Prenatal patologiya


TUG’MA TOMIRLAR NUQSONLARI


Download 320.17 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/27
Sana11.11.2021
Hajmi320.17 Kb.
#443660
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27
Bog'liq
9-mavzu
Документ, slayd 1, slayd 1, Deyl karnegi hayoti, Deyl karnegi hayoti, MATEMATIKA FANINI O, MATEMATIKA FANINI O, 35-mavzu refarat, Oltin surmali ruda va boyitmalarni kompleks qayta ishlash, Biologiya, Biologiya, 5-mavzu. Iste’molchilar tanlovi nazariyasi reja, 2 5301265257140850766, 2 5301265257140850766
 

TUG’MA TOMIRLAR NUQSONLARI 

Aorta  koarktastiyasi  aortaning  tug‟ma  stenozi  yoki  butunlay  bitib  ketganligidan iborat  

nuqson    bo‟lib,    gemodinamikaning    izdan    chiqishiga    olib    boradi.    Aorta  koarktastiyasining  

ikkita  asosiy  xili:  bolalarda  uchraydigan  va  kattalarda  uchraydigan xili bor. 

Bolalarda    uchraydigan    (preduktal    yoki    infantil)    xili    aortaning    arterial    yo‟ldan 

proksimal  tomonda  sezilarli  darajada  stenozi  borligi  bilan  tariflanadi.  Bunda Botallo  yo‟li  

ochiqbo‟ladi.    Bunday    nuqson    erkak    va    ayol    jinsidagi    kishilar    orasida  birdek    darajada  

uchraydi,    ko‟pincha    chap    yurak    kameralarining    yetilmaganligi,    bir    yoki  ikkala  mitral 

qopqoqlar  atreziyasi  yoki  stenozi,  proksimal  aorta  gipoplaziyasi  singari  boshqa    rivojlanish  

nuqsonlari  bilan  birgalikda  davom  etib  boradi.  Chap  yurak gipoplaziyasi  sindromi  deb  ana  

shunday    hollarga    aytiladi.    Ko‟pincha    chap    yurak  kameralari  fibroblastozi  kuzatiladi.  Mana 

shunday nuqsoni bor chaqaloqlarda tushlgan kunidan boshlab yurak yetishmovchiligi boshlanadi 

va Botallo yo‟li bitib borishi bilan bolalar bir necha kundan keyin o‟lib ketadi. 

Aorta  koarktastiyasining  kattalarda   uchraydigan   yoki  postduktal  xili  arterial  yo‟ldan  

distalroq  tomonda  aorta  stenozi  bo‟lishi  bilan  tariflanadi.  Aortaning kichikroq  bir  segmenti  

stenozga    uchraydi.    Arterial    yo‟l    yopiq    bo‟ladi.    Koarktastiyaning  bunday    xili,    ayniqsa  

Terner  sindromi  bo‟lgan  mahallarda,   erkaklarda  ko‟proq  uchraydi.  Klinik  simptomlarning  

paydo    bo‟lishi    tomirning    toraygan    joyidan    yuqori    tomonda  arterial  bosim  ko‟tarilishi  va 

tomir toraygan joydan pastki tomonda pasayib ketishiga bog‟liq. Gavdaning pastki qismini qon 

bilan  taminlovchi  kollateral  tomirlar  kengayib  boradi  (dilatastiya).  Bu  kollaterallar  egri-bugri 

bo‟lib qoladi. Aorta koarktastiyasining xarakterli  klinik  belgisi  oyoq  va  qo‟llardagi  arterial  

bosimning  har  xil  bo‟lishidir.  

Koarktastiyadan  proksimal  tomonda  aortada  qon  bosimining  keskin  ko‟tarilib  ketishi 

uning  o‟rta  pardasi  nekrozga  uchrab,  qavatlarga  ajratuvchi  anevrizma  paydo  bo‟lishiga olib 

keladi. 



Proksimal    aortadagi    mana    shu    anevrizmaning    yorilib    ketishi,    aortaning 

infeksiyalanishi,  miyaga  qon  quyilishi,  chap  yurak  etishmovchiligi  o‟limga  sabab  bo‟lishi 

mumkin. 

O‟pka  stvolining   yakka  stenozi  -  chaqaloqlar  orasida  8-9  foiz,  maktab   yoshidagi 

bolalar  orasida  17,5-20  foiz  hollarda  uchraydi.  Stenozning  ikki  turi  -  qopqoqqa aloqador 

va infundibo‟lyar stenoztafovut qilinadi. Ko‟proq (95 foiz hollarda) qopqoqqa aloqador  stenoz  

uchraydi.    Ko‟pincha    bitib    ketgan    qopqoq    tavaqalarida    markaziy  (unikuspidal)    teshik  

bo‟ladi.  Gohida  qopqoq bir-biriga  qisman  qo‟shilib ketgan  ikkita qattiq  tavaqalardan  iborat  

bo‟ladi,  bazan  fibroz  halqa  gipoplaziyasi  kuzatiladi. ifundibo‟lyar  stenoz  aksari  qopqoqqa  

aloqador   torayish    bilan    birga    uchraydi   va   o‟ng  qorinchadan  chiqish  yo‟lida  yuzaga  kelgan 

qattiqqina fibroz va muskul to‟qimasidan iborat bo‟ladi. 

Chap qorinchadan otilib chiqadigan quchli qon oqimi (stenoz tufayli) uyurma holga kelib,  

chap    stvol    kengayib    ketishiga,    yani    possttenotik    kengayma    hosil    bo‟lishiga    olib  boradi. 

Sezilarli stenozi bor kasallarda o‟ng qorinchaga aloqador yurak yetishmovchiligi boshlanib, shu 

hodisa bolalarning yoshlik chog‟ida o‟lib ketishiga sabab bo‟ladi. 


Download 320.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling