Программа обучения "Культура речи преподавателя" предназначена для специалистов
Download 50.55 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- ____________________ "8" iyul 2003 y.
- 5140900 - "Kasb ta’limi" bakalavriat yo’nalishi uchun
- Fanni o’qitishning maqsad va vazifalari, boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi
- Boshqa fanlar bilan o’zaro bog’lanishi
- Talabalarning bilim, ko’nikma va mahoratlariga qo’yiladigan talablar
- Seminar mashg’ulotlari bo’yicha bajariladigan ishlar minimal miqdoriga talablar
- Auditoriya mashg’uloti turlarining soatlar hajmi (foizlar) bo’yicha tavsiyalar
- 2. FAN DASTURI "O’qituvchining nutq madaniyati" fanining mazmuni va vazifalari
- Nutq madaniyati va notiqlik tarixi
- Nutq va notiqlik san’atining turlari
- Iqtisodchi-pedagog nutqi va uning tasviriy texnikasi
- Nutqning tasviriy vositalari va adabiy me’yor
- Iqtisodchi-pedagog nutqi va atamashunoslik
- 3. SEMINAR MAShG’ULOTLARI MAVZULARI Nutq va notiqlik tarixidan
- Iqtisodchi-pedagog nutqi va nutq texnikasi
- 4. TAVSIYa ETILAYoTGAN MAVZULAR BO’YIChA KO’RGAZMA- NAMOYISh MATERIALLARI, O’QUV FILMLARI VA BOShQA DIDAKTIK MATERIALLAR RO’YXATI
- 5. O’ZLAShTIRIShNING NAZORATI Nazorat qilish turlari
- 6. ADABIYoTLAR Asosiy adabiyotlar
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
"RO’YXATGA OLINDI" № VM-343-51409-3.21 "1" iyul 2003 y. "TASDIQLANDI" O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi ____________________ "8" iyul 2003 y.
O’QITUVChINING NUTQ MADANIYaTI fanidan DASTUR
Oliy ta’limning 140000 - "O’kituvchilar tayyorlash va pedagogika" ta’lim sohasidagi 5140900 - "Kasb ta’limi" bakalavriat yo’nalishi uchun
Toshkent - 2003 Tuzuvchi: prof. Husanov N. Taqrizchilar: prof. Begmatov E., dots. Lafasov O’.
"O’qituvchining nutq madaniyati" dasturi iqtisodiyot oliy o’quv yurtlaridagi kasb ta’lim bo’yicha bakalavrlarni tayyorlashga mo’ljallangan. Qadimdan taraqqiy etgan mamlakatlarda kadrlarni tayyorlashda ularning notiqlik mahorati va nutq madaniyatiga ega bo’lishlariga alohida ahamiyat berishgan. Dasturda bo’lg’usi iqtisodchi-pedagogning o’z fikrini aniq va ravshan ifodalashi, notiqlik mahoratini shakllantirishi bilan bog’liq masalalar o’z aksini topgan. Программа обучения "Культура речи преподавателя" предназначена для специалистов педагогико - экономического направления.. В развитых странах с давних времён при подготовке кадров особое внимание уделялось искусству и культуре речи. В основном от будущих специалистов - экономистов требовалось владеть ораторским искусством и культурой речи. Программа уделеляет внимание обучению подготовленной и неподготовленной монологической речи и формированию навыков ораторского искусства. The shuch Culture teaching program is distined for pedagogical- economic frend specialists. In dekeloped countries in ancient times in training personnel particular attention was paid to speech are and culture. On the whole future economists were ashed pau were attention to use right words in solving important problems in theis jobs, to use professional language of economists, trade worhes is teacher's for demonstration of his skills. Dastur Toshkent Moliya instituti Ilmiy Kengashida muhokama qilingan va nashrga tavsiya etilgan (25 aprel 2003 yil 9-sonli bayonnoma). Dastur O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi oliy o’quv yurtlariaro ilmiy-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengash majlisida muhokama qilingan hamda nashrga tavsiya etilgan (2003 yil 1 iyul 37-sonli majlis bayoni).
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishib, demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurish yo’lidan borayotgan bugungi kunda dunyo andozalari
darajasidagi bilimdon, zukko, har tomonlama etuk iqtisodchi - pedagog mutaxassis kadrlarni tayyorlash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Fanni o’qitishning maqsad va vazifalari, boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi "O’qituvchining nutq madaniyati" o’quv kursi "Kasb ta’limi" ixtisosligi bo’yicha tahsil olayotgan bakalavriat talabalariga o’qitiladi. Bu o’quv kursini o’qitishdan asosiy maqsad bo’lajak iqtisodchi-pedagoglarning nutqini ravon, mazmunli va ta’sirli bo’lishini ta’minlashdan iborat.
"O’qituvchining nutq madaniyati" fani pedagogika, psixologiya, ma’naviyat, asoslari o’zbek tili, mutaxassislik tili, iqtisod nazariyasi va iqtisod fanining boshqa sohalari bilan chambarchas bog’liq holda o’rganiladi. Talabalarning bilim, ko’nikma va mahoratlariga qo’yiladigan talablar Bakalavr o’z ixtisoslik fanlari bilan bir qatorda iqtisod tili va uslubi, iqtisodiy atamashunoslik, iqtisodiy nutq asoslari to’g’risida mukammal bilimga ega bo’lmasdan turib, o’z fikrini iqtisod sohasiga qo’yiladigan talablar asosida aniq va ravshan ifoda eta olmaydi. Shu bois bo’lajak iqtisodchilar iqtisod tilining o’ziga xos xususiyatlaridan puxta xabardor bo’lmog’i lozim. Seminar mashg’ulotlari bo’yicha bajariladigan ishlar minimal miqdoriga talablar Mazkur o’quv kursini o’qitilishi muayyan amaliy yo’nalishga ega bo’lib, bakalavriat talabasida nutq madaniyati bo’yicha nazariy bilim va amaliy ko’nikmalarni, o’z sohasiga doir hujjatlarni to’g’ri yuritish malakasini hosil qilishni ko’zda tutadi. Auditoriya mashg’uloti turlarining soatlar hajmi (foizlar) bo’yicha tavsiyalar Ushbu kurs bo’yicha auditoriya mashg’uloti turlari soatlar bo’yicha quyidagicha: ma’ruzalar-18 soat, seminar mashg’ulotlar - 20 soat, Mustaqil ta’lim-18 soat.
1. Kompyuter; 2. Lingofon xonasi; 3. Audio, video apparaturalar; 4. Video-kutubxona va O’TV.
"O’qituvchining nutq madaniyati" fani tilshunoslik va iqtisodiyot ilmlari bilan bog’liq muhim fan sifatida: predmeti, maqsadi va vazifalari. "O’qituvchining nutq madaniyati" fanining manbalari. Iqtisodiy bilimlar va o’zbek adabiy tili o’rtasidagi munosabat. Tilning rivojida iqtisodning ahamiyati: yangi-yangi atamalarning iqtisodga kirishi natijasida tilning ham boyib borishi. Iqtisodning rivojida tilning vazifalari: iqtisodiy bilimlarni avloddan-avlodga etkazish, iqtisodchilar o’rtasida o’zaro fikr almashish vositasi, iqtisodiy tafakkur yuritish quroli. Nutq madaniyati va notiqlik tarixi Nutq madaniyati va uning so’z san’atidagi o’rni. Nutq madaniyati haqida turli tushuncha va xulosalar. Adabiy talaffuz va uning xalq shevalari bilan munosabati. Notiqlik tarixi. Qadimda Yunonistonda so’z san’ati-notiqlik san’ati. Aristotel, Demosfen, Platon, Sokratning notiqlik san’ati. Rim notiqligi rivojlanishining siyosiy-iqtisodiy asoslari. Tsitseron va uning asarlarida notiqlik san’atining yaratilishi. Sharqda va Markaziy Osiyoda notiqlik. Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud Qoshg’ariy, Yusuf Xos Hojib, Imom G’azzoliy, Kaykovus, Jaloliddin Rumiy, Husayn Voiz Koshifiy, Alisher Navoiy, Bobur, Ogahiy, Hamza, Fitrat, Abdulla Qodiriy, G’afur G’ulom, Abdulla Qahhor va boshqalarning nutq madaniyatiga oid qarashlari va fikrlari. Davlat arboblari va harbiy arboblarning notiqligi: Amir Temur, Zahiriddin Muxammad Bobur, Fayzulla Xo’jaev, Sharof Rashidov, Islom Karimov va boshqalarning notiqlik mahorati. Nutq va notiqlik san’atining turlari Adabiy til. Adabiy tilning ikki shakli: og’zaki va yozma nutq. Og’zaki nutqning ko’rinishlari: adabiy so’zlashuv, notiqlar nutqi, radio-televidenie nutqi, sahna nutqi. Notiqlik san’ati. Notiqlik san’atining turlari. Siyosiy-ijtimoiy notiqlik. Siyosiy- ijtimoiy va siyosiy-iqtisodiy ma’ruza. Hisobot ma’ruzasi. Miting nutqi. Harbiy
Ijtimoiy-maishiy notiqlik. Kundalik turmushdagi marosim va maishiy anjumanlarda bu nutqning o’rin va roli. Madhiya, maqtov va tabrik nutqi. Akademik notiqlik va unda bayon usuli. Akademik notiqlikda so’z va atamalarning o’rni. Akademik notiqlik ko’rinishlari: ilmiy ma’ruza, ilmiy sharh, ilmiy axborot. Diniy notiqlik va uning ko’rinishlari: ta’ziya, motam, xutba, va’z usullari. Sud notiqligi va uning turlari: sudya nutqi, advokat nutqi, prokuror nutqi, da’vogar nutqi. Iqtisodchi-pedagog nutqi va uning tasviriy texnikasi Sharq va Markaziy Osiyo notiqligiga xos usullar. Ularning ta’sir qudrati va ahamiyati. Iqtisodchi-pedagog nutqining asosiy xususiyatlari: to’g’rilik, soflik, aniqlik, mantiqiylik. Bu xususiyatlar o’rtasidagi mutanosiblik. Nutq texnikasi haqida ma’lumot. Ovoz va uning iqtisodiy nutq ta’sirchanligidagi roli, ovoz imkoniyatlari va manbalari. Ovoz ustida ishlash. Intonatsiya. Nafasning nutqdagi ahamiyati. Nafas ustida ishlash. Artikulyatsiya va diktsiya haqida ma’lumot. Notiqlik san’atida qo’l harakati-muhim vosita sifatida. Jest va formalistik talqin nazariyachilari. Mantiqiy va psixologik kayfiyat uzviyligi. Notiqlik san’atida qaddi- qomat holati. Mimika (yuz harakati) nutqning eng muhim vositasi sifatida. Mimikaning tabiiyligi. Pauzaning nutqdagi o’rni va roli. Uning tovush, bo’g’in, so’z va mantiqiy urg’uga munosabati.
Ifoda tasviriy vositalari va ularning nutqda tutgan o’rni. Ifoda tasviriy vositalarining turlari: metafora, o’xshatish, sifatlash, metonimiya, mubolag’a, kinoya, allegoriya, jonlantirish, takror, metateza, ritorik savol va boshqalar. Nutqda ekspressiv stilistik bo’yoqning o’rni va ahamiyati. Ekspressiv-stilistik bo’yoqning ifodalanish yo’llari: leksik-semantik, morfologik, frazeologik, fonetik. Hozirgi o’zbek adabiy tilining me’yorlari: fonetik, talaffuz, imloviy, lug’aviy, grammatik, punktatsion, semantik-uslubiy va ilmiy me’yorlar. Adabiy me’yorning amaliy ahamiyati. Iqtisodchi-pedagog nutqi va uslubshunoslik Nutq va uslub. Til uslublari va nutq uslublari. Leksikologiya va uslubshunoslik. Uslubning o’ziga xos xususiyatlari. Adabiy til va funktsional uslublar. Funktsional uslublarning turlari: so’zlashuv uslubi, rasmiy uslub, ilmiy uslub, publitsistik uslub, badiiy uslub.
Iqtisodiyot tili va uning o’ziga xos xususiyatlari. Iqtisod tilining asosiy shartlari. Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisod tilining ahamiyati. Iqtisodiyot tili va uning tarkibi. Iqtisodiyot leksikasi va uning turlari: umumiste’moldagi so’zlar, iboralar, atamalar. Iqtisodiy atamashunoslikning shakllanish va boyish manbalari. Iqtisodiy so’z va atamalarni qabul qilish printsiplari. 3. SEMINAR MAShG’ULOTLARI MAVZULARI Nutq va notiqlik tarixidan Nutq - madaniyati ramzi. Adabiy talaffuz va xalq shevalari*. Aristotelning notiqlik san’atiga oid "Ritorika" asari. Tsitseronning "Notiqlik haqida" asari va uning notiqlik san’atiga bag’ishlangan nutqlari. Yusuf Xos Hojib, Kaykovus, Alisher Navoiy, Husayn Voiz Koshifiy, Abdulla Qodiriy, Abdulla Qahhorning asarlarida so’z va nutq madaniyatining aks etishi*. Nutq va notiqlik Adabiy til va nutq. Ma’ruza va hisobotni tayyorlash usulikasi*. Temur va Boburning vatanparvarlik nutqi. Prezident I. Karimovning siyosiy nutqi tahlili*. Ilmiy ma’ruzaning mazmuni va shakli*. Diniy notiqlikning ijtimoiy hayotdagi o’rni.
Nutq organlari. Nutq texnikasini egallash*. Nutqning ifodaviy vositalari*. Nutqning tasviriy vositalari va adabiy me’yor Fikrni ixcham, aniq, tasirchan va tushunarli ifodalash*. Tasviriy vositalar va ularning nutqda tutgan o’rni*. Ekspressiv bo’yoqning nutqda ifodalanishi bo’yicha mashqlar. O’zbek adabiy tilining me’yorlari bo’yicha matnlarni tahlil qilish*.
Uslub. Nutq uslubi. Leksik stilistika bo’yicha mashqlar*.
Funktsional uslublar bo’yicha matnlarni tahlil qilish*. Nutq va so’z Iqtisodiyotni rivojlanishida iqtisodiy so’zlarning o’rni. Davlat tili haqidagi qonun va o’zbek atamashunosligi. O’zbek iqtisodiy atamashunosligining boyishi, uni tartibga solish muammolari*. Iqtisodiy hujjatlar tili va uni o’ziga xos xususiyatlari*.
1. Taniqli suxandonlarning nutqini video orqali tahlil qilish. 2. I. Karimovning Oliy Majlis sessiyalarida so’zlagan nutqlarini o’rganish va tahlil qilish. 3. Lingofon kabinetidan, audio va video vositalardan foydalanib nutqning aniqligiga, mantiqiyligiga, ta’sirchanligiga va sofligiga e’tiborni qaratish. 4. Taniqli iqtisodchi - pedagoglarning usulik mahoratini video materiallar orqali tahlil qilish. 5. Taniqli va mohir jurnalistlar bilan uchrashuvlar uyushtirish. 6. Gazeta va jurnallarda e’lon qilingan materiallarni tahlil qilish. 5. O’ZLAShTIRIShNING NAZORATI Nazorat qilish turlari Fanga ajratilgan maksimal ball - 38 ball, bundan joriy baholash (J.B.) ga 12,5 ball, oraliq baholash (O.B.) ga 11,5 ball, yakuniy baholash (Ya.B.) ga 12 ball ajratilgan. Joriy, oraliq va yakuniy baholashlar talabalar bilimini og’zaki, yozma shakllarda nazorat qilish hamda referatlarni tekshirish usulida o’tkaziladi. Saralash ball - 20,6 ball. 6. ADABIYoTLAR Asosiy adabiyotlar 1. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. - T.: O’zbekiston, 1992. 2. O’zbekiston Respublikasining "Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy printsiplari" to’g’risidagi Konstitutsiyaviy qonuni. - T.: O’zbekiston, 2002.
3. Karimov I.A. O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mavkura. T. 1.-T.: O’zbekiston, 1996. 4. Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. T. 2.-T.: O’zbekiston, 1996. 5. Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. T. 3.-T.: O’zbekiston, 1996. 6. Karimov I.A. Bunyodkorlik yo’lidan. T. 4.-T.: O’zbekiston, 1996. 7. Karimov I.A. Yangicha fikrlash va ishlash-davr talabi. T. 5.-T.: O’zbekiston, 1997. 8. Karimov I.A. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo’lida. T. 6. -T.: O’zbekiston, 1998. 9. Karimov I.A. Biz kelajagimizni o’z qo’limiz bilan quramiz. T. 7.-T.: O’zbekiston, 1999. 10. Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot pirovard maqsadimiz. T. 8.-T.: O’zbekiston, 2000. 11. Karimov I.A. Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas’ulmiz. T. 9.-T.: O’zbekiston, 2001. 12. Karimov I.A. Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq kerak.- T.: O’zbekiston, 2002. 13. Karimov I.A. Adolat-qonun ustuvorligida.-T.: O’zbekiston, 2001. 14. Baxtiyor Omon. Siyosiy etakchining notiqlik mahorati. –T.: O’zbekiston, 2000. 15. Imomova T.Z., Tuxvatulina L. Ish qog’ozlari qanday yoziladi.- T.: O’qituvchi, 1992. 16. Saidov A., Ko’chimov Sh. Qonun va til.- T.: "Iqtisodiyot va huquq dunyosi" 1997. 17. Qudratov T. Nutq madaniyati asoslari.- T.: O’qituvchi, 1994. 18. Oripov K., Obidova M. Ifodali o’qish. -T.: O’qituvchi,1994. 19. Jalilov X. Notiqlik san’ati. -T.: Fan, 1990. 20. Malikov T.S. Moliyaviy qaror qabul qilish asoslari.- T.: O’zbekiston, 1996. 21. Abduqayumov A. Kontrakt bo’yicha ish yuritish. -T.: O’zbekiston. 1994. 22. Qo’ng’urov R., Begmatov E., Tojiev g’. Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari.- T.: Fan, 1992. 23. Husanov N. Nutq madaniyati fanidan ma’ruza matnlari.- T.: TMI, 2001. 24. Qo’ng’urov R., Abusaidov A. Gazeta tili leksik stilistikasi. Samarqand. Sam.DU, 1994.
25. Valieva M. Nutq madaniyatini shakllantirish o’zlikni anglashdir. "Til va adabiyot ta’limi" jurnali, 1999, 3 son. 26. Hozirgi o’zbek tili faol so’zlarining izohli lug’ati. -T.: "Sard", 2001. 27. O’zbek tilining imlo lug’ati. -T.: O’qituvchi, 2000. 28. Begmatov E. Notiqning nodir boyligi.- T.: Fan, 1990. 29. Tursunov, Bozorboev. O’zbek adabiy tili tarixi.- T.: O’qituvchi, 1999. 30. O’zbek tili va adabiyoti jurnali, 1995-2002 yillardagi sonlari. 31. Toshaliev I. Sarlavha stilistikasi. -T.: Fan, 1995. Qo’shimcha adabiyotlar 1. Qur’oni Karim. - T.: Cho’lpon, 1993. 2. Al-Buxoriy Abdulloh... Al-Jomi’ as-Sahih. Hadislar. 1-4-jildlar. - T.: Qomus, 1992. 3. Forobiy Abu Nasr. Fozil odamlar shahri. - T.: Adabiyot va san’at, 1993. 4. Beruniy Abu Rayhon. Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar. - T.: Fan, 1968. 5. Temur tuzuklari. - T.: Adabiyot va san’at, 1994. 6. Ulug’bek Mirzo. To’rt ulus tarixi. - T.: Cho’lpon, 1996. 7. Alisher Navoiy. Mahbub-ul qulub. - T.: Fan, 1987. 8. Nizomiddin Shomiy. Zafarnoma. - T.: O’zbekiston, 1996. 9. Z.M. Bobur Boburnoma. - T.: Cho’lpon, 1998. 10. A. Avloniy Turkiy guliston yohud ahloq.- T.: Sharq, 1994. 11. M. Behbudiy Tanlangan asarlar. - T.: Ma’naviyat, 2000. 12. Boboev H., Hasanov S. Avesto-ma’naviyatimiz sarchashmasi. -T.: Adolat, 2001. 13. Ma’naviyat yulduzlari. - T.: Abdulla Qodiriy nomidagi nashriyot, 1999. 14. Alpomish. - T.: Sharq, 1998. 15. Xalq, milliy mafkura va ziyoli mas’uliyati. // Tafakkur, 1999, 2-son. 16. Komilov N. Tasavvuf. -T.: Fan, 1996. 17. Shomaxmudov Sh. Shoraxmedov Sh. Hikmatnoma.- T.: O’zbek entsiklopediyasi bosh redaktsiyasi, 1990. Document Outline
Katalog: pdf pdf -> 30 Seconds to Mars - Alibi piano sheets - PianoHelp.net.pdf [30 Seconds to Mars] pdf -> Haqiqat izlab pdf -> Tasdiqlayman pdf -> Guide to khaled hosseini’S pdf -> Driving the Best Science to Meet Global Health Challenge s pdf -> Last Name First Name Middle Initial Permit Number Year a-card First Issued Download 50.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling