 

miqdorining (giperplaziya) yoki xajmining ortishiga aytiladi. Makrosomiya (gigantizm) tananing 

og‟irligi va uzunligining ortishi. 

-a‟zoning  shaklining  o‟zgarishi  –  asosan  atreziyaga  bog‟liq,  kanalning  yoki  tabiiy 

teshikning to‟liq bo‟lmasligi natijasida kelib chiqadi.  

-stenoz – kanal yoki tabbiy teshikning torayishi. 

-ektopiya - a‟zoning siljishi, ya‟nio‟ xos bo‟lmagan joyda joylashishi. 

-persistenstiyalanish  -  rivojlanishning  ma‟lum  davrida  yo‟qolib  ketadigan  embrional 

strukturalarning saqlanib qolishi. 

-geterotopiya  - hujayra, to‟qima  yoki a‟zoning katta qismlarining boshqa  a‟zoda  yoki shu 

a‟zoning odatda bo‟lmaydigan soxalarida bo‟lishi.  


Download 320.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling