Preparatning savdo nomi: Deksametazon-Darnisa Ta‘sir etuvchi modda (xpn): deksametazon (dexamethasone); Dori shakli


Download 28.05 Kb.
Sana05.08.2022
Hajmi28.05 Kb.
#791049
Bog'liq
вы
Mustaqil ish, пул ўтказиш, algebra va sonlar nazariyasi iii-qism (1), 5 sinf test, 111, mexanik toqinlar, Тест Ўзбекистон тарихи 2 курс 2018 Илҳомов1, fizika 2-mus ish, fizika 2-mus ish, 402-guruh Astanaqulov Adham jismoniy tarbiya, 402-guruh Astanaqulov Adham jismoniy tarbiya, 402-guruh Astanaqulov Adham jismoniy tarbiya, Biologiya-fanidan-5-9-sinf-testlar, 29-variant psexologiya, 1-ПК Маркетинговые исследования



Preparatning savdo nomi: Deksametazon-Darnisa
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): deksametazon (dexamethasone);
Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma
Tarkibi:
1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 4 mg deksametazon natriy fosfati;
Yordamchi moddalar: natriy gidrofosfat dodekagidrati, kaliy digidrofosfati, gliserin, benzil spirti, dinatriy edetati (trilon B), in‘eksiya uchun suv.
Ta‘rifi: tiniq, rangsiz suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi: Tizimli qo‘llash uchun kortikosteroidlar. Glyukokortikoidlar. Deksametazon.
ATX kodi: N02A V02.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Deksametazon-Darnisa – glyukokortikoidli ta‘sir ko‘rsatuvchi buyrak usti bezining sun‘iy gormonidir (kortikosteroid). Yallig‘lanishga qarshi va immunosupressiv ta‘sir ko‘rsatadi, shuningdek energetik metabolizm, glyukoza almashinuvi, gipotalamus sekresiyasi omilini faollashishiga (manfiy teskari bog‘lanishi orqali) va adenogipofiz trofik gormoniga ta‘sir etadi.
Glyukokortikosteroidlarning ta‘sir etish mexanizmi hozirgi paytgacha aniqlanmagan. Hozirgi paytda glyukokortikosteroidlarning ta‘sir etish mexanizmi to‘g‘risida yetarli miqdorda xabarlar bo‘lib, ularni glyukokortikosteroidlarning hujayra darajasida ta‘sir etishini tasdiqlaydi. Hujayra sitoplazmasida ikkita yaxshi o‘rganilgan reseptorlar tizimi mavjud. Glyukokortikosteroidlar glyukokortikoid reseptorlari bilan bog‘lanishi orqali yallig‘lanishga qarshi va immunosupressiv ta‘sir ko‘rsatadi va glyukozani almashinishini boshqaradi, mineralokortikoidlar reseptorlari bog‘lanishi orqali esa natriy, kaliy metabolizmini va suv-elektrolit muvozanatini boshqaradi.
Download 28.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling