Prenatal patologiya


Yurakning    bo’lmalari  o’rtasidagi    to’siq    defekti


Download 320.17 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/27
Sana11.11.2021
Hajmi320.17 Kb.
#443660
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27
Bog'liq
9-mavzu
Документ, slayd 1, slayd 1, Deyl karnegi hayoti, Deyl karnegi hayoti, MATEMATIKA FANINI O, MATEMATIKA FANINI O, 35-mavzu refarat, Oltin surmali ruda va boyitmalarni kompleks qayta ishlash, Biologiya, Biologiya, 5-mavzu. Iste’molchilar tanlovi nazariyasi reja, 2 5301265257140850766, 2 5301265257140850766
Yurakning    bo’lmalari  o’rtasidagi    to’siq    defekti.    Bunday    nuqson    yo    yurak  

bo‟lmalari  o‟rtasidagi    to‟siqning    rivojlanishi    embriogenezning    beshinchi    haftasida    izdan 

chiqqanida  yoki  keyinchalik  ikkilamchi  to‟siq  va  cho‟zinchoq  teshik  paydo  bo‟lib  qolgan 

mahallarda    yuzaga    keladi.    14    yashargacha    bo‟lgan    bolalarda    uchraydi.    Yurakning  

bo‟lmalari o‟rtasidagi  to‟sitning  birlamchi  nuqsoni  shundoqqina  qorinchalar  qopqog‟i  ustida 

joylashgan teshik ko‟rinishiga ega bo‟ladi. 

Ikkilamchi    to‟siq    nuqsoni    birlamchi    to‟siqning    yuqori    qismida,    cho‟zinchoq    teshik 

ro‟parasidagi  sohada  joylashadi.  To‟siqning  umuman  bo‟lmasligi  yurakning  uch  kamerali 

bo‟lib    qolishiga    olib    keladi.    Yuqorida    aytib    o‟tilgan    teshiklar    bolaning    ona    qornida 

rivojlanish  davrida  odatdagi  hodisa  tariqasida  mavjud  bo‟ladi  va  bola  tug‟ilganidan keyin  

fibroz    to‟qima    bilan    bekilib    ketadi.    Bordi-yu,    fibroz    to‟qima    shu    teshiklarni  butunlay 

bekitib turmaydigan bo‟lsa, cho‟zinchoq teshik ochiqligicha qoladi. 

Qorinchalararo to‟siq nuqson venoz sinus nuqsoni deb ataladigan uchinchi xili ustki kovak  

vena  quyiladigan   joy   ostida   bo‟ladi   va   bazan  o‟ng   o‟pka   venalarining  odatdan tashqari  

joyga    quyiladigan    bo‟lib    qolganligi    bilan    birgalikda    uchraydi.    Ikkilamchi  to‟siq  nuqsoni 

yurakning  bo‟lmalari  o‟rtasidagi  to‟sig‟ining  boshqa  nuqsonlari  orasida    90  foiz  hollarda 




kuzatiladi,  ko‟proq  o‟gil  bolalarda  bo‟ladi,  birmuncha  bexatar  bo‟lib  o‟tadi  va  kasallar  o‟rta 

yoshlarga etguncha umr ko‟radi. 

Yurak    bo‟lmalari    o‟rtasidagi    patologik    teshikning    kattaligi    har    xil,    bir    necha 

millimetrdan    bir    necha    santimetrgacha    bo‟ladi.    Qon    chap    yurak    bo‟lmasidan    o‟ng  

bo‟lmaga  o‟tib  turadi.  Kichik  qon  aylanish  doirasi  orqali  qo‟shimcha  qon  o‟tib    turishi  o‟ng 

qorincha,  o‟pka    stvoli    va    uning    tarmoqlari    kengayib    ketishiga    olib    keladi.    O‟pka  

gipertenziyasi nisbatan  kechroq,  odatda  odam  30  yoshdan  oshganidan  keyin  boshlanadi  va  

chap  qorincha gipertrofiyaga  uchrab,  o‟ng  yurak  bo‟lmasida  bosim  ko‟tarilib  ketishiga  olib  

keladi.    Shu  munosabat    bilan    yurak    dekompensastiyasiga    xos    alomatlar    paydo    bo‟ladi,  

kasallarni o‟limga  olib  boradigan  asosiy  sabab  ham  ana  shu  yurak  dekompensastiyasidir.  

O‟pka  gipertenziyasida  yuzaga  keladigan  paradoksal  emboliya  ham  o‟limga  sabab  bo‟lishi 

mumkin.  

Bunday    hollarda    embol    yurak  bo‟lmalari    o‟rtasidagi    to‟siq    nuqsoni    orqali    o‟ngdan  

chapga o‟tib, darrov katta qon aylanish doirasiga tushadi. 

Yurak  to‟sigi  shakllanishining  izdan  chiqishi  to‟la  yoki  qisman  atrioventrikulyar kanal  

yuzaga  kelishiga  olib  keladi.  To‟la  atrioventrikulyar  kanal  murakkab  nuqsonlar jumlasidan  

bo‟lib,  bunda  yurak  bo‟lmalari  o‟rtasidagi  to‟siqning  birlamchi  nuqsoni  va yurak  qopqog‟i  

tavaqalarining    bo‟linib    ketganligidan    tashqari,    qorinchalararo    to‟sikda  ham  nuqson  bo‟ladi, 

shu narsa bitta teshik yuzaga kelishiga olib boradi. 

Ochiq    qolgan    (saqlanib    qolgan)    Botallo    yo‟li    yurak    nuqsonlarining    eng    ko‟p 

uchraydigan    xillaridandir.    Arterial    yo‟l    odatda    karotid    va    o‟mrov    osti    arteriyasi 

boshlanishidan  distalroq  tomonda  aortani  o‟pka  stvoli  bilan  tutashtirib  turadi.  

Embrional  rivjlanish  davrida  qon  aylanishi  normal  o‟tib  turishi  uchun  zarur  bo‟lgan 

mana  shu  yo‟l  bola  tug‟ilganidan  keyin  bir  necha  hafta  yoki  oy  davomida  bekilib,  bitib 

ketadi.  Ayni  vaqtda  buning  ikki  bosqichi  tafovut  qilinadi:  bu  yulning  funkstional bekilishi 

(bir necha kundan 3-5 kungacha) Va anatomik obliterastiyasi (3-6 oy mobaynida).  

Mana  shu  arterial  yo‟l  bekilmay  qoladigan  hol-Klarda  qon  aortadan  o‟pka  stvoliga 

otilib    tushaveradi.    Bunday    yurak    nuqsoni    ko‟pincha    qizlarda    kuzatiladi.    Uning    paydo 

bo‟lishida qizilcha virusi tufayli boshlanadigan bachadon ichi infeksiyasining ahamiyati bor.  Bu  

nuqson    ko‟pincha    bolaning    etilmay    qolganligi    va    undagi    respirator  distresssindrom  bilan 

birgalikda uchraydi. 

Botallo  yo‟li  oldingi  ko‟ks  oraligida,  perikarddan  tashqarida  joylashgan  bo‟ladi.  Arterial 

yo‟lning  tuzilishi  har  xil.  U  uzunligi  1  sm  dan  2  sm  gacha,  diametri  1  mm  dan  10  mm  gacha 

boradigan,  aorta  bilan  o‟pka  arteriyasi  stvolini  tutashtirib  turadigan  muskul  tipidagi    tomirdir.  




Boshqa   hollarda   bu    yo‟l   aorta   stvoli   bilan  o‟pka    arteriyasi  o‟rtasidagi teshik  ko‟rinishida 

ko‟zga tashlanadi. 

Arterial  yo‟lning  bitmay  qolganidan  darak  beradigan  xarakterli  klinik  simptom  to‟sh 

suyagining  chap  tomonida  qovurg‟alar  orasida  eshitiladigan  dag‟al,  keskin,  tirnaganga  uxshash  

sistolik    shovqindir,    "mashina"    shovqini    deb    shunga    aytiladi.    Bu    kamchilikning  oqibati  

nisbatan    xayrli.    Bemorlar    o‟rta    yoshlarga    borguncha    umr    ko‟radi.    O‟ng    yurak 

dekompensastiyasi,    shuningdek    bakterial    endokardit,    o‟pka    gipertenziyasi,    o‟pka    stvoli 

anevrizmasi  singari  shu  nuqsonga  qo‟shilgan  asoratlar  bemorlarning  o‟limiga  sabab bo‟ladi.  




Download 320.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling