Prezident Islom Karimov O'zbekiston siyosiy tizimi isloh qilish va yangilash haqida


Download 118.19 Kb.
bet1/4
Sana06.05.2023
Hajmi118.19 Kb.
#1436095
  1   2   3   4
Bog'liq
Oʻzbekiston siyosiy tizimidagi oʻzgarishlar

OʻZBEKISTON SIYOSIY TIZIMIDAGI OʻZGARISHLAR

Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish – ustuvor maqsadimizdir.

  • Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish – ustuvor maqsadimizdir.

I.A. Karimov

Oliy Majlisning qonun ijodkorligi faoliyatida mamlakatimizda iqtisodiy sohada amalga oshirilayotgan tarkibiy o‘zgarishlarni, qulay investitsion muhitni shakllantirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlash, bank-moliya tizimini rivojlantirishni normativ-huquqiy jihatdan ta’minlash masalalari alohida o‘rin egalladi.

  • Oliy Majlisning qonun ijodkorligi faoliyatida mamlakatimizda iqtisodiy sohada amalga oshirilayotgan tarkibiy o‘zgarishlarni, qulay investitsion muhitni shakllantirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlash, bank-moliya tizimini rivojlantirishni normativ-huquqiy jihatdan ta’minlash masalalari alohida o‘rin egalladi.
  • Bu davrda xususiy mulkni huquqiy jihatdan himoya qilishni kuchaytirish, mamlakatimizda har tomonlama baquvvat mulk egalari sinfini shakllantirish, fermerlik harakatini mustahkamlash, iqtisodiyotni yanada liberallashtirishni ta’minlash, tadbirkorlik, avvalo kichik biznes faoliyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish, keng tarmoqli bozor infratuzilmasini barpo etishni ko‘zda tutadigan qonun hujjatlarining butun bir majmuasi qabul qilindi.

Iqtisodiy islohotlarni qonuniy jihatdan ta’minlashga yo‘naltirilgan bunday va boshqa bir qator tadbirlar 2009-2012 yillarga mo‘ljallangan, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini imkon qadar kamaytirishga qaratilgan Inqirozga qarshi choralar dasturini samarali amalga oshirishni huquqiy ta’minlash, dunyodagi sanoqli davlatlar qatorida O‘zbekistonga iqtisodiyotning barqaror o‘sish sur’atlarini saqlab qolish va aholining real daromadlarini oshirish imkonini berdi.

  • Iqtisodiy islohotlarni qonuniy jihatdan ta’minlashga yo‘naltirilgan bunday va boshqa bir qator tadbirlar 2009-2012 yillarga mo‘ljallangan, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini imkon qadar kamaytirishga qaratilgan Inqirozga qarshi choralar dasturini samarali amalga oshirishni huquqiy ta’minlash, dunyodagi sanoqli davlatlar qatorida O‘zbekistonga iqtisodiyotning barqaror o‘sish sur’atlarini saqlab qolish va aholining real daromadlarini oshirish imkonini berdi.
  • Bu xulosalarni tasdiqlaydigan raqamlar haqida gapiradigan bo‘lsak, og‘ir kelgan 2009 yilda mamlakatimizning yalpi ichki mahsuloti 8,1 foizga o‘sgani, sanoat sohasi 9 foizga, iqtisodiyotimizga jalb etilgan investitsiyalar hajmi 26 foizga, shu jumladan, tashqi investitsiyalar 68 foizga oshgani, tashqi savdoning ijobiy saldosi 2,3 milliard dollardan ko‘proqni tashkil etgani, o‘rtacha oylik darajasining o‘sishi 40 foizga, aholi daromadlari esa 26,5 foizga ko‘payganini ta’kidlash lozim. Mana shu misollarning o‘ziyoq biz erishgan ko‘pgina yutuqlarning yaqqol dalili bo‘la oladi, desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz.

Download 118.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling