Prezident maktabiga tayyorlov testlari statistika markazi. Test tuzuvchi: Nurbek Namozov
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
9-Asosiy bosqich testi
@piimatestts – Prezident maktabiga tayyorlov testlari STATISTIKA MARKAZI. Test tuzuvchi: Nurbek Namozov Test A. MATEMATIKA Fikrlash Qobilyatini Baholash testlari: Muammoni Hal Qilish. 1. Bitta daftar va bitta ruchka jami 2500 so’m turadi. To’rtta daftar va uchta ruchka jami 8800 so’m turadi. Ikkita daftar necha so’m turadi? A) 1300 B)1200 C) 2400 D) 2600 2. Susambil mamlakatida har kuni yomg’irli yoki quruq ob-havo bo’ladi. Hech qachon uch kun ketma-ket yomg’irli ob-havo bo’lmaydi va hech qachon ketma-ket 3 kun quruq ob-havo ham bo’lmaydi. Har doim Dushanba va Yakshanba kunlari yomg’ir yog’adi. Har doim Payshanba kuni quruq ob havo bo’ladi. Susambil mamlakatida bir haftada necha kun quruq ob-havo bo’ladi? A) 1 B) 2 C) 3 D) 4 3. Umida maxsus qahva tayyorlab sotadi. U 1 kilogrammi 45 000 so’m turadigan qahvaga 1 kilogrammi 125 000 so’mlik qahvani aralashtirib tayyorlaydi. Maxsus qahvaning 1 kilogrammi 65 000 so’m bo’ldi. Agar Umidada 3 kilogramm 45 000 so’mlik qahva bo’lsa, 120 000 so’mlik qahvadan necha kilogram sotib olish kerak? A) 1 B) 2 C) 3 D) 4 4. Ahmad Coca-Colaning narxi 7500 so’mligida 72 dona sotib olib, narx 9000 so’mga ko’tarilganda ularni qaytadan sotdi. Keyinchalik 2 ta Coca-Colaning narxiga 3 ta sotib olish aksiyasida Ahmad yana 90 ta Coca-Colani 9000 so’mdan sotib olib, ularni har birini 9000 so’mdan sotdi. Ahmad necha so’m foyda qilgan? A) 108000 B) 270000 C)450000 D) 378000 5. Xurshida va Salima bitta laboratoriyada ishlashadi. Xurshida har 2 kunda navbatchilikka keladi. Salima esa har 5 kunda ishga keladi. Agar ikkalasi Dushanba kuni 1-marta birga ishga kelgan bo’lsa, ular qaysi kuni 15-marta birga bir kunda ishga kelgan bo’ladilar? A) Seshanba B) Chorshanba C) Payshanba D) Juma Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling