Prognozlarga ko‘ra, bunday sovuq havo yana necha kun saqlanib turadi


Download 123.29 Kb.
Sana21.04.2022
Hajmi123.29 Kb.
#647254
Bog'liq
intervyu
3 мавзу, интернет маркетинг курс иши, Financial Markets Assignment (6), Yakuniy nazorat savollari Dasturlash II, videoMaster, 2-maruza BMKN sirtqi 2-k, 3-maruza BMKN sirtqi 2-k, Такриз Шодиев З, Adabiyotlar ro, 8-sinf kimyo fanidan taqvim rejalar 2022-2023-o\'quv yili, Java dasturlash tilida eng oddiy dastur, ekspert tizimlar, ekspert tizimlar, Mahsulotlar haqidagi ma’lumotlarni standartlashtirish va kodlash


O‘zbekistonda anomal sovuq yana qancha davom etadi? O‘zgidromet matbuot xizmati mutaxassisi Malohat Ro’ziyeva shu haqida intervyu berdi:

O‘zbekistonda so‘nggi kunlarning asosiy muammosi – sovuq, gaz, svet... Gaz va svet bo‘yicha vaziyat tushunarli va ortiqcha umidlarga o‘rin yo‘q. Yagona ilinj – sovuqning chekinishi, havoning ilishi.



– Hozirgi kunda kuzatilayotgan sovuq havoni anomal desak bo‘ladimi yoki normal hisoblanadimi?
– Mamlakatimiz hududida oxirgi 10- kundagi sovuq ob-havoni Sibir hududlaridagi sovuq antitsiklon periferiyasi belgilab turibdi. Bunda juda yuqori bosimli maydon anomal sovuq havoni olib keldi.
Bu vaqtda kechalari 5-10°, shimol va cho‘l zonalarida 12-17° gacha sovuq harorat qayd etilyapti. Kunduzlari 0-5° kuzatilyapti.
Bu – o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 10–12 daraja past degani. O‘rtacha ko‘rsatkichlardan past havo harorati uzluksiz ravishda 10 kun davom etayotgani uchun bu anomal hisoblanadi.
– Prognozlarga ko‘ra, bunday sovuq havo yana necha kun saqlanib turadi?
O‘zgidromet prognozlariga ko‘ra, 9–12 yanvar kunlari respublikamizda havo-harorati asta-sekin ko‘tariladi. Bunda kechasi 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha, kunduzlari esa 5–10 daraja iliqqacha ko‘tarilib boradi.
– Aynan mana shunday sovuq havo qaysi yillarda kuzatilgan?
– Belgilangan davrda bunday sovuq, ya'ni 10–12 daraja past havoning kuzatilishi tabiiy, oldingi yillarda ham kuzatilgan. Faqat bu qadar davomiy bo‘lmagani uchun sezilarli kechmagan. Masalan, 2014- yil yanvar oyining 11- kunida 6–8 daraja sovuq kuzatilgan. 2008-yilda esa umumiy yanvar oyida esa harorat o‘rtacha me'yordan 7 daraja past bo‘lgan. 2012-yilda qisqa muddatli sovuqlar kuzatilgan.Bizda hozirgi kunda kuzatilayotgan darajadagi sovuqlar oxirgi 10 yilda qayd etilmagan. Ya'ni hozirgiday davomli, qor parchalari kristallashgan, bulduruqli havo kuzatilmagan. Shuning uchun ham anomal sovuq dedik.



Download 123.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling