Prip 582 u guruhi talabasi


Maktabgacha ta’lim va tarbiya


Download 1.3 Mb.
bet2/5
Sana21.01.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1106147
1   2   3   4   5
Bog'liq
PRIP 582 U GURUHI TALABASI

Maktabgacha ta’lim va tarbiya Maktabgacha ta’lim va tarbiyani tashkil etish tartibi " Ta’lim to‘g‘risida" gi Qonun, shuningdek “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilanadi.
Maktabgacha ta’lim va tarbiya bolalarni o‘qitish va tarbiyalashga, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, shuningdek bolalarni umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashga qaratilgan ta’lim turidir. Maktabgacha ta’lim va tarbiya olti yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarni boshlang‘ich ta’limga bir yillik majburiy tayyorlashni ham nazarda tutadi.
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim umumta’lim o‘quv dasturlarini, zarur bilim, malaka hamda ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga qaratilgan.
Umumiy o‘rta ta’lim (I — XI sinflar) bosqichlari quyidagilardan iborat:
boshlang‘ich ta’lim (I — IV sinflar);
tayanch o‘rta ta’lim (V — IX sinflar);
o‘rta ta’lim (X — XI sinflar).
Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotining birinchi sinfiga bolalar ular yetti yoshga to‘ladigan yilda qabul qilinadi.
Boshlang‘ich ta’lim ta’lim oluvchilarda umumiy o‘rta ta’limni davom ettirish uchun zarur bo‘lgan savodxonlik, bilim, malaka va ko‘nikmalar asoslarini shakllantirishga qaratilgan.
Tayanch o‘rta ta’lim o‘quv dasturiga muvofiq ta’lim oluvchilarga bilim, malaka va ko‘nikmalarning zaruriy hajmini beradi, ularda mustaqil fikrlash va tahlil qilish qobiliyatini rivojlantiradi.
Tayanch o‘rta ta’lim doirasida (VII sinfdan so‘ng) ta’lim oluvchilarda kasblar bo‘yicha birlamchi bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish uchun ularni professional tashxislash va kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha choralar amalga oshiriladi.
O‘rta ta’lim o‘quv dasturiga muvofiq ta’lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va ko‘nikmalar o‘zlashtirilishini, shuningdek ta’limning keyingi turi tanlanishini hamda yuqori malaka talab qilinmaydigan kasblar egallanishini ta’minlaydi.
Professional tashxislash va kasb-hunarga yo‘naltirish, shuningdek ta’lim oluvchilarni yuqori malaka talab qilinmaydigan kasblarga tayyorlash tartibi qonunchilikda belgilanadi.
«Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunning yangi tahriri va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilinganidan so‘ng respublikamiz butun ta’lim tizimi, jumladan, oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash yo‘nalishi ham tubdan isloh qilishning aniq strategik dasturiga ega bo‘ldi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining O‘zbekistonga xos eng muhim xususiyati – yangi turdagi 3 yillik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimini yaratishdan iborat vazifa sobitqadamlik bilan amalga oshirildi.
Zamonaviy o‘quv va ishlab chiqarish uskunalari bilan jihozlangan kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar barpo etildi, yangi ta’lim standartlari va axborot texnologiyalari, interaktiv usullar o‘quv jarayoniga tatbiq etildi.
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining amalga oshirilishi natijasida O‘zbekistonda nisbatan qisqa muddatlarda dunyoning etakchi davlatlarida ta’lim sohasida erishilgan ilg‘or yutuqlar, milliy an’analarni o‘z ichiga olgan prinsip jihatdan yangi modeli tashkil qilindi.
1999-2000 yilgi o‘quv yilidan boshlab umumta’lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida o‘qitish jarayoni yangi o‘quv rejalari va dasturlari asosida olib borilmoqda. Yangi turdagi bilim yurtlari – akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari tarmog‘i kengaytirilib, yangilari ishga tushirildi. Oliy ta’lim tizimida mutaxassislarni tayyorlashning ikki bosqichli tizimi bakalavriatura yo‘nalishi va magistratura mutaxassisliklari joriy qilindi.
BOSHLANG’ICH VA UMUMIY O’RTA TA’LIMNING DAVLAT BOSHQARUVIDAGI QILINGAN ISLOHATLAR

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling