Blastogenez patologiyasi urug‟langandan keyin 15-kuni tugaydi. Shikastlantiruvchi
-embrion patologiyasining xamma ko‟rinishlari bu davrdagi xamma omillar ta‟sirida
rivojlanadi va bu o‟zgarishlar embriopatiya deyiladi (xomiladorlikning 16-kunidan 75
kunigacha). Embriopatiya organlarning shakllanishining buzilishi, yakuni sifatida embrionning
o‟limi yoki tug‟ma nuqsonli rivojlanishlar bilan tugaydi. Tug‟ma nuqsonlar rivojlanishining
buzilishi quyidagi terminlar bilan ifodalaniladi:
-aplaziya (agneziya)- tug‟ma to‟liq yoki qisman bo‟lmasligi
-tug‟ma gipoplaziya – a‟zoning rivojlanmaganligi, uning nisbiy massasining yoki
o‟lchamining etishmasligi. Xomila yoki yangi tug‟ilgan chaqoloqning massasining kamayishiga
«tug‟ma gipotrofiya» deyiladi. Katta yoshdagi bolalar yoshiga nisbatan tanasining kichikligi
nanizm deyiladi.
-tug‟ma gipertrofiya (giperplaziya)- a‟zoning nisbiy massasining (o‟lchami) yoki hujayra
miqdorining (giperplaziya) yoki xajmining ortishiga aytiladi. Makrosomiya (gigantizm) tananing
og‟irligi va uzunligining ortishi.
-a‟zoning shaklining o‟zgarishi – asosan atreziyaga bog‟liq, kanalning yoki tabiiy
teshikning to‟liq bo‟lmasligi natijasida kelib chiqadi.
-stenoz – kanal yoki tabbiy teshikning torayishi.
-ektopiya - a‟zoning siljishi, ya‟nio‟ xos bo‟lmagan joyda joylashishi.
-persistenstiyalanish - rivojlanishning ma‟lum davrida yo‟qolib ketadigan embrional
strukturalarning saqlanib qolishi.
-geterotopiya - hujayra, to‟qima yoki a‟zoning katta qismlarining boshqa a‟zoda yoki shu
a‟zoning odatda bo‟lmaydigan soxalarida bo‟lishi.
Do'stlaringiz bilan baham: